Dvd-rom (digital video disk yoki digital versatile disk) – universal raqamli disk, video, audio va kompyuter formatidagi ma’lumotlar tashuvchisi. Bir tomonlama, bir qatlamli disklar 7 Gb



Yüklə 239,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix21.12.2023
ölçüsü239,28 Kb.
#188485
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
malumot yigish amaliy

Ovozli fayllar formati 
WAVE (.wav) 
– juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows operatsion 
muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi. Uning asosida ma’lumotlarni strukturali 
ko’rinishda saqlanishiga imkon beruvchi RIFF (Resource Interchange File Format) formati 
yotadi. Ovozli ma’lumotlar katta hajmga egan bo’lganligi sababli ularni saqlashda turli xil siqish 
usullaridan foydalaniladi. Siqishning eng sodda usuli – impulsli-kodli modulyatsiya (Pulse Code 
Modulation, PCM), lekin u yetarlicha siqilishni ta’minlay olmaydi.
AU (.au, .snd) 
– Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion tizimida (.snd) 
qo’llaniladigan ovozli fayllar formati. Internet tarmog’ining dastlabki rivojlanish bosqichida 
ovozli ma’lumotlar uchun standart format rolini o’ynagan.
MPEG-3 (.mp3) 
– Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson nutqidan farq 
qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni raqamlashtirishda 
qo’llaniladi. Oldingi MP1 va MP2 format versiyalari davomchisi. Kodirovkada musiqadan inson 
eshitish organlari orqali yomon qabul qilinadigan tovushlarni o’chiruvchi psixoakustik 
kompressiya qo’llaniladi. Oldingi versiyalar sifatsizroq kompressiyaga ega bo’lsada, biroq 
eshitish jarayonida kompyuter resurslariga bo’lgan talab yuqori bo’lmaydi. Prossessor 
xarakteristikasi ovoz sifatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi, prossessor qanchalik kuchsiz 
bo’lsa, ovoz buzilishi shunchalik yuqori bo’ladi.
MIDI (.mid) 
– Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital Interface). 
Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va kompyuterlar uchun ishlab 
chiqilgan. MIDI turli ishlab chiqaruvchilarning musiqali va ovozli sintezatorlari o’rtasidagi 
ma’lumot almashinuvini aniqlaydi. MIDI interfeysi musiqa notalari va kuylarini uzatish 


protokoliga ega. Lekin MIDI ma’lumotlar raqamli ovoz emas – ular son formatidagi 
qisqartirilgan musiqa yozuvi shakli hisoblanadi. MIDI-fayl o’zida harakatlar, masalan pianino 
tugmalarini bosish yoki regulyatorni aylantirish kabi komandalar ketma-ketligini ifodalaydi. 
MIDI-fayllarni ijro etuvchi qurilmalarga uzatiluvchi bu komandalar ovozni boshqaradi, kichik 
MIDI-xabar ovoz chiqishini yoki musiqa asboblari yoki sintezatordagi ovozlar ketma-ketligi ijro 
etilishini ta’minlashi mumkin, shu sabali MIDI-fayllar hajmi (bir sekundda ovoz chiqish birligi) 
boshqa ekvivalent raqamlangan ovozli fayllarga nisbatan juda kichik bo’ladi.

Yüklə 239,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin