Dvigatelning ishlash prinsipi


Dvigatellarning tasniflanishi



Yüklə 467,42 Kb.
səhifə2/4
tarix02.05.2023
ölçüsü467,42 Kb.
#105889
1   2   3   4
1-dars

Dvigatellarning tasniflanishi


. Dvigatellarning tasniflari

Dvigatellar quyidagicha tasniflanadi:

  • Dvigatellar quyidagicha tasniflanadi:
  • Ishlash prinsipi bo’yicha: Benzinli (elektr yordamida o’t oldiradigan dvigatel) yoki Dizel (siqilishidan o’t oladigan dvigatel),
  • Sovitish: Suyuqlik yoki havo yordamida,
  • Ish sikli bo’yicha: Ikki yoki to’rt taktli
  • Gaz taqsimlash mexanizmi: (OHC), (OHV)
  • Silindrlar soni bo’yicha: Dvigatellar 4, 6, yoki 8 silindrli bo’lishi mumkin. Silindrlar joylashishi bo’yicha: Bir qatorli va ko’p qatorli, V simon va qarama-qarshi (oppozid).
  • Bir qatorli dvigatellarda silindrlar bir qator joylashgan. Bir qatorlida silindrlar blokining tuzilishi oddiy, shuning uchun dvigatel ixcham va yengil bo’ladi. Odatda bir qatorlida silindrlar soni 3, 4, 5 yoki 6 ta bo’lishi mumkin. V simon dvigatellarda silindrlar soni 6, 8, 10 yoki 12 ta bo’ladi. Ular, odatda, katta transport vositalari yoki sport avtomobillarida qo’llaniladi. Qarama-qarshi joylashgan dvigatellarda 6, 8, 10 yoki 12 ta silindrlar mavjud. Markazga tortishish tamoyiliga asoslanib, ko’pincha sport avtomobillarida qo’llaniladi.
  • Hozirgi avtomobillardagi dvigatellar old tomonda uzunasiga yoki ko’ndalang, o’rtasida yoki orqasida o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Masalan, dvigatel old tomonda (uzunasiga) joylashgan orqasi yetaklovchi avtomobilda, dvigatel harakatni transmissiya orqali orqa g’ildiraklarga uzatadi. Dvigatel old tomonda (ko’ndalang) joylashgan turi asosan yengil avtomobillarda qo’llaniladi, bunda harakatni dvigatelga parallel joylashgan o’qlardan oladi, shunday qilib, o’rnatish uchun zarur bo’ladigan uzatishlarni keskin kamaytiradi. Dvigatel o’rtada joylashgan avtomobillarda haydovchi va yo’lovchilarga noqulaylik to’g’diradi, bu turi asosan sport avtomobillarida o’rnatiladi.

Dvigatel qismlari, ular haqida umumiy ma’lumotlar Dvigatel quyidagi asosiy qismlardan iborat: Dvigatel Blok bilan tirsakli val, karter, porshen va shatun, Silindrlar kallagi bilan taqsimlash vali, klapanlar va taqsimlash mexanizmlari, Kiritish tizimi, Chiqarish tizimi, Moylash tizimi, Sovitish tizimi, Yordamchi tizimlari sifatida Turbokompressor.



Yüklə 467,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin