chastotasiga mos bo’lishi kerak. Bundan ko’rinadiki, elektr signal shakli tovush tebranish
shaklining nusxasi bo’lib, amalda ovozli ma’lumot tashuvchisi bo’la oladi. Tovush tebranishini
elektr kuchlanishiga aylantirish uchun oddiy mikrofondan foydalanish mumkin.
Elektr
kuchlanishi o’zgarishini esa magnitofonlarda lenta magnit maydoni o’zgarishiga yoki optik ovoz
yozishlarda kinoplyonka ovoz yo’lakchasidagi ovoz potoklariga mos qo’yish mumkin bo’ladi.
Ovoz haqida ma’lumot olishining ikkinchi usulida tovush to’lqinlarida bosim qiymatining
o’lchanishi, bunda tovush tebranishini ifodalovchi raqamlar
37
ketma-ketligi – raqamli signallar nazarda tutiladi. Signal shaklini to’g’ri
uzatish uchun bu
o’lchashlarni tovush signallarining eng yuqori chastotali davrida tez-tez o’tkazish zarur. Raqamli
ovozlar tizimiga raqamli mikrofon (ovoz bosimi o’lchagichi), raqamli magnitofon yoki uzatgich
(katta miqdordagi raqamlar massivini saqlash va uzatish uchun) va raqamli ovoz kuchaytirgich
(raqamlar ketma-ketligini ovoz bosimi o’zgarishiga aylantirish uchunqurilma)larni kiritish
mumkin. Hozirgi kunda raqamli ovoz yozish tizimlarida asosan anologli
elektroakustik mikrofon
va ovozkuchaytirgich (dinamik) lar qo’llaniladi, raqamli qayta ishlashda esa ovoz
chastotalarining elektrik signallari tahrir qilinadi.
Umuman olganda raqamli signallar o’zida elektr sxemalardagi turli zanjirlarni mantiqiy
elementlar yordamida ulovchi va uzuvchi to’g’ri burchakli hsakldagi impulslarni namoyon
qiladi. Raqamli signallar shakli va kuchlanishi bilan ishlovchi anologli elektronikadan
farqli
ravishda raqamli elektronikada ikkilik signallar – “0” va “1” ga mos keluvchi diskret darajali
signallar qo’llaniladi.
Analogli signalni raqamliga o’tkazish deyarli barcha tizimlarda bir necha bosqichda amalga
oshiriladi. Dastlab analogli tovush signali signal chastota yo’laklarini chegaralovchi va
tovushning tiniq eshitilishiga xalaqit beruvchi shovqinlarni tozalovchi analogli filtrga tushadi.
So’ngra analogli signaldan tanlash/saqlash sxemalari yordamidagi sanoq boshlanadi: ma’lum bir
davrdagi analogli signallarning lahzalik darajasi saqlab boriladi. Sanoq anologli-
raqamli
o’tkazgichlarga o’tib, unda har biri raqamli kodga yoki songa aylantiriladi. Hosil bo’lgan raqamli
kod bitlar ketma-ketligi ovozli signallarning raqamli shakli hisoblanadi. Shunday qilib, uzluksiz
analogli ovoz signallari vaqt va kattalik bo’yicha raqamli-diskret qiymatga aylanadi. Ko’pchilik
ovoz kartalarida standart diskretizatsiya chastotasi 44.1 va 48.0 KGsni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: