Dvigatelning nosozliklari va ularning kelib chiqish sabalari. Dvigatelning texnik holatini avtomobilda tekshirish


Tirsakli val vkladishlarini almashtirish



Yüklə 224,5 Kb.
səhifə10/11
tarix20.11.2023
ölçüsü224,5 Kb.
#164718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
30.Dvigatel va uning tizimlariga texnik xizmat korsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi

Tirsakli val vkladishlarini almashtirish. Tirsakli val podshipniklarida taqqillash paydo bo`lganda va moy nasosi hamda reduktsion klapan soz ishlaganda tirsakli valni aylanishlar soni 500…600 ayl/min, moy magistralidagi bosim 0,5 kgs/sm2 dan pasayganda vkladishlar almashtiriladi. Vkladishlarni almashtirish lozimligi o`zak va shatun podshipniklaridagi diametral tirqish bilan shartlanadi: agar u ruxsat etilganidan katta bo`lsa yangisiga almashtiriladi. Dvigatel modellariga qarab vkladish va o`zak bo`yinlari orasidagi tirqish 0,026...0,12 mm, vkladish va shatun bo`yinlari orasidagi tirqish 0,026...0,11 mm bo`lishi lozim.

Xulosa
Dvigatelni ishga tushirish tizimi nosoz bo`lganda dvigatelni aylantirishga yetarli bo`lmagan tezlik bilan startyorni yakori aylanadi yoki umumman aylanmaydi. Dvigatelni ishga tushirish tizimini nosozliklarini «Elektr jihozlari TXK va JT» mavzusida koprib chiqiladi.


Agar dvigatelni tirsakli valini normal aylanishlar chastotasi bilan aylantirilsayu dvigatel yonmasa, bunda dvigatel tsilindriga yonilg`i uzatilmaya’ti yoki uchqunlanish buzilgan. Birinchi holatda ta`minlash tizimi, ikkinchi holatda yondirish tizimi nosoz. Ta`minlash tizimi nosoz bo`lganda yonilg`i nasosini, karbyuratorni nosozligi yoki yonilg`i uzatgichlarni yoki yonilg`i filtrlarini ifloslanishi tufayli yonilg`i uzatilishi buziladi.
YOndirish tizimi nosoz bo`lganda yondirish g`altagini, yondirish taqsimlagichini yoki datchik-taqsimlagichini, kondensatorni, yondirish shamini nosozligi hamda past yoki yuqori kuchlanish toki zanjirini uzilishi yoki yondirishni ilgarilanish burchagini buzilishi tufayli normal uchqunlanish bo`lmaydi (uchqun normal shakllanmaydi). Har qanday holatda dvigateldagi nosozliklarni sababini hamma vaqt murakkab bo`lmagan va mehnat sarfi kam operatsiyadan boshlash maqsadga muvofiq. Agar dvigatel yonmasa nosozlikni qo`yidagi taxminiy tartib bo`yicha qidirishni taklif qilish mumkin.
Avval karbyuratordagi elektromagnit klapanni ishlashini (odatda yondirishni ulaganda chiqqillash harakteri bo`yicha tekshiriladi) hamda yonilg`i nasosi bilan karbyuratorga yonilg`ini uzatilishi tekshiriladi, Buning uchun yonilg`i nasosidan karbyuratorga kelgan yonilg`i o`tkazgichni uzib yonilg`i nasosi qo`l nasosini ishlatish lozim. Agar karbyuratorni elektromagnit klapani to`la ishlasa va yonilg`i nasosi yetarli bosim bilan yonilg`i uzatsa, yondirish tizimi tekshirildai. YOndirish tizimi asboblari va yuqori kuchlanishli uzatmalaridagi iflosliklar tozalanadi, namlangan bo`lsa quritiladi.

Yüklə 224,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin