Dvd-rom (digital video disk yoki digital versatile disk) – universal raqamli disk, video, audio va kompyuter formatidagi ma’lumotlar tashuvchisi. Bir tomonlama, bir qatlamli disklar 7 Gb


Analogli video haqida qisqacha ma’lumot



Yüklə 239,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix21.12.2023
ölçüsü239,28 Kb.
#188485
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
malumot yigish amaliy

Analogli video haqida qisqacha ma’lumot 
Analogli video – Televidenieda qo’llaniladigan video tipi. Ekrandagi tasvir lyuminofor material 
bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir rangda nur tarqatuvchi ekran bo’ylab 
elektron nurlarning harakati davomida hosil qilinadi. Bu jarayon skanerlash deb ataladi va 
qatorlar (gorizontaliga) hamda kadrlar (vertikaliga) bo’yicha o’tkaziladi. Harakatli video hosil 
bo’lishi uchun sekundiga bir nechta kadrni skanerlash zarur. Televizorlarda kadrlar sekundiga bir 
necha o’nlab chastotada almashadi.
Television standartlar 
Hozirgi kunda uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud:
- NTSC (National Television Standard Committee – milliy television standartlar komiteti) 
amerika standarti, kadrdagi starlar soni 525, chastotota 60 GGs;
- PAL (Phase Alternation Line – o’zgaruvchan fazali satrlar) nemis standarti, kadrdagi satrlar 
soni 625. chastota 50 GGs;
- SECAM (Séquentiel couleur avec mémoire – xotirali ranglar ketma-ketligi) fransuz standarti
kadrdagi satrlar soni 525, chastota 50 GGs.
Standartlar qo’llanilayotgan modulyatsiya va chastota qiymatlari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot 
Raqamli video – ma’lumot raqamli ko’rinishda saqlanuvchi tasvir yoki tasvirlar to’plami. Unda 
raqamli signallar va xalqaro television va analogli videoda qo’llaniladigan tasvirni ekranga 
chiqarish standartlardan farq qiluvchi standartlar qo’llaniladi. Raqamli video analogli videoga 
nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni 
minimallashtirib, tasvirlardan nusxa olishdagi sifatni saqlaydi, sifatli ovoz yozadi, tasvirdagi 
piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi, videoyozuvlarni tezkor va oson tahrirlash 
imkoniyatiga ega va hk.
Zamonaviy texnikalarda qabul qilingan videoni raqamlashtirishni 10 bitli raqamlash, 13.5 MGs 
chastotali yorqin signallar diskretizatsiyasi, 6.75 MGs chastotali ikkita xilma-xil rangli kanallar 
diskretizatsiyasi tashkil qiladi. Oxirgi vaqtlarda television va kompyuter videolarini birlashtirish 
tendensiyalari kuzatilmoqda. Analogli videotasvirlarni raqamli shaklga o’tkazish maxsus platalar 
yordamida amalga oshirilmoqda. Raqamli va analogli videoning bir-biriga yaqinlashtirilishi 
analogli signalarning multimedia kompyuterlari bilan o’rin almashishiga olib keladi. Dastlab 
video analogli formatdan raqamli formatga o’tkazilib, kompyuterning xotira qurilmalaridan 
biriga yoziladi. Bu qattiq disk, CD, DVD yoki ixtiyoriy
41
boshqa qurilma bo’lishi mumkin. Bunda videoni kompyuterdagi dasturlar yordamida namoyish 
etish imkoniyati paydo bo’ladi. Raqamli videoga qo’yilgan oxirgi qadamlar ham aynan raqamli 
va analogli videolar yaqinlashtirilishini ta’minlovchi DVD-Video va HDTV (High Definition 
TV – yuqori rezresheniedagi televidenie, bir qator davlatlar tomonidan ishlab chiqilayotgan 
yangi format) standartlarining yaratilishi bo’ldi. 

Yüklə 239,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin