Dvd-rom (digital video disk yoki digital versatile disk) – universal raqamli disk, video, audio va kompyuter formatidagi ma’lumotlar tashuvchisi. Bir tomonlama, bir qatlamli disklar 7 Gb



Yüklə 239,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/24
tarix21.12.2023
ölçüsü239,28 Kb.
#188485
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
malumot yigish amaliy

MOD (.mod) 
– alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan raqamlangan 
ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format. Bu formatdagi fayllar ovoz namunalari nabori 
bilan boshlanib, ulardan so’ng notalar va davomiylik haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Har bir 
nota fayl boshida keltirilgan ovozli shablonlardan biri yordamida ijro etiladi. Bunday fayllar 
nisbatan katta bo’lmaydi va notalarga asoslangan strukturaga ega bo’ladi. Bu ularni an’anaviy 
musiqali yozuvlarni imitatsiyalovchi dasturlar yordamida tahrirlashni osonlashtiradi. Bunda 
fayllar MIDI-fayllardan farqli ravishda ixtiyoriy kompyuter platformasida isjro etilishiga imkon 
berib, to’liq ovoz beradi.
IFF (.iff) 
– Interchange File Format – dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun yaratilgan 
format. Hozirda CD-I shaklidagi kompakt-disklarda ham qo’llanilmoqda. Uning tuzilishi RIFF 
formati tuzilishiga o’xshash bo’ladi.
38
AIFF (.aiff) 
– Audio Interchange File Format – ovozli ma’lumotlar almashish uchun format, 
Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi. Ko’p jihatdan WAVE 
formatini eslatadi, biroq undan farqli ravishda raqamlangan ovoz va shablonlardan foydalanish 
imkonini beradi. Ko’pchilik dasturlar bu formatdagi fayllarni yuklay oladi.
RealAudio (.ra, .ram) – Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real Networks 
(www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format. Sifat eng yaxshi holatda 
audiokasseta formatiga mos keladi, sifatli musiqa asarlarini saqlash uchun mp3 formatidan 
foydalanish afzalroq.
MIDI va raqamli ovoz: qulayliklar va kamchiliklar 
WAVE formati ko’p sonli formatlardan birini o’zida aks ettirsada, lekin u raqamli ovozlarni 
saqlash uchun mo’ljallangan yagona format emas.
MIDI-ma’lumotlardan farqli, raqamli-ovoz ma’lumotlari kvantlar (samples) deb ataluvchi 
minglab birlik ko’rinishida yozilgan ovozni o’zida aks ettiradi. Raqamli ma’lumotlar diskret vaqt 
momentida ovoz amplitudasini (yoki balandligini) ifodalaydi. Raqamli ma’lumotlar ijrosi 
qurilmaga bog’liq bo’lmaydi va shu sababli ular doimo bir xil bo’ladi. Lekin buning hisobiga 
bunday ovozli fayllar hajmi yetarlicha katta bo’ladi.
Vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan qanday qiyoslansa, MIDI-ma’lumotlarni ham raqamli 
ma’lumotlarga nisbatan xuddi shunday qiyoslash mumkin. Ya’ni vektorli grafik tasvirlar printer 
yoki monitorga bog’liq bo’lgani kabi MIDI-ma’lumotlar ovozni ijro etuvchi qurilmalarga bog’liq 
bo’ladi, raqamli ma’lumotlar esa bog’liq bo’lmaydi.
MIDI standarti PostScript standartiga o’xshash bo’lib, qurilmalarni tushunarli tilda boshqarish 
imkoniyatini beradi. Raqamli ma’lumotlarga nisbatan MIDI quyidagi qulayliklarga ega: MIDI-
fayllar kam xotira hajmini egallaydi, bu fayllar o’lchami ovoz sifatiga ta’sir ko’rsatmaydi. MIDI-
fayllar raqamli fayllardan operativ va doimiy xotiradan joy egallashiga qarab o’rtacha 200-1000 
marta kichik bo’ladi, markaziy prossessor resurslari ko’p talab qilinmaydi. Ba’zi hollarda hatto 
ovoz sifati ham boshqa audio fayllarga nisbatan yuqori bo’ladi. Bunday hollarda MIDI-fayllarni 
ijro etish manbalari yuqori sifatda bo’lishi talab etiladi. Siz ovoz sifati va balandligini saqlagan 
holda ovoz tempini o’zgartirish hisobiga MIDI-fayllar uzunligini o’zgartirishingiz mumkin. 
MIDI-ma’lumotlarni alohida notalar darajasida tahrirlash ham oson. Siz MIDI-kompozitsiyalarni 
millisekundgacha aniqlikda tahrirlash imkoniyatiga egasiz. MIDI-fayllarning asosiy kamchiligi 
ovoz aniqligida. MIDI-faylni yaratishda qo’llanilgan ijro etish qurilmasi haqiqiy musiqa 
asbobiga qanchalik o’xshash bo’lsa, ovoz aniqligi ham shunchalik o’xshash bo’ladi. Hatto faylni 
yaratishda qo’llanilgan MIDI-qurilma ovozi General MIDI standartiga to’liq mos kelganida ham 


ovoz sifati ijro etuvchi elektron qurilmaga bog’liq. MIDI-ovozlar nutqli ma’lumotlarni ijro etish 
uchun qo’llanilmaydi. Raqamli audioning MIDI-fayllardan asosiy ustunligi raqamli ovozlarning 
ijro etilish sifati doimiy bo’ladi. Raqamli ovozlar bilan ishlash zaruratiga ikki sabab mavjud: 
raqamli ovozlar bilan ishlash uchun dasturlar va tizimlar tanlovi keng; raqamli ovoz 
elementlarini tayyorlash va yaratish uchun musiqa nazariyasini bilish shart emas.

Yüklə 239,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin