Title
(Титр). Bu bo‘limda videoepizod (rasm yoki video)larga titrlar, ya’ni tagso’z, izoh
yozuvlar o’rnatiladi va uning turli ko’rinishlari (imkoniyatlari) tanlanadi.
Audio
(Аудио). Bu bo‘limda ovoz yozish, ovozli yoki musiqiy fayllarni joylashtirish hamda
ularni tahrirlash imkoniyati mavjud.
Share
(Запись/Сохранить). Bu bo‘limda
yaratilgan multimediali faylni, videoepizodni qaysi
formatda va qayerga saqlash ishlari bajariladi.
46
2.2.2. Laboratoriya mashg‘ulotlarining ishlanmalari, tarqatma materiallar, ularni
o‘tkazish va qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyanomalar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
Informatika va axborot texnologiyasi
kafedrasi
"
Multimedia texnologiyalari"
fanidan
laboratoriya ishlarini bajarish uchun
U S L U B I Y K O’ R S A T M A
Jizzax- 2013
47
Ushbu uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim
to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Davlat ta’lim standarti bo’yicha bakalavrlar tayyorlash
saviyasi va mazmuniga majburiy talablar hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
ta’lim Vazirligining 2005 yil 30 sentyabrdagi 217-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim
muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to’g’risida muvaqqat Nizom” ga
asosan tuzilgan.Bunda “Multimedia texnologiyalari” fanidan mustaqil tayyorlanish uchun
laboratoriya mashg’ulotlarining mazmuni va bajarilish ketma-ketligi batafsil yoritilib berilgan.
Ushbu uslubiy ko’rsatma pedagogika institutlarining barcha ta’lim yo’nalishlari talabalariga
mo’ljallangan.
Tuzuvchi: “Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi
o’qituvchisi Qarshiyev A A
Taqrizchilar: dots. Yusupov R.
dots. Botirov D.
Ushbu ma’ruza matni A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti Ilmiy Kengashi
tomonidan “___” __________ 2012 yilda tasdiqlangan.
© Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti
48
K I R I SH
Kompyuter texnikalari bilan amalga oshiriladigan laboratoriya mashg’ulotlarining maqsadi –
tajribalar o’tkazish uchun malaka va ko’nikma hosil va zamonaviy
texnikani har bir sohaga
tadbiq eta bilishdir.Bu maqsadga erishish uchun har bir ishni bajarish jarayonida sizga qator
masalalarni yechish:; berilgan ishdagi xodisalarning moxiyatini tushintirishga; tatqiq qilayotgan
obyektning tavsifini berish,uni xarakterlash va uning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatish;
mazkur ishda qullanilayotgan dasturiy ta’minotlarni tanlash, ularning ishlash prinsiplarini
mukammal o’rganish. Bu laboratoriya ishlarining tajriba natijalarini bajarish talabaga,
kompyuter dasturlari bilan ishlash, laboratoriya natijalarini
tahlil qilish, asoslangan xulosalar
chiqarish va ish bo’yicha xisobot tuzishni o’rganish imkoniyatini beradi.
Bunday moxirlikka faqat uzliksiz, maqsad sari intiluvchan mehnat qilish natijasida va har bir
tajribaga uylab, jiddiy munosabatda bulish natijasida erishish mumkin. Laboratoriya
mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyati shundagi, boshqa o’quv mashqulotlaridan farqli u
birinchi qadamdanoq sizni mustaqilligingizni talab qiladi, sekin-asta siz
faqat laboratoriyadagina
emas, balki uyda amalda to’liq va ongli faol ishingizga aylanishi kerak
Laboratoriya ishlarining tafsifida qo’yidagilar beriladi: birinchidan, o’rganilayotgan ishda
uchraydigan hodisalar haqida qisqacha ma’lumot , ikkinchidan, ishda kerak bo’lgan asboblar
haqida ma’lumot, uchinchidan laboratoriya ishini amalga oshirish usulining tafsifi, to’rtinchidan
dasturiy ta’minotlarning ishlash imkoniyatlarini o’rganish, beshinchidan olingan natijalarga
ishlov berish usullari va barcha laboratoriya ishlar uchun umumiy bo’lgan qo’yidagi konkret
etaplar ketma-ketligini
tarkibida saqlaydi, ya’ni:
1. Bajariladigan ishning maqsadini aniq ifodalab beradi;
2. Ishda qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlarning tahlili;
3. Laboratoriya ishlarini o’tgazishga oldindan tayyorgarlik, berilgan ishda qo’llaniladigan amaliy
dasturni aniqlash,qo’yilgan masala ketma-ketligini aniqlash va ularni ifodalab berish, dastur
formatlarini aniqlash;
4. Natijalarni aniq yozish,
shartlarni qayd etish, olinishi kerak bo’lgan qiymatlarni yoki ro’y
berishi mumkin bo’lgan xatoliklarni yo’qotish uchun dastur imkoniyatlarini chamalab ko’rish,
olinaligan natijalarning ishonchlilik darajasini aniqlash;
5. Natijalarga dasturiy ishlov berish va xatoliklarni yetarli darajadagi aniqlik bilan baholash; 6.
Ishlash ketma-ketliklarini tizimlashtirish va natijalarni umumlashtirish, jadvallar tuzish, grafiklar
chizish, xulosalarni aniq ifoda qilish, ish haqida xisobotlar yozish;
Multimedia texnologiyalari fanini o’tilishi jarayonida talaba multimedia texnika va
texnologiyalaridan
foydalanish, dasturlarida ishlashni o’rganadi. Bu ko’rsatmada “Multimedia
texnologiyalari” fanidan asosiy laboratoriya ishlarini bajarish uchun Microsoft Power Point va
Macromedia Flash MX dasturlarida amalga oshiriladigan ishlarning ketma-ketliklari aniq
misollar asosida tushuntirilgan.
Talaba laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida qo’yidagi bilim, malaka va ko’nikmalarga ega
bo’ladi:
1. Microsoft Power Point dasturi haqida asosiy tushunchalar
2. Microsoft Power Point dasturida ishlash ko’nikmasi
3. Microsoft Power Point dasturining boshqa dasturlar bilan ishlashi
4. Microsoft Power Point dasturida prezentasiyalarni yaratish
5. Macromedia Flash MX dasturining ishlash imkoniyatlari
6. Macromedia Flash MX dasturining oynalari
7. Macromedia Flash MX dasturining asosiy panellari
8. Ulead Videostudio 11 dasturida ovoz va videolar bilan
ishlash
9. Ulead Videostudio 11 dasturida videoeffektlar va matnlar bilan ishlash
49
Dostları ilə paylaş: