Dvigatelning ishlash prinsipi



Yüklə 467,42 Kb.
səhifə3/4
tarix02.05.2023
ölçüsü467,42 Kb.
#105889
1   2   3   4
1-dars

Silindrlar bloki

Silindrlar bloki dvigatelning asosiy qismi hisoblanadi. U chuyandan (dizel dvigateli) yoki alyuminiydan tayyorlanadi. U silindr bilan yaxlit bo’lib, unda porshen ilgarilama-qaytma harakatlanadi, sovitish uchun suv kanallari, silindr haroratini me’yorida ushlab turadi, tirsakli val va tirsakli valning ostidan o’rnatiladigan korpus. Silindrning asosiy vazifasi, porshenning ilgarilama-qaytma harakatini yo’naltirish, yonishdan hosil bo’lgan kuch va yuqori haroratni o’ziga qabul qilish, silindrni meyorida sovitish va tirsakli valningtekis harakatiga ko’maklashish hisoblanadi. Mustahkamligini oshirish uchun dizel dgigatellarida silindrlar bloki chuyandan tayyorlanadi, chunki yeyilishga va korroziyaga, hamda yuqori burovchi momentga bardoshli. Hozirgi vaqtda benzinli dvigatellarda alyuminiy qotishmasidan tayyorlangani ishlatiladi. Alyuminiy pulatdan kura issiqlik tez utkazadi, shuning uchun benzinli dvigatellar uchun eng ma’qul material hisoblanadi. Blokda kuchini oshirish uchun bir xil tuzilishli silindrlar bloki ishlatiladi. Dvigatel raqami:Dvigatel identifikatsiya raqami silindr bloki chetiga o’ng orqa plitasi tomonida bo’ladi.


Silindrlar bloki konfiguratsiyasi

Silindr gilzasi: Silindr devori (silindr gilzasi deyiladi) porshen bilan doim aloqada bo’ladi. Shuning uchun motor moyi bilan moylanib turadi. Gilza yuqori harorat va yeyilish kabi talablarga javob berishi kerak. Umuman olganda, silindrlar blogi chuyandan tayyorlangan bo’lsa, silindrlar gilzasi quyma pulatdan tayyorlanadi. Agar silindrlar blogi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan bulsa, yeyilishni kamaytirish uchun silindr ichki devoriga quyma pulatdan tayyorlangan gilza o’rnatiladi. Bundan tashqari, alyuminiy qotishmali silindrlar blokida gilzalar ham mavjud. Vkladish-kichik silindr dvigateldan qimmtaroq bo’lishiga qaramay ancha yengil va unumdorligi yuqori bo’ladi. Hyundai avtomobillarida ho’l turidagi gilzalardan foydalanilmaydi.

  • Suv g’ilofi:
  • Sovituvchi suv silindr gilzasining atrofida harakatlanadi va bu yulga suv g’ilofi deyiladi. U yonish jarayonidan qolganenergiyani o’ziga yutib olib, dvigatel haroratini ma’lum bir miqdorgacha ushlab turish uchun ham zarur. Bu g’liof aralash yoki to’liq silindrlar blokini o’rab turuvchi turlarida bo’ladi. So’nggi rusumdagi modellarda suv g’ilofi qo’shimcha ravishda chiqarish kollektorida ham qo’llanilmoqda.

  • Yüklə 467,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin