Dvd-rom (digital video disk yoki digital versatile disk) – universal raqamli disk, video, audio va kompyuter formatidagi ma’lumotlar tashuvchisi. Bir tomonlama, bir qatlamli disklar 7 Gb


-MA’RUZA. OVOZLI MA’LUMOTLAR. OVOZ YOZUVCHI DASTURLARNING



Yüklə 239,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/24
tarix21.12.2023
ölçüsü239,28 Kb.
#188485
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
malumot yigish amaliy

5-MA’RUZA. OVOZLI MA’LUMOTLAR. OVOZ YOZUVCHI DASTURLARNING 
IMKONGIYATLARI 
REJA: 


1. Ovozli ma’lumotlar. Tovush to’lqinlari. 
2. Ovozli fayllar formati. 
3. MIDI va raqamli ovoz: qulayliklar va kamchiliklar 
Tovush to’lqinlari – anologli signal. Tovushlar dunyosi insoniyatni doimiy o’rab turuvchi 
muhitlardan biri. Biz turli xil darajadagi tovushlarni, masalan, barglar shitirlashi, sharshara 
tovushi, qushlar xonishi, hayvonlar qichqirig’i, inson tovushi kabi tabiiy ovozlar bilan bir 
qatorda insoniyat tomonidan yaratiluvchi musiqa ovozini ham hayotiy faoliyatimiz davomida 
doimiy eshitib turamiz.
Raqamlashtirilgan tovushlar olami – axborot dunyosining navbatdagi elementi bo’lib, biz quyida 
ana shu jarayon bilan tanishib chiqamiz.
Bu element tarixi ham juda uzoq yillarga borib taqaladi. Dastlab insoniyat shunday qurilmalarni 
ishlab chiqqanki, ular yordamida tabiiy ovozlarni chiqarishga harakat qilishgan, masalan, ov 
uchun turli jonjotlarni chorlash maqsadidagi harakatlarni bunga misol qilish mumkin. Yillar 
davomida insoniyat xotirasida saqlanib borgan ovozlar ketma-ketligini turli musiqa asboblarida 
ijro etishga o’rgandi. Sekin-asta musiqaning ham o’z “alifbosi” paydo bo’ldi, birinchi marta 
bunday “musiqa alibosi” Qadimgi Misr va Messopotamiyada qo’llanilgan. XVII asrga kelib 
tartiblangan musiqa notalari paydo bo’ldi. Asrlar davomida musiqani matematika bilan 
bog’lashga uringan insoniyat hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan, nafaqat musiqani, balki 
atrofimizni o’rab turgan ixtiyoriy ovozni kompyuterlar xotirasida saqlash, tahrirlash va ijro 
etishni o’rgandi. Sekin-asta tovushlar dunyosi raqamli dunyo bilan bog’landi.
Mutaxassislar ta’kidlashganidek, ovoz multimedianing eng asosiy elementlaridan biri 
hisoblanadi. Ovoz ham kundalik hayotimizda duch keladigan boshqa fizik hodisalar kabi to’lqin 
tabiatiga ega. Ovoz to’lqinlari ixtiyoriy muhitda – gaz, suyuqlik, qattiq jismlar muhitida ham 
tarqalish xususiyatiga ega. Amaliyotda ko’proq atmosfera muhitida tarqaluvchi ovoz 
to’lqinlaridan foydalaniladi. Shu sababli ham ovoz to’lqinlari – bu atmosferadagi tarqalishiga 
nisbatan o’rganiladigan jarayon bo’lib, uning muhim parametri tovush chastotasi – tebranish 
davriga teskari kattalik hisoblanadi. Tovush chastotatalari gerslar (Gs) da yoki kilogers (1 
KGs=1000 Gs)larda o’lchanadi. Masalan, tovush chastotasi 20 Gs bo’lsa, bu 1 s davomida 20 ta 
to’liq tebranish sodir bo’lganini bildiradi. Tovush chastotasi bilan to’lqin uzunligi – bir tebranish 
davrida tovush to’lqini bosib o’tishga ulguradigan masofa (to’lqin uzunligi = tovush 
tezligi/tebranish davri) uzviy bog’langan. Demak, chastotaning oshishi bilan, tovush to’lqini 
uzunligi qisqaradi, ya’ni tebranish davri qancha qisqa bo’lsa, to’lqin ham shuncha qisqa 
masofani bosib o’tadi. Ko’p yillik tadqiqotlar eshitish sezgirligimiz tovush chastotasiga 
bog’liqligini ko’rsatib berdi. Eshitishimiz mumkin bo’lgan tovushlar chastotasi diapazoni 
quyidagicha: minimal chastota 16...20 Gs, maksimal 18...20 KGs. Bu diapazondan past 
chastotadagi tovushlar infratovushlar, yuqorisi esa ultratovushlar deb yuritiladi. Infratovushlarni 
ham, ultratovushlarni ham insoniyat eshitish organlari qabul qilmaydi.

Yüklə 239,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin