Dvigatellar (motorlar) deyiladi. Elektr dvigatellar xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohasida ishlatiladi. O‘zgaruvchan elektr mashinalarining yana bir turi
Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan elektr mashinalar dvigatellar (motorlar) deyiladi. Elektr dvigatellar xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohasida ishlatiladi.
O‘zgaruvchan elektr mashinalarining yana bir turi bu asinxron dvigatellardir
Asinxron dvigatellar elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi (1-rasm).
Batareya – bu elektr energiyasi bilan ishlaydigan turli xil qurilmalar uchun quvvat manbayidir. Batareyalarning eng keng tarqalgan dumaloq (silindrsimon) shakldagi 5 ta turi mavjud: sho‘r, ishqorli, litiyli, kumushli va havo-ruxli (2-rasm).
Nima uchun batareyalarga tushirilgan chiqindi qutisi belgisi ustidan taqiq chizig‘i tortib qo‘yilgan bo‘ladi? (3-rasm)
Unutmang!
Muddati o‘tgan va foydalanib bo‘lingan batareyalarni chiqindi qutisiga tashlash mumkin emas!
Batareyalarni og‘izga solishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak!
Ishlatib bo‘lingan batareyalarni utilizatsiya (qayta ishlash) qilish uchun yig‘ib topshirish kerak.
Bu belgi ishlatilgan batareyalarni chiqindi qutilariga tashlash qat’iyan taqiqlanishini anglatadi.
Chunki o‘zi barmoqdek keladigan bu mitti energiya manbalari inson salomatligi va tabiat uchun juda katta zarar yetkazadi.
Bu energiya manbalari kichkina bo‘lishiga qaramay, zarari anchagina.
Chiqindiga tashlangan batareyaning ustki qoplamasi turli issiqlik natijasida eriydi va unda saqlanuvchi zaharli moddalar “ozodlikka chiqadi”.
Bitta batareya 20 metr kvadrat yer, 400 litr suv, 1 ta tipratikan, ikkita daraxt, bir necha ming yer qurtini zaharlashga yetadigan kuchga ega.
Elektr energiyani ishlab chiqarishning eng keng tarqalgan usuli bu suv asosida olinayotgan energiyadir, ya’ni gidroenergetika.
Bu energiyani olishda kо‘plab gidravlik uzatmalardan foydalaniladi.
Gidravlika (yunoncha “hidor” va “aulos” – “naycha”) – suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini oʻrganish bilan shugʻullanadi.
Suyuqliklar ishtirokida bir mexanizmning ikkinchi mexanizmini harakatga keltirishiga asoslangan mexanizmlar gidravlik uzatmalar deyiladi.
Ishlash prinsipiga qarab gidravlik uzatmalar hajmiy va gidrodinamik turlarga bo‘linadi:
1. Hajmiy gidravlik uzatmalar hajmiy nasoslar yordamida ishlaydi. Bunday uzatmalarda energiya suyuqlik orqali yetaklovchi valdan statik bosim sifatida uzatilib, gidrodvigatelni ishga tushiradi.
Bu uzatma gidrostatik uzatma ham deyiladi. Hajmiy gidravlik uzatmalarga gidrotransformatorni misol qilib keltirish mumkin (4-rasm).
Gidrotransformator (Transformator lotincha “transformo” – “oʻzgartiraman”) suyuqlik ta’sirida harakatni o‘zgartirib beradigan gidravlik uzatmadir.