Analogli video haqida qisqacha ma’lumot Analogli video – Televidenieda qo’llaniladigan video tipi. Ekrandagi tasvir lyuminofor material
bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir rangda nur tarqatuvchi ekran bo’ylab
elektron nurlarning harakati davomida hosil qilinadi. Bu jarayon skanerlash deb ataladi va
qatorlar (gorizontaliga) hamda kadrlar (vertikaliga) bo’yicha o’tkaziladi. Harakatli video hosil
bo’lishi uchun sekundiga bir nechta kadrni skanerlash zarur. Televizorlarda kadrlar sekundiga bir
necha o’nlab chastotada almashadi.
Television standartlar Hozirgi kunda uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud:
- NTSC (National Television Standard Committee – milliy television standartlar komiteti)
amerika standarti, kadrdagi starlar soni 525, chastotota 60 GGs;
- PAL (Phase Alternation Line – o’zgaruvchan fazali satrlar) nemis standarti, kadrdagi satrlar
soni 625. chastota 50 GGs;
- SECAM (Séquentiel couleur avec mémoire – xotirali ranglar ketma-ketligi) fransuz standarti,
kadrdagi satrlar soni 525, chastota 50 GGs.
Standartlar qo’llanilayotgan modulyatsiya va chastota qiymatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot Raqamli video – ma’lumot raqamli ko’rinishda saqlanuvchi tasvir yoki tasvirlar to’plami. Unda
raqamli signallar va xalqaro television va analogli videoda qo’llaniladigan tasvirni ekranga
chiqarish standartlardan farq qiluvchi standartlar qo’llaniladi. Raqamli video analogli videoga
nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni
minimallashtirib, tasvirlardan nusxa olishdagi sifatni saqlaydi, sifatli ovoz yozadi, tasvirdagi
piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi, videoyozuvlarni tezkor va oson tahrirlash
imkoniyatiga ega va hk.
Zamonaviy texnikalarda qabul qilingan videoni raqamlashtirishni 10 bitli raqamlash, 13.5 MGs
chastotali yorqin signallar diskretizatsiyasi, 6.75 MGs chastotali ikkita xilma-xil rangli kanallar
diskretizatsiyasi tashkil qiladi. Oxirgi vaqtlarda television va kompyuter videolarini birlashtirish
tendensiyalari kuzatilmoqda. Analogli videotasvirlarni raqamli shaklga o’tkazish maxsus platalar
yordamida amalga oshirilmoqda. Raqamli va analogli videoning bir-biriga yaqinlashtirilishi
analogli signalarning multimedia kompyuterlari bilan o’rin almashishiga olib keladi. Dastlab
video analogli formatdan raqamli formatga o’tkazilib, kompyuterning xotira qurilmalaridan
biriga yoziladi. Bu qattiq disk, CD, DVD yoki ixtiyoriy
41
boshqa qurilma bo’lishi mumkin. Bunda videoni kompyuterdagi dasturlar yordamida namoyish
etish imkoniyati paydo bo’ladi. Raqamli videoga qo’yilgan oxirgi qadamlar ham aynan raqamli
va analogli videolar yaqinlashtirilishini ta’minlovchi DVD-Video va HDTV (High Definition
TV – yuqori rezresheniedagi televidenie, bir qator davlatlar tomonidan ishlab chiqilayotgan
yangi format) standartlarining yaratilishi bo’ldi.