(Ta’lim beradigan multimedia ilovalarni ishlab chiqish bo’limi); ∙ Ilgari ishlab chiqilgan ta’lim beradigan elektron resurslarni va boshqa tillardagi nashrlarni
O’zbekiston Respublikasida o’qitiladigan tillarga moslashtirish va mahalliylashtirish
(Ta’lim beradigan multimedia ilovalarni ishlab chiqish bo’limi); ∙ Kompyuter asbob-uskunalaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha ta’lim
beradigan resurslar va treninglardan foydalanish samaradorligini tadqiq qilish, tahlil etish hamda
monitoringini olib boorish
(Rivojlantirish va tadqiqotlar bo’limi); ∙ Xalq ta’limi xodimlari va o’qituvchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish
institulari xodimlari uchun trening kurslarini ishlab chiqish va ularni o’tkazish
(Trening kurslarini ishlab chiqish va ularni o’tkazish bo’limi); 30
∙ Axborot-ta’lim web-portali joylashtiriladigan server maydonchasini tashkil etish, qo’llab
quvvatlash va boshqarish
(Server maydonchasini boshqarish bo’limi); ∙ Axborot-ta’lim web-portalini tashkil etish va qo’llab-quvvatlash
(Server maydonchasini boshqarish bo’limi); Maktablarni axborot-ta’lim web-portaliga kiritish (Server maydonchasini boshqarish
bo’limi). Hozirgi kunda masofadan ta’lim berish tizimi ham sezilarli darajada rivojlanmoqda.
Masalan yuqorida to’xtalib o’tilgan markaz tomonidan ham masofaviy ta’lim tizimi yo’lga
qo’yilgan bo’lib, bu tizimda bir qancha yo’nalishdagi masofaviy kurslar tashkil qilingan.
Masofaviy kurslar tashkil qilishga viloyatlar va Toshkent shahri mutaxassislari ham jalb qilingan
bo’lib, har bir viloyat bo’yicha tashkil qilinayotgan o’quv kurslari alohida joylashtirib
borilmoqda.
Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 12 noyabrdagi 324-sonli buyrug‘i hamda vazirlikning 2013 yil
28 fevraldagi 02-463-sonli xatiga asosan “Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt” ko‘rik-
tanlovi e’lon qilingan bo’lib, mazkur ko’rik tanlov haqida yoki masofaviy ta’lim kurslari haqida
batafsil bilmoqchi bo’lsangiz http://moodle.uzedu.uz saytidan foydalanishimgiz mumkin.
Bundan tashqari masofaviy ta’lim tizimi boshqa bir qator ta’lim muassasalari va tashkilotlar
tomonidan ham tashkil qilingan. Masalan, Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti
tomonidan tashkil qilingan masofaviy ta’lim quyidagi yo’nalishlarda faoliyat yuritadi: