Klapanlarni taqqillashi. Klapanlar mexanizmidagi tirqishni ko’payishi (klapan va koromislo orasidagi tirqishni buzilishi) hamda klapan prujinasini sinishi va taqsimlash vali mushtchalarini yeyilishi sababli klapanlarda taqqillash paydo bo`ladi. Klapanlarni taqqillashi dvigatelni salt yurishida tirsakli valni kichik aylanalarida yaxshi eshitiladi va jiringlagan ovozga ega. Klapanlarni taqqillashi odatda teng oraliqlarda dvigatelni boshqa taqqillashlariga qaraganda kichik chastotada o`tadi, chunki taqsimlash vali tirsakli valga nisbatan ikki marta sekin aylanadi.
Taqsimlash valini taqqillashi. Taqsimlash vali bo`yinlari va podshipniklarini yeyilishi natijasida taqsimlash valida taqqillash paydo bo`ladi. Bu taqqillash qizigan dvigatelda tirsakli valni kichik aylanalar sonida yaxshi eshitiladi.
Zanjir uzatmali dvigatellarda taqsimlash vali zanjir uzatmasidagi shovqin. Zanjir taranglovchisini yeyilishi natijasida bo`shab qolishi, yulduzchani hamda zanjirni tinchlantiruvchi va taranglovchi qurilmalar detallarini yeyilishi zanjirli uzatmada shovqin paydo bo`lishiga olib keldai. Bu shovqin qizigan dvigatelda tirsakli valni kichik aylanishlar sonida yaxshi eshitiladi.
Dvigatelda tebranishlarni kuchayishi. YOndirish tizimini va karbyuratorni nosozligi, klapanlarda tirqishni bo`lmasligi, dvigatel osmasini yeyilishi yoki yostig`ini qattiqligi hamda dvigatelni ta`mirlashda Sifatsiz yig`ish (massasi bo`yicha bir xil bo`lmagan porshenlar, maxovik va ilashish muftasi bilan birgalikda muvozanatlanmagan tirsakli valni o`rnatish) sababli dvigatelda tebranishlar kuchayadi.
Dvigatelni o`ta qizib ketishi. Sovutish tizimini nosozligi (suv nasosi va shamollatgich uzatmasi tasmasini tarangligini pasayishi yoki uzilishi, sovutish suyuqligi sathini yetarli emasligi, radiatorni tashqi sirtini qattiq ifloslanishi yoki radiator ichida va sovutish kopylaklarida quyqa paydo bo`lishi, termostatni, suv nasosini va shamollatgich elektrodvigatelini nosozligi), yondirishni ilgarilanish burchagini buzilishi hamda mos oktan sonli benzin ishlatilmaslik sababli dvigatel o`ta qiziydi.