Taqdimot: • Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, videoqo’yilma, ovoz jo’rligidagi va navigasiya tizimiga
ega bo’lmagan dinamik rolik.
• Interfaol taqdimot – iyerarxik tamoyillar bo’yicha tuzilmaga keltirilgan va maxsus
foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to’plami.
Animasiya: • Kadrlar animasiyasi – tasvirlar harakati taassurotini beradigan suratlarning kadrlar bo’yicha
almashishi.
• Dasturiy animasiya – dasturlangan amallar ketma-ketligi yordamida tasvirlar almashadigan
animasiya (ya’ni algoritm va o’zgaruvchilar yordamida). Asosiy obyektlarni chizish qo’lda
amalga oshiriladi yoki biror bir kolleksiya yoxud galereyadan import qilib olinadi, shundan
keyingina unda qaysidir dasturlash tili imkoniyatlari ishga solinadi.
O’yinlar: • Ko’ngil ochuvchi o’yinlar – foydalanuvchiga bo’sh vaqtini o’tkazishga imkon beradigan
dasturlar. • O’rgatuvchi o’yinlar – taqdim etilgan yengil o’yin shaklida foydalanuvchiga u yoki
bu soha bo’yicha o’z malaka va ko’nikmalarini oshirishga yordam beradigan dasturlar.
Video o’qish qurilmalari: • Film kadrlari harakatini shakllantirish – harakat taassurotini uyg’otuvchi rasmlar, kadrlar ketma
ketligini, tasvirlarni tayyorlash va joylashtirish.
• Videotasvirlar oqimini o’qish qurilmasi – videooqim formatlari avi, mpeg v.b.ni o’z ichiga
olgan o’qish qo’rilmasini shakllantirish, shundan keyingina ushbu oqimni boshqarish imkoniyati
tug’iladi (masalan, videofaylni ishga tushirish, pauza, video boshiga tez o’tish kabi buyruqlarni
ishlatish).
Multimedia-galereyalar: • Tasvirlarning kadrlarda almashishi – tasvirlarning belgilangan vaqt oralig’ida almashish tartibi.
• Panorama – katta ochiq maydonni erkin tomosha qilishga imkon beruvchi keng va katta
plandagi manzara.
• Interfaol galereya – foydalanuvchiga boshqarish imkonini beradigan galereya (tasvirlar
bo’yicha harakat).