Dvigatel va uning tizimlariga texnik xizmat korsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi
Reja:
Dvigatelning nosozliklari va ularning kelib chiqish sabalari. 2. Dvigatelning texnik holatini avtomobilda tekshirish. 3. Dvigatelni avtomobildan yechib olish va o`rnatish. 4. KSHM va GTM da uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar. 5 KSHM va GTM ga TXK va T ishlari texnologiyasi. 6. KSHM va GTM ni ta`mirlash ishlari texnologiyasi. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Dvigatelni asosiy nosozliklari quyidagilardan iborat: dvigatel yonmaydi, turg`un ishlamaydi yoki salt yurishda to`xtab qoladi, to`la quvvat ololmaydi, moy sarfi ko’paygan, moy bosimi yetarli emas, tebranishlar ko’paygan, dvigatel qiziydi, sovutish suyuqligi sathi tez pasayadi va yonilg`i sarfi ko’payadi.
Dvigatel qo`yidagi uchta sabablardan biri tufayli yonmasligi mumkin: dvigatelni ishga tushirish tizimi nosoz; yonilg`ini uzatilishi buzilgan (ta`minlash tizimi nosoz); uchqun paydo bo`lishi buzilgan (yondirish tizimi nosoz).
Dvigatelni ishga tushirish tizimi nosoz bo`lganda dvigatelni aylantirishga yetarli bo`lmagan tezlik bilan startyorni yakori aylanadi yoki umumman aylanmaydi. Dvigatelni ishga tushirish tizimini nosozliklarini «Elektr jihozlari TXK va JT» mavzusida koprib chiqiladi.
Agar dvigatelni tirsakli valini normal aylanishlar chastotasi bilan aylantirilsayu dvigatel yonmasa, bunda dvigatel tsilindriga yonilg`i uzatilmaya’ti yoki uchqunlanish buzilgan. Birinchi holatda ta`minlash tizimi, ikkinchi holatda yondirish tizimi nosoz. Ta`minlash tizimi nosoz bo`lganda yonilg`i nasosini, karbyuratorni nosozligi yoki yonilg`i uzatgichlarni yoki yonilg`i filtrlarini ifloslanishi tufayli yonilg`i uzatilishi buziladi.
YOndirish tizimi nosoz bo`lganda yondirish g`altagini, yondirish taqsimlagichini yoki datchik-taqsimlagichini, kondensatorni, yondirish shamini nosozligi hamda past yoki yuqori kuchlanish toki zanjirini uzilishi yoki yondirishni ilgarilanish burchagini buzilishi tufayli normal uchqunlanish bo`lmaydi (uchqun normal shakllanmaydi). Har qanday holatda dvigateldagi nosozliklarni sababini hamma vaqt murakkab bo`lmagan va mehnat sarfi kam operatsiyadan boshlash maqsadga muvofiq. Agar dvigatel yonmasa nosozlikni qo`yidagi taxminiy tartib bo`yicha qidirishni taklif qilish mumkin.
Avval karbyuratordagi elektromagnit klapanni ishlashini (odatda yondirishni ulaganda chiqqillash harakteri bo`yicha tekshiriladi) hamda yonilg`i nasosi bilan karbyuratorga yonilg`ini uzatilishi tekshiriladi, Buning uchun yonilg`i nasosidan karbyuratorga kelgan yonilg`i o`tkazgichni uzib yonilg`i nasosi qo`l nasosini ishlatish lozim. Agar karbyuratorni elektromagnit klapani to`la ishlasa va yonilg`i nasosi yetarli bosim bilan yonilg`i uzatsa, yondirish tizimi tekshirildai. YOndirish tizimi asboblari va yuqori kuchlanishli uzatmalaridagi iflosliklar tozalanadi, namlangan bo`lsa quritiladi.
Avtomobillarga TXK shaxobchalarida dvigatelni yondirish tizimi maxsus stendlarda tekshiriladi. Bunday stendlar bo`lmganda yoki yondirish tizimidagi nosozlikni o`rnida to’ish uchun yondirish tizimi qo`yidagi tartibda tekshiriladi.
Kontakt yondirish tizimli dvigatellarda yondirish tizimi asboblarini soz ishlashini oson aniqlash mumkin, yondirish g`altagidan taqsimlagichni markaziy teshigiga undan yondirish shamiga borgan yuqori kuchlanishli uzatmalarda kuchlanish borligi tekshiriladi («uchqunni» tekshirish). Buning uchun taqsimlagichni markaziy teshigidagi yoki yondirish shamidagi yuqori kuchlanishli uzatma olib uni «massadan» 3...7 mm uzoqlikda ushlab turib dvigatelni tirsakli vali startyor yoki aylantirish dastasi yordamida aylantiriladi. Uchqun bo`lmaganda past kuchlanishli zanjirdagi kuchlanishni tekshirishga o`tiladi, bunda indikator yoki lampochka yordamida yondirish taqsimlagichini past kuchlanishli klemmasiga kelayotgan tok tekshiriladi.
Elektron kontaktsiz yondirish tizimli dvigatellarda «uchqunni» tekshirish uslubi bilan yondirish tizimini tekshirish tavsiya qilinmaydi. Bunday dvigatellarda avval kommutatordan yondirish g`altagiga borgan past kuchlanishli tok im’ulsi tekshiriladi. Buning uchun kommutatorni yondirish g`altagiga ulangan uzatmasi uziladi va unga indikatorni yoki lampochkani bitta kontakti ulanadi, ikkinchi kontakt «massa» ga ulanadi. Dvigatel tirsakli valini startyor bilan aylantirganda indikator yoki lampochkani li’-li’ etib yonib-o`chishi kommutatorni sozligini va yondirish g`altagiga past kuchlanishli tok im’ulsi uzatishni ta`minlashini bildiradi. So`ng maxsus razryadlovchi yordamida yuqori kuchlanish zanjirini tekshirishga o`tiladi. Eng oddiy razryadlovchi elektr ihotalovchi material ichiga bir-biridan 7...10 mm uzoqlikda joylashgan va uchlari o`tkirlangan ikkita metall o`zakdan (sterjendan) iborat. Birinchi o`zakka yondirish shamidan yechib olingan yuqori kuchlanishli uzatgich, ikkinchisiga avtomobil «massasi» ulanadi va dvigatel tirsakli valini startyor bilan aylantirganda razryadchi elektrodlari orasida uchqun borligi aniqlanadi. YOndirish shamlarida uchqun yaxshi (me`yorida) bo`lganda yondirishni ilgarilanish burchagi tekshiriladi. So`ng karbyuratorni ish hajmi ko’proq operatsiyalariga o`tiladi.
Buning uchun karbyuratordan yonilg`i filtri shtutseri yechib olinadi va filtr damlash nasosi yordamida ‘udab iflosliklardan tozalanadi. Agar bu yetarli bo`lmasa karbyurator qo’qog`i olinadi, po`kakli kameradagi yonilg`i sathi tekshiraladi va sozlanadi, jiklyorlar ‘udab tozalanadi. Agar bunda ham karbyuratorni me`yorida ishlashi ta`minlanmasa, unda karbyuratorni ta`mirlash uchun avtomobildan yechib olinadi.
YOnmayotgan dvigateldagi nosozlikni to’ishda shuni unutmaslik kerakki, yonilg`i me`yorida uzatilayotganda va uchqunlanish buzilganda dvigatel tirsakli valini startyor bilan aylantirganda yondirish shamlari benzin bilan namlanadi va ular me`yorida ishlashi buziladi. SHuning uchun dvigatelni ko’p marta yondirishda tsilindrlarni «shamollatish» bilan dvigatelni o`t oldirishdan foydalanish lozim. Buning uchun gaz pedalini oxirigacha bosish bilan karbyuratorni drossel zaslonkasi hamda havo zaslonkasi to`liq ochiladi. Tirsakli valni startyor bilan aylantirganda «alanga» paydo bo`lishi bilan dvigatelni ishga tushish momentigacha havo zaslonkasi yo’ilib boradi.
YOnilg`i tizimini (yonilg`i nasosi, karbyurator) nosozligida yonilg`i yetarlicha uzatmasligi va yondirish tizimi elementlarini nosozligi yoki yondirishni ilgarilanish burchagini buzilishida uchqunlanish me`yorini buzilishi hamda gaz taqsimlash mexanizmi detallarini yeyilishi tufayli dvigatel turg`un ishlamaydi yoki salt ishlashda o`chib qoladi.
YOndirish tizimini nosozliklari (yondirishni ilgarilanish burchagini buzilishi, taqsimlagich yoki datchik-taqsimlagichni, kondensatorni, yondirish shamini nosozliklari), ta`minlash tizimini nosozliklari (karbyuratorni po`kakli kamerasida yonilg`i sathini buzilishi, tezlatgich nasosini nosozligi yoki jiklyor yoki karbyurator kanallarini ifloslanishi), gaz taqsimlash mexanizmi detallarini yeyilishi (taqsimlash vali mushtchalarini yeyilishi, klapanlar prujinasini bikrligini kamayishi), klapanlar issiqlik tirqishini buzilishi, ularni kuyishi yoki deformatsiyalanashi hamda tsilindr porshen guruhi detallarini yeyilishi (tsilindrlarni yeyilishi, porshen halqalarini yeyilishi yoki kuyishi, porshenlar yoki tsilindrlar kallagini kuyishi) tufayli dvigatel tsilindridagi kompressiyani bo`lmasligi sababli dvigatel to`la quvvat ololmaydi. Bundan tashqari dvigatel o`ta qiziganda ham to`la quvvat ololmaydi.
Dvigatel birikmalarini bo`shab qolgan va yeyilgan yoki shikastlangan joylari orqali moyni sizib chiqishi moy sarfini ko’payishiga olib keladi. Birikmalardan moy sizib chiqmaganda, porshen halqalarini yeyilishi yoki kokslanishi, porshen va tsilindrlar devorini yeyilishi sabali moy sarfi ko’payadi. Bundan tashqari karterni shamollatish tizimini buzilishi, klapanlarni, ularni yo`naltiruvchi vtulkalarini hamda moy sidiruvchi halqalarni o`ta yeyilishi ham moy sarfini ko’payishiga olib keladi. Dvigatelni texnik tavsifnomasida moyni ishlatmaslik, moy nasosini yeyilishi, reduktsion klapanni nosozligi hamda tirsakli val bo`yinlari va vkladishlarini yeyilishi moy bosimini pasayishiga olib keladi.
Karterdagi moy sathini kamayishi, uni suyulishi (moyni o`z vaqtida almashtirmaslik yoki yonilg`i nasosi nosozligi sababli yonilg`ini karterga o`tib ketishi), tirsakli val o`zak va shatun bo`yinlarini va shesternya tishlarini yeyilishi, reduktsion klapanni zich yo’ilmasligi yoki yeyilishi sababli moy bosimi yetarli bo`lmaydi. Moy nasosi ishini buzilishi, ko’proq moy nasosi uzatmasini sinishi natijasida moy bosimi bo`lmaydi. Moy bosimi yetarli bo`lmaganda dvigatel detallarini yeyilish jadalligi oshadi. Agar moy bosimi umuman pasayib ketsa tezda dvigatelni to`xtatish lozim, aks holda tirsakli valni (odatda shatun bo`yni) podshipniklari aylanib ketadi va dvigatel valini jilvirlashga yoki uni almashtirishga to`g`ri keladi.
Moy nasosini reduktsion klapanini nosozligi, moy tizimi moy o`tkazgichlarini ifloslanishi hamda dvigatelni mos moy bilan to`ldirmaslik moy bosimini me`yoridan ko’payib ketishiga olib keladi. Moy bosimi me`yoridan ko’p bo`lganda dvigatelni ishlatish moyni zichlik va qistirmalardan chiqib ketishiga olib keladi.