Dvigatelning nosozliklari va ularning kelib chiqish sabalari. Dvigatelning texnik holatini avtomobilda tekshirish



Yüklə 224,5 Kb.
səhifə9/11
tarix20.11.2023
ölçüsü224,5 Kb.
#164718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
30.Dvigatel va uning tizimlariga texnik xizmat korsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi

porshenni almashtirish. porshenlar etak qismida uyulish paydo bo`lganda, porshen tubini va yuqoridagi kompression halqa sirtini kuyishi, porshen halqasi ariqchasini yeyilishi ruxsat etilganidan ko’payganda ular almashtiriladi.
Porshenni dvigatelni avtomobildan yechmay almashtiriladi: poddon karterdan moy to`kiladi, blok kallagi va poddon karter yechib olinadi, shatun boltlarini sh’linti olinadi va bo`shatib olinadi, shatun pastki kallagi olinadi va shkastlangan porshen shatun va porshen halqalari bilan birgalikda yuqoriga sug`urib olinadi, so`ng porshen bobishkasi teshigidan stopor halqasi olinib press yordamida porshen barmog`i olinib shatundan porshen ajratib olinadi. Lozim bo`lganda shu press yordamida shatunni yuqori kallagidagi bronzali vtulka chiqarib olinadi.
porshenlarni almashtirishdan oldin, ularni tsilindr bo`yicha tanlash lozim. Buning uchun porshenni shunday tanlash lozimki, uning ta`mir guruhi gilzani (tsilindr) ta`mir guruhiga mos tushsin va tsilindrga tushirilgan porshenni lenta-shchup yordamida o`lchanadi. Buning uchun porshenni kallagini pastga qaratib gilza ichiga tushiriladi, bunda porshen etagi cheti gilza tortsasi bilan tushishi, gilza va porshen orasidagi lenta-shchup esa porshen barmog`i o`qiga ‘kr’endikulyar tekislikda bo`lishi lozim. So`ng dinamometr bilan lenta-shchup tortiladi va tortish kuchi o`lchanadi. Bunda tortish kuchi ruxsat etilgan chegarada bo`lishi lozim. Lenta-shchup o`lchovi va tortish kuchi har xil avtomobillar uchun Ekspluatatsiya bo`yicha yo`riqnomada yoki ta`mir bo`yicha qo`llanmada berilgan. Misol, ZIL-130 dvigatteli uchun yog`onligi 0,08 mm, kengligi 13 mm li lenta-shchup ishlatiladi, bunda tortish kuchi 35...45 N bo`lishi lozim. Agar tortish kuchi tavsiya etilganidan farq qilsa, shu o`lchov gurihidagi boshqa porshen yoki istisno tarzida qo`shni o`lchov guruhi olinadi va yana uni tsilindr bo`yicha tanlanadi.
ZIL-130 dvigateli porshen va gilzalarini nominal va har bir ta`mir guruhida oltita o`lchov guruhi mavjud. TSilindrlar diametrlari bir-biridan 0,01 mm ga farq qiladi. Gilza va porshenlarni nominal o`lchov guruhi indeksi A, AA, B, BB, V, VV, birinchi ta`mir o`lchovi guruhi indeksi G, GG, D, DD, E, EE va hokazo, ular gilzani yuqori tortsasi va porshennni tubida belgilanadi. Avtomobillarni boshqa dvigatellari ham har bir ta`mir o`lchovi chegarasida xuddi shunga o`xshagan o`lchov guruhiga ega.
Avtomobildan yechib olingan dvigatellarda porshenlarni tsilindrlar bo`yicha tanlash xuddi yuqoridagiday amalga oshiriladi. Avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavodlarda dvigatellarni yig`ishda ham porshenlar xuddi shunday tanlanadi. porshenlarni tsilindrlar bo`yicha tanlashdan tashqari ularni massasi bo`yicha ham tanalanadi. Bitta dvigatelga o`rnatilayotgan eng og`ir va eng yengil porshenlar massasidagi farq yengil avtomobillarida 8 g dan, yuk avtmoobillarida 10 g dan ko’pga farq qilmasligi lozim. Bitta dvigatelga o`rnatilayotgan shatunlar ham massasi bo`yicha yengil avtomobillarda 8 g dan, yuk avtomobillarida esa 10 g dan ko’pga farq qilmasligi lozim. SHatun, porshen, porshen halqalari, va barmog`i bilan birgalikda bir-biridan yengil avtomobillarda 15 g dan yuk avtomobillarida 20 g dan ko’pga farq qilmasligi lozim.
porshen barmoqlarini porshen va shatunga ularga surtilgan bo`yoq rangi bo`yicha tanlanadi. Bunda porshen barmog`iga porshen teshigiga va shatunni yuqori kallagiga surtilgan bo`yoq bir xil bo`lishi lozim. Bundan tashqari ba`zi yuk avtomobillarida «porshen- barmoq-shatun» harflar bilan markirovka qilinadi. Bunda M harfi kichik o`lchamdagi, BM o`rtacha o`lchamdagi va B katta o`lchamdagi guruh hisoblanadi.
TSilindr porshen guruhini to`la almashtirishda tanlash muammosi tug`ilmaydi, chunki ular ehtiyot qismlar sifatida porshen, porshen barmog`i, porshen halqalari oldindan tanlangan bo`ladi. SHuning uchun shatun porshen guruhini yig`ishda detallarni markirovkasi bo`yicha tanlanganligiga ishonch hosil qilish va porshen gilza orasidagi tirqishni lenta-shchup yordamida tekshirish lozim. Lenta-shchup bo`lmaganda qo`yidagi usul bilan tanlash mumkin.
VAZ avtomobillarida porshen barmoqlari porshen va shatunga shunday tanlab olinadiki, xona harorati motor moyi bilan moylangan porshen barmog`i porshen teshigiga bosh barmoq kuchi yordamida kirishi va o`z og`irligi bilan porshen teshigidan tushib ketmasligi lozim hamda shatunni yuqori kallagiga shatun 2400S qizdirilib natyag bilan kirishi lozim. qolgan dvigatellarda shatunni yuqori kallagiga bosh barmoq kuchi bilan kirishi va porshen teshigiga esa 60...800S li moyda qizdirilib kiritiladi.
Porshenni shatun bilan ulashdan oldin shatun kallaklarini ‘aralleligini tekshirish lozim. Buni indikator kallakli moslamada amalga oshiriladi.
SHatunni ruxsat etilgan chegaradan ko’proqga deformatsiyalanmasa ular to`g`rilanadi. So`ng porshen moyli vannaga joylashtirilib 60...850S gacha qizdiriladi va porshen barmog`i opravka yordamida porshen bobishkasi teshigiga va shatunni yuqori kallagiga presslab kiritiladi. presslashdan so`ng bobishka ariqchasiga stopor halqasi qo`yiladi.
SHatunni yuqori kallagi vtulkasini, porshen barmog`ini hamda porshen halqalarini almashtirishsh ham yuqorida koprsatilganidek amalga oshiriladi. Nosoz vtulkalar press yordamida shatunni yuqori kalagidan chiqariladi va yangisi presslab kiritiladi. So`ng vtulkalar gorizontal-yo`nish dastgohida yo`niladi yoki razvyortka yordamida ishlov beriladi. Vtulkani ichki sirti toza, chizilmagan, g`adir-budirligi Ra=0,63 mkm, ovalliligi va konusliligi 0,004 mm dan oshmasligi lozim. porshen va shatunni yig`ma holda tsilindrga o`rnatishdan oldin porshen ariqchalariga porshen halqalari komplekti kiydiriladi.
porshen halqalari mos tsilindrga o`rnatilganda porshen halqasi qulfidagi tirqish o`lchovi bo`yicha tanlanadi., porshenga esa porshen ariqchasi va halqasi orasidagi tirqish bo`yicha tanlanadi.
porshen halqalari tanlangandan so`ng maxsus moslama yordamida porshen ariqchalariga, porshenlar halqalari bilan maxsus opravka yoki lentali qurilma yordamida tsilindrga o`rnatiladi. porshen halqalari qulflarini aylana bo`yicha bir-biridan bir xil masofada yotishi lozim. Kompression halqalarni faskasi yuqoriga qaragan bo`lishi lozim. porshen halqalari porshen ariqchalarida erkin aylanishi lozim.
porshen halqalarini porshenga qo`yishdan oldin dvigatelda ishlagan qurum bosgan porshen ariqchalarini maxsus moslama yordamida tozalanadi.

Yüklə 224,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin