Dvd-rom (digital video disk yoki digital versatile disk) – universal raqamli disk, video, audio va kompyuter formatidagi ma’lumotlar tashuvchisi. Bir tomonlama, bir qatlamli disklar 7 Gb



Yüklə 239,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix21.12.2023
ölçüsü239,28 Kb.
#188485
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
malumot yigish amaliy

Multimedia taqdimoti turlari 
Interfaol multimedia taqdimoti – iyerarxik tamoyil asosida tizimlangan va maxsus foydalanuvchi 
interfeysi orqali boshqariladigan multimedia komponentlari majmui. Foydalanish maqsadidan 
kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi:
∙ korporativ multimediali taqdimot;
∙ multimediali katalog;
mahsulot taqdimoti;
∙ o’rgatuvchi yoki test dasturi;
∙ erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig’i;
∙ elektron nashr yoki multimedali kitob.
Chiziqli multimedia taqdimoti – murakkab grafika, videoqo’yilma, ovoz jo’rligi ta’minlangan va 
navigasiya tizimiga ega bo’lmagan harakatli rolik.
Chiziqli taqdimotlar mo’ljallanishiga ko’ra shartli ravishda quyidagi shakllarga bo’linadi: ∙ stend 
shaklidagi multimedia taqdimoti;
∙ elektron doklad yoki jo’rlikdagi taqdimot;
sales-taqdimot;
∙ promo-rolik;
∙ intro-rolik;
∙ ekran himoya lavhalari (ScreenSavers).
Maxsus multimedia yechim. 
Shakllantirilgan ssenariylar bilan multimedia taqdimoti
Shakllantiriladigan ssenariylar bilan multimedia taqdimotlarida ularni boshqarish bo’yicha 
foydalanuvchi imkoniyatlari sezilarli darajada kengaymoqda. “ScenePro 2” tizimi yordamida 
taqdimotga quyidagi funksional imkoniyatlar joriy etilmoqda:
• multimedia taqdimotining daraxt shaklidagi tuzilmasini shakllantirish;
• ssenariylarni shakllantirish – daraxtning har bir bosqichi uchun taqdimotning mazmuniy 
qism(modul)larini ko’rsatish ketma-ketligini tanlash;
• namoyish etish uchun tayyor ssenariylardan foydalanish;
• ovoz jo’rliklarini alohida boshqarish.
Shakllantiriladigan ssenariylar bilan multimedia taqdimotlari o’z ichiga interfaol va chiziqli 
multimedia ilovalari imkoniyatlarini birlashtirishi mumkin.
MULTIMEDIA ILOVALARINI IShLAB ChIQISh BOSQIChLARI 
Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bir necha bosqichda amalga oshiriladi, ulardan asosiylari 
quyidagilar:
1. Rejalashtirish.
2. Elementlarni ishlab chiqish.
3. Dasturiy ta’minot.
4. Tekshirish.
5. E’lon qilish.
6. Reklama.
7. Kuzatuv.
Ushbu bosqichlarda bajariladigan ishlarni ko’rib chiqamiz.
Rejalashtirish.
Rejalashtirish bosqichida quyidagi savollarga javob topilishi kerak:
1. Multimedia ilovasi nima uchun mo’ljallangan?
2. Multimedia ilovasi qaysi auditoriyaga yo’naltirilgan?


3. Multimedia ilovasiga qanday ma’lumot joylashtiriladi?
4. Auditoriya (foydalanuvchilar) bilan qayta aloqa qay tartibda amalga oshiriladi?
Elementlarni ishlab chiqish.
Ushbu bosqichda multimedia ilovasini dasturiy mahsulot sifatida amalga oshirish ishlari 
bajariladi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Navigasiya tizimini ishlab chiqish.
2. Taqdimot uchun WEB sayt yoki slaydlarning dizaynini ishlab chiqish (multimedia ilovalarini 
joriy etishning har ikki holati uchun ham keyingi o’rinlarda “sahifa” deb yuritiladi).
35
3. Sahifalarni to’ldirish uchun matn va ko’rgazmali materiallarni tayyorlash (jadvallar, grafiklar, 
rasmlar va boshqalar).
Dasturiy ta’minot.
Ushbu bosqich multimedia ilovasi sahifalarini yaratishni o’z ichiga oladi.
Tekshirish.
Multimedia ilovasini yaratishning asosiy bosqichlaridan biri uni tekshirish hisoblanadi. 
Tekshirish jarayonida multimedia ilovasining to’g’ri ishlashi tekshiriladi, jumladan:
• Gipermurojaatlarning to’g’ri ishlashi.
• Matn va ko’rgazmali materiallarda xatolarning mavjud emasligi.
• Multimedia ilovasi sahifalari bo’ylab navigasiyaning qulayligi.
• Pochta va boshqa shakllarning to’g’ri ishlashi (WEB-sayt uchun).
• Grafik fayllarni yuklashning to’g’riligi (WEB-sayt uchun).
• Saytning turli brauzerlarda to’g’ri ishlashi (WEB-sayt uchun). Multimediali pedagogik master 
shablon nashr qilish.
Tekshirish bosqichi tamomlangandan keyin WEB-sayt provayder serveriga joylashtirilib, 
internetda nashr qilinadi va yana qaytadan tekshiruvdan o’tkaziladi.
Multimedia ilovasi reklamasi (WEB-sayt uchun)
WEB-jamiyat yangi e’lon qilingan multimedia ilovasi haqida bilishi uchun sayt adresi va veb-
saytga joylashtirilgan materiallar haqida annotasiya orqali xabardor qilish kerak. Buning uchun 
quyidagi imkoniyatlardan foydalaniladi:
• Veb-sayt manzilini xatga, tashrif qog’oziga, broshyuralarga, byulletenlarga, bukletlarga, 
maxsus kompyuter nashrlariga, internet resurslarining “Sariq sahifalar” sonlariga va boshqa 
nashrlarga kiritish. • Mashhur izlash saytlarida veb-saytni ro’yxatdan o’tkazish.
• Veb-saytlarda ishorat (ssыlka) joylashtirish.
• WEB-sayt reklamasi uchun bannerlardan foydalanish.
Kuzatib borish (WEB-sayt uchun).
Veb-saytga murojaatlar uning nashr etilishi va reklamasidan so’ng sezilarli darajada unga 
joylashtirilgan ma’lumotlarning foydaliligi, yangiligi va aktualligi bilan belgilanadi. Veb-sayt 
imidjini saqlab turish uchun undagi ma’lumotlarni doimiy yangilab borish tavsiya etiladi, aks 
holda saytning potensial tashrifchilari unga qayta kirmasligi ehtimoli yuqori (butunjahon 
o’rgimchak to’rida necha yillardan buyon yangilanmagan saytlar ham mavjudligini 
ta’kidlaymiz).
Texnologik bosqichlarni amalga oshirish chizmasi.
Texnologik bosqichlar mazmuni tahlili shuni ko’rsatadiki, bir qator ishlar va, asosiysi, bu 
ishlarning natijasi pedagogik multimedia master-shabloni, namoyish shakliga bog’liq emas. Buni 
quyidagi chizma ko’rgazmali ravishda namoyon qiladi. Chizmada Veb-saytlar uchun maxsus 
bo’lgan “Publikasiya”, “Reklama”, “Kuzatib borish” bosqichlari yo’q.
Texnologik bosqichlar bajarilishi ketma-ketligi.
36

Yüklə 239,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin