Dvd-rom (digital video disk yoki digital versatile disk) – universal raqamli disk, video, audio va kompyuter formatidagi ma’lumotlar tashuvchisi. Bir tomonlama, bir qatlamli disklar 7 Gb


-MA’RUZA. VIDEO MA’LUMOTLAR. VIDEO MA’LUMOTLARNI TAHRIRLASH



Yüklə 239,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix21.12.2023
ölçüsü239,28 Kb.
#188485
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
malumot yigish amaliy

6-MA’RUZA. VIDEO MA’LUMOTLAR. VIDEO MA’LUMOTLARNI TAHRIRLASH 
TEXNOLOGIYALARI. 
REJA: 
1. Videofayllar. Analogli va raqamli video 
2. Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot 
3. Video-ma’lumotlarni saqlash formatlari 
Videofayllar. Analogli va raqamli video 
Hozirgi kunda video ma’lumotlarning ikki tipi mavjud: analogli va raqamli. Analogli video 
videosignallarni uzatishning dastlabki usuli bo’lib, analogli usuldagi birinchi video formatlardan 
biri kompozit videosignal hisoblanadi. Kompozit analogli video barcha videokomponentlarni 
(yorqinlik, rang, sinxronlik va hk) bir signalga birlashtiradi. Bu elementlarni bir signalga 
birlashtirish hisobiga kompozit video sifati mukammal bo’la olmaydi. Natijada biz aniq 
bo’lmagan ranglar uzatilishiga, tasvirning yetarli bo’lmagan aniqligiga va boshqa sifat yo’qotish 
faktorlariga ega bo’lamiz. Shu sababli kompozit video turli video komponentlari mustaqil 
signallar sifatida namoyon bo’luvchi komponentli videoga tezda yo’l bo’shatib berdi. Gap 
shundaki, inson ko’zi yuqori yoritilganlikda ham aktiv va tayanch ranglar (R, G, B) ni qabul 
qiluvchi yorug’lik sezuvchan elementlardan tashqari deyarli to’liq qorong’ulikda ham aktiv va 
yoritilgan ob’ektnigina qayd qiluvchi elementlarga ega. Buning natijasida ranglar xususiyatidan 
ko’ra ob’yekt yorqinlgi qabul qilish uchun muhimroq hisoblanadi. Bundan tashqari uzatilayotgan 
axborot hajmi ham qiymatga ega: hajm qancha kichik bo’lsa, uzatuvchi tizim ham shuncha arzon 
va sodda bo’ladi. Ranglar haqidagi ma’lumotlar miqdori kamaytirilsa, axborot hajmini ham 
qisqartirish mumkin bo’ladi. Shu sababli televidenieda RGB signallar emas, balki Y yorqinlik va 
ikkita U va V rang tarqatuvchi signal qo’llaniladi, bunda U=R-Y, V=B-Y. Bunday holda uchala 
rangni ham kodlashga hojat bo’lmaydi. Ulardan ikkitasini berish yetarli bo’ladi, uchinchisi esa 


arifmetik amallar yo’li bilan oson hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, yuqorida tavsiflangan 
analogli formatlardagi asosiy kamchilik sifatda, chunki nusxa har doim originalga qaraganda 
sifatsizroq bo’ladi. Videomaterialdagi sifat yo’qotish xuddi fotonusxaga o’xshash bo’ladi – 
nusxa hech qachon originaldagidek tiniq va yorqin bo’lolmaydi. Analogli videodagi bu 
kamchilik raqamli videoformatning yaratilishiga sabab bo’ldi. Analogli videodan farqli raqamli 
videoda har bir nusxa original bilan bir xil bo’ladi.

Yüklə 239,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin