Huquq sohalari
Moddiy huquq
Protsessual huquq
sohalari
sohalari
– konstitutsiyaviy huquq;
– fuqarolik protsessual
– fuqarolik huquqi;
huquqi;
– mehnat huquqi;
– xo‘jalik protsessual
– oila huquqi;
huquqi;
– moliya huquqi;
– ma’muriy protsessual
– ijtimoiy ta’minot huquqi;
huquqi;
– yer huquqi;
– jinoyat protsessual
– suv huquqi;
huquqi.
– ekologiya huquqi;
– agrar huquq;
– tadbirkorlik huquqi;
– bojxona huquqi;
– ma’muriy huquq;
– jinoyat huquqi;
– jinoyat ijroiya huquqi
va boshq.
Qonunchilikni tizimlashtirish shakllari
Kodifikatsiya
Inkorporatsiya Konsolidatsiya
232
XVI BOB. O‘ZBEKISTONNING HUQUQIY
TIZIMI
1-§. Huquqiy tizim tushunchasi va mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimi jamiyatning
jadal rivojlanayotgan ijtimoiy tizimlaridan biridir. Huquqiy
tizimning taraqqiy etganlik darajasi, mamlakatdagi iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy vaziyat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, aholining
siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatida namoyon bo‘ladi. Nafaqat
huquqshunoslar, balki barcha fuqarolarning huquqiy tizim
to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lishlari fuqarolik jamiyati
barpo etish maqsadlariga erishish uchun nihoyatda muhimdir.
Milliy huquqiy tizimni tavsiflashdan oldin «huquqiy tizim»
tushunchasini yoritish, puxta tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Umuman aytganda, «tizim» tushunchasi grekcha «systema»
so‘zidan olingan bo‘lib, «qismlardan tashkil topgan majmua»,
degan ma’noni anglatadi. Hodisalarni tizimli o‘rganish falsafa
fanining alohida yutug‘i bo‘lib, bugungi kunda barcha sohalarga,
jumladan, huquq sohasiga ham joriy etilmoqda. Falsafiy nuqtayi
nazardan «tizim» ichki izchillik va o‘zaro aloqadorlikni,
munosabatlarning bir butunligini anglatadi. Tizimning muhim
jihati uning strukturaviy xususiyatga ega ekanligi, ya’ni voqelikning
ichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onali
bo‘ysunishning yuzaga kelishi hamda ularning nisbiy
mustaqilligidan iborat.
Har bir fan o‘zi o‘rganayotgan obyektning mazmun-mohiyatini
ochishga tobora chuqurroq kirib borar ekan, tadqiq etilayotgan
ijtimoiy hodisalarga tizimli yondashuv, tizimli tahlil usullarini
kengroq qo‘llay boradi. Bu esa, insonning o‘zini o‘rab turgan
hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarini tobora kengaytirib borishiga
imkon beradi.
Tizimli tadqiqotlarning dolzarbligi ikki muhim holat bilan
belgilanadi. Birinchisi, tabiiy va ijtimoiy hodisalarni tizimli, yaxlit
tarzda anglash ehtiyoji o‘sib borayotganligi bo‘lsa; ikkinchisi,
zamonaviy nazariy bilim va amaliy faoliyat shu darajada
chuqurlashib bormoqdaki, ularni yaxlitlikda o‘rganish zaruriyati
yuzaga kelayotganligidir. Shu sababli bilim va ijtimoiy faoliyatni
233
tizimlashtirish, ular orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish ehtiyoji
vujudga keladi. Bu vazifani aynan tizimli tadqiqotlar hal etadi.
Huquqiy hodisalarga tizimli yondashuv ularni mukammal
o‘rganishga ko‘maklashadi. Huquqiy hodisalar – insonlar
irodasining mahsuli. Aynan insonlar, ularning uyushmalari siyosiy
institutlarni vujudga keltiradi hamda huquqiy hodisalarni
rasmiylashtiradi. Mazkur siyosiy institutlar va huquqiy hodisalar
yig‘indisi o‘zaro aloqada bo‘ladi va yaxlit bir butunlikni tashkil
etadi. Tizimning xususiyati shunda ifodalanadiki, uning tegishli
qismlari bir butunga birlashadi. Qismlar yaxlitlikni hosil qiladi va
aksincha yaxlitlik qismlarni birlashtiradi, ularning mohiyati,
mazmuni va shakllarini, tizim tarkibidagi o‘rni va vazifasini belgilab
beradi.
«Huquqiy tizim» tushunchasi yuridik fanga XX asrning so‘nggi
choragida kirib kelgan bo‘lib, u bugun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
tizimlar bilan bir qatorda namoyon bo‘lmoqda. Huquqiy tizim
huquqqa oid tushunchalar, huquqiy institutlar, huquqiy jarayonlar
va boshqa barcha huquqiy voqelikni o‘zida mujassamlashtirgan
holda ular o‘rtasidagi aloqadorlikni ifodalaydi. Huquqiy tizim,
o‘z navbatida, davlat va jamiyatning huquqqa munosabatini aks
ettiradi. Yuqori darajada rivojlangan huquqiy tizim nafaqat
huquqni ijod qiluvchi, uni amalga oshiruvchi hamda muhofaza
qiluvchi organlar faoliyatida qulayliklar yaratadi, balki butun
jamiyatni huquq talablari doirasida hayot kechirishini ta’minlaydi.
Huquqiy tizimni alohida o‘rganish va unga baho berishda
quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish lozim:
– huquqiy tizim tushunchasi;
– huquqiy tizimning tarkibiy tuzilishi;
– huquqiy tizimning amal qilish doirasi;
– huquqiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari.
Huquqiy tizim tushunchasini tahlil etishda, mamlakatimiz va
xorijiy davlatlar olimlarining fikrlariga e’tibor qaratish lozim.
Ushbu tushuncha huquqshunoslar tomonidan turlicha talqin
etiladi. Ba’zi mualliflar «huquqiy tizim»ni «huquq tizimi» iborasi
bilan bir xil deb tushunadilar, boshqa olimlar esa, mazkur
tushuncha doirasida huquqiy normalar va huquqiy
munosabatlarning o‘zaro daxldorligini nazarda tutadi. Uchinchi
234
guruh mutaxassislar «huquqiy tizim tushunchasi normativ tuzilma
sifatida huquqning tuzilishini, vakolatli organlarning huquq
ijodkorlik va huquqni qo‘llash sohasidagi faoliyatlarini qamrab
oladi», deb ta’kidlaydilar
1
. Akademik V.S.Nersesyansning fikricha,
huquqiy tizimni ta’riflash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, huquqni umumiy
tushunishni, shartli ravishda «huquqiy tizim» so‘zi bilan
almashtirilishini bildiradi
2
.
«Huquqiy tizim» tushunchasini talqin etish orqali huquqning
ochilmagan yangi qirralarini bilib olish va shu bilan bir qatorda
huquq to‘g‘risidagi tasavvurlarni rivojlantirish mumkin. «Huquqiy
tizim» bilan «huquq tizimi»ni qiyoslab ko‘raylik. To‘g‘ri, huquq
tizimi o‘z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari, huquq
normalarini qamrab olgani holda, huquqiy tizimning normativ
o‘zagini tashkil etadi. Lekin faqat huquqiy normalarning o‘zi
huquqiy tizimning to‘la hajmini ifodalay olmaydi. Huquqiy tizim
huquq normalaridan iborat bo‘lgan obyektiv huquqdan farq qilib,
nafaqat bir turdagi elementlarni, balki turli yo‘nalish va harakatda
bo‘lgan huquqiy tuzilmalarni, g‘oyalarni, prinsiplarni, jarayonlarni
o‘zida mujassamlashtiradi. Huquqiy tizimga harakatdagi hodisa
sifatida qarash lozim. Huquqiy tizim – keng qamrovli tushuncha
bo‘lib, muayyan makonda va zamonda amal qilayotgan huquqiy
hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, huquq normalari hamda
huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o‘zaro uzviy
bog‘liqligi va aloqadorligidir.
Prof. M.N. Marchenkoning fikricha, huquqiy tizim deganda,
biror-bir mamlakat doirasida amal qiluvchi barcha yuridik
institutlar va muassasalarning yig‘indisidan iborat mamlakatning
butun huquqiy tuzilmasi, jamiyatning yagona vujud sifatida
huquqiy jihatdan tashkil etilganligi tushuniladi. Bu nafaqat huquqiy
normalar, shu bilan birga, huquqiy mafkura, huquqiy ong, huquqiy
madaniyat, huquqiy amaliyot va h.k.larni qamrab oladi.
3
«Huquqiy tizim – o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, mutanosib va bir-
1 Àëåêñååâ Ñ.Ñ. Îáùàÿ òåîðèÿ ïðàâà. Ò.1. – Ì.: 1981, ñ.87-88.
2 Ïðîáëåìû îáùåé òåîðèè ïðàâà è ãîñóäàðñòâà / Îòâ. ðåä. Â.Ñ. Íåðñå-
ñÿíö. – Ì.: 2000, ñ.450
3 Qarang: Ìàð÷åíêî Ì.Í. Òåîðèÿ ãîñóäàðñòâà è ïðàâà â âîïðîñàõ è îòâåòàõ.
– Ì.: ÏÁÎÞÏ Ãðà÷åâ Ñ.Ì., 2001. Ñ.131.
235
biriga ta’sir qiluvchi huquqiy vositalardan iborat bo‘lib, ijtimoiy
munosabatlarni, shuningdek, u yoki bu mamlakatdagi huquqiy
rivojlanish darajasini tavsiflovchi tarkibiy qismlarni birlashtiradi»
1
.
Ushbu ta’rif ham huquqiy tizim mazmunini yoritishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Prof. N.I.Matuzovning fikricha, «Huquqiy tizimni ichki
muvofiqlashgan, o‘zaro bog‘langan, ijtimoiy bir turdagi yuridik
vositalarning yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin. Davlat ularning
yordamida ijtimoiy munosabatlarga zarur normativ ta’sir
(mustahkamlash, tartibga solish, qo‘riqlash, muhofaza qilish kabi)
ko‘rsatadi».
2
Lekin fanda «huquqiy tizim» tushunchasini «huquq tizimi»,
«qonunchilik tizimi», «yuridik normalar tizimi» tushunchalari bilan
aynanlashtish uchrab turibdi. Huquqiy tizimni tushunishda,
«huquq tizimi», «huquqiy tizim» va «huquq oilasi»
kategoriyalarining bir-biridan farqini ajratib olish maqsadga
muvofiqdir.
Huquq tizimi – huquqning ichki tuzilishi, ichki qurilishi –
tarkibi bo‘lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligini
va qismlar o‘rtasidagi munosabat hamda nisbatni ko‘rsatadi. Yoki,
huquq tizimi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi
huquqning ichki tuzilishi bilan bog‘langan, huquqiy normalarni
izchil tarzda joylashtirilishining ifodasidir. Yuqoridagi fikrlardan
ko‘rinib turibdiki, huquq tizimi huquqning ichki strukturaviy
tuzilishidir. Uning tarkibiga: huquq normalari, huquq institutlari
va huquq sohalari (tarmoqlari) kiradi. Demak, huquq tizimi –
huquqning ichki tuzilishi, uning tarkibiy qismlarini tashkil etilishi
va joylashishining muayyan tartibini ifodalaydi. Huquqiy tizim
esa, mamlakat hududi doirasida amal qiladigan barcha yuridik
vositalar, institutlar va muassasalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib,
jamiyatning huquqiy tuzilishi, uning butun huquqiy hayoti va
huquqiy jihatdan tashkil etilishini ifodalaydi.
Huquqiy tizim nafaqat huquq normalarining o‘zi, balki ularni
1
Ñàèäîâ À., Òîæèõîíîâ Ó. Äàâëàò âà µó³ó³ íàçàðèÿñè. Èêêè æèëäëè. 2-
æèëä. ¥ó³ó³ íàçàðèÿñè. –Ò.: 2001. 48-bet.
2
Ìàòóçîâ Í.È. Ïðàâîâàÿ ñèñòåìà è ëè÷íîñòü. Ñàðàòîâ. 1987. Ñ.26.
236
harakatga keltiruvchi, o‘zaro bog‘liq huquqiy hodisalar yoki
vositalar hamda ularning bir butun harakatdagi ko‘rinishidir.
Huquqiy tizim tarkibiga huquq normalari bilan bir qatorda, huquq
ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqiy amaliyot, huquqiy ong,
huquqiy madaniyat, huquqiy mafkura, huquqiy siyosat, huquqiy
tamoyillar, yuridik muassasalar va boshqalar kiradi.
Huquqiy tizim, asosan, muayyan mamlakat va davlat miqyosida
amal qiladi. Chunki, davlatlarda hokimiyatni amalga oshirish usuli,
davlat organlarining tashkil etilishi va shu kabi davlatning asosiy
siyosiy xususiyatlariga qarab, uning qonunchiligi, huquqiy asoslari
yaratiladi.
Huquq oilasi «huquq tizimi» va «huquqiy tizim»ga nisbatan
keng ma’noli tushuncha bo‘lib, ularni o‘z tarkibiga qamrab oladi.
Huquq oilasi ko‘p yuridik adabiyotlarda huquqiy tizim tushunchasi
bilan aynanlashtiriladi
1
. Qiyosiy huquqshunoslik bilan
shug‘ullanuvchi olimlar tomonidan «huquq oilasi» atamasi turlicha
bayon etiladi. Jumladan, R.David «huquqiy tizimlar oilasi», K-
O.Ebert va M. Reynstayn «huquqiy doiralar», S.S.Alekseyev
«tuzulmaviy umumiylik», deb ataydilar. Ushbu tushunchaning
umumiy ta’rifini ishlab chiqish va fanda qo‘llash o‘rinli bo‘lardi.
Fikrimizcha, huquqiy tizim va huquq oilasi tushunchalarini
bir-biridan farqini aniqlab, to‘g‘ri talqin etish zarur. Huquqiy
tizim tushunchasini muayyan davlatlardagi huquqiy voqelikka
nisbatan qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Huquq oilasi esa, aynan
huquqiy tizimlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishiga asos bo‘luvchi,
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, tarixan shakllangan, bir
necha milliy huquqiy tizimlarni aks ettiruvchi dunyo miqiyosida
huquqning eng katta tarkibiy qismidir. Bir qator huquqiy tizimlarga
xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni belgilab olish, ularni huquq
1
Qarang: Äàâèä Ð. Îñíîâíûå ïðàâîâûå ñèñòåìû ñîâðåìåííîñòè. –Ì.: 1988./
/ Äàâèä Ð., Æîôôðå-Ñïèíîçè Ê. Îñíîâíûå ïðàâîâûå ñèñòåìû ñîâðåìåí-
íîñòè. –Ì.: 1996.
2
Qarang: Âèøíåâñêèé À.Ô. Îáùàÿ òåîðèÿ ãîñóäàðñòâà è ïðàâà // À.Ô.Âèø-
íåâñêèé, Í.À.Ãàðáàòîê, Â.À.Êó÷èíñêèé; Ïîä îáù. ðåä. ïðîô. Â.À.Êó÷èí-
ñêîãî. –Ì.: 2004. Ñ.280.
3
Qarang: Îáùàÿ òåîðèÿ ïðàâà è ãîñóäàðñòâà // Ïîä ðåä. Â.Â.Ëàçàðåâà. –
Ì.: 2001. Ñ.218; ×åðäàíöåâ À.Ô. Òåîðèÿ ãîñóäàðñòâà è ïðàâà. –Ì.: 1999.
Ñ.400.
237
oilalari bo‘yicha tasniflash imkonini beradi
2
. Demak, «huquqiy
oila» kategoriyasi yuridik belgilari o‘xshash bo‘lgan huquqiy
tizimlar guruhini ifodalashga xizmat qiladi
3
.
Demak, huquqiy tushunchalarni «obyekt doirasi» (hajmi) yoki
tartibga solish jarayoni bo‘yicha tartiblashtirsak, dunyo huquqiy
xaritasi, huquq oilasi, huquqiy tizimlar va huquq tizimi kabi
ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, jamiyatda mavjud huquq
tavsifiga tizimli yondashilganda, uning barcha tarkibiy qismlari
xalqning manfaat va irodasini ifodalashida namoyon bo‘ladi.
Huquqiy tizimning alohida tarkibiy qismlari tegishli ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish jarayonida uzviy tarzda o‘zaro
bog‘langan bo‘ladi va bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bunday
tartibga solish yagona maqsadga, ya’ni jamiyat barqarorligini
ta’minlash, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga
yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi – mamlakatimizdagi
huquqiy voqelikni ijtimoiy borliqning tarkibiy qismi sifatida
ifodalovchi nisbatan yangi huquqiy kategoriyadir.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng,
mohiyat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi milliy huquqiy tizimni
shakllantirishga kirishildi. Albatta, huquqiy tizimni yaratish bir
qancha yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Zamon ruhiga
yot, yagona mafkurani o‘rnatuvchi, bozor munosabatlariga
to‘sqinlik qiluvchi normalar bekor qilindi, ba’zi birlari esa
mohiyatan o‘zgartirildi va aksariyat qoidalar mutlaqo yangidan
qabul qilindi. Bu normalar yaxlit tizimning tarkibiy qismlariga
aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi – bu umum e’tirof
etilgan talablar va xalq manfaati hamda fuqarolarimizning erkin
hayoti va farovon kelajagini hisobga olgan holda yaratilgan hamda
unga muvofiq harakatda bo‘lgan huquqiy hodisalar, vositalar,
jarayonlar, prinsiplar, institutlar hamda muassasalarning mantiqiy
bog‘liq holdagi ifodasidir.
Milliy huquqiy tizim muayyan davlatning ichki huquqiy hayoti,
jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
huquq tizimi, huquqiy mafkura, huquqiy ong, huquqiy
238
munosabatlar, huquqiy madaniyat, huquqiy amaliyot va yuridik
fanni qamrab oluvchi, o‘ziga xos amal qilish xususiyatlariga ega
bo‘lgan hamda doimiy rivojlanishda bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy
voqelikdir.
Milliy huquqiy tizim muayyan mamlakat miqyosida amal qiladi
va jamiyat rivoji bilan bog‘liq holda harakatlanadi. Shu bilan bir
qatorda, jamiyat taraqqiyotining huquqiy asosi sifatida maydonga
chiqadi.
Shunday qilib, huquqiy tizim har bir davlatning o‘ziga xos
xususiyatlari: geografik jihatdan joylashuvi, tarixi, tili, dini,
xalqning ijtimoiy tabiati, mentaliteti, urf-odatlari, shuningdek,
milliy qadriyatlarini inobatga olgan holda shakllanib, shu mamlakat
fuqarolarining manfaatlarini o‘z mazmunida aks ettiradi.
2-§. Huquqiy tizimning tarkibiy elementlari
Tizim muayyan tarkibiy qismlar, bo‘linmalarning bir butun
shaklidir. Shundan kelib chiqqan holda, huquqiy tizim alohida
ijtimoiy hodisa sifatida bir qancha tarkibiy qismlar (elementlar)ni
birlashtiradi. Huquqiy tizimning tarkibiy qismlari bir-biridan o‘z
mazmuni va mohiyati, maqsad va vazifalari, tuzilishi va shakli, harakat
doirasi va maydoni hamda boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.
Huquqiy tizim tuzilishining murakkabligi uni tashkil etuvchi tarkibiy
qismlarning ko‘pligi, har birining alohida funksiyasi mavjudligi va
o‘zaro munosabat (aloqa)da harakatlanishida namoyon bo‘ladi.
Jamiyatning huquqiy tizimi o‘zining muayyan mantiqiy ichki
tarkibiy tuzilishiga ega bo‘lgan murakkab ijtimoiy hodisadir.
«Huquqiy tizim» o‘z tarkibiy qismlarining tizimli majmui tarzida
gavdalanadi va normalar yig‘indisi hisoblanmish obyektiv
huquqdan jiddiy farq qiladi. Mazkur farq shundaki, huquqiy tizim
bir turdagi elementlarnigina emas, balki turli yo‘nalish va
maqomdagi tuzilmalarni qamrab oladi, birlashtiradi. Ta’kidlash
lozimki, huquqiy tizim tarkibiga:
1) falsafiy yoki
mafkuraviy (huquqning talqini, huquqiy
tushuncha va kategoriyalar, huquqiy ong, huquqiy mafkura,
huquqiy madaniyat);
2) me’yoriy (jamiyatda harakatlanayotgan huquqiy normalar
majmui);
239
3) institutsional-tashkiliy
(huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash
jarayoni bilan bog‘liq yuridik muassasalar);
4) sotsiologik, ya’ni ijtimoiy (huquqiy munosabatlar, huquqni
tatbiq etish, qonuniylik muhiti, yuridik amaliyot) elementlar kiradi.
Huquqiy tizim harakatdagi «jonli» hodisa sifatida talqin etilishi
lozim. Zero, u ijtimoiy hayotning faol tarkibiy qismi sifatida
kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni uzluksiz tartibga solish
vazifasini bajaradi. Amaliy jihatdan huquqiy tizim
harakatlanishining dinamik talqini muhim ahamiyat kasb etsa,
ilmiy nuqtayi nazardan uni statik (harakatsiz) tarzda ajratib olib
ifodalash muayyan mazmunga ega. Shundan kelib chiqib, huquqiy
tizim strukturasini statik va dinamik jihatdan tavsiflash mumkin.
Statik holatda uning tarkibiy qismlari quyidagilardir: 1) yuridik
normalar; 2) huquqiy prinsiplar va institutlar; 3) huquqiy
muassasalar yig‘indisi; 4) huquqiy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar.
Dinamik holatda: 1) huquq ijodkorligi; 2) huquqni amalga
oshirish (qo‘llash jarayoni); 3) huquqiy munosabatlar; 4) huquqiy
tartibga solish mexanizmi; 5) huquqiy tafakkur (huquqiy ongning
rivoji, ijtimoiy hayotga faol ta’siri). Huquqiy tizimning dinamik
ko‘rinishi bu mazkur tizim elementlarining harakatlanish jarayoni,
uning maqsadli yo‘nalishi va pirovardida ko‘rsatadigan samarasidir.
Shunday qilib, jamiyat huquqiy tizimi tarkibiga quyidagi asosiy
elementlarni kiritish mumkin:
– huquqiy normalar yig‘indisi (huquqiy tizimning o‘zagi);
– huquqiy prinsiplar (rahbariy g‘oyalar);
– huquq ijodkorligi (vakolatli idoralarning faoliyati);
– huquqni amalga oshirish, qo‘llash jarayoni;
– huquqiy munosabatlar (huquqiy normaning amalga oshish
shakli);
– huquqiy tartibga solish mexanizmi;
– yuridik muassasalar tizimi;
– yuridik amaliyot (sud amaliyoti, tergov amaliyoti, adliya
amaliyoti va h.k.);
– huquqiy ong (huquqiy hodisalarning ijtimoiy ongdagi
in’ikosi);
– huquqiy siyosat (strategiya);
– huquqiy mafkura (g‘oyaviy-ma’naviy jihat);
240
– huquqiy madaniyat (huquqiy ma’naviyat va tarbiyaning
ifodasi);
– qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi;
– huquqning manbayi (qonunchilik va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar majmui).
Yuqorida sanab ko‘rsatilgan huquqiy voqeliklar yagona bir tizim
hosil qilib, o‘zaro aloqadorlikda, munosabatda bo‘ladi. Har bir
huquqiy institut (hodisa) qolganlarining mavjud bo‘lishini taqozo
etadi. Bu tizimdagi bir elementning harakatlanishi qolgan
elementlarning harakatga kelishiga sabab bo‘ladi. Demak,
jamiyatning huquqiy tizimi – muayyan makonda va zamonda amal
qilayotgan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar,
normalar va huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi,
o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda aloqadorligi bo‘lib, ularning
maqsadli harakatlanishi natijasida ijtimoiy munosabatlarning
yuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi. Huquqiy
tizim yaxlit voqelik bo‘lib, tarkibiy qismlarining o‘zaro ichki
aloqadorligi, bog‘liqligi, mutanosibligi, izchilligi va barqarorligi
bilan tavsiflanadi.
Bayon etilgan tarkibiy qismlar huquqiy tizimning murakkab
ijtimoiy hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash fikrni davlat
va huquq nazariyasiga oid darsliklarda ham ko‘rishimiz mumkin.
Unga ko‘ra, huquqiy tizimning asosiy qismlari sifatida quyidagilar
alohida ajratib ko‘rsatiladi: 1) huquqiy tushunchalar; 2) huquq
prinsiplari; 3) huquqiy madaniyat; 4) huquqiy siyosat; 5) huquq
va uni ifoda etuvchi qonunchilik; 6) huquqiy munosabatlar; 7)
yuridik amaliyot; 8) yuridik texnika; 9) yuridik fan.
Prof. N.I.Matuzov esa, huquqiy tizimni murakkab, serqirra
tushuncha ekanligini ta’kidlab, uni jamiyatda mavjud bo‘lgan
barcha yuridik hodisalar, huquqiy vositalar yig‘indisi sifatida
ta’riflaydi
1
. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, olim huquqiy
tizim tarkibini barcha huquqiy hayot, huquqiy ustqurma
elementlari bilan izohlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki,
huquqiy tizim – murakkab ijtimoiy hodisa sifatida o‘z tarkibida
1
Ìàòóçîâ Í.È. Ïðàâîâàÿ ñèñòåìà è ëè÷íîñòü. - Ñàðàòîâ. 1987. ñ.26.
241
mamlakatda mavjud barcha huquqiy voqeliklarni, ya’ni huquqiy
vositalar, hodisalar, institutlar, muassasalar, binobarin huquqiy
hayotni aks ettiruvchi butun bir reallikni ifodalaydi.
Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
1. Normativ xususiyatga ega bo‘lgan tarkibiy elementlar:
a) huquq; b) huquq tizimi; d) huquqiy prinsiplar; e)
huquqning manbalari.
2. Harakatda (muayyan jarayon orqali) ifodalanadigan tarkibiy
elementlar:
a) huquq ijodkorligi; b) huquqni amalga oshirish, qo‘llash
jarayoni; d) huquqiy munosabatlar; e) huquqiy tartibga solish
mexanizmi.
3. G‘oyaviy-mafkuraviy mazmunga ega bo‘lgan elementlar:
a) huquqiy ong; b) huquqiy madaniyat; d) huquqiy mafkura;
e) huquqiy siyosat; f) yuridik fan (huquqiy tafakkur); g) qonuniylik
muhiti va huquqiy tartibot rejimi.
4. Tashkiliy tarkibiy elementlar:
a) yuridik muassasalar: huquqiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar.
Huquqiy tizimni tushunishda uning tarkibiy qismlari
mazmunini chuqur bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi
elementlar bir butun yaxlit holda huquqiy tizimni tashkil etadi:
huquq, huquq tizimi, huquqiy tamoyillar, huquq ijodkorligi,
huquqni amalga oshirish, huquqiy munosabatlar, huquqiy tartibga
solish mexanizmi, yuridik muassasalar tizimi, yuridik amaliyot,
huquqiy siyosat, huquqiy mafkura, huquqiy ong va huquqiy
madaniyat va boshqalar. Huquqiy tizimning har bir elementiga
alohida to‘xtalamiz.
Huquq – jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi,
fuqarolarning hayotiy faoliyatini belgilab beruvchi, davlat
tomonidan qabul qilingan yoki ma’qullangan yashash qoidalari
tizimidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tizimi – bu huquqning
strukturaviy tuzilishi bo‘lib, o‘z tarkibiga huquq normalari, huquq
institutlari va huquq sohalarini qamrab oladi. Huquq tizimi huquq
normalarining tashkiliy tuzilishi bo‘lib, uning mavjud bo‘lishi
242
obyektiv shart-sharoitlarga (milliy, madaniy, tarixiy va sh.k.)
bog‘liq va huquqning ichki tuzilishini ifodalaydi. Huquq tizimi
huquqiy tizimning normativ asosi hisoblanib, boshqa tarkibiy
elementlarning shakllantiruvchi va harakatini tartibga soluvchi
birlamchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Huquqiy prinsiplar huquqiy tizim doirasidagi rahbariy g‘oyalar
yig‘indisini tashkil etadi. Mazkur tushuncha majmua xususiyatiga ega.
Chunki, huquqiy tizimning har bir elementi o‘z prinsiplariga ega.
Huquqiy tamoyillar – yo‘naltiruvchi, dastlabki g‘oya bo‘lib,
insonlarni o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun
xizmat qiladigan, asosiy mo‘ljalni ko‘rsatib beradi. Huquqiy tizimni
shakllantirishda huquqiy tamoyillar (rahbariy g‘oyalar)ning faol
harakatini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquq ijodkorligi – jamiyat va davlatning huquqiy ehtiyojlarini
aniqlash va baholash, vakolatli organlarning huquqiy hujjatlarni
shakllantirish va qabul qilish faoliyatini qamrab oluvchi jarayon.
Huquqni amalga oshirish – bu huquq normalari orqali ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish yoki huquqni amalda tatbiq etishda
namoyon bo‘ladi. Huquqni amalga oshirishning birlamchi shakli
qonun chiqarish bo‘lsa, ikkilamchi shakli ular orqali ijtimoiy
munosabatlarga ta’sir etishdir.
Huquqiy munosabatlar – bu huquq normalari bilan tartibga
solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Huquq sohalariga ko‘ra ular:
konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, jinoiy-huquqiy
munosabatlar, ma’muriy-huquqiy munosabatlar, fuqaroviy-
huquqiy munosabatlar va boshqa turlarga ajraladi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmi – jamiyatda turli-tuman
ijtimoiy munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketma-
ketlikda ta’sir etish jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar mazmuni
hamda huquqiy normalar ruhi mamlakat intilayotgan maqsad va
vazifalar, ya’ni: bozor iqtisodiyotiga o‘tish, huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan uzviy bog‘liq.
Yuridik muassasalar – huquqiy tizimning muhim tarkibiy
qismlaridan biridir. Yuridik muassasalar deb – huquq ijodkorligi,
huquqni tatbiq etish, uni muhofazalash hamda huquq buzilishlariga
qarshi kurash bilan shug‘ullanadigan davlat va boshqa ijtimoiy
tashkilotlar tizimiga aytiladi.
243
O‘zbekiston Respublikasida yuridik muassasalar tizimiga
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti apparati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati organlari, O‘zbekiston
Respublikasi prokuratura, bojxona va soliq organlari, O‘zbekiston
Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, vakillik hamda
davlat boshqaruv organlari, advokatura va h.k.lar kiradi.
Huquqiy amaliyot – huquq va huquqiy ong bilan birga jamiyat
huquqiy tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Huquqiy
amaliyotsiz huquqiy tizim tashkil topishi, rivojlanishi va amalda
bo‘lishi mumkin emas. Huquqiy amaliyot to‘plangan ijtimoiy-
huquqiy tajribalar asosida huquqiy normalarni yaratish, sharhlash
va amalga oshirish faoliyatidir.
Huquqiy tizimning «sistema» tashkil etuvchi tarkibiy
qismlaridan hisoblangan huquqiy ong va huquqiy madaniyat
ijtimoiy hodisa bo‘lib, huquq bilan chambarchas bog‘liqdir.
Huquqiy ong – ijtimoiy ongning bir shakli hisoblanib, nisbatan
mustaqildir. Huquqiy ong jamiyat a’zolarining huquqqa, qonunga
munosabati hamda davlat mexanizmi faoliyati xususidagi
tasavvurlari, qarashlari, ta’riflari, his-tuyg‘u va kayfiyatlarining
mujassam ifodasidir.
Jamiyat huquqiy tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, huquqni
insonlar xatti-harakatida mujassamlashishini, kishilarning huquqqa
nisbatan hurmatini, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizligini
anglatuvchi tushuncha huquqiy madaniyat hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat – fuqarolik jamiyati ma’naviy
kamolotining, davlatchilik binosi rivoji va huquqiy tizim
yetukligining muhim ko‘rsatkichidir. Huquqiy madaniyat deganda,
jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasini, xalqning
bu huquq tizimidan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga
bo‘lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilish darajasi,
huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo‘lish, qonunga
itoatkorlik darajasi tushuniladi.
Huquqiy siyosat – ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga
solishning asoslari, prinsiplari, yo‘nalishlari, vazifalari, strategiyasi
va taktikasidir. U davlat tomonidan shakllantiriladi va amalga
oshiriladi.
244
Huquqiy mafkura – davlatchilik, siyosiy tizim va huquqiy hayot
haqidagi siyosiy-huquqiy g‘oyalar, qarashlar va bilimlarning
umumlashtirilgan tizimidir.
3-§. O‘zbekiston huquqiy tizimini isloh qilishning asosiy
yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimi to‘g‘risida fikr
yuritganda, quyidagi savollarga javob topish lozim bo‘ladi:
«O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi avval qanday ko‘rinishda
bo‘lgan?», «Jamiyatimiz huquqiy tizimining hozirgi holati
qanday?» va «Kelajakda mamlakatimiz huquqiy tizimi qanday
ko‘rinishda bo‘lishi lozim?»
O‘zbekiston huquqiy tizimi shakllanishining tarixiga e’tibor
qaratsak, mamlakatimiz hududida paydo bo‘lgan ilk davlatlarda
jumladan, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Parfiya, Marg‘iyona,
Qang‘, Kushon, Eftalitlar va Turk xoqonligida odat huquqi amalda
bo‘lganligi haqida tarixiy manbalar guvohlik beradi.
VII asrda hududimizga arablar bostirib kelishi bilan huquqiy
tizimda odat huquqi bilan birgalikda musulmon huquqi normalari
amal qila boshladi. Muayyan vaqt o‘tishi va Arab xalifaligi
o‘rnatilishi bilan musulmon huquq normalari asosiy o‘rinni egallab,
avval mavjud bo‘lgan tizimni siqib chiqara boshladi. Mamlakatimiz
hududida hukm surgan Somoniylar, Tohiriylar, Qoraxoniylar,
Saljuqiylar, G‘aznaviylar, Xorazmshohlar, Mo‘g‘ullar, Temuriylar,
Shayboniylar, Ashtarxoniylar va xonliklar davrida musulmon
huquqi normalari huquqiy tizimning asosiy elementi sifatida
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solardi
1
.
Sobiq sovet huquqi amal qilgan butun davr mobaynida
O‘zbekiston huquq tizimi mazmuniga roman-german huquqiy
tizimi tartib va an’analari singib ketdi. Mamlakatimiz huquqiy
tizimi shaklan g‘arb davlatlari huquqiy tizimiga o‘xshasada,
mazmunan milliyligi bilan ajralib turadi.
1
Qarang: Ôàéçèåâ Ì.Ì., Îäèë³îðèåâ ¥.Ò., Ðàµèìîâ Ô. âà á. ¤çáåêèñòîí
ìèëëèé äàâëàò÷èëèê íàçàðèÿñèíèíã µó³ó³èé àñîñëàðè. –Ò.: 2005–2006 é.é.;
£îñèìîâ Ð., Ñîäè³îâ Ì. Ìóñòà³èëëèê – îëèé íåúìàò. –Ò.: 2000; Àçàìàò
Çè¸. ¤çáåêèñòîí äàâëàò÷èëèãè òàðèõè. –Ò.: “Øàð³” 2000.
245
Totalitar tuzumi davrida shakllangan huquqiy tizim inson
manfaatlaridan ko‘ra davlat manfaatlariga ustunlik berardi.
Shaxsning huquqiy tizim subyekti sifatidagi mavqei
xaspo‘shlanardi.
O‘zbekistonning 1991-yil 31-avgustda erishilgan davlat
mustaqilligi, barcha tizimlar kabi, huquqiy tizimni yangidan
demokratik asosda barpo etishga imkoniyat yaratdi. Davr talabidan
kelib chiqib, xalqimiz manfaatlarini uyg‘unlashtirgan holda
huquqiy tizimni shakllantirishga kirishildi. Birinchi navbatda,
davlatchilik asoslariga huquqiy poydevor sifatida, huquqiy tizim
gultojisi – Konstitutsiya qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining qabul qilinishi, – deb ta’kidladi Prezident
I.A. Karimov, – mamlakat hududida ulkan siyosiy voqea, yangi
O‘zbekistonni qaror toptirish jarayonidagi muhim qadam bo‘ldi...
Konstitutsiya suveren davlatimizning qonunchilik-huquqiy negizini
shakllantirishning asosiy poydevori, mustaqil davlatchiligimizning
tamal toshi bo‘ldi»
1
. Konstitutsiya asosida davlat hokimiyat
organlari tashkil etildi va ularning huquqiy asosi yaratildi.
Fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari shu bilan birgalikda
majburiyatlari hamda davlatimizning asosiy xususiyatlarini
ko‘rsatuvchi normalar bu nodir hujjatda o‘z aksini topdi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya huquqiy tizimni barpo etishda asos
sifatida xizmat qilmoqda.
Jamiyatimiz huquqiy tizimining bugungi holatini tahlil qiladigan
bo‘lsak, huquqiy tizimning tarkibiy qismi hisoblangan barcha
huquqiy institut va hodisalar bir maromda harakat
qilmayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, qonunchilik
faoliyati jo‘shqin rivojlanayotgan bo‘lsa, ularni amalga oshirish,
qo‘llash faoliyatida muayyan muammolar ko‘zga tashlanmoqda.
Ma’lumki, huquqiy madaniyat darajasi qabul qilingan qonunlar
soni bilan emas, balki uni to‘la hayotga tatbiq qilish bilan
belgilanadi. Eng pishiq va puxta qonun ham ijtimoiy hayotda o‘z
amalini topmasa, qadriyat sifatida ahamiyatsiz bo‘lib qolaveradi.
Buyuk fransuz mutafakkiri Sh.L.Monteske shunday deb yozgan
1
Êàðèìîâ È. À. ¤çáåêèñòîí – áóþê êåëàæàê ñàðè. –Ò., 1998, 539-bet.
2
Ìîíòåñêüå Ø.Ë. Èçáðàííûå ïðîèçâåäåíèÿ. Î çàêîíàõ, îá èõ îòíîøåíèÿõ
ê ðàçëè÷íûì ñóùåñòâàì. –Ì.: 1955. ñ.164–165.
246
edi: «Men biror mamlakatga borsam, u yerda yaxshi qonunlar
mavjudligi bilan emas, balki qonunlarga qanday itoat etilayotganligi
bilan qiziqaman, chunki yaxshi qonunlar hamma joyda bor»
2
.
Demak, O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining barcha
elementlari barqaror harakat qilishini ta’minlash vazifasi dolzarb
bo‘lib turibdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, huquqiy tizimning
barcha elementlari bir butun bo‘lib harakat qilgandagina ijobiy
natijaga erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimining jadal
rivojini, barqarorligini ta’minlash uchun uning har bir tarkibiy
qismini takomillashtirish hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq
faol harakatni qaror toptirish lozim.
Mamlakatimiz huquqiy tizimini isloh qilish quyidagi vazifalarni
bajarish orqali amalga oshiriladi:
– huquqiy tizimni liberallashtirish;
– huquqiy tamoyillarni hayotga izchil joriy etish;
– qonun ijodkorlik jarayonini demokratlashtirish;
– Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash;
– inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash;
– sudlar tizimini demokratlashtirish;
– huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini
erkinlashtirish;
– shaxsning huquqiy muhofazalanganligini ta’minlash;
– qonunchilikni takomillashtirish (kodekslashtirish);
– huquqiy tarbiyaning samarali tizimini yaratish;
– huquqiy umumta’limni joriy etish;
– huquqiy mafkurani shakllantirish va tatbiq qilish;
– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish
va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimini shakllantirish yo‘lida
mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng bir qator samarali
islohotlar amalga oshirildi. Misol tariqasida O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida yuzlab qonunlarning
qabul qilinganligi hamda ularni amaliyotga izchil tatbiq
etilayotganligini ta’kidlab o‘tish mumkin. Bundan tashqari,
huquqiy tizimning barqarorligini ta’minlash yuzasidan so‘nggi
yillarda mamlakatimizda muhim islohotlar amalga oshirildi.
247
Masalan, jinoiy jazolarni liberallashtirish yuzasidan O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi Kodekslariga o‘zgartirishlar kiritilishi, qonun
chiqaruvchi organ – Oliy Majlisning ikki palatali tizimga
o‘tkazilishi, 2008-yildan kuchga kirishi nazarda tutilgan
«O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish
to‘g‘risida»gi yoki «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini
sudlarga o‘tkazilishi to‘g‘risida»gi Prezident farmonlarining e’lon
qilinishi kabi samarali tadbirlarni qayd etish mumkin.
«Huquqiy islohotlar» iborasi zamirida jamiyat huquqiy tizimini
isloh etish, uni ma’rifiy dunyo qadriyatlari va umume’tirof etilgan
tamoyillar asosida demokratik tarzda yangilash tushuniladi.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasining o‘z huquqiy
tizimi qaror topdi. U vujudga kelish, shakllanish va takomillashish
jarayonlarini «boshidan» kechirmoqda. Aytish joizki, huquqiy
tizimning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha huquqiy
institut va hodisalar birdek yuksak maromda rivoj topayotgani
yo‘q. Ayrim elementlar jadal rivojlanayotgan bo‘lsa, masalan,
qonunchilik, boshqa elementlar sustroq rivojlanmoqda yoki hali
eski shakl va qoliplardan to‘la halos bo‘la olgani yo‘q, masalan,
huquqiy ong, huquqiy madaniyat va hokazo. Bu esa huquqiy
tizimning barcha tarkibiy elementlari tubdan isloh etilishi, davr
talablariga moslashtirilishi lozimligini anglatadi.
Huquqiy tizimning tarkibiy bo‘g‘inlarini inobatga olgan holda
huquqiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha talqin etilishi
mumkin:
1. Huquqiy tizimni liberallashtirish (erkinlashtirish).
Mamlakatda shakllanayotgan yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum va
bozor iqtisodiyoti infrakstrukturasiga mos yangicha huquqiy
doktrina qaror topdi. Mazkur doktrina umuminsoniy,
umumbashariy qadriyatlar bilan xalqimizning bir necha ming
yilliklardan beri sayqallanib kelayotgan tarixiy, milliy va ma’naviy
qadriyatlarining hamohangligi asosida yaratildi. Unga ko‘ra,
huquqning hozirgi zamon talqini quyidagicha: «Huquq – ijtimoiy
hamjihatlik va kelishuvga asoslangan tartib-intizomga erishish,
erkinlik, adolat va tenglikni vujudga keltirish vositasidir»
1
.
1
Êàðèìîâ È. À. Âàòàí ñàæäàãîµ êàáè ìó³àääàñäèð. Ò.3. – Ò., 1996. – 20-bet.
248
Huquqni bunday tushunish ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongda
tub burilish bo‘lib, u o‘zbek huquqshunosligi nazariyasini adolat
va demokratiya g‘oyalari asosida rivojlantirishning yangi bosqichi
boshlanganini anglatadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, adliya, sud, jinoiy jazo tayinlash
tizimini erkinlashtirish, uning demokratik, insoniy qiyofaga ega
bo‘lishiga erishish nafaqat xalqaro huquq standartlariga, balki
xalqimizning ruhiyati va ma’naviy qadriyatlariga, saxovatli tabiati
va milliy mentalitetiga tamomila mosdir. Butun huquqiy
tizimimizda ro‘y berayotgan liberallashtirishning asosiy mazmuni
– barcha huquqiy taqiq va cheklovlarni adolat ko‘zi nuqtayi
nazaridan qayta ko‘rib chiqish, ularni oqilona mo‘tadillashtirish,
inson shaxsini tahqirlamaydigan mezonlarni joriy etishdan iborat.
Huquqiy tizim doirasida jinoiy-huquqiy siyosatni erkinlashtirish
shaxs erki va huquqlarini ustuvor qadriyat sifatida baholashni
belgilab berdi. Darhaqiqat, jinoyatchilikka qarshi kurash
siyosatining har qanday yo‘nalishi maqsad-mazmunida inson va
uning manfaatlariga e’tibor mavjud. Mazkur siyosatning asosiy
maqsadi – butun jamiyatning, xususan, har bir insonning tinch
va osoyishta hayotini ta’minlashdan iborat.
2. Qonun chiqarish jarayonini, butun huquq ijodkorligini
demokratlashtirish.
Avvalo, 2004-yildan boshlab ko‘ppartiyaviylik asosida saylangan
ikki palatali parlament – Oliy Majlis qaror topdi. Uning tarkibida
doimiy asosda ishlovchi professional Qonunchilik palatasi va
hududlarning vakilligi asosida tuziladigan Senat tarkib topdi.
Qonunchilik palatasi – 120 deputatdan va Senat 100 nafar
senatordan iborat. Parlamentda beshta siyosiy partiyalardan
saylangan deputatlar faoliyat yuritmoqda. Siyosiy partiyalar o‘z
fraksiyalarini shakllantirib, qonunchilik jarayonida samarali ish
olib bormoqdalar. Parlament doirasida qonun loyihalarini uch
marta o‘qish instituti joriy etildi; umumxalq muhokamasi
to‘g‘risida qonun qabul qilinishi orqali qonun loyihalarini keng
xalq tomonidan muhokama etishning ishonchli huquqiy-
mexanizmi vujudga keltirildi; sessiyadan oldin qonun loyihalarini
viloyatlardagi parlament deputatlari va faollar ishtirokida
muhokama etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi; qonun ijodkorligining
249
milliy va xalqaro yo‘nalishdagi informatsiya-axborot bazasi
kengaydi.
3. Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini
ta’minlash. Qonunning mazmuni xalqchil, insonparvar,
demokratik va adolatli bo‘lishiga erishish, qonunning sifatini
muttasil yaxshilab borish hamisha o‘z dolzarbligini saqlab qoladi.
Qonunning ustunligini ta’minlashda quyidagilarga erishish lozim:
– mazkur yo‘nalishda, avvalo, amaldagi qonunlarning inson
huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga moslashtirish bo‘yicha
muntazam ishni yo‘lga qo‘yish va shu maqsadda amaldagi
qonunchilik monitoringini yanada faollashtirish lozim;
– qabul qilingan va endi yaratiladigan qonunlar mazmunini
«Qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi»
(fuqarolar uchun) va «Qonunda belgilangan narsalargagina ruxsat
etiladi» (davlat idoralari va mansabdor shaxslar uchun) prinsiplari
asosida qayta ko‘rib chiqish lozim;
– inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ta’minlanishi prinsipi-
dan kelib chiqib, qonunchilik mazmunidagi etatizmdan voz
kechish va inson manfaatlarini yoqlovchi huquqiy tartibga solish
mexanizmini joriy etishga bosqichma-bosqich o‘tish;
– Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashning
yuridik, tashkiliy, ma’naviy-axloqiy mexanizmlarini vujudga
keltirish. «Qonunning ustuvorligi bizning islohotlar modelimizdagi
yetakchi tamoyildir, – deydi Prezident I.Karimov. – U huquqiy
davlatning asosiy mezonlaridan bir bo‘lib xizmat qiladi»
1
;
– qonunlarning amal qilish mexanizmini va ularni aniq hamda
og‘ishmay qo‘llash amaliyotini joriy etish lozim.
4. Bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olgan holda hamda
yuridik texnika qoidalariga rioya etgan tarzda qonunchilikni
sistemalashtirish, ayniqsa, kodekslashtirishni davom ettirish.
Hozirga qadar Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Soliq
kodeksi, Bojxona kodeksi, Yer kodeksi, Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeks, Oila kodeksi, Jinoyat kodeksi kabi 15 ta
kodeks qabul qilindi.
Biroq barcha kodekslarimiz va joriy qonunlarimiz bozor
1
Èñëîì Êàðèìîâ. Êîíñòèòóöèÿ ò´²ðèñèäà. – Ò., 2001, 417-bet.
250
munosabatlariga to‘la moslashtirilgan deyishga hali erta. Bu
boradagi xalqaro tajribani puxta o‘rganish va o‘z milliy
xususiyatlarimizni e’tiborga olgan holda qonunlarimizni yanada
takomillashtirish zarur bo‘ladi.
Qonunchilikni sistemalashtirish bilan bir vaqtda qonunosti
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimida mutanosiblik va
batartiblikni ta’minlash zarur.
5. Huquqni muhofaza etish idoralari faoliyatini demokratik
isloh etish, erkinlashtirish.
2001-yil 29-avgustda Oliy Majlisning VI sessiyasida
«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Bunda, xususan, prokuratura faoliyatida umumiy nazorat
yo‘nalishi chiqarib tashlandi. Shuningdek, prokuratura endi
ishlarni sudda ko‘rilishi chog‘ida qonunchilikka rioya etilishi
ustidan nazorat olib bormaydi, balki sud muhokamasining barcha
bosqichlarida va qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi
masalalar sud tomonidan ko‘rilayotganda ishtirok etadi.
2 0 0 1 - y i l 2 6 - m a r t d a O ‘ z b e k i s t o n R e s p u b l i k a s i
Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari
faoliyatini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi farmoni
qabul qilindi. Mazkur farmon IIV barcha tuzilmalari faoliyatini
aniqlashtirish va takomillashtirishning strategik yo‘nalishlarini
belgilab berdi.
Zikr etilgan huquqiy hujjatlarda prokuratura va ichki ishlar
idoralari faoliyatida, ayniqsa, ularning tergov faoliyatida inson
huquqlari va manfaatlari ustuvor ta’minlanishiga alohida e’tibor
qaratildi.
6. Shaxsning huquqiy muhofazalanishi kafolatlarini
kuchaytirish.
Bu masala barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslarga
taalluqli. E’tiborga molik jihati shundaki, so‘nggi yillarda
O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash institutlarining
muayyan tizimi vujudga keltirildi. Ya’ni, Oliy Majlisning Inson
huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi, Amaldagi
qonunchilik monitoringi instituti va hokazo.
Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlisning vakili
251
(Ombudsmanning) faoliyati yildan yilga faollashib hamda tobora
samarali bo‘lib bormoqda. Uning faoliyati asosan quyidagi
yo‘nalishlarda namoyon bo‘layotir:
– O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi
qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat (monitoring)ni amalga
oshirish;
– fuqarolarning inson huquqlariga oid ariza va murojaatlari
bilan ishlash;
– Ombudsmanning mintaqaviy (viloyatlardagi) vakillari
faoliyati;
– Ombudsmanning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar
va nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi;
– Ombudsmanning axborot – ma’rifiy va xalqaro sohadagi
faoliyati.
E’tirof etish lozimki, Ombudsmanning faoliyati fuqarolar uchun
foydali bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga so‘nggi yillarda respublika
Prezidenti va Hukumatining yosh avlodga, bolalarning huquqiy
maqomini yanada mustahkamlashga alohida g‘amxo‘rlik
ko‘rsatmoqda. Bu yo‘nalishda ham Ombudsman ishtirokini
kengaytirish lozim.
Fuqarolar huquqlarini muhofaza etishda advokatura alohida
ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Advokatura
to‘g‘risida»gi qonuni va «Advokatlik faoliyatining kafolatlari
to‘g‘risida»gi qonunini qabul qilinishi advokaturaning huquqiy
maqomini ancha mustahkamladi.
7. Huquqiy islohotni bilimdon va malakali kadrlar bilan
ta’minlashning mukammal tizimini tashkil qilish. Huquqshunos-
yuristlarni tayyorlash va ularni qayta o‘qitib malakasini oshirish;
huquqshunoslik fanini rivojlantirish va ilmiy tavsiyalarni huquqiy
islohot manfaatlariga, uning samarasini oshirishga xizmat qildirish
o‘ta muhim vazifalardir.
Hozirgi paytda Adliya vazirligi qoshida sudyalar va adliya
idoralari xodimlarining malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston
Respublikasi Prokuraturasi huzurida prokuror va tergov
xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda;
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida «Rahbar xodimlarning
malakasini oshirish» fakulteti ish olib bormoqda. Bu borada ta’lim
252
va malaka oshirishning uzluksizligi hamda muntazamligi
ta’minlanishiga katta e’tibor berilmoqda.
8. Aholining keng qatlamlari ichida huquqiy umumta’limni joriy
etish. Milliy istiqlol ruhi bilan sug‘orilgan huquqiy mafkurani va
huquqiy madaniyatni shakllantirish fuqarolik jamiyati barpo
etishning muhim shartidir. 1997-yil avgustidan boshlab
mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan
«Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi»
hayotga joriy etilmoqda. Respublika Huquqiy ma’rifat targ‘iboti
markazi va uning viloyatlar, tuman va shaharlardagi bo‘linmalari
faol ishlab turibdi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil
4-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini
o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoyishi katta voqea bo‘ldi.
Maqsad aholining konstitutsiyaviy va umumiy huquqiy
savodxonligini oshirishdir. Qonunni, unda mustahkamlangan o‘z
huquq va burchlarini mukammal bilgan har bir shaxs o‘zini erkin
his etadi, o‘z qadr-qimmati uchun o‘zi mustaqil kurasha oladi.
Qonun va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarni muvaffaqiyat
bilan hayotga tatbiq etish ko‘p jihatdan yangicha huquqiy ongni,
huquqiy madaniyatni shakllantirish bilan bog‘liq. Huquqiy
madaniyatni ijtimoiy ongga singdirish hamda aholining yurish-
turishi hamda fe’l-atvorida tegishli ko‘nikmalarni shakllantirish
jo‘ngina uddalanadigan ish emas. Huquqiy madaniyatni
shakllantirish barcha davlat idoralari, siyosiy partiyalar, jamoat
birlashmalari, nodavlat tashkilotlar, mahalla jamoalari, maktab,
oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bahamjihat, maqsadga
yo‘naltirilgan ulkan ma’rifiy-tashkiliy faoliyati natijasida amalga
oshadigan ishdir.
Huquqiy madaniyat darajasi qabul qilingan qonunlar soni bilan
emas, balki ularning bajarilish saviyasi va samarasi bilan belgilanishi
yaxshi ma’lum. Bozor iqtisodiyoti sari borayotgan yo‘limiz biz
uchun huquqiy tarbiya maktabi bo‘lmog‘i darkor. Binobarin,
bundan kelib chiqadigan muhim saboq shuki, qonunga amal qilgan
holda yashash va mehnat qilishni o‘rganishimiz, o‘z huquq va
1
Èñëîì Êàðèìîâ. Êîíñòèòóöèÿ ò´²ðèñèäà. – Ò., 2001, 94-bet.
253
erkinliklarimizni qonun orqali himoyalashni, o‘z
majburiyatlarimizni og‘ishmay bajarishni o‘rganib olishimiz kerak.
Boshqa odamlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga
hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganib olish lozim.
1
9. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovni
demokratlashtirish, sud-huquqiy islohotni amalga oshirish.
Sud islohoti huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati umumiy
shakllanish jarayonining ajralmas zaruriy tarkibiy qismidir. Sud-
huquqiy islohoti mamlakatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyat tarmoqlari bilan teng, mustaqil kuchli sud hokimiyatini
vujudga keltirishning muhim omilidir.
Sud hokimiyati nafaqat uch hokimiyatning biri, balki uning
yuksak nufuzli huquqiy holati jamiyat va davlat hayotida inson
huquqlari, demokratiya va qonuniylik barqaror bo‘lishining asosiy
shartidir. Zero, sud hokimiyatining vazifasi – fuqarolarning huquq
va erkinliklarini, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoya
qilish, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat hujjatlarining
Konstitutsiyaga muvofiqligini ta’minlash, qonunlarni va boshqa
me’yoriy hujjatlarni ijro qilish va qo‘llashda qonuniylik hamda
adolat uchun kurashishdan iborat.
Mustaqil O‘zbekistonda davlat hokimiyatining taqsimlanishi
real joriy etilishi bilan tom ma’noda chinakam sud hokimiyati
qaror topishiga yo‘l ochildi. Bu o‘rinda o‘ta muhim narsa –
sudning davlat hokimiyatining bir bo‘g‘ini sifatida tegishli qat’iy
vakolatlar sohibi ekanligini tan olishdir. Jamiyat ijtimoiy ongi
sud hokimiyatini e’tirof etishi, unga ko‘nikishi lozim. Sud
hokimiyati davlatning muayyan sudlov siyosatini shakllantiradi
va ro‘yobga chiqaradi. Sudlov siyosatining asoslari qonunda o‘z
aksini topadi va sud muassasalari faoliyati orqali hayotga tatbiq
etiladi.
O‘zbekistonda mustaqil, adolatli sud hokimiyatini qaror
toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Odil sudlovni
joriy etish, mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish, sud-huquqiy
islohotini amalga oshirish mavzusi hamisha dolzarb masaladir.
Islohotlar zanjirida «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida» Prezident farmoni (2000-yil, 14-
avgust) alohida o‘rin tutdi. Farmonga ko‘ra, sudlarni
254
ixtisoslashtirish maqsadida 2001-yil, 1-yanvaridan e’tiboran
umumiy yurisdiksiya sudlari zamirida Qoraqalpog‘iston
Respublikasining fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik
ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo
sudlarini tuzishga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining
jinoiy ishlar bo‘yicha Oliy sudi, jinoiy ishlar bo‘yicha viloyatlar,
Toshkent shahar va tuman (shahar) sudlarini tuzishga qaror qilindi.
Mazkur sud tizimi yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda
(2000-yil, 15-dekabr) o‘z tasdig‘ini topdi. Qonunga kiritilgan
yangiliklardan yana biri – Adliya vazirligi huzuridagi Sudlar
faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan
ta’minlash bo‘yicha Departament tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov
«O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» ma’ruzasida
ta’kidlaganidek: «Mamlakatimizda sud-huquq tizimini huquqiy
davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida chuqur
isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha yangi konsepsiya hayotga
tatbiq qilindi. Sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va jinoiy ishlar
bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi, sudlar sud qarorlarini ijro
etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi...
Sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish, uni amalga
oshirishning aniq protsessual-huquqiy mexanizmini yaratish
jinoyat protsessining sudgacha bo‘lgan bosqichida jinoiy ta’qib
qilinadigan fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini
samarali himoya qilishning muhim kafolatiga aylanadi. Bu
tergovchi va prokurorlarning ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa
olishni tanlashda javobgarlikni kuchaytirish, sud hokimiyatining
nufuzini oshirish va mustaqilligini mustahkamlash, insonning
ozodlikka bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ishonchli himoya
qilishni ta’minlashga xizmat qiladi»
1
.
Odil sudlov tizimiga appelyatsiya va kassatsiya tartibida ish
ko‘rish, tomonlarning tortishuvi prinsipi hamda yarashuv
institutlari joriy etildi.
Shunday qilib, huquqiy tizim sohasidagi islohotlar katta
1
Êàðèìîâ È.À. ¤çáåêèñòîííèíã 16 éèëëèê ìóñòà³èë òàðà³³è¸ò é´ëè. –Ò.:
«¤çáåêèñòîí», 2007. 34–36-betlar.
255
mas’uliyat talab etadi. Islohotlar huquqiy tizim tarkibiga kiruvchi
barcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi. Demak, har bir bo‘g‘inda ro‘y
berayotgan o‘zgarish va jarayonlar o‘zaro bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy islohotlarga keng qamrovli
va kompleks tus berish lozim. Ana shundagina islohiy kuch-
g‘ayratimiz va ijodiy faoliyatimiz ijobiy samaralar berishi shubhasiz.
O‘zbekiston milliy huquqiy tizimining kelajakdagi ko‘rinishini
biz tizim elementlarining rivojida, ya’ni: mukammal yaratilgan
qonunlarda, ularning to‘liq amal qilishida, yuksak huquqiy ong
va madaniyat sohiblarining huquqiy prinsiplarga asoslangan
harakatlarida, demokratik tamoyillarga tayanib ish olib borayotgan
odil sudlov faoliyatida, mamlakatimizda huquqning hukmronligi
to‘la-to‘kis ta’minlanishida ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston milliy huquqiy tizimini
takomillashtirish, uning tarkibiy qismlari mazmunida xalq
manfaatlarini ifodalash va mukammal darajada shakllantirish,
birinchidan, huquqiy tizimning faol harakatini ta’minlaydi;
ikkinchidan, huquqni insonlarga yaqinlashtiradi; uchinchidan,
huquqqa nigilistik (ishonmaslik, mensimaslik) munosabatning
oldini oladi; to‘rtinchidan, huquqning qadrini oshiradi;
beshinchidan, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiradi;
oltinchidan, demokratik-huquqiy davlat barpo etishda samarali
vosita sifatida xizmat qiladi; yettinchidan, mamlakatimizni
rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashiga asos
bo‘ladi.
256
XVII BOB. HUQUQNI TATBIQ ETISH VA
QO‘LLASH
1-§. Huquqni amalga oshirish tushunchasi va bosqichlari
Huquq amalga oshirilgan taqdirdagina shaxs va jamiyat uchun
ma’no va ahamiyat kasb etadi. Agar huquq hayotga tatbiq etilmasa,
u muqarrar tarzda jonsiz holda qoladi. Huquq normalarining bosh
vazifasi shundan iboratki, ular shaxs huquqlarining mazmunini
aniqlashga yordam beradi va shu tariqa uni amalga oshirishga
imkoniyat yaratadi.
Huquqni amalga oshirish – davlat tomonidan yuridik
mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarni amalga oshirish,
ularni odamlar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tatbiq
etish demakdir.
Umuman olganda, «amalga oshirish» iborasi muayyan reja,
loyiha, dastur, niyatni va hokazolarni hayotga joriy etish, degan
ma’noni anglatadi. «Huquqni amalga oshirish» iborasi ma’no
jihatidan shunga o‘xshashdir. Huquq nomoddiy narsa, muayyan
imkoniyat sifatida odamlar harakatida, faol xulq-atvorida, moddiy
va ma’naviy boyliklar, ne’matlardan foydalanishda ro‘yobga chiqadi,
moddiylashadi. Ayni vaqtda, uni amalga oshirish yana bir ma’noga
ega: boshqa imkoniyatlar (rejalar, dasturlar, niyatlar va sh.k.)dan
farqli o‘laroq, huquq amalga oshirish imkoniyatining ko‘proqligi
bilan tavsiflanadi, kafolatlar bilan ta’minlanadi. Tahlil qilinayotgan
tushunchani izohlovchi yana bir holat shundan iboratki, huquq
tabiiy va ijobiy, obyektiv va subyektiv huquqni o‘z ichiga oluvchi
serqirra hodisadir. Huquqni amalga oshirish uning serqirra
mazmunini hisobga olgan holda tushunilishi lozim.
Huquqni amalga oshirish – zamonda va makonda yuz beruvchi
murakkab jarayon. Unda nafaqat taraflar, subyektiv huquq va
majburiyatlarning egalari, balki davlat o‘zining huquq ijodkorligi,
huquqni ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari shaxsida ishtirok
etadi. Huquqni amalga oshirish, huquqni hayotga tatbiq etish
jarayoni sifatida, birinchidan, huquqni amalga oshirishning yuridik
mexanizmlarini, ikkinchidan, huquqni bevosita amalga oshirish
shakllarini o‘z ichiga oladi.
Huquqni amalga oshirishning yuridik mexanizmlari xilma-xil
bo‘lib, ularning mazmuni u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining
xususiyatlari bilan belgilanadi. Roman-german huquqiy tizimida
257
huquqni amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil
topadi.
Birinchi bosqich – tabiiy huquqni qonun darajasiga ko‘tarish
(ijobiy huquq), uni normativ shaklga solish. Tabiiy huquqning
o‘zagini inson huquqlari, uning inson va jamiyat tabiatidan kelib
chiquvchi ijtimoiy-huquqiy da’volari tashkil etadi. Bu da’volarni
qanoatlantirish uchun davlat ularni qonun yo‘li bilan, normativ
darajada tan olishi kerak. Inson huquqlarini qonun darajasiga
ko‘tarish: a) ularni konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni; b)
ularni amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlashni nazarda tutadi.
Ikkinchi bosqich – qonunni amalga oshirishning har xil
mexanizmlari ishga solinadi. Bu mexanizmlar yordamida qonun
qoidalarini subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlarning muayyan
mazmuniga o‘tkazish amalga oshiriladi. Bu mexanizmlar rang-
barangdir, chunonchi: qonunni hukumat, vazirliklar, idoralar, o‘zini
o‘zi boshqarish organlarining qonun osti normativ hujjatlarida va
mahalliy ahamiyatga molik boshqa normativ hujjatlarda
aniqlashtirish; qonun normalarini rasmiy sharhlash hujjatlar orqali
tushuntirish; qonunni qabul qilish, qo‘llash va majburiy ijro etish
taomillarini tartibga soluvchi protsessual normalar; huquq
normalarini qo‘llashga doir har xil hujjatlar. Davlat organlarining
huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi faoliyati
ham shu bosqichga kiradi.
Uchinchi, yakunlovchi bosqich – huquqni amalga oshirishdan
iborat. Aynan shu bosqichda huquqlar imkoniyatdan borliqqa
aylanadi va bu huquq egasining xohish-irodasiga ko‘ra yuz beradi,
ya’ni huquqning amalga oshish-oshmasligi, agar amalga oshirilsa,
bu qachon va qay darajada yuz berishi huquq subyektiga bog‘liq
bo‘ladi.
Anglosakson huquqiy tizimida huquqni amalga oshirish jarayoni
boshqacha kechadi. Huquqiy da’volarni, ya’ni tabiiy huquqni
majburiy norma darajasiga ko‘tarish sud tomonidan amalga
oshiriladi. Sud muayyan yuridik ishni ko‘rib chiqar ekan, yuzaga
kelgan nizoning haqiqiy holatlari, taraflarning da’volarini mufassal
tahlil qiladi va ularning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini aniqlab,
janjalni hal qiladi. Ishni hal qilish chog‘ida pretsedent – o‘xshash
ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan sud qarori normativ asos sifatida
amal qiladi.
Anglosakson huquqiy tizimida huquqiy da’voni amalga oshirish
258
mexanizmi roman-german huquqiy tizimidagi shunday mexanizmga
qaraganda soddaroq, chunki oldindan qonun yo‘li bilan
mustahkamlab qo‘yishni taqozo etmaydi. Sudyaning
o‘zboshimchaligi xavfini oshirib ko‘rsatish yaramaydi, chunki sud
qarori ustidan yuqori sudga shikoyat berish imkoniyati doimo
mavjuddir. Masalan, anglosakson huquqi vujudga kelgan Angliyada
oliy sud instansiyasi vazifasini Angliya parlamentining yuqori palatasi
– Lordlar palatasi bajaradi.
Shunday qilib, huquqni amalga oshirish nimaligini tushunish
uchun quyidagilarni anglab olish kerak: huquqni amalga oshirishdan
amalda subyektiv huquqqa ega bo‘lgan shaxs, ya’ni huquq
subyektigina manfaatdordir. Boshqa barcha shaxslar – majburiyat
olgan taraf, huquqni qo‘llovchi, qonunchi pirovard natijada vakolatli
shaxs manfaatlarida ish ko‘radi. Ko‘rsatilgan shaxslar va organlar
faoliyati, bu faoliyatni tartibga soluvchi yuridik normalar jamuljam
holda huquqni amalga oshirishning murakkab va ko‘p jihatli
mexanizmini tashkil etadi. Binobarin, huquqning amalga oshish-
oshmasligi masalasining yechimi bu huquq egasiga bog‘liq bo‘ladi.
Huquqni amalga oshirish mexanizmi faqat uning xohish-irodasiga
ko‘ra ishga solinishi mumkin. Mazkur mexanizm mavjudligi, u
sifatli va samarali ishlashga qodirligi muhimdir. Subyektiv huquqni
himoya qilish mexanizmlari, ya’ni yuridik javobgarlik mexanizmlari
huquqni amalga oshirish mexanizmining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Himoya qilish jarayonida huquq tiklanadi va yana uni amalga
oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yuridik javobgarlik subyektiv
huquqlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni muayyan
darajada ta’minlaydi va shu tariqa ularni amalga oshirish uchun
zarur shart-sharoit yaratadi.
2-§. Huquqni amalga oshirish shakllari
Huquqiy tartibga solish pirovard natijada ijtimoiy munosabatlar
ishtirokchilarining huquqda o‘z ifodasini topgan talablar va
imkoniyatlar mujassamlashuvchi xulq-atvorida namoyon bo‘ladi.
Huquqni amalga oshirish bir necha shakllarga ega bo‘lib, ularning
o‘ziga xos xususiyatlari huquqiy tartibga solish usullariga, ayni holda
ruxsat, taqiq yoki majburiyat bajarilayotganiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Huquqni bevosita, ya’ni haqiqiy xulq-atvorda amalga oshirish
uch shaklda yuz beradi.
259
Birinchi shakl – taqiqlarga rioya etish. Bu yerda taqiqlovchi va
muhofaza qiluvchi normalar amalga oshadi. Rioya etish amalga
oshirishning bir shakli bo‘lib, u subyektlar yuridik taqiqlarga mos
ravishda ish ko‘rishida ifodalanadi. Bu shaklga subyektlarning passiv
xulq-atvori xosdir. Ular yuridik normalar bilan man etilgan
harakatlarni bajarmaydi, ya’ni o‘zlariga yuklangan passiv
majburiyatlarni bajaradi. Muhofaza qiluvchi normalarning
barchasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aytib qo‘yilmasa-da, norma ma’nosidan
mantiqan kelib chiquvchi taqiq ifodalanadi: agar biron-bir harakat
uchun norma sanksiyasida yuridik javobgarlik nazarda tutilgan
bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, bunday harakatni qonunchi man
etgan. Bunday taqiqlar Jinoyat kodeksi Maxsus qismining normalari
va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari bilan
belgilangan.
Ikkinchi shakl – majburiyatlarni bajarish. Bajarish amalga
oshirishning shunday bir shakliki, u huquqiy qoidaning bajarilishida
ifodalanadi. Amalga oshirishning mazkur shaklida subyektlar xulq-
atvori faol xususiyatga ega bo‘ladi: ular yuridik normalar bilan
belgilangan harakatlar sodir etadi, ya’ni o‘zlariga yuklangan faol
harakat qilish majburiyatlarini bajaradi. Ijobiy majburiyatlarni
nazarda tutuvchi majburiyat yuklovchi normalarni amalga oshirish
uchun faol xulq-atvor, chunonchi: soliq to‘lash, xaridorga mahsulot
yetkazib berish, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishni bajarish talab
etiladi.
Uchinchi shakl – subyektiv huquqdan foydalanish.
Dispozitsiyalarida subyektiv huquqlar nazarda tutilgan vakolat
beruvchi normalar shu shaklda amalga oshiriladi. Foydalanish
amalga oshirishning shunday bir shakliki, u ruxsatlardan kelib
chiquvchi imkoniyatlarni amalga oshirishda ifodalanadi.
Subyektlarning faol xulq-atvori bu shaklga xos xususiyatdir. Ayni
holda subyektiv huquqlar, o‘z faol xulq-atvori, huquq tomonidan
berilgan yuridik imkoniyatlardan foydalanish huquqlari (masalan,
himoyalanish huquqi, mulk obyektlarini yuridik jihatdan tasarruf
etish huquqi, saylov huquqidan foydalanish) to‘g‘risida so‘z
yuritilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi FKning 164-
moddasida shunday deyilgan: «Mulk huquqi shaxsning o‘ziga
qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iboratdir».
Subyektiv huquq ham faol, ham passiv xulq-atvorni nazarda tutadi.
260
Subyekt o‘z huquqidan foydalanishdan bosh tortsa, o‘zini passiv
tutadi. Subyektiv huquq vakolatli shaxsning o‘z harakatlari orqali
(ashyo egasi undan ashyoning bevosita vazifasiga ko‘ra foydalanadi),
yuridik harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan (ashyoni garovga
berish, uni hadya qilish, sotish va h.k.), majburiyat olgan shaxsga
talab qo‘yish orqali (qarzdordan qarzni qaytarishni talab qilish) va
da’vo shaklida, ya’ni vakolatli davlat organiga poymol etilgan
huquqni himoya qilishni so‘rab murojaat etish yo‘li bilan (agar
qarzdor qarzni qaytarishdan bosh tortsa, qarz beruvchi sudga qarzni
majburiy tarzda undirishni so‘rab murojaat etadi) amalga oshirilishi
mumkin.
Huquqni amalga oshirish to‘g‘risida eng aniq ma’noda bajarish
shakli bilan bog‘liq holda so‘z yuritish mumkin. Huquqni amalga
oshirishning qolgan ikki shakli (foydalanish va rioya etish)ga kelsak,
bu yerda huquqni amalga oshirish haqidagi umumiy qoidalar aniqlik
kiritish va hatto eslatmalarga muhtojdir.
Avvalambor, ko‘rsatilgan bu ikki shakl birlikda, uyg‘unlikda va
tartibga solish turiga ko‘ra qaralishi lozim. Foydalanishda doim
rioya etish ham mavjud bo‘ladi: umumiy ruxsat beruvchi tartibga
solishda – muayyan man etuvchi normalarni buzmaslik tarzida,
ruxsat beruvchi tartibga solishda – subyektiv huquq belgilagan xulq-
atvor chegarasiga qat’iy rioya qilish, bu chegaradan chetga chiquvchi
harakatlar sodir etmaslik tarzida.
Biroq eng muhimi bunda emas. Umumiy ruxsat beruvchi tartibga
solishda ham, ruxsat beruvchi tartibga solishda ham vakolatli subyekt
faol harakat qiladi. Bu faol xulq-atvor faqat shartli ravishda huquqni
amalga oshirish sifatida qaralishi mumkin. Subyektlarning faol xulq-
atvorida, asosan, ijtimoiy hayotning obyektiv belgilangan ehtiyoj-
lariga asoslangan moddiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa manfaatlar
amalga oshadi. Tegishli – vakolat beruvchi va man etuvchi yuridik
normalarni, shuningdek, umumiy ruxsat va taqiqlarni amalga
oshirish esa, amalda namunaviy konstruksiyalar, umumiy va mutlaq
huquqiy munosabatlar yaratilishi va subyektlar ularga muvofiq
ijtimoiy ehtiyojlar bilan belgilangan o‘z faol xulq-atvorini amalga
oshirishidan iborat bo‘ladi.
Huquqni amalga oshirish aksariyat hollarda davlat va uning
organlari ishtirokisiz yuz beradi. Fuqarolar va tashkilotlar o‘z ixtiyori
bilan, majburlovsiz, o‘zaro kelishuvga ko‘ra huquqiy munosabatlarga
kirishadilar va bu munosabatlar doirasida subyektiv huquqlardan
261
foydalanadilar, majburiyatlarni bajaradilar va qonunda belgilangan
taqiqlarga rioya qiladilar. Shu bilan birga, ayrim hollarda davlatning
aralashuviga zarurat tug‘iladi, bunday aralashuvsiz huquqni amalga
oshirish mumkin bo‘lmaydi. Huquqiy tartibga solish jarayoniga
uning yakunlovchi bosqichida (ayrim hollarda huquqiy
munosabatlar yuzaga kelganida ham) huquqni qo‘llash qo‘shiladi.
Birinchidan, ayrim normalarni amalga oshirish mexanizmida
davlatning ishtiroki nazarda tutiladi. Bu, avvalo, mulkiy ne’matlarni
davlat tomonidan taqsimlash nazarda tutilgan normalardir. Masalan,
pensiya huquqini amalga oshirish ijtimoiy ta’minot organi
komissiyasining ayrim fuqaroga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi
qarorini zarur element sifatida o‘z ichiga oladi. Davlat yer fondidan
yer uchastkasi ajratish tegishli davlat organining alohida hokimiyat
qarorini talab qiladi. Shu tartibda, ya’ni alohida hokimiyat qarori
chiqarish yo‘li bilan fuqarolar va tashkilotlarga davlat mulkiga
kiruvchi yer uchastkalari ajratiladi.
Ikkinchidan, davlat apparati doirasida davlat organlari va
mansabdor shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar asosan hokimiyat
va bo‘ysunish xususiyatiga ega bo‘ladi. Mazkur huquqiy
munosabatlar zarur element sifatida hokimiyat qarorlarini, ya’ni
huquqni qo‘llash hujjatlarini (masalan, Prezidentning vazirni
lavozimdan olish to‘g‘risidagi farmonini) o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, huquq huquq to‘g‘risida nizo chiqqan hollarda
qo‘llaniladi. Agar taraflar o‘zaro huquqlari va majburiyatlari xususida
bir to‘xtamga kela olmasalar, ular nizoni hal qilishni so‘rab vakolatli
davlat organiga murojaat etadilar (masalan, tashkilotlar o‘rtasidagi
nizolarni xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi).
To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash sodir etilgan huquqbuzarlik
uchun yuridik javobgarlik chorasini aniqlash, shuningdek, tarbiyaviy,
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun zarur.
Shunday qilib, huquqni qo‘llash – bu vakolatli organlar va
shaxslarning yuridik ish bo‘yicha yuridik faktlar va muayyan huquqiy
normalar asosida alohida qarorni tayyorlash va qabul qilish
borasidagi hokimiyat faoliyatidir.
3-§. Huquqni qo‘llash – huquqni amalga oshirish shakli sifatida
Huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solishning o‘z ahamiyatiga
ko‘ra huquq ijodkorligidan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi muhim
262
omili. Alohida qarorlar yuridik normalarni hayotga tatbiq etishni
ta’minlovchi, ularni o‘z hukmi bilan mustahkamlovchi yuridik
kuchga ega bo‘ladi va xulq-atvorning qonuniyligi mezoni bo‘lib
xizmat qilishi mumkin.
Huquqni qo‘llash quyidagi belgilarga ega:
1) davlat hokimiyatini amalga oshirish vakolati berilgan organlar
yoki mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
2) individual xususiyatga ega bo‘ladi;
3) muayyan huquqiy oqibatlar – subyektiv huquqlar,
majburiyatlar, javobgarlikni belgilashga qaratiladi;
4) maxsus nazarda tutilgan protsessual shakllarda amalga
oshiriladi;
5) alohida yuridik qaror chiqarish yo‘li bilan yakunlanadi.
Huquqni qo‘llash huquqni amalga oshirishning bosh funksiyasi
– huquqiy tartibga solish jarayonida davlat majburlovidan
foydalangan holda yuridik ta’minlash faoliyatining zarurligini
ifodalaydi. Huquqni qo‘llash bo‘yicha maxsus faoliyatga bo‘lgan
ehtiyoj, asosan, davlat majburlovidan foydalanish zarurati bilan
belgilanadi. Huquq sohasida davlat majburlovi qonuniylik rejimi
sharoitida o‘z-o‘zidan amalga kiritilmaydi. Huquqiy normalar davlat
majburlovini qo‘llash imkoniyatinigina nazarda tutadi. Amalda u
vakolatli organlar tomonidan qo‘llanilishi lozim. Bu organlar davlat
majburlov choralaridan foydalanishning qonuniyligi, o‘rinliligi va
maqsadga muvofiqligini tekshirishlari, zarur hollarda qonunda
nazarda tutilgan doirada ularni muayyanlashtirishlari, ularni qo‘llash
tartibini belgilashlari, ya’ni individual-huquqiy tartibga solishni
amalga oshirishlari shart.
Binobarin, huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solish jarayonida
(qat’iy qonuniylik sharoitida) davlat majburlovini amalga
oshirishning birdan-bir yo‘li hisoblanadi. Bu huquqni amalga
oshirishning huquqni qo‘llash qo‘shiladigan barcha shakllari –
foydalanish, rioya etish va bajarishga taalluqlidir.
Huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi faoliyatni va shu
munosabat bilan davlat majburlovining qo‘llanilishini belgilovchi
haqiqiy holatlar qatoriga, odatda, quyidagilar kiradi: a) subyektiv
huquqni amalga oshirishga monelik qiluvchi holatlarning mavjudligi,
yuridik majburiyatlarni bajarmaslik; b) yuridik javobgarlikka tortishni
talab qiluvchi huquqbuzarlik.
Hokimiyatning qonunchilik va ijro tarmoqlariga mansub
263
hokimiyat organlari yozilgan huquq normalariga asosan ish
ko‘rishlari lozim. Huquqni qo‘llash – huquq ijodkorligi yoki
ma’muriy organlarning davlat-hokimiyat vakolatlariga asoslangan
yuridik normalarni hayotga tatbiq etish borasidagi harakatlari. Bu
yerda huquqiy tizimlarning o‘ziga xosligiga qarab muhim
xususiyatlar mavjud bo‘lsa-da (avvalo, anglosakson guruhiga kiruvchi
umumiy pretsedent huquqi tizimlari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda),
biroq huquqni qo‘llovchi organ yozilgan huquqning davlat
tomonidan belgilangan yoki qabul qilingan (tasdiqlangan) amaldagi
yuridik normalari bilan ish ko‘radi.
Huquqni qo‘llash faoliyati – huquqni qo‘llashga doir hujjatlarda
ifodalangan asosiy va yordamchi xususiyatga ega har xil huquqni
qo‘llash harakatlari tizimidan iborat huquqni qo‘llashning tashkiliy
ifodasi. Bu yerda «yuridik ishni hal qilish», «alohida davlat-
hokimiyat qarori» va «huquqni qo‘llashga doir hujjat»
tushunchalarining ma’nosi o‘rtasida mavjud farqlarni hisobga olish
lozim. Ko‘rsatilgan tushunchalarning birinchisi – yakunlovchi
huquqni qo‘llash harakatini qamrab olsa, ikkinchisi – huquqni
qo‘llash natijasiga ishora qiladi, uchinchisi esa – yuridik ishni hal
qilish natijasini ifodalaydi, ya’ni yuridik hujjat hisoblanadi.
264
XVIII BOB. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH
1-§. Huquq normalarini sharhlash tushunchasi va mohiyati
Huquqni sharhlash mavzusi yurisprudensiyada alohida ahamiyat
kasb etadi. Shuningdek, sharhlash faqat yuridik fanlarga tegishli
bo‘lmay, balki yozma manbalar bilan ishlaydigan barcha ijtimoiy
fanlarda ham qo‘llaniladi. Sharhlashning tarix, adabiyotshunoslik
va boshqa ijtimoiy fanlarda bilish va talqin qilish jarayoni sifatida
tutgan o‘rni beqiyosdir. «Sharhlash» iborasi lotinchada
«interpretatsiya» iborasiga to‘g‘ri keladi. Sharhlovchi subyekt esa
«interpretator» deb ataladi. Ijtimoiy fanlarda «sharhlash» kategoriyasi
«talqin qilish», «izohlash», «tushuntirish» kabi sinonim tushunchalar
tarzida qo‘llaniladi.
Huquq normalarini sharhlash jamiyat huquqiy ongi va
madaniyatining darajasi bilan bevosita bog‘liq. Huquqiy
madaniyatning yuksalib borishi turmushning barcha tomonlariga
o‘z ta’sirini ko‘rsatishi demokratik huquqiy jamiyatga xos tabiiy
qonuniyatdir
1
. Jamiyatning huquqiy ongi esa ko‘p jihatdan har bir
alohida shaxsning va umuman jamiyatning huquqiy normalar,
qonun talablarining ma’nosini to‘g‘ri tushunish qobiliyatini,
binobarin, qonuniylikka rioya etish darajasini belgilab beradi. Huquq
normalarini sharhlash muammosi huquqiy davlat barpo etilayotgan
hozirgi sharoitda, ayniqsa, dolzarbdir.
Kundalik hayotimizda doimiy ravishda uchraydigan «sharhlash»,
«izohlash» va «talqin qilish» kabi tushunchalar bir xil ma’no kasb
etadi va huquq normalarining mazmuni hamda mohiyatini ochib
berishga xizmat qiladi.
Huquq normalarini sharhlash deganda, davlat organlari,
mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolarning
huquq normalari mazmunini aniqlash, ularda ifodalangan davlat
hokimiyati irodasi mazmunini ochib berishga qaratilgan maxsus
faoliyatdir.
Sharhlash – aqliy ijodiy faoliyat bo‘lib, bu jarayonda ilmiy
nuqtayi nazardan huquqning chuqur xususiyatlari anglanadi, huquq
normalarida ifodalangan ko‘rsatmalarning mohiyati obyektiv va
ishonchli tarzda bayon etiladi. Huquq normalarini sharhlash –
1
Qarang: Îäèë³îðèåâ ¥. T. Êîíñòèòóöèÿ âà ôó³àðîëèê æàìèÿòè. -T.: «Øàð³»,
2002. 221-b.
265
murakkab, ko‘p qirrali faoliyat. Uni ikki jihatdan ko‘rib chiqish
mumkin: anglash («o‘zi uchun») va tushuntirish («boshqalar uchun»).
Huquqni sharhlash natijasida uning mazmuni, ijtimoiy vazifasi,
amaliy ahamiyati aniqlanadi va tushuntirib beriladi.
Sharhlashning maqsadi qonun chiqaruvchi idoraning huquq
normasida belgilangan irodasini ifodalash, huquq normasining asl
mazmun-mohiyatini yoritish hamda huquq normasini yagona
ma’noda, bir xilda tushunilishiga erishishdan iborat.
Huquq normalarini sharhlash huquqni amalga oshirish, huquqni
tatbiq etishda asosiy o‘rinni egallaydi, chunki huquqni tatbiq
etishdan oldin uning ma’no va mazmunini tushunib olish lozim.
Huquqni sharhlash jarayonida sharhlovchi subyekt qonunning asl
mazmunini avval o‘zi to‘liq anglagan holda keyin boshqa shaxslarga
tushuntirib beradi.
Tarixiy nuqtayi nazardan huquq normalarining hammasi ham
sharhlashga muhtojmi yoki faqat tushunarsiz bo‘lgan normalargina
sharhga muhtojmi, degan savol tug‘iladi? Sharhlash qonunlarning
noaniqligi bilan bog‘liq: u noaniqlikdan paydo bo‘ladi, noaniqlik
qanchalik kuchli bo‘lsa, qiyinchilik shunchalik o‘sib boradi. Faqat
noaniq qonun emas, balki har qanday qonun sharhga muhtoj.
Zamonaviy yuridik adabiyotlarda barcha normalar sharhlash-
aniqlashga tegishli, lekin ularni tushunib olish darajasi muayyan
shaxslarning huquqiy ongiga bog‘liq, degan fikr hukmronlik qiladi.
Huquq normalarini sharhlash jarayonida huquq normalari
yaratilishining tarixiy-siyosiy sharoitlarini, maqsadi va ijtimoiy
yo‘naltirilganligini aniqlab olish lozim. Huquq normasining asl
ma’nosini ochib berishda asosiy e’tiborni matnga, uning
muqaddimasiga, dispozitsiyasining mazmuniga qaratish hamda
ushbu normaga o‘xshash boshqa normalarning mazmunini ham
tahlil etish lozim.
Ma’lumki, huquqning asosiy maqsadi uning amaliyotga tatbiq
etilishidadir. Qonun qachonki insonlar xulq-atvoriga ta’sir etsa va
bajarilsa yashaydi, ijobiy samara beradi.
Amaliyot bevosita huquq normalarining mazmunini sharhlashga
tayanadi. Huquqni sharhlovchi subyektlar huquqni sharhlash
jarayonida asosiy diqqat-e’tiborni sharhlanayotgan normani huquq
tizimida mavjud bo‘lgan boshqa o‘xshash normalardan farqlovchi
jihatlarini hamda ular tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlarning
turli-tumanligini isbotlab berishga qaratadilar. Shuningdek, huquq
266
normalarini sharhlash qonunlarni tizimlashtirish, qonunlar to‘plam-
larini yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqni sharhlashning amaliy ahamiyati ko‘proq sud,
prokuratura, ichki ishlar organlari kabi huquqni qo‘llash faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari uchun muhimroqdir, zero
ular kundalik faoliyatida huquqqa oid masalalar bilan bevosita
shug‘ullanadi hamda huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash uchun
mas’uldirlar.
Ma’lumki, amaliyotda huquqiy normalar qo‘llanilib hal
qilinadigan ishlar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan
ko‘rilayotganda, yo‘l qo‘yiladigan aksariyat kamchiliklar huquqiy
normalarni noto‘g‘ri tatbiq etish va yuzaki sharhlash natijasi bo‘lib
chiqmoqda. Biroq bundan oddiy fuqarolar uchun huquqni
sharhlash, uning mazmun va mohiyatini aniqlash shart emas, degan
ma’no kelib chiqmaydi. Aks holda huquqshunoslikdagi mavjud
«qonunni bilmaslik, javobgarlikdan ozod etish uchun asos
bo‘lmaydi», degan asosiy prinsip buzilishi mumkin. Shu bois huquq
normasining ma’nosi va mazmunini aniqlash, huquqni to‘g‘ri
qo‘llash uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquq normalarini sharhlashda uchta muhim masalaga,
birinchidan, tatbiq etiladigan huquqiy normalarni sharhlovchi
subyektlarni aniqlashga, ikkinchidan, tatbiq qilinadigan huquqiy
normalarning mazmunini aniqlash usullarni qo‘llashga, –
uchinchidan, tatbiq etilayotgan normalarning hajmi bo‘yicha va
yuridik kuchiga qarab sharhlashga asosiy e’tibor qaratilishi lozim.
Huquqiy normani aniq sharhlash uning mazmunini tushunishga,
qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.
Sharhlashda normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmay, aksincha, jamiyatdagi mavjud
qonunlarga rioya qilinishiga hamda qonuniylikni o‘rnatilishiga
erishishdir. Ba’zan huquq normalarini sharhlashdan qonunchilikda
yuzaga kelgan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida foydalaniladi.
Huquqni sharhlash murakkab jarayon bo‘lib, uning ikki jihatiga
asosiy e’tiborni qaratish lozim:
1. Huquqning ma’nosini aniqlash va tushuntirish, ya’ni shaxsning
huquq normasini anglash va o‘rganish jarayonidir. Bunda shaxs
huquq haqidagi dastlabki tasavvurga ega bo‘ladi, u haqidagi mavjud
ma’lumotlarni o‘zlashtirishga harakat qilinadi.
2. Huquq normasining mazmunini tushuntirib berish. Bu muayyan
267
davlat organlari va mansabdor shaxslarning alohida ahamiyatga
ega bo‘lgan mustaqil va maxsus faoliyatidir. Bunda sharhlanayotgan
huquq normasining amalda to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini hamda
ayrim tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadi ko‘zlanadi.
Yuqorida zikr etilgan ikki jihatni to‘liq bilish shaxslarga kelajakda
huquq normalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda ularni amalda to‘g‘ri
qo‘llash uchun xizmat qiladi.
2-§. Huquq normalarini sharhlash usullari
Sharhlashning yangi qonunlar yaratishda va yuridik
ma’lumotnomalar majmuini tuzishda muhimligi masalasiga
to‘xtalib, uning huquq normalarini qo‘llash jarayonidagi ahamiyatini
alohida ta’kidlash lozim.
Huquqni sharhlash jarayonida asosiy o‘rinni matn egallaydi.
Chunki aynan unda «nafaqat qonun chiqaruvchi organning irodasi,
balki davlatning obyektiv ravishda taqdim etilgan va normativ
hujjatlarda mustahkamlangan irodasi» aks etgan
1
.
Huquq normalarini sharhlashda, ya’ni uning mazmun va
mohiyatini yoritishda turli xil usullardan foydalaniladi. Huquqni
sharhlash usullari orqali sharhlovchi subyekt huquq normasi haqida
to‘liq tasavvur hosil qiladi va u haqida batafsil ma’lumotlar to‘playdi.
Huquqni sharhlash usullarini yaxshi bilish huquq normalarining
mazmuni va mohiyatini aniqlashga hamda ushbu normalarni
kelajakda to‘g‘ri qo‘llay bilishga xizmat qiladi, shuningdek,
biryoqlama yondashish hamda ularni noto‘g‘ri qo‘llashning oldini
oladi.
Sharhlash usullari – subyekt tomonidan huquqiy ko‘rsatmalarga
binoan aniqlikka erishish maqsadida ongga yoki hissiyotga
asoslangan ravishda huquq normalarining mazmunini bilishning
maxsus yo‘llari.
Yuridik adabiyotlarda huquqshunos olimlar sharhlashga ikki xil
yondashadilar: statik va dinamik yondashuv.
Statik yondashuvda sharhlovchi subyekt huquqning barqarorligini
saqlashga harakat qiladi.
Dinamik yondashuvda sharhlovchi huquqning mazmunini
yoritishda ko‘proq hayotiy voqelikka yaqinlashtirishga harakat qiladi.
1
Îáùàÿ òåîðèÿ ïðàâà / Ïîä. ðåä. A.Ñ. Ïèãîëêèíà. – M., 1995. 281-bet.
268
Huquqni sharhlash usullari bir-birini to‘ldiradi va qo‘llab-
quvvatlaydi. Agar huquq normalarini sharhlash usullari birgalikda
foydalanilsa, huquq normalarini qo‘llash jarayonida ijobiy natijalar
beradi.
Huquq normalarini sharhlash bir qator maxsus usullar yordamida
amalga oshiriladi. Bu usullar huquq normalarining ma’nosi va
mazmunini yoritib berishda doimiy tarzda foydalaniladi. Huquqni
sharhlashning usullari orqali huquqiy normalarning turlari va
ularning mazmunini, huquq normasining ifodalash tili va huquq
normasining huquq tizimida tutgan o‘rnini tushunib olish mumkin.
Huquq normalarining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini aniqlash
uchun sharhlovchi subyektlar quyidagilarni:
– huquq normasining o‘zini;
– uning huquqiy aloqalarini – huquq normasining boshqa
yuridik qoidalar va prinsiplar bilan o‘zaro aloqalarini;
– uning boshqa ijtimoiy borliq bilan bo‘lgan barcha aloqalarini
tadqiq etadi.
Huquqshunoslik fanida huquqni sharhlash usullari xususida
turlicha talqinlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
– grammatik (filologik) sharhlash;
– tizimli (sistemali) sharhlash;
– tarixiy-siyosiy sharhlash;
– mantiqiy sharhlash.
Davlat va huquq nazariyasida sharhlashning bir shakli sifatida
matn bo‘yicha sharhlash, ya’ni grammatik sharhlash usuli ajratib
ko‘rsatiladi. Ushbu usulda huquq normasi turli joylarda uchraydigan
so‘z va iboralarning to‘g‘riligiga, ularning o‘xshashlik va bog‘liqlik
tomonlariga e’tibor berib, huquq normalarining mazmunini aniqlab,
keyin ularni izohlashga yordam beradi.
Grammatik usul ko‘pgina adabiyotlarda “til bo‘yicha”,
“filologik” kabi iboralar shaklida ham qo‘llaniladi. Bunda
sharhlanayotgan normada foydalanilayotgan texnik-yuridik
vositalarni tadqiq etish bilan birga, matnning ma’nosi va grammatik
tuzilishi ham tahlil qilinadi.
Mazkur usulda huquqiy norma mazmuni uning matni
grammatik, ya’ni filologiya, til qoidalariga asosan tahlil qilib beriladi.
Huquqiy norma matnidagi so‘z iboralarining mazmuni aniqlanadi.
Bunda huquq normasining matnidagi har bir so‘z va jumlaning
mazmuni grammatik jihatdan tahlil qilinadi.
269
Grammatik sharhlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
– «sharhlashning oltin qoidasi» – qonunning biror-bir
moddasini sharhlash jarayonida hamma uchun tushunarli bo‘lgan,
adabiy tildan foydalanish lozim;
– qonun chiqaruvchi qonunning matnida kitobiy tildan chetga
chiqqan bo‘lsa, sharhlash jarayonida ham xuddi shunday izohlash
lozim;
– huquq normasini sharhlashda bir sohaga taalluqli iborani
ikkinchi bir taalluqli bo‘lmagan sohada ishlatish taqiqlanadi;
– agar qonun matnidagi ibora aniq mazmunga ega bo‘lmasa,
uni sharhlashda huquqshunoslik amaliyotida keng qo‘llanilayotgan
so‘zlardan foydalanish lozim;
– agar qonun biror-bir iborani turli ma’noda tushunishga imkon
bermasa, uni har xil talqin etish mumkin emas;
– turli iboralarni asoslanmagan holda bir ma’noda qo‘llash
taqiqlanadi;
– qonunning biror-bir so‘zini uning sal ma’nosidan o‘zgacha
talqin etishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Grammatik sharhlash mazmunidan huquqshunosning fikrlash
doirasi kelib chiqadi. Bundan esa yozma nutqni grammatik tahlil
qilish natijasida qonun yoki qonunlar o‘rtasida mavjud bo‘lishi
ehtimol tutilgan qarama-qarshiliklarni, alohida so‘zlar yoki butun
matnning ahamiyatini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bunda bog‘lovchi,
qo‘shimcha, vergul, nuqta va h.k. larning roli aniqlanadi.
Grammatik sharhlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchilik
matnning umumiy ma’nosini tubdan o‘zgartirib yuborishi hamda
ba’zan salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun
ham normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash jarayonida til
qoidalariga jiddiy e’tibor qaratish zarurdir.
Huquqiy normani tizimli (sistemali) sharhlash usulida har bir
huquqiy norma ilgari qabul qilingan boshqa normalar bilan o‘zaro
aloqadorlik va bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi va har bir huquqiy norma
huquq tizimining mantiqiy bir qismi sifatida qaraladi. Bunda huquq
normasining huquq tizimida tutgan o‘rni, ahamiyati yoritib beriladi.
Tizimli sharhlash usulida sharhlovchi, birinchidan, huquq
normasining huquq tizimidagi o‘rnini aniqlaydi (huquq sohasi,
instituti), ikkinchidan, sharhlanayotgan huquq normasiga mantiqiy
bog‘liqligi o‘rnatiladi, uchinchidan esa sharhlanayotgan normaning
mazmunini bilishga erishiladi.
270
Huquqni sharhlashning tizimli usuli bir huquqiy normani boshqa
normalar bilan taqqoslash, uning huquqiy tartibga solish tizimidagi,
normativ hujjatdagi, huquq tarmog‘i yoki tizimidagi o‘rnini
aniqlashdan iborat. Tizimli sharhlash yordamida normalar va
hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar (kolliziyalar) aniqlanadi va bartaraf
etiladi.
Buning uchun quyidagi maxsus qoidalardan foydalaniladi:
– birinchidan, umumiy va maxsus normalarning aloqadorligi
(maxsus qonunlar muayyan faktga tegishli umumiy qonun
harakatlarini bekor qiladi, ya’ni maxsus qonun normalari mavjud
bo‘lgan taqdirda, umumiy qonun normalari qo‘llanilmasdan, maxsus
qonun normalari qo‘llaniladi. Demak, maxsus normalar umumiy
normalarning harakat faoliyatini cheklaydi);
– ikkinchidan, havola etuvchi moddalarning aloqadorligi (havola
etuvchi moddalar sharhlanayotgan moddalarni aniqlashtirish uchun
mo‘ljallangan yoki mazkur normaning mohiyatini yoritish uchun
havola etilayotgan moddalarga murojaat qilinadi);
– uchinchidan, agar turli organlar tomonidan chiqarilgan
huquqiy normalarning qarama-qarshiligi aniqlansa, yuqori turuvchi
organlarning normasiga asoslanish lozim;
– to‘rtinchidan, agar bir organning ikki normasi bir-biriga zidligi
aniqlansa, u holda norma qabul qilingan vaqtga ko‘ra, keyingi
qabul qilingan normaga asoslanishi lozim.
Ayrim hollarda huquqni qo‘llovchi shaxs huquqbuzarlik holatini
kvalifikatsiya qilishda puxta o‘ylab o‘tirmay, huquqiy normalarni
o‘zaro taqqoslashga, qonunda tilga olingan normativ materialni
qidirishga majbur bo‘ladi.
Tarixiy-siyosiy sharhlash usulida har bir norma, qonun
chiqaruvchi organ belgilagan uning maqsadi va ma’nosini aniqroq
tushunib olish uchun, sharhlanayotgan norma qabul qilinayotgan
paytda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy sharoitni inobatga olgan holda
qarab chiqiladi.
Sharhlanayotgan normaning tarixiy kelib chiqish shartlari, ya’ni
huquqiy norma ma’nosining qabul qilinishi tarixiga murojaat qilish
orqali uni huquqiy tartibga solish tizimiga kiritishdan ko‘zlangan
maqsadni aniqlashdir. Sharhlashning tarixiy usulida normativ
hujjatning matni bilan birga tarixiy hujjatlar, normativ hujjatlar
loyihasining muhokama qilinishi va qabul qilinishi materiallari,
bunday hujjatlar chiqarilishi vaqtidagi urf-odatlar, yuridik
271
amaliyotning ilmiy sharhlari va boshqa shu kabi qo‘shimcha
manbalardan foydalaniladi.
Sharhlovchi hayolan huquqiy normaning hayotga kirib kelishiga
sabab bo‘lgan sharoitlarga qaytib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
muhitni o‘rganib chiqadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari uchun
tarixiy-siyosiy sharhlash alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki, shu faoliyat davlat manfaatlari bilan, ularni himoya qilish
bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun qonunchilikning siyosiy
maqsadini tushunish, uning tarixini bilish ishning sifatli va bir
maqsadga qaratilgan bo‘lishiga yordam beradi. Sharhlashning
tarixiy-siyosiy usuli, masalan, ma’muriy, fuqarolik yoki intizomiy
huquqbuzarlik chegarasida bo‘lgan jinoiy ishlarni tekshirishda va
tergovchi ishni voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi
komissiyaga berishga haqli holatlarda katta ahamiyat kasb etadi.
Tergovchi huquqbuzarlikning tarkibini tahlil qilib va huquqiy
siyosatning zamonaviy talablarini hisobga olib, ish bo‘yicha qonunlar
doirasida maqsadga muvofiq qaror qabul qilish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Shu bilan u huquqiy normaning maqsadga erishishini
ta’minlaydi.
Mantiqiy sharhlash usulida mantiqiy o‘zgartirish, normani
normadan keltirib chiqarib xulosa chiqarish, bilimlardan xulosa
chiqarish, o‘xshatish bo‘yicha xulosa chiqarish, qarama-qarshisidan
xulosa chiqarish va bema’ni darajagacha olib borish, ya’ni
sharhlashning qo‘shimcha manbalaridan foydalanmagan holda
bevosita normaning matnidan xulosa chiqarish kabi mantiqiy
usullarni qo‘llab tushuntirish beriladi. Tatbiq etiladigan huquqiy
normalarning mazmuni mantiq fanining qonuniyatlariga asosan
aniqlanadi. Bunda huquqiy normaning matnidagi ifodalar,
tushunchalar bir-biri bilan ichki va uzviy mantiqiy jihatdan
bog‘langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning mazmuni
aniqlanadi.
Mantiqiy usul huquqiy holatlarni bilishda formal va dialektik
mantiq vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Bunda
sharhlashning obyekti normativ hujjat ichki qismlarining o‘zaro
aloqadorligi hisoblanadi.
Mantiqiy sharhlashning maqsadi huquq normalarining
mazmunini mantiq qonuniyatlari va prinsiplariga tayangan holda
tushuntirish hisoblanadi.
272
Mazkur sharhlash usuli yordamida huquq normasining mazmuni
mantiqiy jihatdan qayta shakllantiriladi, tushuncha mantiqiy tahlil
qilinadi, ya’ni ularning hajmi, belgilari va aloqalarini ajratish, ya’ni
tushuncha hayotiy holatga yaqinlashtiriladi, shuningdek, o‘xshash
va qarama-qarshi xulosalar yaratiladi hamda absurd holat kelib
chiqishini oldi olinadi.
Huquq ijodkorligi organlari foydalanadigan qonunchilik texnika-
sining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘pincha huquqiy qoidalarning
mantiqiy tuzulishida shunday aks etadi-ki, qonun mazmunini to‘g‘ri
aniqlab olish uchun hujjat matnini ma’lum darajada xayolan qayta
tuzish zarur bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksida «qasddan odam
o‘ldirish... jazolanadi», – deyiladi. Qonunshunos bu yerda odam
o‘ldirishning o‘zini emas, balki uni sodir qilgan shaxsni jazolashni
nazarda tutganligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Jinoyat kodeksining maxsus
qismining aksariyat moddalari shu prinsipda tuzilgan. Shuning
uchun Jinoyat kodeksining sharhlanayotgan moddalarini har doim
xayolan mantiqan qayta tuzishga to‘g‘ri keladi.
Yuqorida zikr etilgan sharhlashning usullari huquqiy normaning
mazmunini to‘laqonli yoritishga katta yordam beradi.
3-§. Huquqni sharhlashning turlari
Huquq normalarini sharhlash masalasi huquqning mazmunini
ochish, tushuntirishni va huquqiy hujjatlar yuridik mohiyatini
yoritishga qaratilgan faoliyatdir. Ba’zi hollarda huquq normalari
mazmunini to‘liq yoritish maxsus tushuntirish talab qiladi. Huquq
normalarini sharhlash tatbiq etilayotgan huquq normalarining to‘la
va aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda ularni qo‘llash
amaliyotida xatolarni istisno etadi.
Huquqni sharhlashning turlari to‘g‘risidagi masala huquqni
tushuntirish faoliyatining natijalari va sharhlash hujjatlarining yuridik
tabiatiga oid masalalar jumlasiga kiradi. Gap shundaki, huquqiy
normalarning mazmunini tushuntirishning muayyan natijalari
sharhlanayotgan hujjatlar hisoblanadi. Ularning amaliyot uchun yuridik
ahamiyati sharhlash subyektlarining vakolatlaridan kelib chiqadi.
Huquqiy normalarni sharhlashda sharhlovchi subyektlarning roli katta.
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy normalarni sharhlaydigan
subyektlar quyidagilardan iborat: davlat hokimiyati vakillik organlari,
davlat boshqaruvi organlari, sud organlari, prokuratura va boshqa
273
organlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar.
Shu subyektlar huquqiy normalarni sharhlaganda ularning
mazmunini to‘g‘ri tushunib, huquqiy normalarni qo‘llab,
turmushdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga, amaliy
ahamiyatga, yuridik xususiyatlarga ega, murakkab va serqirra
faoliyatdir.
Huquqni sharhlash hujjati – amaliyotda huquqiy normlarni
qo‘llash va yetarlicha tushuntiruvchi hujjatdir.
Huquq normalarini sharhlash uni amalga oshiradigan subyektiga
qarab ikki turga bo‘linadi.
– rasmiy sharhlash;
– norasmiy sharhlash.
Rasmiy sharhlash – huquq normasini qabul qilgan vakolatli
davlat organlarining o‘zlari tomonidan sharhlash bo‘lib, u hamma
uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Rasmiy sharh qonun
bilan vakolat berilgan organ tomonidan ham amalga oshiriladi.
Sharhlanayotgan huquq normalarining ummumajburiyligi,
sharhlayotgan subyektning maqomiga bog‘liq bo‘ladi. Rasmiy
sharhlash bir vaqtning o‘zida «legal» sharhlash, deb ham yuritiladi.
Yurisprudensiyada rasmiy sharhlash shartli ravishda autentik,
normativ va kazual turlarga bo‘linadi.
Autentik sharhlash normativ aktni qabul qilgan organ
tomonidan sharhlash (masalan: parlament o‘zi chiqargan qonunga
o‘zi sharh beradi). Autentlik – haqiqiylikni, dastlabki manbalarga
asoslanganlikni nazarda tutadi. Yuridik adabiyotlarda autentik
sharh mualliflik sharhi ham deb ataladi. Har qanday autentik
sharh, rasmiy sharh hisoblanadi, lekin rasmiy sharhning hammasi
ham autentik bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi qonunga beradigan sharh – rasmiy, ammo
autentik sharh emas.
Normativ sharhlash umumiy tavsifga ega bo‘lib, natijalari
huquqni qo‘llashda majburiy ahamiyatga ega (masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharhlagan normativ-huquqiy
hujjatlar, chunki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasidagi qonunlarga
rasmiy sharh berish vakolatiga ega).
Bunday huquqni tushunish va tatbiq etish «namunalari», odatda,
huquqiy malaka masalasi bo‘yicha, huquqiy kvalifikatsiya qilish
274
masalalari bo‘yicha muhim ma’lumotlar maxsus nashrlarda chop
etiladi.
Kazual sharhlash aniq bir oddiy kundalik hodisaga qo‘llanadigan
tushuntirishdir. Kazus – hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash
sud va boshqa vakolatli organlarga sharoit va shaxslarga nisbatan
ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan yuridik ishlarda beriladi. Huquqni
umumlashtirilib bo‘lmaydigan sharhlash hujjatlari bir marotabalik
ahamiyatga ega, lekin jiddiy ishlar yuzasidan qilinganida, ayniqsa,
huquqdagi nuqsonlar mavjud bo‘lganida normativ sharhlash
ahamiyatiga ega bo‘ladi.
Huquqiy normalarni kazual sharhlashda sud organlari har bir
fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli
huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiy
normalarni sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo‘yicha
chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi huquqiy
normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshiriladi.
Kazual sharhlash ikki xil ma’noga ega: birinchidan, muayyan
ish aniqlanadi va sharhlanadi; ikkinchidan, sharhlangan norma unga
o‘xshash normalar uchun yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Ammo kazual sharhlashni amalga oshiruvchi boshqa organlar uchun
namuna bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumi qarorlari. Mazkur sharhlashni pretsedent
sharhlash deb ham nomlashimiz mumkin, ammo bu anglosakson
huquq oilasi singari bizning huquqiy tizimimizda majburiy ahamiyat
kasb etmaydi.
Subyektga ko‘ra sharhlashning ikkinchi turi norasmiy
sharhlashdir. Norasmiy sharhlash – huquq mazmunini shunday
sharhlashni nazarda tutadiki, bunda sharhlash maxsus vakolat
berilmagan organlar va shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va
majburiy ahamiyat kasb etmaydi, yuridik oqibatlarga sabab
bo‘lmaydi va u advokatlar, olimlar, alohida shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi. Masalan, jinoyat kodeksiga sharhlar, fuqarolik
kodeksiga sharhlar shular jumlasidandir.
Tatbiq etilayotgan normalarni ilmiy (doktrinal) sharhlash ilmiy
xodimlar, olimlar, jamoat va davlat arboblari tomonidan
darsliklarlarda, ma’ruzalarda, kitoblarda va ilmiy maqolalarda
amalga oshirilishi mumkin.
Norasmiy sharhlash natijalari davlat organlari, jamoat birlash-
malari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
275
fuqarolar uchun majburiy bo‘lmasada, huquqiy normalarning
mazmunini sharhlab, tushuntirib beradi. Bu sharhlash huquqiy
normalarni amaliyot bilan bog‘lab, kishilarning huquqiy ongini va
huquqiy madaniyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Noras-
miy sharhlash qonunlarni takomillashtirishga, huquqni muhofaza
etuvchi organlar faoliyatini yaxshilashga, qonunchilikni
mustahkamlashga yordam beradi.
Norasmiy sharhlashning oddiy, kasbiy va doktrinal kabi turlari
mavjud.
Kundalik sharhlash huquqiy faoliyat sohasida mutaxassis
bo‘lmagan fuqarolar kundalik hayotda yuzaga keladigan huquqqa
oid hodisa va harakatlarga nisbatan o‘zining subyektiv fikrini
bildirishi hamda o‘zining huquqiy bilimi darajasida huquqqa oid
masalaning mazmunini aniqlashi va o‘z fikrini bildirishi
tushuniladi.
Kasbiy sharhlashda – kundalik faoliyatda xizmat faoliyati
nuqtayi-nazaridan doimiy ravishda shug‘ullanadigan huquqni
muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining, mavjud huquq
normalarining mazmun va mohiyatini yoritishga qaratilgan fikri
va munosabati tushuniladi. Kasbiy sharhlash bilan asosan prokuror,
tergovchi, sudya, advokat, notarius va boshqa huquqiy sohadagi
kasb vakillari shug‘ullanishi mumkin.
Doktrinal sharhlashda – kundalik faoliyatida bevosita huquqdagi
muammolar bilan ishlovchi va ularni bartaraf etish bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassis, yurist-olimlarni mavjud huquq
normalarining mohiyatini yoritib berishga qaratilgan harakatlari
tushuniladi. Ushbu soha vakillariga huquqshunoslik sohasida ilmiy
ishlar bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, fan nomzodlari, fan
doktorlar, dotsent va professorlarni kiritish mumkin. Ular
tomonidan amalga oshirilgan sharhlar ilmiy xarakterga ega bo‘lib,
majburiy ahamiyat kasb etmaydi.
Huquqni sharhlashning yana bir turi hajmga ko‘ra sharhlash
deb nomlanadi. Huquqiy normalarni sharhlashning natijasi uning
hajmidan kelib chiqqan holda baholanadi. Hajm – bu
sharhlanayotgan normaning mazmunini birlamchi matn mazmuniga
o‘zaro nisbatidir. Hajmiga ko‘ra sharhlash deyilganda, mavjud
huquq normasining mazmuniga muayyan bir tarzda o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish yoki umuman o‘zgartirmasdan izohlab
berish tushuniladi.
276
Huquq normalarini sharhlash, umumiy qoidaga asosan,
huquqshunos huquqiy qoidaga kiritgan haqiqiy ma’noni anglash
maqsadini nazarda tutadi. Lekin shunday holatlar ham uchraydiki,
normani sharhlayotgan shaxs huquq normasining asl mazmunini
tushunish lozim bo‘lgan yoki aksincha, qonun matnidan birinchi
marta ko‘ringanidan ham kengroq bo‘lgan vaziyat bilan to‘qnashadi.
Shundan kelib chiqib, davlat va huquq nazariyasida hajmga ko‘ra
sharhlashning tom ma’noda (adekvat), cheklangan va kengaytirilgan
sharhlash kabi turlari farqlanadi.
Huquqni tom ma’noda sharhlash – bunda turmushga tatbiq
etilayotgan huquqiy normaning mazmunini yozilgan matniga qarab,
hech narsa qo‘shmasdan izohlash tushuniladi. Tom ma’noda
sharhlash fanda «adekvat» sharhlash ham deb ataladi.
Cheklangan sharhlash – bunda tatbiq etilayotgan huquqiy
normaning o‘z matnida cheklanganligi belgilab qo‘yiladi.
Kengaytirilgan sharhlash – bunda qo‘llaniladigan huquqiy
normaning mazmuni, uning yozilgan matniga nisbatan kengroq
qilib sharhlanadi.
Sharhlash huquqiy normalarning to‘g‘ri tushunilishini
ta’minlaydi. Bu esa «huquqni qo‘llash jarayonidagi markaziy
bo‘g‘in»dir.
277
XIX BOB. HUQUQIY XULQ-ATVOR,
HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK
1-§. Huquqiy xulq-atvor tushunchasi, belgilari va tasnifi
Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida
kishilarning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etadi.
Yuridik adabiyotlarda asosiy diqqat-e’tibor kishilar xulq-
atvorining huquqqa zid jihatiga, ya’ni huquqbuzarlikka qaratilib,
huquqiy harakatlar xususida kamroq fikr bildiriladi.
Huquqiy xatti-harakat deganda, huquq subyektlarining qonunga
mos holda ijtimoiy-foydali harakat yoki harakatsizlik qilishi
tushuniladi.
Jamiyatda kishilarning xulq-atvori turli shakllarda namoyon
bo‘lib, uni ifodalanishiga, samaradorligiga, motivlariga, maqsadlari
va oqibatlariga qarab turlarga ajratish mumkin. Bu qonunga mos,
ijtimoiy xatti-harakat bo‘lib, yuridik shakldagi qonuniy xatti-
harakat ta’sirida huquq amalda bo‘ladi. Huquqiy xatti-harakat
doirasi va chegarasi huquqiy normalarining dispozitsiyasi bilan
belgilanadi. Aynan u huquqiy tartibotning mohiyati hisoblanadi.
Huquqiy ta’sir etish yo‘li bilan jamiyat boshqariladi, uning
hayot faoliyati me’yoriy tartibga solinadi, fuqarolarning huquq
va majburiyatlari amalga oshiriladi.
Huquqiy xulq-atvorning o‘ziga xos belgilari:
– ijtimoiy foydaliligi – ushbu xatti-harakatlar jamiyat, shaxs
va davlat uchun foydali bo‘ladi va biror-bir shaxsga zarar
keltirmaydi;
– ixtiyoriyligi va ongliligi – jamiyat a’zolarining asosiy tarkibi
huquqiy harakatlarni jazo choralaridan qo‘rqishdan emas, balki
o‘z tashabbuslari bilan ixtiyoriy ravishda, huquqni hurmat qilish
asosida amalga oshiradi;
– huquq normalariga mos kelishi – shaxslarning xatti-
harakatlari amaldagi huquq normalariga mos kelishi va
o‘rnatilgan talablarga javob berishi, shuningdek, huquq normalari
bilan ruxsat etilgan bo‘lishi talab qilinadi.
Jamiyatda vujudga keladigan va amalga oshayotgan huquqiy
munosabatlarning asosiy qismi o‘z asosiga ko‘ra huquqiy xatti-
harakatdan iboratdir.
278
Huquqiy xatti-harakat juda keng ma’noga ega. U o‘z
xususiyatiga ko‘ra bir xil emas.
Huquqiy xatti-harakatning shaxsni huquqiy tartibga solishga
jalb etilish darajasiga ko‘ra to‘rt turi mavjud:
1. Faol huquqiy xatti-harakat. Bu fuqarolar, mansabdor
shaxslarning qo‘shimcha vaqtlari, imkoniyatlari, shuningdek,
moddiy vositalaridan kelib chiqib, o‘z tashabbuskorligiga
tayangan huquqiy faoliyatidir. Shaxsning huquqiy faolligi – davr
talabi. Huquqiy faollikning namoyon bo‘lish shakllari turlicha.
Bu sidqidildan faol xizmat qilish, siyosiy partiya, jamoat
uyushmalarining shakllanishi va ishida qatnashish, qonun
loyihalari muhokamasida bevosita ishtirok qilish, davlatning turli
tuzilmalarida hamkorlik qilish va shu kabilar.
2. Odatdagi huquqiy xatti-harakat. U faollikdan farq qilgan
holda, ortiqcha xarajat va harakat bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu
kishining doimiy xizmat va boshqa hayotiy faoliyatidan kelib
chiqadi va u, odatda, huquqiy normalar talabiga mos keladi.
Fuqarolar ushbu xatti-harakat doirasida o‘zlarining yuridik
ahamiyatga molik u yoki bu harakatlarini amalga oshiradilar.
Lekin bu ularning faolligini huquqiy talab darajasidan oshirishga
olib kelmaydi. Jamiyatda, davlatda va amalda shaxsiy hayotiy
faoliyatda u oddiy va zaruriy hol hisoblanadi. Aynan shunga
muvofiq shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyoji qanoatlantiriladi.
3. Konformistik (sust) huquqiy xatti-harakat. Fuqarolar o‘rna-
tilgan huquq normalariga ijtimoiy muhit ta’sirida, ya’ni o‘z
safdoshlarining, rahbarlarining ko‘zicha rioya qiladi. Bu o‘zining
mustaqil fikri bilan emas, balki hamma shu harakatni amalga
oshirganligi uchun u ham shuni qilishga majbur bo‘ladi. Bu
toifa shaxslar agar ko‘pchilik huquqqa zid harakat qilsa, u ham
huquqqa zid harakat qilishi mumkin. Shuningdek, fuqaro o‘ziga
tegishli huquq va erkinliklardan kerakli maqsadda foydalanmagan
paytda sodir bo‘ladi. Masalan, fuqaro nikohdan o‘tishda, mulkka
egalik qilishda, saylovlarda ishtirok etishda sustkashlikka yo‘l
qo‘yishi mumkin. Bunday paytda shaxs o‘z manfaatini
qanoatlantirish imkoniyatidan foydalanmaganligi natijasida unga
nisbatan salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Bu jamiyatning zarar
ko‘rishiga olib keladi. Fuqaroning sustligi sababli siyosiy va
279
huquqiy sohada, davlat ishlarida valyuntarizm kelib chiqadi,
davlat tizimiga xalq ta’siri va jamoatchilik nazorati pasayadi.
4. Marginal huquqiy xatti-harakatda shaxs davlat tomonidan
o‘rnatilgan jazo tizimidan qo‘rqishi oqibatida huquqqa rioya
qiladi. Bu toifa shaxslar ijtimoiy faol yoki odatiy huquqiy xatti-
harakatni amalga oshirmaydilar. Bular ko‘proq ertaga ozodlikdan
mahrum etiladigan bo‘lsa, qiynalishi, erkinligining yo‘qolishi
yoki nogiron bo‘lib qolishdan qo‘rqqanidan huquqqa rioya qiladi.
2-§. Huquqbuzarlik tushunchasi va mohiyati
Huquqbuzarlik – bu huquq subyektining aybli, huquqqa zid,
jamiyat, davlat va shaxs manfaatlariga zarar keltiruvchi
qilmishidir.
Huquqqa zid xatti-harakatlar – o‘rnatilgan huquq talablarini
fuqarolar tomonidan bajarmaslik yoki ularga rioya qilmaslik.
Fuqarolarning huquqqa zid harakatlarni amalga oshirishi ularning
huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir.
Chunki, huquqqa rioya qilmaslik ayrim fuqarolarning qabul
qilingan qonunlardan xabardor emasligi yoki sodir etilgan xatti-
harakatini huquqqa zid ekanligini bilmasligi, ya’ni huquqiy
savodsizligi natijasida yuzaga keladi. Chunonchi, ayrim fuqarolar
esa mavjud qonunlarni qabul qilinganligi va busiz mumkin
emasligini bilsada, shunda ham unga rioya qilmaydi. Bu kabi
shaxslarning harakatida uning huquqiy madaniyatsizligi ko‘zga
tashlanadi.
Huquq buzilishi shaxsga, mulkka, davlatga yoki umuman
jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli, qonunga qarshi
harakatdir. Ushbu tushuncha huquq buzilishining quyidagi to‘rtta
muhim belgisini o‘z ichiga oladi:
1.
Ijtimoiy xavflilik – bunda huquqbuzarlik jamiyatning
qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni
poymol etadi. Huquqbuzarlikning zararligi yoki xavfliligi shundan
iboratki, u jamiyat hayotining maromiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2.
Huquqqa xiloflilik – huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi.
Bu o‘rinda gap qilmish oqibatida qonunning, muayyan huquqiy
normaning buzilishi to‘g‘risida bormoqda. Boshqacha aytganda,
280
huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo‘yilgan
taqiqni buzadi. Agar bunday taqiq bo‘lmasa, huquqbuzarlik ham
bo‘lmaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo‘yicha
talqin etilishi mumkin emas.
3.
Ayblilik – huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq
normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan
shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlikdan
sodir etadi.
Ayb – shaxsning sodir etgan huquqqa xilof harakatiga va uning
zararli oqibatlariga ruhiy munosabati. Qariyb har doim inson
oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzda harakat qilishni
tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa, huquqqa
xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi.
4.
Jazoga sazovorligi. Bu ma’lum huquqbuzarlik uchun uni
sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan
javobgarlikka tortilishini bildiradi. Ushbu javobgarlik huquqiy
normaning sanksiyasida ifodalanadi.
Huquqbuzarlik tarkibi. Huquqbuzarlik yuridik fakt bo‘lib
hisoblanadi, u o‘z navbatida, qo‘riqlovchi xarakterga ega bo‘lgan
huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikning
tarkibi muayyan (konkret) huquq normalarini sharhlashda, uning
mazmunini ochib berishda hamda dunyoqarash nuqtayi
nazaridan muhim ahamiyatga egadir. U o‘z ichiga to‘rtta
elementni qamrab oladi: huquqbuzarlikning obyekti, subyekti,
obyektiv tomoni va subyektiv tomoni.
Huquqbuzarlikning obyekti deb huquq bilan tartibga
solinadigan va qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi.
Obyekt huquqiy normada aniq mustahkamlangan bo‘ladi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni shaxsning harakat va
harakatsizligi oqibatida huquqning buzilishi hamda uning ijtimoiy
xavfliligidir. Bu huquqqa qarshi qilmishning tashqi tomonini
ifodalaydi. Aynan shu ifodalanish holatiga qarab, huquqbuzarlik
to‘g‘risida, ya’ni u qanday sodir bo‘lganligi va qay darajada zarar
keltirganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni elementlari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
– huquqqa qarshi qilmish;
281
– huquqqa qarshi zararli oqibat;
– huquqqa qarshi qilmish bilan zararli oqibat o‘rtasidagi
sababiy bog‘lanish;
– huquqqa qarshi qilmish sodir etilgan joyi, vaqti, usuli va
muhit.
Huquqbuzarlikning subyekti bo‘lib huquqbuzarlikni sodir
qilgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Subyektlarning
xususiyatlari huquqbuzarlikning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
jinoiy va ma’muriy huquqning subyektlari bo‘lib faqat shaxslar
hisoblanadi.
Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni — bu shaxsning (jismoniy
va yuridik) huquqqa qarshi qaratilgan harakat yoki harakatsizligi
oqibatiga va ulardan kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli qilmishga
nisbatan ruhiy-ongli munosabatidir. Huquqbuzarlik subyektiv
tomonining zaruriy belgisi aybdir. Ayb – huquqbuzarning
huquqqa xilof xatti-harakatiga va ularning ijtimoiy xavfli
o q i b a t i g a n i s b a t a n qasd yoki e h t i y o t s i z l i k s h a k l i d a g i
munosabatidir.
Qasd – shaxsning huquqqa xilof xatti-harakatini sodir
qilayotgan paytida, bu harakatning huquqqa xilofliligini, ijtimoiy
xavfliligini, uning oqibatini anglash yoki tushunishidir (to‘g‘ri
qasd) yoki bu xatti-harakatning ma’lum oqibatni keltirib
chiqarishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yishidir (egri qasd).
Ehtiyotsizlik — shaxsning xatti-harakatlari natijasida kelib
chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning oldini olishni nazarda
tutib, beparvolik bilan o‘z-o‘ziga ishonib harakat qilishidir.
Huquqbuzarlikning turlari ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra
ikki guruhga bo‘linadi.
1. Jinoyat – sodir etilishi jinoyat kodeksiga jazo qo‘llash
tahdidi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat
yoki harakatsizlik). Jinoyat natijasida davlat, jamiyat va shaxs
manfaatlariga zarar yetkaziladi.
2. Nojo‘ya harakat – bu jinoyat singari zarar yetkazib, ijtimoiy
darajasining rasmiyligi bilan farqlanadi.
Nojo‘ya harakat quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) fuqaroviy huquqbuzarlik – f u q a r o l i k h u q u q v a
majburiyatlarini buzilishi, ya’ni majburiyatlar bajarmaganligi bois,
282
mol-mulkka va kishi sog‘lig‘iga ziyon yetkazilishi tushuniladi;
b) ma’muriy huquqbuzarlik deb jamoat yoki davlat tartibiga,
davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va
erkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchun
qonunda ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan g‘ayriqonuniy,
aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakat
yoki harakatsizlik. Ma’muriy huquqbuzarlik, xuddi jinoyatlar
kabi, jamiyat uchun xavflidir, ulardan faqat ushbu xavf darajasi
bilan farqlanadi;
d) intizomiy huquqbuzarlik – korxonalar, tashkilotlar,
muassasalarning rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan yurish-turish
va ichki mehnat tartib-qoidalarini, xizmat intizomini xodimlar
tomonidan buzilishi hamda xizmat vazifalarini bajarmasliklaridir.
Mazkur huquqbuzarlik intizomiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
3-§. Yuridik javobgarlik tushunchasi, belgilari va turlari
Huquqshunoslik fanida yuridik javobgarlik masalasida
turlicha fikrlar mavjud. Ko‘pchilik mualliflar yuridik
javobgarlikni davlatning huquq talablarini bajarishga qaratilgan
majburlov choralarini qo‘llashi deb tushunsalar, boshqa ba’zi
olimlar unga amaldagi yuridik kategoriyalar doirasida
yondashib, qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar, maxsus yuridik
majburiyatlar yoki huquq normalari sanksiyalari ko‘rinishida
talqin etishga intiladilar.
Yuridik javobgarlik – bu huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga
nisbatan protsessual tartibda qonunchilikda belgilangan davlat
majburlov choralarini qo‘llashdir.
Yuridik javobgarlik – huquqbuzarning huquq normalariga
asoslangan va huquqbuzarlik faktidan kelib chiqadigan qilmishi
uchun javob berish va davlat majburlov choralari shaklidagi
noxush oqibatlariga chidash majburiyati hamda shunday
oqibatlarga haqiqatan duchor bo‘lishidir.
Yuridik javobgarlikning asosi – huquqbuzarlikdir ya’ni, huquq
normalarini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir.
Yuridik javobgarlikning asosiy vazifasi jarima solish,
jazolashdir, tiklash choralarining vazifasi esa yuridik
majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, huquqni himoya
283
qilishga qaratilgandir. Uning maqsadi esa jamiyat a’zolarini
qonunlar asosida tarbiyalashdan iborat.
Yuridik javobgarlikning belgilari. Yuridik javobgarlik quyidagi
o‘ziga xos belgilar bilan ajralib turadi.
1. Davlat majburlovi bilan chambarchas bog‘liq. Bunday
bog‘liqlik shunda namoyon bo‘ladiki, yuridik javobgarlik davlat
tomonidan o‘rnatiladi va yuridik normalarda ifoda etilganidek,
hokimiyat talablaridan chetga chiqqan aybdor shaxslarga nisbatan
majburiy ta’sirning o‘ziga xos usuli bo‘lib hisoblanadi. Yuridik
javobgarlik ayrim xatti-harakatga nisbatan javob sifatida alohida
hollarda qo‘llaniladi. Shuning uchun, qoidaga ko‘ra, u
huquqbuzarlar uchun qo‘llanadigan qat’iy cheklovlar bilan
bog‘liq.
2 . Y u r i d i k j a v o b g a r l i k n i n g a m a l d a g i a s o s i s h u n d a y
huquqbuzarlik, ya’ni ichki (shaxsning ongi yoki irodasi) va tashqi
harakatlarining birligini mujassamlashtirgan xatti-harakat
sifatidagi akt bo‘lishi mumkin. Bu narsa shuni bildiradiki,
huquqiy ko‘rsatmalarni buzishda aybdor bo‘lgan shaxsgina
huquqiy javobgarlikning subyekti bo‘lishi mumkin.
3 . Y u r i d i k j a v o b g a r l i k d a v l a t t o m o n i d a n a y b l a s h ,
huquqbuzarning xulq-atvori uchun tanbeh berish bilan bog‘liq.
Davlat tomonidan ayblash – bir qator xususiyatlarga ega bo‘lgan
tushuncha hisoblanadi. Birinchidan, bunday qoralash xulq-atvori
uchun tanbeh beriladigan subyektlarga nisbatan hokimiyat
ta’sirini qo‘llash bilan bog‘liq. Ikkinchidan, davlat tomonidan
ayblash huquqbuzarni aybdor deb topish, unga nisbatan aniq
javobgarlik choralarini belgilash va ularni amalga oshirishda
namoyon bo‘ladi. Uchinchidan, bu narsa retrospektiv xususiyatga
ega. Shuning uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar
xulq-atvorlarining ilgari sodir etilgan huquqqa xilof harakatlari
salbiy bahoga sazovor bo‘ladi.
4. Yuridik javobgarlik hamma vaqt huquqbuzarga nisbatan
ma’lum salbiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq. Yuridik
javobgarlikni huquqbuzarlik qilgan shaxs uchun belgilangan
qiyinchiliklar va mahrum etishlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
284
Yuridik javobgarlikning turlari.
Jinoiy javobgarlik – jinoiy-huquqiy javobgarlik fuqarolar
tomonidan ijtimoiy va davlat tuzumiga, mulk shakllari, xo‘jalik
tizimi, shaxslar, fuqarolarning huquq va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga va hokazolarga qarshi tajovuz
qilinganda kelib chiqadi. Jinoyat Kodeksida ko‘zda tutilgan
talablarni buzish jinoyat hisoblanadi va shu jinoiy harakat yoki
harakatsizlikka nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoiy
javobgarlikka davlat majburlov choralarining eng qattiq turlari
kiradi. Uni amalga oshirish jinoyat, jinoyat-protsessual, jinoyat-
ijroiya qonunlari bilan tartibga solingan.
Jinoiy javobgarlikda jazo asosiy va qo‘shimcha turlarga
bo‘linadi. Hozirgi kunga kelib jazo tizimini erkinlashtirish
(liberallashtirish) bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezident famoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida o‘lim
jazosini 2008-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilish nazarda
tutilgan. Shu bilan bir qatorda mol-mulkni musodara qilish jazosi
qo‘shimcha jazo tizimidan olib tashlandi.
Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy-huquqiy munosabatlarning
buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularga o‘rnatilgan umumtartib
qoidalarni bajarmaslik, masalan, yo‘l harakati qoidalarini va
jamoat tartibini buzish, tabiatni muhofaza etishga qarshi
harakatlar va boshqalar kiradi.
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik bo‘yicha quyidagi jazo
choralarini ko‘rsatish mumkin: ogohlantirish; jarima solish;
musodara qilish; (huquqni buzish quroli yoki obyekti bo‘lgan
narsani); maxsus huquqlardan mahrum etish (ov qilish, transport
vositalaridan foydalanish va h.); ma’muriy qamoq; axloq tuzatish
ishlari va boshqalar.
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik – fuqarolik huquqlarini buzgan
shaxslarga majburiy ta’sir etish chorasi bo‘lib, u jabrlanuvchiga
yetkazilgan mulkiy zararni qoplash bilan bog‘liq majburiyatdan
iborat.
Mazkur majburiyatning ikki turi mavjud:
1) fuqarolik turiga oid u yoki bu shartnomani bajarmaslik
yoki undagi shartlarga rioya etmaslik sababli yuzaga keladigan
majburiyat;
285
2) fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulki yoxud davlat
mol-mulkiga zarar yetkazish kabi shartnomadan tashqari
majburiyat yuzasidan vujudga keladigan majburiyat.
Intizomiy javobgarlik – korxona va tashkilotlarda o‘rnatilgan
yurish-turish qoidalarini buzish oqibatida kelib chiqadi.
Intizomiy-huquqiy javobgarlikning belgilanish holatlari Mehnat
kodeksida, korxona va tashkilot ichki mehnat tartibi qoidalarida
hamda maxsus Nizomlarda nazarda tutiladi. Intizomiy huquq
mehnat va xizmat intizomini, harbiy va boshqa intizomni buzish
bilan bog‘liq bo‘lib, ularga idoraning ichki tartib-qoidalarini
buzish, ishga kech kelish yoki ishdan barvaqt ketish va h.k.
hollar kiradi. Intizomiy-huquqiy jazo chorasini qo‘llash ichki
ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga ega
rahbar shaxslar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnat intizomini buzgan xodimlar korxona, tashkilot va
muassasa ma’muriyati tomonidan javobgarlikka tortiladilar,
fuqaro aviatsiyasi, temir yo‘l transporti xodimlari hamda sudyalar
va ba’zi bir mansabdor shaxslarning intizomiy javobgarligi
to‘g‘risidagi masalalar maxsus intizomiy komissiyalar tomonidan
ko‘rib chiqib, tegishli nizom asosida hal etiladi.
Yuridik javobgarlikni belgilashning asosiy maqsadi jazolash emas,
balki huquq umumiy maqsadlarini muayyan ifodasiga qaratilgan
bo‘lib, ular ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlanishida, tartibga
solinishida va himoyasida o‘zining ifodasini topadi.
Muayyan huquqbuzarga nisbatan javobgarlikning qo‘llanilishi
birmuncha tor maqsadni, ya’ni aybdorni jazolashni ko‘zlaydi.
Bu bilan davlat o‘zining majburlov choralarini amalga oshirib
turib, yana boshqa maqsadni ko‘zlaydi – bu maqsad kelajakda
huquqbuzarlikni sodir etishning oldini olishga yoki bu haqda
ogohlantirishga qaratilgan.
Bu maqsadlar, o‘z navbatida, javobgarlikning funksiyalarini
belgilab beradi. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi
prinsiplarga amal qilinadi:
Adolatlilik – aybdor bo‘lmagan shaxslarning javobgarlikka
tortilish hollariga yo‘l qo‘ymaslikni yoki sodir etilgan qilmishning
isbotlanishi zarurligini talab etadi, shuningdek, qo‘llanilayotgan
jazo sodir etilgan jinoyatga mos kelishi lozim.
286
Qonuniylik – huquq qoidalari talablarining qat’iy va aniq
tatbiqidan iborat bo‘lib, yuridik javobgarlikka nisbatan bu talab
faqat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunda belgilangan
asoslarda hamda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda
jazo qo‘llanilayotgan vaqtda muomalaga layoqatli shaxsga
nisbatan huquqqa zid harakat qilgan taqdirdagina jazo
qo‘llanilishi lozim.
Gumanizm (insonparvarlik) – yuridik javobgarlikka tortish
jarayonida qonunda nazarda tutilmagan usullar, ya’ni qiynoqqa
solish, jismoniy azob berish kabi insoniyatning sha’ni va qadr-
qimmatini kamsituvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab etadi,
ayniqsa, jazo tayinlanayotgan vaqtda inson huquqlarining oliy
qadriyat ekanligi e’tiborga olinishi lozim.
Jazoning asoslanganligi – bunda jazo tayinlash vaqtida sud ishni
har tomonlama chuqur o‘rganib, tahlil qilib, keyin jazo tayinlashi
lozim.
Maqsadga muvofiqlik prinsipi sodir etilgan qilmishga nisbatan
javobarlikning muqarrarligini anglatadi, chunki belgilangan
javobgarlik maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.
Javobgarlikning muqarrarligi – yuridik javobgarlik huquqbu-
zarlik bilan bevosita bog‘liq va bu bog‘liqlikdan ushbu prinsipning
mohiyati kelib chiqadi, ya’ni sodir etilgan har qanday
huquqbuzarlik uchun javobgarlikning qo‘llanilishi hamda uning
muqarrarligi belgilanadi.
Individuallik prinsipiga binoan sodir etilgan huquqbuzarlik
uchun faqat aybdor shaxsning o‘ziga nisbatan javobgarlik
qo‘llaniladi, jumladan, ota yoki onaning huquqbuzarligi uchun
farzand yoki buning aksi bo‘lishi mumkin emas. Jamiyatda har
bir shaxs o‘zi qilgan huquqbuzarligi uchun o‘zi javob beradi.
Yuridik javobgarlik funksiyalari. Shaxslar tomonidan qilingan
huquqbuzarlik uchun davlat muayyan bir yuridik javobgarliklarni
amalga oshiradi. Huquqbuzarlik uchun qo‘llanilayotgan har bir
yuridik javobgarlikning o‘ziga xos vazifasi mavjud. Yuridik
javobgarlikka tortishning asosiy maqsadi, huquqbuzar shaxsni
jazolash yoki unga biror-bir jazo berish bilan kifoyalanmay,
boshqa yuridik oqibatlar ham kutiladi. Jumladan:
1. Jazolash funksiyasi – aybdor shaxsning huquqbuzarlik sodir
287
etganligi uchun unga shaxsiy (ozodlikdan mahrum qilish), mulkiy
(jarima to‘latish), tashkiliy (ishdan bo‘shatish, muayyan faoliyatni
cheklash) jihatdan salbiy ta’sir etish;
2. Huquqni tiklash funksiyasi – bunda huquqbuzar shaxs
tomonidan buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararni
qoplash nazarda tutiladi;
3. Maxsus ogohlantirish funksiyasining mohiyati shundaki,
huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni kelajakda bu kabi salbiy
oqibatlar keltirib chiqaruvchi, davlat, jamiyat va shaxs uchun
muayyan zararlarni keltirib chiqaruvchi hodisalarni sodir etmaslik
haqida ogohlantirishdir;
4. Umumiy ogohlantirish nafaqat huquqbuzar shaxsni, balki
jamiyatning butun a’zolarini huquqbuzarlik sodir etish yomon
oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirish va bu kabi salbiy
harakatlarni sodir etishdan o‘zlarini tiyishga, ya’ni huquqiy
harakat qilishga chaqirishdir;
5. Tarbiyaviy funksiya ikki xil mohiyat kasb etadi: birinchidan,
jamiyatning barcha a’zolarini huquqbuzarlik sodir etmaslik,
huquqqa nisbatan hurmat ruhida yashashga o‘rgatsa, ikkinchidan,
bevosita huquqbuzar shaxslarni qayta tarbiyalash, kelajakda
huquqqa rioya qilish va uni hurmat qilishga chaqiradi.
4-§. Aybsizlik prezumpsiyasi. Yuridik javobgarlik va
qilmishning huquqqa xilofligini istisno qiluvchi holatlar
Aybsizlik prezumpsiyasi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki
sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda
nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan
sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining
aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Ya’ni u bunga majbur
emas. Mazkur vazifa huquqni muhofaza etuvchi organlar
zimmasiga yuklanadi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf
etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi
yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun
qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon
288
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal
qilinishi kerak. Fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi – shaxsning
huquq va erkinliklarini mustahkam kafolatidir. O‘zbekiston
R e s p u b l i k a s i K o n s t i t u t s i y a s i d a ( 2 6 - m o d d a ) a y b s i z l i k
prezumpsiyasi o‘zining ifodasini topgan bo‘lib, unda jumladan,
shunday deyiladi: “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har
bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib,
uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda
ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha
sharoitlar ta’minlab beriladi...”
Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksining 23-moddasida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Shaxsning harakatlarida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan
alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy
xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini
istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
Yuridik javobgarlik va qilmishning huquqqa xilofligini istisno
qiluvchi holatlar mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: aqli
norasolik, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavflilik darajasi
bo‘lmagan huquqbuzarliklar sodir etish va boshqalar.
Yuridik javobgarlik va davlat majburlovining boshqa turlarini
farqlash nazariy hamda katta amaliy ahamiyatga ega. U shaxs
va jamiyat manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sir o‘tkazishning
eng maqsadga muvofiq va qonuniy vositasini tanlash imkonini
beradi.
289
XX BOB. HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
MEXANIZMI
1-§. Huquqiy tartibga solish tushunchasi
Kishilik jamiyati o‘zining muayyan darajada batartibligi va
uyushganligi bilan tavsiflanadi. Jamiyat o‘z rivojlanishining butun
mobaynida kishilar xulq-atvorini tartibga soluvchi, me’yorlovchi
usul va vositalar tizimini shakllantiradi. Ijtimoiy tartibga soluvchi
vositalar orasida, avvalo, ijtimoiy normalar muhim o‘rin tutadi.
Ijtimoiy normalar – axloq normalari, odat normalari, huquq
normalari, an’analar, jamoat birlashmalarining normalari, diniy
normalar kabi turlarga ajraladi. Ular turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar
hamda qatlamlar tomonidan vujudga keltiriladi. Xususan, davlat
o‘z funksiyalarini bajarish va maqsadlariga erishish uchun huquq
normalarini yaratadi. Davlat huquq normalari yordamida ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.
Huquqiy tartibga solish ehtiyoji obyektiv zaruriyatdir. Huquqiy
normalarda ijtimoiy munosabat ishtirokchilari faoliyatining
andozasi (modeli), kishilar yurish-turishi, xatti-harakatining
algoritmi, taraflarning huquq va majburiyatlari me’yori aks
ettiriladi. Huquq insonlar xatti-harakatini subyektiv huquq va
yuridik majburiyatlar shaklida me’yorlash orqali ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladi.
Huquq normalari jamiyat hayotining asosiy jabhalarini normativ
tarzda tartibga solib turadi. Huquqiy normalarning ijtimoiy
munosabatlarga ta’siri, ularni tartibga solishi huquqni amalga
oshirish jarayonining bevosita natijasidir. Mazkur qoidani tushunib
olish uchun «huquqiy ta’sir etish» va «huquqiy tartibga solish»
iboralarining ma’nosini tahlil qilish lozim.
«Ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish» iborasi anchagina
keng tushuncha bo‘lib, o‘z mazmuniga jamiyat hayotiga huquq
ta’sirining barcha yo‘nalishlari va shakllarini qamrab oladi.
Huquqning bunday ta’siri – normativ (umummajburiy)
regulyatorlik, mafkuraviy va tarbiyaviy shakllarda namoyon bo‘ladi.
Huquq ishlab chiqarish munosabatlariga va ularga asoslangan boshqa
munosabatlarga ta’sir etib, ularni mustahkamlaydi, qo‘riqlaydi va
rivojlantiradi. Huquqiy ta’sir etish natijasida ilg‘or va ijobiy ijtimoiy
munosabatlar huquqiy himoya qilinadi hamda takomillashtiriladi.
290
Jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan yoxud eskirgan
munosabatlar esa ijtimoiy turmushdan siqib chiqariladi.
Huquqiy tartibga solish huquqiy ta’sir etishning nisbatan mustaqil
va faol ko‘rinishlaridan biridir.
Huquqiy tartibga solish – ijtimoiy munosabatlarga huquq
yordamida ularni umummajburiy, normativ tarzda tartibga solish
maqsadida ta’sir etish jarayonidir. Huquqiy tartibga solishning
muhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining
yuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi, huquqlar ro‘yobga
chiqarilishini va majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.
Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish ijtimoiy tartibga
solishning maxsus turi bo‘lib, o‘zining demokratik qadriyatlarga
tayanganligi, maqsadga yo‘naltirilganligi va samaraliligi bilan ajralib
turadi. Shuningdek, huquqiy tartibga solish o‘ziga xos ta’sir etish
vositalari (mexanizmi) orqali amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi
idoraning yuridik normalar yaratishdan ko‘zlangan maqsadi xuddi
ana shu huquqiy ta’sir etish vositalari yordamida ro‘yobga
chiqariladi.
Huquqning ijtimoiy munosabatlar regulyatori ekanligi
huquqshunoslik fanida uzil-kesil tan olingan. Huquqning asosiy
vazifasi ham uning regulyatorlik (ya’ni, tartibga soluvchilik)
tabiatidan kelib chiqadi. Huquq, qonun hayotiy munosabatlarni
tartibga solar ekan, ularning amal qilishi va rivojlanishi uchun aniq
me’yor o‘rnatadi. Shu yo‘l bilan ularni jamiyat va davlat manfaatlari
nuqtayi nazaridan tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yo‘liga kirgach, jamiyatni
tubdan yangilash, modernizatsiyalash iqtisodiy, siyosiy, huquqiy
va madaniy-ma’naviy sohada keng qamrovli islohotlar yo‘lini tutdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ijtimoiy adolatni ta’minlovchi
demokratik davlatni qaror toptirishdir. Mamlakatimiz Prezidenti
I.A. Karimov ta’kidlaganidek: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy
yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga
ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik
jamiyatini barpo etishdan iboratdir»
1
.
Ana shu ustuvor maqsadlar mazmunidan kelib chiqib aytish
mumkinki, demokratik islohotlar va huquqiy davlatchilik barpo
1
Êàðèìîâ È.À. Êó÷ëè äàâëàòäàí êó÷ëè æàìèÿò ñàðè. – Òîøêåíò, «Øàð³»,
1998, 49-bet.
291
etishning hozirgi bosqichida davlat hamda jamiyat hayotining
qonuniy zaminini mustahkamlash, yangi tuzumga xos ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish – bosh
yo‘nalishdir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati
ko‘p jihatdan huquqiy tartibga solishning holatiga bog‘liqdir.
Islohotlar jarayoni rivojlanib va chuqurlashib borgani sari, uning
huquqiy negizi takomillashtirilib boriladi, qabul qilingan qonunchilik
hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Bu hol qonunlarning
ta’sirchanligini oshirish imkonini beradi.
Davlat qonun, farmon va hukumat qarorlarini qabul qilish yo‘li
bilan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarning borishini huquqiy
jihatdan jadal va qat’iy tartibga solishni amalga oshiradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda bozor iqtisodiyoti va bozor
munosabatlari infratuzilmasini shakllantirishning huquqiy poydevori
yaratildi. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar
to‘g‘risida», «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat
to‘g‘risida», «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida», «Chet el investitsiyalari
to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «Bankrotlik
to‘g‘risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
rag‘batlantirish to‘g‘risida», «Lizing to‘g‘risida», «Qimmatli
qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi, Yer
kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi va boshqa
normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Huquqiy tartibga solish ko‘lamini ta’riflashda olimlar ikki guruhga
ajraladilar. Ba’zi olimlar huquqiy tartibga solishda yuridik normalar
faqat huquqiy munosabatlar (shakli, modeli) orqali ta’sir etadi,
deb hisoblaydilar. Bu fikr tarafdorlari subyektiv huquq va yuridik
majburiyatlarning mavjudligini mutlaq va nisbiy huquqiy
munosabatlar mavjudligi bilan bog‘laydilar.
Ikkinchi guruh olimlar fikricha, huquqiy tartibga solish huquqiy
munosabatlar doirasidan tashqariga chiqadi, ancha kengroq
ko‘lamda harakatlanadi. Bunday yondashuv so‘nggi yillarda yuridik
ilmiy jamoatchilik tomonidan ustuvor nuqtayi nazar sifatida tan
olinmoqda.
Shunday qilib, huquqiy tartibga solish ikki shaklda amalga oshadi:
– huquqiy munosabat orqali;
– huquqiy munosabatdan tashqarida.
Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning maxsus turi
hamda huquqiy tartibga solishning alohida shaklidir.
292
Huquqiy tartibga solish natijasida hamisha real munosabatlar
muayyan tarzda me’yorlanadi, «qolip»ga solinadi, barqarorlik kasb
etadi. Muhimi, bu munosabatlar davlat tomonidan muhofazalanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish aniq usullar
yordamida amalga oshiriladi. Huquqiy tartibga solish usuli huquqiy
tartibga solish predmetiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yuridik va
jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning
yo‘llari yig‘indisi huquqiy tartibga solish metodi (usuli) deb ataladi.
Huquqiy tartibga solish metodining ikki turi, ya’ni: avtonomiya
metodi va avtoritar metodlari mavjud.
Avtonomiya metodi asosida tartibga solinuvchi munosabatlarda
taraflar teng huquqli bo‘ladilar hamda ular qonunda belgilangan
vakolatlar doirasida mustaqil faoliyat yuritadilar. Misol uchun,
fuqarolik huquqiy munosabatlarini olaylik, ularda ishtirok etuvchi
subyektlar qonun belgilagan me’yor ko‘lamida o‘z xatti-harakatlarini
mustaqil kelishuv, shartnoma asosida erkin belgilaydilar.
Avtoritar metod deganda, ijtimoiy munosabatlarga hukmronlik,
buyruq (imperativ) tarzida qat’iy ta’sir o‘tkazish tushuniladi.
Masalan, ma’muriy-huquqiy va jinoiy-huquqiy munosabatlarni
olaylik. Bu munosabatlarda bir tomonda davlat (davlat idorasi yoki
vakolatli mansabdor shaxs) namoyon bo‘ladi, ikkinchi tomondan
esa fuqaro maydonga chiqadi. Ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikni
qo‘llovchi vakolatli subyekt davlat hokimiyati nomidan ish ko‘radi,
avtoritar metodga tayanib huquqiy tartibga solishni amalga oshiradi.
Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish quyidagi
xususiyatlarga ega:
– huquqiy tartibga solishning barqarorligi;
– konstitutsiyaviy-tartibga solish ahamiyatining oshishi va
ko‘lamining kengayib borishi;
– iqtisodiy, siyosiy, madaniy va mafkuraviy hayot sohalarida
huquqiy tartibga solish rolining o‘sib borishi;
– huquqiy tartibga solish jarayonida ijtimoiy o‘zini o‘zi
boshqarish va ijtimoiy munosabatlarga jamoat ta’sirining o‘sishi;
– ijtimoiy xulq-atvorni oldindan belgilash (modellashtirish)
imkoniyatlarining oshib borishi;
– huquqiy tartibga solishning xalqchilligi va samaraliligi;
– huquqiy tartibga solishning faol, ijtimoiy xarakterga egaligi.
293
2-§. Huquqiy tartibga solish mexanizmi va
uning tarkibiy qismlari
Huquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatdagi turli-tuman
ijtimoiy munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketma-
ketlikda ta’sir etish jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar mazmuni
hamda huquqiy normalar ruhi mamlakat intilayotgan maqsad va
vazifalar, ya’ni: bozor iqtisodiyotiga o‘tish, huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan uzviy bog‘liq.
Huquqiy tartibga solish jarayoni – ijtimoiy munosabatlarga
huquqiy ta’sir etish, ularni amalga oshirish, rivojlantirish va
takomillashtirishning qat’iy belgilangan tartibidir. Huquqiy tartibga
solish har qanday ijtimoiy jarayon singari o‘z boshlanish va
nihoyalanish nuqtalariga ega. Bu jarayon davlat tomonidan huquqiy
normalar yaratishdan boshlanadi. Huquqiy norma xalqning davlat
idorasini o‘zida ifodalovchi vosita sifatida vujudga keladi va amal
qiladi.
Huquqiy tartibga solish jarayonini uch asosiy bosqichga ajratish
mumkin:
1. Ijtimoiy munosabatlarni me’yorga soluvchi yuridik normaning
yaratilish bosqichi.
2. Huquqiy normaning amal qilish bosqichi.
3. Yuridik normada nazarda tutilgan holatlar, huquq va
majburiyatlar vujudga kelganda subyektiv huquq va burchlarning
amalga oshirilish bosqichi.
Ko‘rsatilgan uch bosqichdan tashqari yana bir bog‘lovchi
qo‘shimcha (fakultativ) bosqich haqida gapirish lozim. Bu fakultativ
bosqich huquqni qo‘llashdir.
Huquqiy tartibga solish jarayonining uch bosqichiga uchta
muhim element (huquqiy hodisa) muvofiq keladi:
a) huquqiy normalar;
b) huquqiy munosabatlar;
d) subyektiv huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari.
Yuqorida zikr etilgan qo‘shimcha bosqichga muvofiq tarzda
huquqiy tartibga solish mexanizmida qo‘shimcha (fakultativ)
element – huquqni qo‘llash hujjatlari maydonga chiqadi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmining har bir elementi, o‘z
navbatida, o‘ziga xos kichik tizimni tashkil etadi. Chunonchi:
– yuridik normalarning yaratilish bosqichiga muvofiq keladigan
294
tizimga – huquqiy ong, huquq ijodkorligi hujjatlari, normativ yuridik
hujjatlar, huquqiy normalar, me’yorlar, hujjatlarni tizimlashtirish,
yuridik texnika va boshqalar kiradi;
– yuridik normalarning amal qilish bosqichidagi huquqiy
munosabatlar tizimiga – huquq subyekti, yuridik faktlar, umumiy
va konkret huquqiy munosabatlar kiradi;
– huquq va majburiyatlarni amalga oshirish tizimiga – huquqiy
munosabat qatnashchilarining muayyan xatti-harakatlari, huquqni
qo‘llash hujjatlari kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tizimlarni huquqiy tartibga solish
jarayonining bo‘g‘inlari deb atash mumkin. Ushbu jarayonda amal
qiladigan elementlarning bir butunligi huquqiy tartibga solish
mexanizmini tashkil etadi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmi – ijtimoiy munosabatlarga
jamiyat va davlat oldida turgan maqsad hamda vazifalarga mos
ravishda samarali huquqiy ta’sir etishni ta’minlovchi yuridik
vositalarning bir butun tizimidir. Huquqiy tartibga solish
jarayonidagi barcha huquqiy vositalarning «mexanizm» iborasi bilan
izohlanishi bejiz emas. «Mexanizm» – bir qancha mustaqil
hodisalar, qismlarning o‘zaro aloqadorlik asosida, bir butun agregat
sifatida harakat qilishidir. Bunda har bir element uyg‘un va barqaror
birlashib, biri ikkinchisini harakatlantiradi. Mexanizmga aniq, qat’iy
va bir maromda ishlash xosdir. Huquqiy tartibga solish jarayonida
namoyon bo‘luvchi qismlar yagona bir butun mexanizmni tashkil
etadi.
«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi yordamida
har bir huquqiy institut (voqelik)ning huquqiy tartibga solish
tizimidagi o‘rni va rolini aniqlab olish mumkin. Shuningdek,
ta’kidlash joizki, mexanizm tarkibiga kiruvchi huquqiy institut
butunning tarkibiy qismi sifatida yangi xususiyatlarga ega
bo‘ladi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmining dastlabki elementini –
huquqiy normalar tashkil etadi. Huquqiy normalarda davlat-
hokimiyat irodasi bayon etiladi, ushbu norma orqali o‘rnatilayotgan
huquqiy talab tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabat
ishtirokchilariga yetkaziladi. Huquqiy normada huquqiy munosabat
subyektlarining huquq va burchlari, vakolatlari doirasi, shuningdek,
ularni amalga oshirish vositalari ko‘rsatiladi.
Huquqiy normaning maxsus funksiyasi shundaki, u normativ
295
tarzda huquqiy munosabat chegaralarini o‘rnatadi. Unda xulq-atvor
va yurish-turishning andozasi (modeli) belgilanadi. Aynan ana shu
yurish-turish qoidalari huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat
qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-
moddasida fuqarolarning mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi
mustahkamlangan. Bu umumiy konstitutsiyaviy – huquqiy qoida.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 57, 72-moddalarida
ishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liq mehnat-huquqiy
munosabatlar nazarda tutilgan. Ishga qabul qilish yozma tarzda
tuziladigan mehnat shartnomasi orqali amalga oshiriladi. Bu yerda
yuqoridagi konstitutsiyaviy qoida aniqlashtirilayotganini ko‘ramiz.
Biroq u hali hayotga tatbiq etilayotgani yo‘q. Mehnat kodeksining
yuqoridagi moddalari ishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liq
mehnat-huquqiy munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutadi.
Mazkur normaning mavjudligi hali yuqoridagi mehnat-huquqiy
munosabatlar hal etilganligini anglatmaydi, albatta. Bu masalaning
huquqiy yechimiga erishish uchun muayyan fuqaroni ishga qabul
qilish to‘g‘risida ish beruvchining (korxona ma’muriyatining) aniq
individual hujjati (buyrug‘i, farmoyishi) chiqarilishi lozim (MKning
82-moddasi). Ushbu misolimizda MK 57 va 72-moddalaridagi
huquqiy normalar tegishli mehnat-huquqiy munosabatlarini tartibga
solish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmining ikkinchi elementi –
huquqiy munosabatlardir. Huquq normasi aynan huquqiy munosabat
orqali hayotga joriy etiladi, subyektiv huquq va burchlarga rioya
etiladi, ulardan foydalaniladi va tegishli talablar bajariladi. Muayyan
subyektiv huquq va burchlarning xususiyatlari huquqiy normaning
tartibga solishdagi ta’sir etish xarakteriga bog‘liq.
Huquqiy normalarning vakolat beruvchi, majbur etuvchi va man
qiluvchi turlariga mos ravishda tartibga soluvchi va qo‘riqlovchi
huquqiy munosabatlar turlari namoyon bo‘ladi.
Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar majbur etuvchi, vakolat
beruvchi va man etuvchi munosabatlarga bo‘linadi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmining uchinchi elementi –
subyektiv huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari
(harakatlari)dir. Bu yerda so‘z huquqiy munosabat
ishtirokchilarining huquq normalariga rioya etish, bajarish va
foydalanish shaklidagi real amaliy xatti-harakatlari, xulq-atvori
haqida bormoqda. Mazkur harakatlar sodir etilishi bilan qonun
296
chiqaruvchi idora rejalashtirgan maqsad amalga oshadi hamda
huquqiy tartibga solish mexanizmi faoliyati yakun topadi.
Huquqni qo‘llash hujjatlari – vakolatli davlat idorasining,
mansabdor shaxsning davlat-hokimiyat xarakteridagi hujjatidir. Bu
hujjatlar huquqiy norma talablarini huquqiy munosabat orqali
bevosita hayotga joriy etadi. Lozim bo‘lgan hollarda huquqni
qo‘llash hujjatlarining bajarilishi davlatning majburlash kuchi bilan
ta’minlanadi. Huquqni qo‘llash hujjatlari – qaror, farmoyish,
buyruq, hukm va boshqa shakllardan iborat. Bu hujjatlarda huquqiy
munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari aniq ko‘rsatib
beriladi.
3-§. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish
Huquqiy tartibga solishning eng oliy shakli – konstitutsiyaviy
tartibga solishdir. Zero, Konstitutsiya mamlakatning Asosiy qonuni
bo‘lib, yuksak maqomli, o‘ta nufuzli siyosiy-yuridik hujjat sanaladi.
U mo‘tabar ijtimoiy-huquqiy qadriyat sifatida jamiyat va davlat
hayotining bosh mezoni, ijtimoiy munosabatlarni
barqarorlashtiruvchi, ravon tartibga soluvchi ta’sirchan vositadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlab
o‘tganidek, «...biz mamlakatimizda huquqiy davlat, demokratik
jamiyat barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini eng
oliy va ustuvor qadriyat sifatida qaror toptirish borasida o‘tgan
davr mobaynida qonunchilik sohasida va amaliy siyosatimizda
qanday natija va yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsak, ularning barchasi
Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan talab va tamoyillar bilan
uzviy bog‘liqdir»
1
.
Huquqiy tartibga solish mexanizmida Konstitutsiyaning
ustuvorligini ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga molik
masaladir. Konstitutsiya – mamlakat huquqiy tizimining o‘zagi,
uning mustahkam poydevori. Konstitutsiya normalari birlamchi,
ta’sis etuvchi xarakterga ega bo‘lib, ular bevosita amal qiladi. Birorta
ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya
normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda, 2-
qism).
1
Êàðèìîâ È.À. Èíñîí ìàíôààòëàðèíè òàúìèíëàø, èæòèìîèé µèìîÿ òèçè-
ìèíè òàêîìèëëàøòèðèø – óñòóâîð âàçèôàìèçäèð // Õàë³ ñ´çè. 2006.
8 äåêàáðü.
297
Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakat normativ-huquqiy
hujjatlar tizimida ustuvorlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi.
Uning normalari boshqa qonunlarning qoidalaridan ham yuqoriroq
yuridik kuchga ega. Qolgan barcha qonunlar va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq tarzda va
uning ijrosi uchun chiqariladi. Basharti, qonunlar Konstitutsiyaga
zid kelib qolsa, yoki unda belgilangan tartiblarni buzib ishlab
chiqilgan va qabul qilingan bo‘lsa, ular o‘z kuchini yo‘qotishi shart.
Konstitutsiya butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi,
hamjihatlashtiruvchi markazi, «tizim» hosil qiluvchi o‘zagi bo‘lib,
barcha huquq tarmoqlari va qonunchilik sohalarini shakllantiruvchi
hamda rivojlantiruvchi yuridik asosdir. Qonunchilikning hamma
sohalari bevosita Konstitutsiya qoidalari va prinsiplariga tayanadi.
Binobarin, Konstitutsiya qonunchilik tarmoqlari vujudga kelishi
va amal qilishi uchun sarchashma – manba bo‘lib hisoblanadi.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, konstitutsiyaviy normalar siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotning eng muhim
tomonlarini huquqiy tartibga soladi. Ana shu ma’noda
konstitutsiyaviy tartibga solish huquqiy tartibga solishning boshqa
turlaridan farq qiladi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish murakkab ichki tuzilish
(struktura)ga va ijtimoiy hayotning alohida sohalariga ta’sir etishning
o‘ziga xos xususiyatlariga ega. U huquqiy tartibga solish yagona
tizimining maxsus qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilan
tavsiflanadi, ya’ni:
– mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibga
solishning muayyan tizimini tashkil etadi;
– u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega;
– huquqiy tartibga solishning umumiy siyosiy yo‘nalishini,
ustuvor prinsiplarini belgilaydi;
– ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlat
tomonidan eng yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasi
hamda siyosiy-yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchilikni
o‘rnatish xarakteri va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning
muhimligi bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlangan
prinsiplarning hammasi normativ tabiatga ega bo‘lib, ular mavjud
huquqiy tizim uchun, davlat idoralarining huquq ijodkorlik va
huquqni qo‘llash faoliyati uchun, fuqarolar, mansabdor shaxslar
298
va jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga
egadir. Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy
tabiatiga kelganda shuni aytish kerakki, u eng oliy darajadagi
majburiylikka ega va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning barcha
subyektlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan qat’iy talabdir.
Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati
konstitutsiyaviy qonunchilik darajasida mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi
so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar,
jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq
ish ko‘radilar (Konstitutsiyaning 15-moddasi).
Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi
iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va yuridik kafolatlar tizimi bilan
ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivoj
topgani hamda xususiy mulkchilik munosabatlari qaror topgani
sayin konstitutsiyaviy normalar amal qilishining iqtisodiy zaminlari,
kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek, mamlakatimizning
siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib borgani sayin
konstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayib
boradi. Jamiyatning g‘oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamoloti
ta’minlanib, tobora yuksalib borgani sayin konstitutsiyaviy
tartibotning g‘oyaviy-ma’naviy kafolatlari rivoj topadi.
Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi esa
Konstitutsiya amal qilishining barcha huquqiy vositalari hamda
usullari yig‘indisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalari
qonuniylik prinsipiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya ustuvorligini
ta’minlashning, unga rioya qilishning alohida muhofaza mexanizmi
vujudga keltirilgan. Bunday mexanizmning asosiy va markaziy
bo‘g‘inini Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. U qonun chiqaruvchi
va ijro etuvchi hokimiyatlar hujjatlarining konstitutsiyaviyligi
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib hal etadi. O‘zbekiston Respublikasining
«Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi (1995-yil 30-avgust) qonuniga
muvofiq Konstitutsiyaviy sud mamlakatimizda konstitutsiyaviy
nazoratning oliy sudlov organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud
barcha davlat organlari tomonidan chiqariladigan huquqiy
hujjatlarning, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari va boshqa
majburiyatlarining Konstitutsiyaga to‘la mos bo‘lishini kuzatib
turadi; Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi, qonunlari va huquqiy
299
hujjatlarning O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida
xulosa beradi; Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon
qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat’iy va ular ustidan
shikoyat qilish mumkin emas (Konstitutsiyaning 109-moddasi).
Konstitutsiyaviy tartibga solish jamiyatda yetakchi hamda nufuzli
o‘rinni egallaydi. U oliy darajadagi huquqiy tartibga solishdir.
Konstitutsiya normalari o‘z yuridik kuchi jihatidan boshqa oddiy
huquqiy normalardan so‘zsiz ustuvor bo‘lganligi uchun
konstitutsiyaviy tartibga solish yuksak yuridik maqomga,
shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega.
Xo‘sh, konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish qanday ijtimoiy
munosabatlarni qamrab oladi? Bunday tartibga solishning
predmetini jamiyat va davlat hayot faoliyatining eng muhim jihatlari,
shunga oid asosiy ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bu ijtimoiy
munosabatlar – jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sotsial va
madaniy rivojlanishini, O‘zbekiston davlat ichki va tashqi siyosati
asoslarini, respublikada inson (fuqaro) huquqlari va erkinliklarini
ustuvor ta’minlashni aks ettiruvchi, xususiy mulkchilikka asoslangan
barqaror bozor iqtisodiyotining qaror topishi bilan bog‘liq
munosabatlardir. Ushbu munosabatlar jamiyat va davlatimizning
mohiyatini hamda asosiy xususiyatlarini ifoda etadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tarzda tartibga solinuvchi ijtimoiy
munosabatlarni bir necha yirik majmualarga ajratish mumkin:
– jamiyatning iqtisodiy tizimi, xususiy va boshqa shakldagi
mulkchilik hamda tadbirkorlik asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy
munosabatlar;
– O‘zbekiston siyosiy tizimi va davlat tuzumi asoslarini tashkil
etuvchi ijtimoiy munosabatlar;
– shaxsning huquqiy maqomi asoslarini belgilovchi inson
huquqlari va erkinliklarini ta’minlash tizimiga oid ijtimoiy
munosabatlar;
– mamlakatimizning davlat tuzilishi shakli, ma’muriy-hududiy
tuzilishi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqiy
maqomi asoslarini belgilashga oid ijtimoiy munosabatlar;
– saylov tizimi, parlament, Prezident, Hukumat, sud hokimiyati,
mahalliy davlat vakillik va ijroiya idoralarining huquqiy maqomi,
vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar
va hokazo.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini (avvalgi
300
paragrafda ta’kidlanganidek) uch element: konstitutsiyaviy normalar;
konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar; konstitutsiyaviy huquq va
majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari tashkil etadi. Ushbu
mexanizmning normativ asosini tashkil etuvchi yuridik normalar
o‘zining eng oliy siyosiy-yuridik kuchi, yuksak barqarorligi va
jamiyat hamda davlat tomonidan qat’iy ta’minlanishi bilan ajralib
turadi.
Konstitutsiyaviy normalar asosida tarkib topgan huquqiy
munosabatlar umumiy mazmun kasb etadi va tarmoq huquqiy
munosabatlari (ya’ni, konkret munosabatlar) uchun asos vazifasini
o‘taydi. Ular o‘zining doimiy barqarorligi, uzoq muddatga
mo‘ljallanganligi va subyektlarning yuqori umumiy huquqiy holatini
ifodalashi bilan tavsiflanadi. Bunday munosabatlarning subyektlari:
davlat, xalq, millatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, davlat
idoralari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar va fuqarolar
hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarini amalga
oshirish har qanday huquqiy normalarni amalga oshirish singari
rioya qilish, bajarish, foydalanish va qo‘llash shaklida bo‘lishi
mumkin.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmining
xususiyatlaridan biri Konstitutsiya normalarining joriy qonunlar
tomonidan konkretlashtirilishi hamda bevosita amalga oshirilishidir.
Qonun normalari, o‘z navbatida, Prezident Farmoni, Hukumat
qarori, davlat boshqaruv idoralari va huquqni qo‘llovchi organlar
hujjatlari orqali hayotga joriy etiladi.
Shunday qilib, jamiyat va davlat hayotini konstitutsiyaviy-
huquqiy tartibga solish, uning konstitutsiyaviy asoslarini
mustahkamlash mamlakatimizning yanada ildam qadamlar bilan
mustaqillik yo‘lidan olg‘a qarab rivojlanishining ishonchli garovidir.
301
XXI BOB. QONUNIYLIK, HUQUQIY TARTIBOT
VA INTIZOM
1-§. Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillarida
jamiyatning iqtisodiy negizini mustahkamlash mamlakatda iqtisodiy
sohadagi tub islohotlarni amalga oshirish, turli xil mulk shakllarini
yaratishni, asosan, xususiy mulkchilikni rivojlantirish, shu jumladan,
davlat mulkini xususiylashtirishni taqozo etdi.
Mamlakatning iqtisodiy negizini shakllantirish, o‘z navbatida,
mulkchilik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish
ehtiyojini keltirib chiqardi. Jamiyatning ushbu manfaatlarini
qondirish maqsadida davlat turli sohalarga oid qonunchilik tizimini
yaratadi.
Bozor munosabatlariga mos keladigan huquqiy asosni
shakllantirish – uzoq davom etadigan huquq ijodkorlik jarayonidir.
Hozirgi vaqtda davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa
sohalarga taalluqli islohotlarning huquqiy asoslarini belgilovchi bir
qancha qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar hayot, amaliyot bilan
bog‘liq bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabtlarni
tartibga solib, ularda qonunga bo‘ysunish bozor munosabatlariga
o‘tishning barcha amal qiladigan qoidalaridan biri etib belgilangan.
Zero, qonuniylikni ta’minlamasdan turib, mamlakat o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygan huquqiy davlatni qurishga erisha olmaydi.
Demokratik davlat qonunning yuksak va mustahkam nufuzisiz
biror ma’no kasb etmaydi. Mazkur haqiqatni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamlakatdagi yangilanish
va taraqqiyot siyosatining negiziga kiritdi. «Qonunning ustuvorligi
– huquqiy davlat faoliyat ko‘rsatishining zaruriy shartidir»
1
.
Haqiqatan ham qonun ustuvorligisiz bunyodkorlik yo‘liga kirgan
shaxsiy va iqtisodiy erkinlikka asoslangan jamiyatni barpo etib
bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida,
jamiyatda qonunchilikni ta’minlashning barqarorligiga davlat
mexanizmi ko‘proq umidvorlik tug‘dirmoqda. Oddiy kishilarning
1
Êàðèìîâ È.À. ¤çáåêèñòîí: áîçîð ìóíîñàáàòëàðèãà ´òèøíèíã ´ç é´ëè. T.,
«¤çáåêèñòîí», 1993, 63-b.
302
qonunlar qudratiga ishonishlariga kafolat ham ana shunda. Bobomiz
Amir Temur o‘zining mashhur «Tuzuklari»da – davlatni boshqarish
qoidalari majmuida bunday bashorat qilgan edi: «Zaruriy tartibot
va qonunlarga rioya qilish taqdirim va muvaffaqiyatlarimning negizi
bo‘ldi»
1
.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, ijtimoiy va davlat
tuzumini mustahkamlash va rivojlantirish, fuqarolarning huquq va
erkinliklarini qo‘riqlash qonuniylikning eng muhim vazifasidir.
Jamiyatda qonuniylik turli xil shakllarda namoyon bo‘ladi:
birinchidan, Konstitutsiya va qonunlarni o‘tmish va hozirgi davrning
ilg‘or g‘oyalari bilan sug‘orilganligi, inson huquq va erkinliklarining
ustuvorligini ta’minlanganligi, qonunlarning adolatliligi va xalq
manfaatiga xizmat qilishiga asoslanganligida; ikkinchidan,
qonunning ustuvorligi, ya’ni qonunlarning konstitutsiyaga, qonun
osti hujjatlarining qonunlarga mos kelishida; uchinchidan, davlat
organlari, mansabdor shaxslar va oddiy fuqarolarning
konstitutsiyaga, qonunlarga va qonun osti hujjatlariga og‘ishmay,
so‘zsiz rioya qilishida.
Qonuniylik – barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari,
mansabdor va yuridik shaxslarning hamda fuqarolar tomonidan
amaldagi qonunlarga aniq va og‘ishmay rioya qilishidir.
Biroq bu yerda qonuniylik tushunchasi torroq, bir taraflama
faqat qonunlarning amalga oshirilishi ma’nosida talqin qilinmoqda.
Qonuniylikni kengroq ma’noda olib qaralganda, unga davlatning
qonuniylik faoliyatining mavjud qonunlar va huquqiy hujjatlar
tizimini ham qo‘shish lozim. Qonun normalarining yuqori saviyada
ijod etish ishini tashkil etmasdan, qonunlarni jamiyat taraqqiyoti
darajasiga moslashtirib borishga yo‘naltirilgan faoliyatni yo‘lga
qo‘ymasdan ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun hayot
talablariga javob beradigan yangi qonunlarni qabul qilish, yangi
shart-sharoitga va talablarga javob berolmaydigan eski qonunlarni
bekor qilish zaruriyati ham tug‘iladi. Qonun ijodkorligini
takomillashtirish qonuniylikni mustahkamlashdagi eng muhim
shartlardandir.
Yuridik adabiyotlarda qonuniylik tushunchasi turli xil
yondashuvlar asosida talqin qilinadi: birinchidan, qonuniylik deb
1
Àìèð Òåìóð. Òåìóð òóçóêëàðè. T., Ôàí., 1992, 9-b.
303
dastlab davlat organlari va fuqarolarning huquqqa rioya qilishi deb
tushunmoq lozim; ikkinchidan, qonuniylikni faqatgina o‘rnatilgan
qonun va qonun osti hujjatlarga rioya qilishi bilan tushunibgina
qolmasdan, balki mavjud qonunlarning xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan normalariga mosligi ham deb tushunmoq lozim.
Qonuniylik huquqning mavjudligi, jamiyatda chinakam
demokratik muhit va huquqiy rejimning o‘rnatilganligidan dalolat
beradi. Zero, buyuk bobomiz Amir Temur ta’kidlaganlaridek:
“Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi”.
Jamiyatda qonuniylikning buzilishi quyidagi hollarda yuzaga
kelishi mumkin: birinchidan, oliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan konstitutsiya va qonunlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri buzilishida;
ikkinchidan, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan
qonunlarga va qonun osti hujjatlariga hamda inson huquq va
erkinliklariga rioya etmasligida; uchinchidan, davlat organlarining
konstitutsiya va qonunlarga zid normativ-huquqiy hujjatlarni qabul
qilishi va ular asosida faoliyat yuritishida; to‘rtinchidan, vakolatli
davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning amaldagi
huquq normalarini noto‘g‘ri qo‘llashida va h.k.
Jamiyatda qonuniylikni ta’minlanishiga erishish qabul
qilinayotgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarni mavjud
qonunlarga muvofiq bo‘lishi va ularga zid bo‘lmasligi hamda
huquqiy normalarni qonunlarga muvofiq qabul qilinishini taqozo
etadi.
Qonunlar qanchalik takomillashsa, ijtimoiy hayot talablari
qanchalik to‘la aks ettirilsa, ular kishilar ongiga shunchalik chuqur
ta’sir etadi hamda fuqarolarning bu huquqiy normalarni o‘z
ixtiyorlari bilan amalga oshirishlariga erishish mumkin.
2-§. Qonuniylik prinsiplari va kafolatlari
Jamiyatda qonuniylikni ta’minlashga bir qancha amaliy
prinsiplarga rioya qilish orqali erishiladi.
Qonuniylikning o‘ziga xos xususiyatlari uning quyidagi
prinsiplarida ifodalanadi:
1.
Qonuniylikning yagonaligi. Qonunlar mamlakatning barcha
hududida bir xilda qo‘llaniladi. Qonunlar mamlakatning butun
hududida yagona ma’no kasb etishini, bir xilda qo‘llanishini,
hammaning qonun oldida tengligini, aholining biron-bir guruhlari
304
uchun imtiyoz va cheklashlar yo‘qligini bildiradi. Bu haqda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida
shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar
bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan
qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Respublikamizda qonunning yagonaligi va barcha fuqarolarning
qonun oldida tengiligi, birinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi
va qonunlarini uning barcha hududida amal qilishini va barcha
normativ-huqiy hujjatlar qonun asosida qabul qilinib, ularga zid
bo‘lmasligini talab qiladi. Ikkinchidan, O‘zbekiston qonunlari uning
ijtimoiy va davlat tuzumini, barcha millat va elatlarning
manfaatlarini qo‘riqlaydi. Uchinchidan, mamlakatning butun
hududida qonunlar bir xilda qo‘llaniladi.
2.
Qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi.
Jamiyatda qonunlar oliy yuridik kuchga ega, boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarning hammasi qonun asosida qabul qilinadi. Biror
bir huquqiy norma qonunga zid bo‘la olmaydi, maboda qonun
bilan boshqa huquqiy norma o‘rtasida shunday nomuvofiqlik paydo
bo‘lgudek bo‘lsa, bunday holda qonun amal qiladi. Bu tamoyil
Konstitutsiyamizning 15-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unda
shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz
tan olinadi.
Davlat uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish
ko‘radilar”.
3.
Qonuniylik va maqsadga muvofiqlik tamoyili. Mamlakat
hududida amaldagi qonunlarni va boshqa normativ huquqiy
hujjatlarni aniq bajarish har bir davlat organi, jamoat birlashmalari,
mansabdor shaxs va fuqarolar uchun shartdir. Ammo barcha
fuqarolar ham amaldagi qonunlarga bir xilda rioya qilavermaydi.
Ayrim fuqarolar qonunlarga rioya qilmaydi va bunga vaj qilib,
amaldagi qonunlarning eskirib qolganligi hamda ularni hozirgi davr
talablariga javob bermasligini ro‘kach qiladi. Mamlakatdagi
o‘rnatilgan qonunchilik tartibiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan
amaldagi qonunlar rasmiy ravishda bekor qilingunga qadar u yuridik
kuchga ega bo‘ladi va unga rioya qilish hamma uchun majburiydir.
Jamiyatda hech bir qonun yo‘qki, u o‘zining yuridik ahamiyatini
305
yo‘qotgan. Agarda qonunlarning birortasi jamiyat manfaatlariga
zid yoki uning talablariga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, bunday holda
qonunchilik tashabbusiga ega subyektlar mazkur qonunlarni bekor
qilish to‘g‘risidagi tashabbus bilan Oliy Majlisga taqdim etadi va
o‘rnatilagan tartibda qonun bekor qilinadi va shundagina u o‘zini
yuridik ahamiyatini yo‘qotgan hisoblanadi.
4.
Qonuniylikning aholining madaniy darajasi bilan bog‘liqligi.
Qonuniylik madaniyatni oshirishga, madaniyatning rivojlanishi esa
qonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi. Qonuniylik bevosita
aholining huquqiy madaniyat darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, qonunlarga rioya qilish va ularning
bajarilishi shunchalik yuqori darajada bo‘ladi. Agarda aholining
huquqiy ongi va madaniyat darajasi shakllanmas ekan, bunda
qonuniylikka erishish amrimaholdir. Negaki fuqarolar qonun
chiqaruvchining qonunlarda mustahkamlangan erki, unda qo‘yilgan
talablarni bilmas ekan, bunday hollarda ijobiy natijalar kutilmaydi.
Asosiy sabab xalq qonunlarda qanday imtiyozlar berilgan yoki
qanday harakatlar taqiqlanganligidan bexabar bo‘ladi. Aholining
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirshda hamda qonuniylikni
samarasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan 1997-yil 29-avgustda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni
yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilingan bo‘lib, bu huquqiy ong
va huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi dasturilamal hujjat bo‘lib
xizmat qiladi.
Mamlakatda qonuniylikni ta’minlashda ularni kafolatlash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatda qonunlar bilan kishilar o‘rtasidagi munosabatlar
tartibga solinar ekan, qonunlarni hayotda to‘g‘ri qo‘llash uchun
qonuniylik tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Bunday usullar
davlat tomonidan belgilangan bo‘lib, qonuniylikning kafolati deb
ataladi.
Qonuniylik kafolatlari – bunda huquqlardan foydalanish va
yuridik burchlarni amalga oshirishga imkon beradigan ijtimoiy
taraqqiyotning obyektiv shart-sharoitlari va davlat hamda jamoat
tashkilotlari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan turli-tuman usul
va vositalar tushuniladi.
Qonuniylikni kafolatlash jamiyatda qabul qilingan qonunlarni
ijtimoiy hayotga tatbiq etilishining garovi hisoblanib, davlat ularni
306
qo‘riqlash va mustahkamlashni ta’minlovchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy,
yuridik, ma’naviy va boshqa omillarga tayanadi. Agarda qonunlar
davlat tomonidan kafolatlanmas ekan, u ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishda o‘zining yuridik ahamiyatiga ega bo‘lmaydi.
Qonuniylikni amalga oshirishning quyidagi kafolatlari mavjud:
Iqtisodiy kafolat davlatning iqtisodiy rivojlanish darajasi: samarali
soliq tizimi, yuqori darajadagi ishlab chiqarish, adolatli taqsimot
tizimining mavjudligi, iqtisodiyotning huquqiy bazasini yaratilganligi
bilan belgilanadi. Shuningdek, qonuniylik iqtisodning yuqori va
bir xildagi pog‘onasi hisoblanib, har xil turdagi mulk shakllari,
monopoliyaning cheklanishi, ijtimoiy inqirozning yo‘qligi,
fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy va moddiy ta’minlanishi
bilan ham tavsiflanadi.
Jamiyatdagi har bir qabul qilingan qonun o‘zining iqtisodiy
bazasiga ega bo‘lishi lozim, chunki qonundagi normalar amaliyotga
tatbiq etilishi uchun u muayyan bir darajadagi sarf-xarajatlarni
talab qiladi. Masalan: «Ichki ishlar idoralari xodimlarini ijtimoiy
kafolatlash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, uni amaliyotga tatbiq
etilishi uchun, qonunda nazarda tutilgan ichki ishlar idoralari
xodimlari uchun davlat katta miqdordagi moliyaviy mablag‘ni
budjetdan ajratishi lozim. Agar qonun qabul qilinsa-yu, lekin
iqtisodiy jihatdan kafolatlanmasa, bu kabi qonunlar amaliyotga
tatbiq etila olmaydi, chunki mazkur qonun normalarini amalga
oshirish bevosita iqtisodiy manbalarga tayanadi.
Siyosiy kafolatlar davlat va uning faoliyatini holati yuqori
darajada tashkil qilinganligi: hokimiyatlarning taqsimlanish
prinsipining mavjudligi; davlat va hokimiyat organlarining
Konstitutsiya asosida tashkil etilganligi; demokratik siyosiy rejimning
mavjudligi, hurfikrlilik va hokazolarda namoyon bo‘ladi.
Siyosiy kafolat mazmunida demokratizmning mustahkamlanishi,
davlat va jamiyat qurilishi, oshkoralik tarzida jamoatchilik
tomonidan ma’muriy organlar faoliyatini nazorat qilishning
kengayishi, ochiq siyosiy tizimning rivojlanishi va shakllanishiga
erishish tushuniladi.
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan siyosiy normalarni amalga
oshirish uchun davlat siyosati fuqarolarning erkin fikrlashiga sharoit
yaratib berish, shuningdek, ularga nisbatan taqiqlarni, ommaviy
axborot vositalariga esa senzurani bekor qilish kabi talablar qo‘yiladi
va ular bajarilishi lozim.
307
Mafkuraviy kafolatlar – mafkura, asosan, insonni jamiyatning
buyuk bir oliy qadriyati sifatida talqin etadi. Mafkuraviy kafolat
hurfikrlilik, so‘z va fikr erkinligi, ma’naviy rivojlanish erkinligi,
diniy tolerantlik, jamiyatning yuqori darajada ma’naviyatga va
mafkuraga egaligida namoyon bo‘ladi. Xalqni qonunlarni muqaddas
bilishi, hurmat qilishi va unga bo‘ysunish ruhida tarbiyalash,
aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish asosida erishish
mumkin.
Ijtimoiy kafolat – bunda qonunlar qabul qilishda aholining
ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalarining ham manfaatlarini
inobatga olinishi lozim. Chunki, davlat tomonidan qabul qilingan
qonun oldida mamlakatning barcha fuqarosi teng bo‘lib, qonun
talablarini xalqning barcha tabaqasi ham birday qabul qilavermaydi.
Shuning uchun qonunlar qabul qilish jarayonida qonun
normalaridagi talablarda jamiyatning barcha tabaqalarining
manfaatlarini inobatga olishi, qonuniylikka erishishning garovidir.
Shuningdek, qonuniylikka erishish uchun mamlakatda kuchli
ijtimoiy siyosat, ya’ni aholining bandlik darajasini yuqoriligi,
ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanganligi, aholining kam
ta’minlangan qismini davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan
himoyalanishini amalga oshirmoq zarur.
Jamoatchilik kafolati – qonunlarni amalga oshirishda faqatgina
davlatning tashabbusi yetarli emas. Qonunlarni ijrosini ta’minlashda
davlat organlaridan tashqari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, keng
jamoatchilik mahalla, maktab, xotin-qizlar kengashi, nodavlat
tashkilotlari, kasaba uyushmalari muhim o‘rin tutadi. Shuning
uchun mazkur nomlari zikr etilgan jamoat tashkilotlari qonunlarni
amalga oshirilishida hamda ularni buzilishini oldini olishda faol
ishtirok etishi lozim.
Huquqiy kafolat qonunchilik va huquqiy tizimning
mukammalligi, jamiyat, davlat va fuqarolarning yuqori darajadagi
huquqiy ong va madaniyatga egaligi; yuridik amaliyot va yuridik
doktrinaning rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Huquqiy kafolat bir vaqtda yuridik kafolat ham deb nomlanib,
qonuniylikni ta’minlovchi kafolatlarni boshqa turlaridan keskin farq
qiladi hamda samaraliroqdir. Chunki huquqiy kafolat qonunlar
uchun asosiy garov hisoblanadi. Bunda huquqiy normalarning
takomillashuvi, nazoratni kuchayishi, shuningdek, huquqiy
308
normalarning buzilishini oldini olishda mansabdor shaxslarning
faoliyati va javobgarligi katta o‘rin egallaydi.
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash va
qo‘riqlashda huquqiy kafolat ikki usul – ishontirish va majburlash
usullariga tayanadi.
Ishontirish – keng xalq ommasiga qonunlar va huquqiy
normalarni tushuntirish orqali, ular ongiga singdirish va boshqa
tarbiyaviy choralar ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Majbur qilish usulida qonunlar va boshqa huquqiy normalar
buzilgan taqdirda davlat organlari tomonidan uning zo‘rlik kuchi
bilan majburiy choralar ko‘rish amalga oshiriladi.
Umuman qonunchilikni ta’minlash va rivojlantirishda,
avvalambor majburlash emas, balki ishontirish asosiy o‘rin tutadi.
Bu, demak, qachonki ishontirish istagan natijani bermasa, huquqiy
normani buzuvchi amaldagi huquqiy tartibotga va ijtimoiy-axloqiy
normalarga qarshi o‘z harakatini davom ettirsa, shu vaqtdagina
majburlash usulini qo‘llash mumkin. Majburlash hamma vaqt
ishontirishga asoslanadi. Ishontirish usuli huquqda ko‘rsatilgan
yurish-turish qoidalarini ta’minlash uchun jamiyat a’zolarining
ongiga davlat va jamoat tashkilotlarining faol, maqsadga muvofiq
ta’sir qilishiga erishishdir.
Qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash uchun kurashda
jamoatchilik rolining yanada oshirilishi huquqiy davlatning haqiqiy
bir belgisidir.
3-§. Huquqiy tartibot tushunchasi, jamoat tartiboti. Intizom.
Huquqni amalga oshirish va huquqiy normani bajarish
qonuniylikning asosiy talabidir. Bu talabning amalga oshirilishi,
erkin ijtimoiy munosabatlarda shunday tartibni o‘rnatishga olib
kelishi kerakki, bunda subyektiv huquq qarshiliksiz amalga
oshirilishi, huquqiy burch esa og‘ishmay bajarilishi lozim bo‘ladi.
Qonuniylik asosida o‘rnatilagn bunday tartibot huquqiy tartibot
deyiladi.
Demak, huquqiy tartibot talablarini amalga oshirish asosida
vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarning ma’lum tuzilishidir.
Qonuniylik bilan huquqiy tartibot bir-biridan farq qiladi:
qonuniylikning mazmuni huquqiy normalarga qat’iy va og‘ishmay
rioya etishlarida ifodalansa, huquqiy tartibot esa ijtimoiy
309
munosabatlarda qatnashuvchilarining yurish-turishlari ularning
subyektiv huquq va burchlariga muvofiq kelishida ifodalanadi.
Davlat jamiyatda o‘rnatilgan huquqiy tartibotning kafolatidir.
Shunday qilib, huquqiy tartibot huquqiy munosabatlar doirasida
shu munosabatlarning ishtirokchilari o‘z subyektiv huquqlarini
amalga oshirishlari va huquqiy burchlarini bajarishlari natijasida
vujudga keladi.
Qonuniylikni amalga oshirish huquqiy tartibotni ta’minlash
vositalaridan biri bo‘lsa, huquqiy tartibotni mustahkamlash esa,
o‘z navbatida qonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi.
Huquqiy tartibot – huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan
ijtimoiy munosabat tartiblarini o‘zida ifodalaydi.
Bu tartiblar qonunlarning aniq amalga oshirilishi vositasi bilan
o‘rnatiladi va uning ifodalanishi shundaki, fuqarolar va
tashkilotlarning huquqiy holati saqlanadi va ularning huquqiy
layoqati qarshiliksiz amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Qonunlarsiz qonuniylik bo‘lmaganidek, huquqiy munosabatlarsiz
huquqiy tartibot ham bo‘lishi mumkin emas. Shu bilan birga,
huquqiy tartibot bilan huquqiy munosabatlarning yig‘indisini
tenglashtirib bo‘lmaydi. Ma’lum ijtimoiy munosabatlarning huquq
bilan tartibga solinishi huquqiy munosabatlar yig‘indisini tashkil
qiladi, ya’ni shu munosabat ishtirokchilari uchun qonunda aniq
huquq va burchlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ammo huquqiy tartibot uchun bu yetarli emas, buning uchun
subyektiv huquqlarning amalga oshirilishini, yuridik burchlarning
qat’iy bajarilishini ta’minlovchi kafolatlangan imkoniyatlar bo‘lishi
zarurdir. Huquqiy tartibot huquq bo‘lgan joyda, davlat huquqiy
normalarining amalga oshirilishi ta’minlangan joyda bo‘ladi.
Huquqiy tartibot va jamoat tartiboti har xil tushunchalardir.
Huquqiy tartibot jamoat tartibotining bir qismidir.
Jamoat tartibi – huquqiy normalarning amalga oshirishini va
jamiyat turmush qoidalarini (shu jumladan, axloq, odob va boshqa
huquqiy bo‘lmagan ijtimoiy yurish-turish qoidalarini) hurmatlashni
talab qiladi. Jamoat tartibini buzish faqat huquqiy normalarni emas,
balki turmush qoidalarini hurmat qilmaslik natijasida ham kelib
chiqishi mumkin, bunda javobgarlik, albatta, qonun chiqaruvchi
organ tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Jamoat tartibi huquqiy
tartibotga nisbatan kengroq ma’noni anglatadi.
Jamiyatda huquqiy tartibotning o‘rnatilishi va amalga oshirilishi
310
muayyan bir rahbariy g‘oyalar, prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
Huquqiy tartibot prinsiplari qonuniylik, huquqiy tartibotning
yagonaligi, ierarxiyaga asoslanganlik, adolatlilik, huquqiy tartibotning
kafolatlanganligi, normativligi kabi turlardan iborat.
Qonuniylik – davlat organlari, mansabdor shaxslar va oddiy
fuqarolarning mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga og‘ishmay amal
qilishi.
Huquqiy tartibotning yagonaligi – mamlakatning butun hududida
yagona huquqiy muhit, huquqiy tartibot o‘rnatiladi, mazkur huquqiy
tartibotga to‘g‘ri kelmaydigan boshqacha tarzdagi tartib o‘rnatish
qat’iyan man qilinadi.
Ierarxiyaga asoslanganligi – ierarxiyaning mazmuniga ko‘ra
quyi turuvchi idoraning yuqori turuvchi idoraga bo‘ysunishi, yuqori
turuvchi organning quyi turuvchiga nisbatan hokimiyat xarakteriga
egaligi tushuniladi. Huquqiy tartibotni amalga oshirishda fuqarolar,
avvalambor, qonun va qolaversa, qonunosti normalari bilan tartibga
solingan ijtimoiy tartibotga rioya etishlari lozim.
Adolatlilik – huquqiy tartibotning eng asosiy prinsipi hisoblanadi.
Jamiyatda o‘rnatilgan huquqiy tartibot adolatli tarzda bo‘lishi lozim,
shundagina shaxslar bunday huquqiy tartibotga ixtiyoriy rioya
qilishlari mumkin. Huquqiy tartib jamiyatning barcha a’zolari uchun
maqbul bo‘lishi talab etiladi.
Huquqiy tartibotning kafolatlanganligi – jamiyatda o‘rnatilgan
har qanday huquqiy tartibot davlat majburlov kuchi bilan
ta’minlanadi. Huquqiy tartibotni ta’minlashda yetakchi o‘rinni
huquqni muhofaza qiluvchi organlar egallaydi. Ayniqsa, sud,
prokuratura va ichki ishlar idoralari muhim o‘rin tutadi, chunki
ular kundalik faoliyatida doimiy ravishda jamoat tartibini saqlash,
jamoat xavsizligini ta’minlash kabi vakolatlarini amalga oshiradilar
va bu orqali huquqiy tartibot o‘rnatiladi.
Huquqiy tartibotning normativligi. Huquqiy norma orqali ijtimoiy
munosabatlar tartibga solinadi. Huquqiy munosabat subyektlarini
aniq belgilaydi va ularga subyektiv huquq va yuridik majburiyat
beradi hamda huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi,
o‘zgartiruvchi hamda bekor qiluvchi yuridik faktlarni ajratadi.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakatlarini aniqlashtirib
beradi.
Nazoratga olinganligi – huquqiy tartibot davlat va jamiyat
tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, uning o‘rnatilishini
311
ta’minlaydi. Huquqiy tartibot o‘rnatilgan jamiyatda inson huquq
va erkinliklariga rioya etiladi, fuqarolar o‘z majburiyatlarini
ixtiyoriy bajaradi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy xulq-atvorini
amalga oshirish, qonun va qonunosti hujjatlarini sifatli tarzda
yaratishga hamda huquqni to‘g‘ri qo‘llashga erishiladi. Yuqorida
qayd etilgan prinsiplarga tayangan holda jamiyatda huquqiy tartibot
o‘rnatiladi.
Yuridik adabiyotlarda huquqiy tartibotni turlarga ajratish, ya’ni
tasniflash mavjud bo‘lib, u bir necha shakllarda namoyon bo‘ladi:
– birinchidan, hududiy miqyosiga ko‘ra mamlakat, viloyat va
tuman miqyosida o‘rnatilgan huquqiy tartibot;
– ikkinchidan, huquq sohasiga ko‘ra: konstitutsiyaviy, moliyaviy,
ma’muriy, jinoiy-huquqiy, boshqa huquq sohalariga asosan
o‘rnatilgan huquqiy tartibot;
– uchinchidan, huquqiy ta’siriga ko‘ra umumhuquqiy, sohaviy
va alohida normalar bilan tartibga solingan huquqiy tartibot.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ma’lum tartibini
joriy qilish, kishilarning o‘zaro munosabatlarida mustahkam
intizomni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Qonuniylik, huquqiy
tartibotni o‘rnatishga kuchli intizom orqali erishiladi.
Intizom – davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek,
korxona va muassasalarda o‘rnatilgan, amal qilinishi lozim bo‘lgan
ichki kun tartibi qoidalari.
Huquqshunoslikda intizomni tasniflashning ko‘p turlari bo‘lib,
lekin shartli ravishda ularni uch guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga
muvofiqdir. Ular davlat intizomi, harbiy intizom va mehnat intizomi
kabi turlardan iborat.
Davlat intizomi – muayyan davlat tomonidan o‘rnatilgan va
shu hududda yashovchi barcha fuqarolar uchun majburiy
ahamiyatga ega tartib-qoidalarga rioya qilishdir.
Davlat intizomi muayyan davlat hududida o‘rnatiladi, mazkur
davlat fuqarolari uchun taalluqli bo‘ladi, intizomni buzish yuridik
oqibatlarni keltirib chiqaradi, o‘rnatilgan intizom davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlanadi.
Harbiy intizom – barcha harbiy xizmatchilarning qonun, harbiy
Nizomlar, komandirlar (boshliqlar) buyruqlari bilan belgilangan
tartib va qoidalarga qat’iy va aniq rioya etilishi tushuniladi.
Harbiy intizomga harbiy burch, shaxsiy mas’uliyat va mislsiz
sadoqat kabi omillar orqali erishiladi.
312
Yuksak harbiy intizomga erishishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib,
ular quyidagilarda ifodalanadi:
– harbiy xizmatchilarda yuksak axloqiy-ruhiy va jangovar
fazilatlarni tarbiyalash, komandirlariga ongli tarzda bo‘ysunish;
– har bir harbiy xizmatchining o‘z majburiyatlari va harbiy
nizomlar talablarini bajarishga mas’uliyati;
– harbiy qismda ichki tartibga bo‘ysunish, barcha harbiy
xizmatchilar tomonidan kundalik rejimga qat’iy rioya qilish;
– jangovar tayyorgarlikni puxta tashkil etish va u barcha shaxsiy
tarkibni qamrab olishi.
Harbiy intizom qo‘l ostidagilarga kundalik talabchanlik,
xizmatchilarning ijrochiligini nazorat qilish, harbiy xizmatchilarning
sha’nini hurmat qilish va bu haqda doimiy qayg‘urish, ishontirish,
majburlash, jamoatchilik ta’siri kabi omillarni to‘g‘ri uyg‘unlashtirish
va o‘rnida qo‘llash kabi omillarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Mehnat intizomi deganda, mehnat jamoalarining, har bir
xodimning mehnatga munosabati, xatti-harakatlarini tartib doirasida
tutishi tushuniladi.
Mehnat intizomi korxona rahbariyati tomonidan o‘rnatiladi va
unga barcha xodimlar rioya etishlari shart bo‘lib, o‘rnatilgan
intizomga rioya qilish barcha xodimlar uchun majburiydir. Xodimlar
tomonidan o‘rnatilgan intizomning buzilishi tanbeh, hayfsan hamda
mehnat shartnomasining bekor qilish kabi intizomiy javobgarliklarga
tortiladi. Shu bilan bir qatorda xodimlar o‘rnatilgan intizomga rioya
qilganliklari uchun rag‘batlantiriladi.
313
XXII BOB. DAVLAT VA HUQUQNING
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
1-§. Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati
Erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish O‘zbekiston xalqining
ulug‘vor maqsadlaridan biridir. Konstitutsiyaning mazmun va
mohiyatidan shu narsa qat’iy ayonki, mamlakatimizda
shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat tamoyillariga
tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I. A. Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati
qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz
rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita
xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada
rivojlantirish demakdir».
1
Prezident yana quyidagilarga e’tiborni
qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati ijtimoiy makon. Bu
makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol
toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs
manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga
chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq
va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va
qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi».
2
Xo‘sh fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, bu
qanday jamiyat?
Eng umumiy tarzda lo‘nda ta’rif beriladigan bo‘lsa, fuqarolik
jamiyati – ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan,
ma’muriy tazyiqlardan holi bo‘lgan hamda insonlarning xususiy
turmush sohasini tashkil etuvchi munosabatlar majmuidir.
Hozirgi davrda falsafiy, siyosiy va yuridik adabiyotlarda fuqarolik
jamiyatini ta’rif va tavsif etishga faol harakat qilinmoqda. Bu
ta’riflardan ba’zilarini talqin etaylik.
Fuqarolik jamiyati – davlatdan mustaqil va undan holi
munosabatlar va vositalar tizimi bo‘lib, u shaxs hamda jamoalarning
ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayot sohalaridagi xususiy manfaat va
ehtiyojlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.
1
Êàðèìîâ È.À. ¤çáåêèñòîííèíã ñè¸ñèé-èæòèìîèé âà è³òèñîäèé èñòè³-
áîëëàðèíèíã àñîñèé òàìîéèëëàðè. -T.: «¤çáåêèñòîí», 1995, 14-bet.
2
Êàðèìîâ È.À. ¤çáåêèñòîí XXI àñðãà èíòèëìî³äà: õàâôñèçëèêêà òàµäèä,
áàð³àðîðëèê øàðòëàðè âà òàðà³³è¸ò êàôîëàòëàðè. -T.: «¤çáåêèñòîí», 1997,
173-bet.
314
Fuqarolik jamiyati aksariyat hollarda insonlarning xususiy
manfaat va ehtiyojlari sohasi tarzida ta’riflanadi. Fuqarolar huquq
va erkinliklarining asosiy ko‘pchilik qismi mana shu xususiy hayot
sohasida ro‘yobga chiqariladi. Biroq bu shaxslarning ijtimoiy
hayotdan ajralib qolganligini, begonalashtirilishini anglatmaydi.
Fuqarolik jamiyati – shaxslarning oddiy yig‘indisi emas, balki
ular o‘rtasidagi rang-barang aloqalar, hamkorlik, hamjihatlikning
ifodasidir. Mazkur mushtaraklik va hamjihatlik tashkiliy-
institutsiyaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, u turli ijtimoiy kuchlar,
nodavlat tashkilotlar, birlashmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Fuqarolik jamiyati nihoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Shu
bois uni uch asosiy jihat, uchta yo‘nalish bo‘yicha:
1) iqtisodiy jihat;
2) siyosiy jihat;
3) ma’naviy-axloqiy jihat asosida ta’riflash mumkin.
Birinchi jihati. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka keng
yo‘l beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga, erkin iqtisodiy faoliyat ta’minlangan shart-
sharoitga tayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muhiti va
munosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi,
iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta’minlanadi. Xuddi shu
asnoda shaxs davlat hokimiyatiga nisbatan avtonom, mustaqil
mavqeni egallaydi. Davlat xususiy hayot sohasiga, shaxs va
tashkilotlarning qonuniy iqtisodiy faoliyatiga aralashmasligi lozim.
Prezidentimiz aytganidek, «davlatning qonunlari inson va fuqaro
huquqlarini kamsitmasligi lozim». Bu talab, avvalo, iqtisodiy ishlab
chiqarish, xususiy tadbirkorlik sohasiga oiddir.
Fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yaratishga katta hissa qo‘shgan
nemis faylasufi Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish
munosabatlari majmui sifatida tushungan. U ikki asosiy prinsipni
ajratib ko‘rsatgan:
– birinchidan, shaxslar o‘z xususiy manfaatlaridan kelib chiqib
harakat qiladilar;
– ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini
vujudga keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga bog‘liq bo‘ladi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy struktura bo‘lmish
fuqarolar jamiyati bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimidan
iboratdir. Bunday munosabatlarga ishlab chiqarishdagi raqobat va
unda hokimiyatning ma’muriy aralashuvini cheklash orqali erishiladi.
315
Fuqarolar jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yo‘l
ochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zoxir bo‘ladi.
Buyuk fransuz inqilobining manifesti – 1791-yilgi Inson va
fuqaro huquqlari Deklaratsiyasida ham xususiy mulk muqaddas va
dahlsiz deb e’lon qilingan. Feodalizmning ashaddiy dushmani
bo‘lgan yakobinchilar esa xususiy mulkni yangi jamiyatning, ya’ni
fuqarolik jamiyatining birdan bir asosi deb bilganlar. Tarix
saboqlaridan ma’lumki, xususiy mulk nafaqat jamiyatni turli
qatlamlarga ajratgan, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishga
qaratilgan tashabbusni rag‘batlantirgan, hokimiyatga nisbatan
mustaqil (avtonom) tuzilmalarni vujudga keltirgan.
O‘zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiy
munosabatlar tizimi qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik va
xususiy biznesga keng yo‘l ochilib, tegishli tashkiliy va huquqiy
mexanizmlari vujudga keltirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatining
qaror topishishini xususiy mulkning qat’iy mavqega ega bo‘lishi
bilan bog‘laydi. Shu asosda hozirgi paytda jamiyatda keng ko‘lamda
xususiylashtirish (aksiyalashtirish) jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Xo‘sh, nima sababdan islohotchi-davlat O‘zbekistonda
demokratik fuqarolik jamiyatini jadal shakllantirib borishdan
manfaatdor?
Birinchidan, shu asnoda mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan
bozor iqtisodiyoti sari olg‘a siljish yo‘llari va usullari xususida
fuqarolar kelishuviga erishish to‘g‘risida norasmiy ijtimoiy shartnoma
tuzish va uni ro‘yobga chiqarishda islohotchi-davlat uchun sherik
vujudga keltiriladi.
Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati o‘z institutlari orqali shaxsning
davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlagan holda,
davlatda vakillik demokratiyasining va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy
tizimning asosi hisoblanadi.
Uchinchidan, O‘zbekiston xalqi fuqarolik institutlari va
mexanizmlari, avvalo saylov tizimi orqali o‘zining siyosiy yuksalishi
va hayotiy muhim milliy manfaatlarini ifodalashi uchun barqaror
shart-sharoitlar yaratmoqda.
To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati shaxs va jamiyat, fuqaro va
davlat, etnik va konfessional jamoalar, ijtimoiy-demografik
guruhlarning hayotiy muhim manfaatlarining o‘zaro maqbul
muvozanatidan kelib chiqqan holda quriladi.
316
Beshinchidan, demokratik jamiyat fuqarolarning siyosiy va
ijtimoiy faolligiga asoslangan. O‘z navbatida, uning o‘zi turmushning
barcha sohalaridagi islohotlar jarayonida bunday faollikning o‘sib
borishini izchil rag‘batlantirib boradi va davlatning byurokratlashuvi,
uning institutlari fuqarolarning hayotiy muhim manfaatlaridan uzilib
qolishi xavfiga qarshi turadi.
«Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, – deydi I.A. Karimov, –
davlat iqtisodiy erkinliklarning kafolati bo‘ladi. Ayni shu tufayli
davlat iqtisodiyotga o‘zining tartibga soluvchi ta’sirini maqbul
ravishda o‘tkaza oladi».
1
Ikkinchi jihati. Siyosiy nuqtayi nazardan baholaganda fuqarolik
jamiyatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun-
mohiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda,
huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy mohiyatini, siyosiy
shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning o‘zaro munosabati shakl
bilan mazmunning o‘zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib
chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati to‘la ma’noda mavjud
bo‘lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir.
Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy
makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o‘zaro nisbatini
iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash o‘rinli bo‘ladi.
Buni O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Zero,
iqtisodiy islohotlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar
mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Mamlakatimizda mulk shaklini o‘zgartirish, xususiylashtirish
jarayonlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga
keltirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini
boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi tashkil etilib (1992-yil),
u mamlakatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan shug‘ullanib
kelmoqda. Prezidentning 1992–1993-yillarda qabul qilingan
o‘ttizdan ortiq farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangan
o‘nlab vazirlik va davlat qo‘mitalari boshqa mulk shaklidagi konsern,
assotsiatsiya, uyushma va jamg‘armalarga aylantirildi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi paxtachilik vazirligi zamirida O‘zbekiston
paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat aksiyadorlik
1
Êàðèìîâ È.À. ¤çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. –T.: «¤çáåêèñòîí», 1998,
115-bet.
317
assotsiatsiyasi tashkil etildi (1992-yil 7-noyabr), Mahalliy sanoat
vazirligi isloh etilib, uning o‘rnida Prezidentning 1992-yil 3-
sentabrdagi farmoni bilan «Mahalliy sanoat» davlat korporatsiyasi
tashkil etildi. Shuningdek, «O‘zbeksavdo» assotsiatsiyasi (1992-yil
5-may farmoni) «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi
(1992-yil 28-yanvar farmoni) tashkil topdi va hokazo.
1997-yil 20-mayda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida» qaror
qabul qilindi. Bu qarorning asosiy maqsadi Hukumat apparatini
iqtisodiyotni boshqarishning bozor usullariga o‘tkazishdan iborat
edi. Vazirlar Mahkamasi apparati bevosita sohaviy ma’muriy
boshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga o‘tdi. Buni
ma’nosi shuki, Vazirlar Mahkamasi apparati xo‘jalik yurituvchilar
faoliyatiga aralashmaydi, iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan
boshqarmaydi. Buning o‘rniga u iqtisodiyotni bozor yo‘liga
o‘tkazishning umumiy strategiyasini ishlab chiqadi, iqtisodiy
jarayonlar va iqtisodiy komplekslar faoliyatini uyg‘unlashtirish va
muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, xo‘jalik yuritish
shakllarini takomillashtirish, tarkibiy va institutsional qayta
o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadan
chiqarish, tadbirkorlik va raqobatchilikni rivojlantirish bilan
shug‘ullanadi.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat
tuzilmalarining rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnaq
topishi uchun fuqarolik jamiyatida hurfikrlilik, siyosiy plyuralizm
ham qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma’nodagi
ko‘ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng ko‘lamli
tizimi, tadbirkorlarning ittifoqlari, uyushmalari, mehnatkashlar
mustaqil birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
tizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralari
bilan teng huquqli munosabatlarga kirisha olsin.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot
vositalari alohida o‘rin tutadi (bu haqda keyingi paragraflarda batafsil
to‘xtalamiz).
Tahlil yuritilayotgan jabhada huquqiy davlatning asosiy vazifasi
inson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta’minlab berishdan
iborat. Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat organlari va
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb
318
yozilgan. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning idoralari, avvalo,
fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishlari lozim. Qonunda
belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat idoralari va
mansabdor shaxslar uchun muqaddas bo‘lmog‘i lozim. O‘z
fuqarolarining haq-huquqlarini ta’minlab bera olmagan davlat
demokratik huquqiy davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolar
qonun oldida teng, huquqning teng subyekti sifatida e’tirof etilishi
lozim.
Fuqarolar va ularning uyushmalari davlat idoralari bilan
muloqotda huquqning teng subyektlari sifatida munosabatga
kirishadilar. Basharti, bu teng huquqiy munosabatlarda tomonlardan
birining huquqiga, manfaatiga putur yetkazilsa, u sudga murojaat
etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o‘z huquqini tiklashga
erishishi lozim. Huquqiy davlatchilikning muhim tamoyillaridan
biri ana shunday. Shunday qilib, huquqiy davlat nafaqat fuqarolik
jamiyatini boshqaruvchi tizim, balki o‘zini o‘zi boshqaruvchi
fuqarolik jamiyatiga bog‘liq, uning manfaat va ehtiyojlariga
bo‘ysunuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.
Uchinchi jihati. Fuqarolik jamiyati chuqur ma’naviy, yuksak
madaniy insoniy munosabatlar zamiriga tayanadi. Bu jamiyatning
ma’naviy hayotida bir narsa ustuvorlik qiladi, ya’ni inson benihoya
darajada ulug‘lanadi, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadi, ular
mo‘tabar va muqaddas sanaladi. Bunda insonning qadr-qimmati,
mehr-oqibat, axloqiy poklik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi
oliy qadriyatlar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning belgilovchi
mezoni sifatida maydonga chiqadi.
Demokratik islohotlar davrida ma’naviyatni yuksaltirishga asosiy
e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, ma’naviyat-insoniyat ichki
dunyosining ko‘zgusi, tafakkuri, ongi va fikr yuritish tarzining
mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi yuksak ijtimoiy qadriyatdir.
«Insoniyat hamisha ezgulikka, ma’naviy barkamollikka intilib
yashaydi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning
muvaffaqiyati, mamlakatning yaqin kelajakdagi istiqboli
hamyurtlarimiz qanday mavqeni egallashiga, qanaqa madaniy-
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni shior qilib olishiga bog‘liq bo‘ladi».
1
Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi,
1 Qarang: Êàðèìîâ È.À. ¤çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. –T.: «¤çáåêèñ-
òîí», 1998, 397-bet.
319
ijtimoiy adolatning ta’minlanishi hamma fuqarolarning ijodiy
salohiyati va iste’dodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat
yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan
o‘lchanadi. Huquq jamiyatning o‘ziga xos «gumanistik imperativi»
(insonparvarlik talabi), ya’ni insoniy-axloqiy qoidasi, ma’naviy
mayog‘i bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolarning o‘zaro huquqiy
munosabatidagi mavqei quyidagi prinsiplar asosida belgilanadi:
1) jamiyatning har bir a’zosi inson sifatida erkin va ozod bo‘lishi;
2) har bir fuqaroning boshqa fuqaro bilan tengligi;
3) jamiyat har a’zosining fuqaro maqomidagi mustaqilligi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, suveren davlatchilikni
shakllantirishda madaniyatimiz sarchashmalariga, teran va ulkan
ma’naviy merosimizga murojaat qilish, boqiy tarixiy o‘tmishimizda
mavjud bo‘lgan barcha ezguliklarni yuzaga chiqarib, rivojlantirish
borasida beqiyos imkoniyatlar ochildi. O‘tmish ajdodlarimizning
madaniy va ma’naviy boyligi chuqur mushohada etilib, ijtimoiy
ongimizga singdirilmoqda, shu orqali biz barpo etayotgan yangi
fuqarolik jamiyati manfaatlariga xizmat qilmoqda.
Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, balki odil demokratik
jamiyat barpo etmoqdamiz. Davlatchiligimiz adolat tamoyillariga
tayanadi. «Adolatga intilish – xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga
xos eng muhim xususiyat. Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy
va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy
ko‘maklashuv mexanizmida o‘z aksini topishi kerak»
1
.
Ma’naviy-madaniy saviya past bo‘lgan jamiyatda adolat tantanasi
haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Biz barpo etayotgan
fuqarolik jamiyatida adolat, haqiqat va insonparvarlik g‘oyalari
ustuvorlik qilishi lozim. Adolat bor joyda inson haq-huquqlari va
erkinliklari to‘la ta’minlanishiga umid bog‘lash mumkin.
Shunday qilib, fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy belgilari
va xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
1) jamiyat va shaxs ehtiyojlari tizimida faol ijobiy faoliyat va
mehnatning roli alohida mazmunga ega bo‘lishi. Mehnatga
asoslangan ijtimoiy ehtiyoj va manfaatlar tizimining qaror topishi;
2) jamiyat mazmunini, uning rivojlanish qonuniyatlari mohiyatini
xususiy mulkchilik munosabatlari orqali belgilanishi;
1
Êàðèìîâ È.À. ¤çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. –T.: «¤çáåêèñòîí», 1998,
399-bet.
320
3) xususiy mulk barcha mulk shakllari qatori ravnaq topishi va uni
muhofazalashda qonunning, davlat hokimiyatining alohida rol o‘ynashi;
4) fuqarolarning yuridik jihatdan bir xil maqomga egaligi va
qonun oldida tengligi. Jamiyatda adolatli sud tizimining qaror topishi
va uni fuqarolarni himoyalovchi posbon idoraga aylanishi.
5) shaxsning xususiy hayoti va iqtisodiy faoliyatiga davlat
aralashuvining qonun doirasida cheklanishi. Huquqiy davlatchilik-
ning mavjud bo‘lishi;
6) shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy
mustaqilligi;
7) davlat, davlat idoralari va fuqarolar huquqning teng subyekti
sifatida munosabatga kirisha olishi, ular sudda teng taraflar sifatida
maydonga chiqa olishi. Fuqarolar huquqlarini kafolatlash va ustuvor
ta’minlash mexanizmlarining yaratilganligi;
8) fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi;
9) jamiyatning yuksak ma’naviy-madaniy va axloqiy
rivojlanganligi; insonlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat,
iymon-insof doirasida, shaxs qadrini e’zozlash asosiga qurilganligi.
Shunday qilib, fuqarolik jamiyati – har bir inson manfaatini
ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti
shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, inson
huquqlari va erkinliklari so‘zsiz ta’minlanadigan, davlat
hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga
keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy
qadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyat.
2-§. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilishi va asosiy prinsiplari
Fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib
munosabatlar tizimiga tayangan, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari
mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson
va fuqarolarning huquq, erkinlik hamda manfaatlarini aks ettiruvchi,
muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalari, birlashmalari, nodavlat
tashkilotlari va idoralari mavjud bo‘ladi. Ular davlat hokimiyatidan
mustaqil bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili asosida aktiv faoliyat
ko‘rsatadi.
Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga katta ahamiyat beriladi.
Uning asosiy maqsadi inson hayotini saqlash, uning maqsadlarini,
321
hayotiy orzularini, niyatlarini shu jamiyatdagi tashkilotlar, ijtimoiy
institutlar, guruhlar, oila va boshqa birlashmalar orqali amalga
oshirishdir. Bu tashkilotlar, institutlar va guruhlar alohida shaxsga
uning hokimiyat manbayi ekanligini, uning layoqati va harakati,
obro‘si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar.
Insonlar ushbu tashkilotlar va birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar.
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilariga:
1) ko‘ppartiyaviylik;
2) siyosiy hayotning va siyosiy institutlarning, mafkura va
fikrlarning xilma-xilligi;
3) o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqeining balandligi;
4) jamiyatni boshqarishda ommaviy axborot vositalari rolining
kattaligi kiradi. Fuqarolik jamiyati ma’naviy hayot umumbashariy
qadriyatlar asosida amalga oshirilganligi, insonning muqaddasligi,
erkinligi, qonun oldida tengligi, ijtimoiy adolatning to‘liq qaror
topganligi bilan belgilanadi.
Demak, fuqarolik jamiyati – teng huquqli insonlarning jamiyati,
yakka shaxslar yoki jamoalar manfaatlarini amalga oshirishga
ko‘maklashadigan jamoat va nodavlat institutlarining tizimidir.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, fuqarolik jamiyati jamoat
birlashmalarining yig‘indisidangina iborat bo‘lmay, balki ular
faoliyatining natijasida paydo bo‘ladigan munosabatlar tizimi
hamdir. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini milliy va diniy
an’analarsiz, odatlarsiz, odob-axloq normalarisiz va milliy
qadriyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu jamiyat iqtisodiy,
kasbiy, madaniy, diniy va boshqa manfaatlarni shakllantirishga
va ularni amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy aloqalar tizimini
ham qamrab oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir insonning
ehtiyojlari, manfaatlari, huquq va erkinliklarini amalga oshirishga
qaratilgan. Konstitutsiya insonni eng katta boylik sifatida alohida
ko‘rsatgani holda fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning oqilona, huquqiy hal etilishini siyosiy jihatdan
rasmiylashtiradi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, ularning
inson manfaatlarini himoya qilishga va ijtimoiy munosabatlarni
maqbul holga keltirishga yo‘naltirilganligi fuqarolik jamiyati
asoslarini qaror toptirishning asosiy omillaridir.
Fuqarolik jamiyatida qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini
322
o‘zi kamol toptirishiga yordam beradi, shaxs manfaatlari, uning
huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga
ko‘maklashadi. Ayni vaqtda bu barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz
rioya qilishlari shart ekanligini ham bildiradi.
O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquqlaridan
foydalanib, davlatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok
etmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’kidlashicha, «O‘tmish
davri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni
yuz berayotgan bir paytda O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining
manfaatlarini ifoda etishi lozim bo‘lgan keng tarmoqli, ko‘ppartiyaviy
tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat
tashkilotlarining qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu jihatdan olganda, davlatning roli siyosiy partiyalar va
jamoatchilik harakatlarining vujudga kelishi, qaror topishi va
rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yadigan har qanday g‘ov va to‘siqlarni
bartaraf etishdan iboratdir»
1
.
Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfaatlarni qanoatlantirish,
ro‘yobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institutlar
shakllanadi.
Fuqarolik jamiyatining ichki tizimini quyidagicha tasniflash
mumkin.
Birinchidan, iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi
tuzilmalar:
a) xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan
nodavlat tashkilotlar;
b) shirkat xo‘jaliklari va ularning uyushmalari;
d) ijara asosida ishlovchi jamoalar;
g) hissadorlik jamiyatlari;
d) moliyaviy jamg‘arma hamda uyushmalar;
e) ishlab chiqarish korporatsiya, konsernlari va birlashmalari;
j) tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va hokazo.
Ikkinchidan, ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi
tuzilmalar:
a) oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus
tashkilotlar;
1
Êàðèìîâ È.À. ¤çáåêèñòîí XXI àñð á´ñà²àñèäà: õàâôñèçëèêêà òàµäèä, áàð-
³àðîðëèê øàðòëàðè âà òàðà³³è¸ò êàôîëàòëàðè. -T., 1997. – 174-b.
323
b) ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta-maxsus va oliy
ta’lim muassasasalari);
d) jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;
g) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
d) mustaqil ommaviy axborot vositalari;
e) diniy tashkilotlar;
j) milliy-madaniy markazlar;
z) ko‘ngilli jamiyatlar;
i) jamoatchilik fikrini aniqlash va o‘rganish institutlari;
y) turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va
hokazo.
Uchinchidan, siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi
institutlar va tuzilmalar:
a) huquqiy davlatning mavjudligi;
b) siyosiy partiyalar;
d) ijtimoiy-siyosiy harakatlar;
g) siyosiy muxolifatning mavjudligi;
d) inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va hokazo.
Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo‘lib, u eng asosiy tarkibiy
tuzilmalarni ifodalaydi. Albatta, fuqarolik jamiyati o‘zining rang-
barangligi, turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. Unda turfa
ko‘rinishdagi ma’rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlar
faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
3-§. Huquqiy davlat va uning belgilari
Huquqiy davlat – huquqning hukmronligi, qonunning
ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi
ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan,
hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi prinsipi asosida tashkil etilgan
demokratik davlat.
Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
1.
Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha
kishilar; ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati
idoralari – barchasi huquqqa bo‘ysunadilar.
2.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va
qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir.
324
Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar
qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak.
3.
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya
qilish va ta’minlash. Inson huquqlari va erkinliklari unga
tug‘ilganidan tegishli bo‘lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng
avvalo, insonning yashash, erkinlikka, daxlsizlikka, xavfsizlikka ega
bo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari to‘g‘risida
bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida
tengdirlar.
4.
Davlat va fuqaroning o‘zaro mas’uliyati. Davlat qonunlarda
shaxs erkinligining me’yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shu
chegaralarda o‘zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo‘yadi.
5.
Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi).
Hokimiyatni qonuniy e’tirof etish uchun quyidagi talablarga javob
berilishi shart: hokimiyat demokratik saylovlar yo‘li bilan
shakllantirilgan bo‘lishi; hokimiyat samarali faoliyat yuritib,
jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlash; u ham mamlakat
ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lishi lozim.
6.
Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi. Davlat hokimiyati bir
qo‘lda to‘planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog‘ini
– qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish
kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o‘z vakolati
doirasida amal qiladi.
7.
Sudning mustaqilligi. Sud, davlat hokimiyatining boshqa ikki
tarmog‘i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech
kimning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi.
Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid
mavjud bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam
berishlari kerak. Ular bu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari
kerak.
9.
Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy
madaniyatning eng muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong
darajasidir. Huquqiy ong – huquqqa munosabat, qonun talablarini
bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy
qarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni
bilishda, huquqni hurmat qilishda, huquqiy qoidalarga rioya etishda
namoyon bo‘ladi.
10.
Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy
325
huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida
doimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi
va ma’lum bir muxolifatning bo‘lishi zarur.
4-§. Huquqiy davlat ta’limotining tarixiy – nazariy manbalari
Endilikda jahonda huquqiy davlatlarning soni etatik davlatlar
sonining kamayishi hisobiga o‘sadi, deb e’tirof etish mumkin. Biroq
bu taraqqiyotning umumiy yo‘nalishi bo‘lib, uni oddiy tarzda izohlab
bo‘lmaydi. Zero, turli mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy kuchlarning
real nisbatidan kelib chiqqan holda bashorat qilinishi qiyin bo‘lgan
hamda taraqqiyotning umumiy yo‘nalishiga mos kelmaydigan
burilishlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, alohida davlatlar
huquqiy davlat marrasiga yetgandan so‘ng, ularda keyinchalik
totalitar va avtoritar tuzumlar qaror topishi mumkin va hokazo.
Biroq shunday bo‘lsa-da, umumiy taraqqiyot muqarrardir.
Darhaqiqat, huquqiy davlatning nazariy manbalari o‘z ildizlari
bilan o‘tmishga borib taqalganini ta’kidlash joiz. Qadimgi
zamonlarda o‘tgan buyuk allomalar (Platon, Arastu) davlat
huquqning ulkan ijobiy ahamiyatini hisobga olmagan holda
mustahkam, barqaror va ishonchli bo‘la olmasligi haqida fikr
bildirganlar. Huquq davlat hukmdorlarining zo‘ravonligiga qarshi
posangi sifatida baholangan: ya’ni qonun hech kimning hukmronligi
ostida bo‘lmasligi kerak, zero barcha organlar mansabdor shaxslar
va fuqarolarning harakatlarini yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Dastlab tarqoq bo‘lgan, ba’zida esa alohida farazlar sifatida
namoyon bo‘lgan g‘oyalar zamirida keyinchalik huquqiy davlatning
izchil va yaxlit konsepsiyasi vujudga keldi. Uning asoschilari Dj.
Lokk, I. Kant, V. Gumbold, G. Yellinek, K. Shmidt hisoblanadi.
Mazkur allomalarning alohida qarashlarida tafovut bo‘lsa-da,
umuman olganda ular bir narsada haqlar, u ham bo‘lsa, davlatning
o‘zi huquqiy qonun-qoidalarga amal qilishi va buni ijtimoiy
munosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab qilishi kerakligidan
iborat. Huquqiy davlatning nazariy konsepsiyasi qoidalarini qator
davlatlar hayot faoliyatining amaliyotiga tatbiq etishi konservativ
kuchlarning qarshiligiga uchragan va uni yenggan holda davlat va
jamoat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar bilan
nishonlangan. Chunonchi: butun davlat tizimini barpo etish va
amal qilish prinsiplari demokratlashtirilgan, shaxs maqomi real
326
mazmun bilan to‘ldirilgan, huquqiy qadriyatlar birlamchi
ahamiyatga ega bo‘la boshlagan, mansabdor shaxslar zo‘ravonligiga
barham berilgan, ularning faoliyati asta-sekin tartibga solingan va
yo‘lga qo‘yilgan.
Huquqiy davlatlar «oilasi»ning paydo bo‘lishi va ortishi insonlar
jamiyatining siyosiy taraqqiyotida yangi bosqichni nishonlaydi.
Davlat-huquqiy nazariyasi va amaliyotining ushbu mislsiz yutug‘i
zamonaviy sivilizatsiyaning ulkan muvaffaqiyatga erishganidan
dalolat beradi. Huquqiy davlatlarning mavjudligi hayotning barcha
tarmoqlarida erishayotgan kundalik yutuqlari boshqa mamlakatlar
uchun mayoq vazifasini o‘taydi hamda ularga adolatli insonparvar
davlat qurish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Huquqiy davlat etatik davlatdan prinsipial ravishda ajralib turadi.
Mazkur tafovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga
oshirishning barcha taraflari, shuningdek, oldida turgan vazifalarni
hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar, ijtimoiy guruhlar
va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabi
tarmoqlarni qamrab oladi. Ulardan eng muhimlari haqida
to‘xtalamiz:
1. Huquqiy davlatda hokimiyatning butun mexanizmi – har bir
organ, mansabdor shaxs o‘z faoliyati davomida huquqiy prinsiplar
va qoidalarga tayanadi, ular bilan o‘z faoliyatini bog‘laydi. Huquqiy
normalar nafaqat aholi uchun, balki davlat organlari va mansabdor
shaxslar uchun ham majburiydir. Ularning huquq chegaralaridan
chiqishga umuman yo‘l qo‘yilmaydi yoki bunga umuman imkon
berilmaydi. Agar etatik davlatda rasmiy organlar va mansabdor
shaxslar huquqni o‘zlari uchun ikkinchi darajali va majburiy emas,
deb tushunsalar, aksincha, huquqiy davlat sharoitida bunday holat
umuman nomaqbul va nojoiz hisoblanadi va shu sababdan u sekin-
asta yengib o‘tiladi.
2. Huquqiy davlatda etatik davlat uchun xos bo‘lgan huquq va
qonun o‘rtasidagi masofaning uzayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Undagi davlat organlarining barcha normativ hujjatlari o‘zining
mazmun-mohiyati va yo‘nalishi, qabul qilish va rasmiylashtirish
tartibi, qonuniy kuchga kiritish, qo‘llash, amalga oshirish va
buzilishlardan muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra huquqning yuqori
talablariga javob beradi. Qonunchilik muntazam ravishda huquqiy
prinsiplarga asoslanadi, ularni o‘zida singdiradi, ulardan aslo
chekinmaydi. Davlat organlarining nohuquqiy normativ hujjatlarini
327
qabul qilish va amal qilishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi, aksincha,
etatik davlatlarda ko‘pincha buning shohidi bo‘lishimiz mumkin.
3. Huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e’tirof
etish bilan cheklanib qolmaydi. U mazkur qonunlar zaruriy ravishda
hayotga tatbiq etilishi, barcha jismoniy va yuridik shaxslar, davlat
va jamoat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatini
kerakli yo‘nalishga solishga katta ahamiyat beradi. Davlatning
huquqni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati ustuvor vazifa
hisoblanadi, shu bois, unda «qog‘ozda qolgan», amal qilmaydigan
qonunlar umuman yo‘q, aksincha, etatik davlatda keraksiz
qonunlarning «uyumlari»ni hech kim tozalashga urinmaydi ham.
Huquqiy davlatda ijtimoiy munosabatlarning har bir subyekti davlat
organlarining amaldagi normativ hujjatlarini albatta bajarish
kerakligiga astoydil ishonadi (boshqacha bo‘lishi mumkin emas),
zero bu huquqiy tartibotning barqarorligi muhitini yaratadi va
jamiyatda yuridik nigilizmning tarqalishi hamda odamlarning
huquqqa mensimay munosabatda bo‘lishini bartaraf etadi.
4. Huquqiy davlatda davlat normativ hujjatlarining amal qilishida
subordinatsiyaga rioya qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Unda huquq
manbalari, ya’ni normativ hujjatlarning qat’iy bo‘ysundirilgan tizimi
shakllanadi, amal qiladi va rivojlanadi. Bu tizimda har bir aktning
o‘rni uning yuridik kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur tizim, ifodali
qilib aytganda, huquqiy manbalar «ehromi»ning cho‘qqisi – yuqori
yuridik kuchga ega bo‘lgan konstitutsiya hisoblanadi. Hech qanday
huquqiy manba konstitutsiya normalari va prinsiplariga to‘g‘ridan
to‘g‘ri yoki bilvosita zid bo‘lishi mumkin emas. Aksincha, davlat
organlarining barcha normativ hujjatlari va huquqning boshqa
manbalari konstitutsiyaga asoslanishi, uni aniqlashtirishi, to‘ldirishi
va mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga muvofiq ravishda
konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi, yuridik pillapoya
(piramida)ning quyi «qavatlari» davlat rahbarining hujjatlari, hukumat
farmonlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralar buyruqlari va
ko‘rsatmalari, mahalliy vakolatli va ijro etuvchi organlar hujjatlari,
huquqiy odatlar, sud va ma’muriy pretsedentlar
1
yaratiladi. Kichik
yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlarga kattaroq yuridik hujjatlarga
1
Pretsedent huquqi huquqning anglo-sakson tizimi amal qiladigan mamlakatlarda
keng qo‘llanadi va amal qiladi (bular: AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada v. b.).
Endilikda boshqa qator mamlakatlarda qo‘llanila boshladi.
328
nisbatan ustuvor ahamiyat berilishi totalitar va avtoritar davlatlarga
xos bo‘lib, huquqiy manbalar subordinatsiyasi va ierarxiyasini buzadi
va shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi.
5. Shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomi –
birinchidan, huquqiy davlatda huquq va erkinliklarning keng
miqyosining qamrab olinganligi, normal hayot faoliyatini ta’minlash
hamda oldida turgan vazifalarni hal etish uchun yetarliligi bilan
ajralib turadi. Ikkinchidan, huquqlar bilan ajralmas birlikda
majburiyatlar tizimining mutanosib va muvofiq tizimini o‘z ichiga
oladi. Uchinchidan, huquqni albatta hayotga tatbiq etish real yuridik
kafolatlar bilan mustahkamlangan. Bunda ijtimoiy munosabatlarning
bir turdagi subyektlari orasida tenglikni mustahkamlash, sinfiy,
milliy, urug‘-aymoqchilik imtiyozlarni belgilash va bu orqali ulardan
biriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan mahrum etishga
yo‘l qo‘ymaslikka intilish mavjuddir. Subyektlar orasida mazkur
tenglikning yo‘qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchun
xosdir. Shu vaqtning o‘zida huquqiy davlat shaxs va ijtimoiy
munosabatlar subyektlarining maqomini qo‘llab-quvvatlash,
normativ mustahkamlash va takomillashtirish haqida g‘amxo‘rlik
qiladi, o‘zida yashiringan imkoniyatlarni huquqni tashuvchilar
oldida namoyon qilishga intiladi.
6. Barcha davlat va ijtimoiy institutlar va tuzilmalarning
legitimligi – huquqiy davlatning alohida belgilaridan biridir. Bu
yerda yetarli yuridik bazaga ega bo‘lmagan institutlar va tuzilmalarni
kam uchratish mumkin. Basharti ular mavjud bo‘lsa ham uzoq
muddatga yashash va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish istiqbollariga
ega bo‘lmaydilar, pirovardida yengib bo‘lmas qiyinchiliklarga
uchrab, tezda sahnadan tushib ketadilar. Davlat institutlari va
tuzilmalarining ko‘pchiligi qonun asosida, belgilangan tartib va
qoidalarga rioya qilgan holda, ularning maqsadi, vazifasi, amal
qilish shakl va usullari rasmiy reglamentatsiya qilingan holda
yaratiladi. Xususan, bu qonuniylashtirishning ro‘yxatga olish, ijozat
berish va litsenziya berish usullari, shuningdek, muvofiq davlat
organlari tomonidan nazorat-taftish vakolatlarining qo‘llanishi bilan
ta’minlanadi. Huquqiy davlatdagi muhitning o‘zi yuridik
munosabatda shubhali institut va tuzilmalarning qisqarishi uchun
kurashadi va aksincha, qonuniyligi doim tasdiqlanadigan institutlar
uchun esa keng imkoniyatlar yaratib beradi.
7. Huquqiy davlatda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi e’tirof etiladi
329
va amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda yagona davlat
hokimiyati doirasida uning uchta mustaqil tarmoqqa bo‘linishi
ta’minlanadi. Bular qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatlari bo‘lib, ular o‘zaro uzviy munosabatda bo‘ladilar.
Hokimiyatning bitta tarmog‘i tomonidan boshqalarining «bukib
olinishi» va bo‘ysundirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rib chiqilayotgan
prinsipning ahamiyati shundaki, u hokimiyatning faqat bitta organ
yoki mansabdor shaxs qo‘lida mujassamlanishining oldini oladi,
natijada, ichki davlat apparatida hokimiyatning teng taqsimlanishini
ta’minlaydi hamda diktatorlik tartibining yuzaga kelishining oldini
oladi.
8. Huquqiy davlatda ichki qonunlar hamda umum e’tirof etilgan
xalqaro huquq normalari o‘rtasida optimal muvofiqlikni ta’minlash
bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Oxirgilari o‘zida hozirgi
zamon huquqiy sivilizatsiyasining yutuqlarini mujassamlashtiradi.
Mazkur yutuqlarga u yoki bu darajada huquqiy davlatlar ham
aralashadi, zero ularda, odatda, ichki qonunlar oldida xalqaro
shartnomalar (hammasini emas, faqat ratifikatsiya qilinganlari)ning
ustuvorligi belgilanadi va bu shartnomalar bevosita qo‘llanishi aytib
o‘tiladi. Shu bilan birga, mazkur mamlakatlar yuridik tizimlarining
tashqi dunyodan alohidaligi va cheklanganligi bartaraf etiladi, ya’ni
jahon hamjamiyatining huquqiy tizimiga integratsiyalashadi,
ko‘pgina asosiy prinsip va normalariga rioya etib, ularni o‘z normativ
hujjatlari saviyasiga ko‘taradilar.
9. Huquqiy tartibot buzilgan hollarda (ayniqsa, fuqarolar huquq
va erkinliklarining buzilishi) huquqiy ta’sir qilish va huquqiy himoya
mexanizmi amal qiladi, unda sud birinchi darajali rol o‘ynaydi.
Mazkur mexanizm boshlangan jinoyatni oldini olish, buzilgan
huquqni tiklash, yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlash,
aybdorlarni jazolash, yangi huquqbuzarliklarning oldini olish,
fuqarolar va ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga
davlatning barcha farmonlari to‘liq ravishda bajarilishi lozimligi
haqida uqtirish bo‘yicha vazifalarni kompleks ravishda hal qiladi.
Agar huquq-tartibot, fuqarolar huquq va erkinliklarining har qanday
buzilishi muvofiq davlat organlari va mansabdor shaxslarning
e’tiboridan chetda qolmasa hamda tartibbuzarlar har gal haqli jazo
olsalar bunday yondashuvning o‘zi qonunni buzishning samarali
umumiy preventiv, ya’ni oldini oluvchi omili bo‘lib xizmat qiladi.
O‘z navbatida, bu davlatda qonuniylikka rioya etish sharoitiga ta’sir
330
etadi. Huquqiy davlatning yurisdiksiya, huquq-tartibotni
muhofazalash, huquqni himoyalash va preventiv oldini olish faoliyati
huquqiy talablarga qat’iy rioya etishi zarurdir. Shu sababdan jamiyat
hayotining huquqiy «tonusi» etatik davlatga qaraganda ancha yuqori
bo‘ladi.
10. Huquqiy jamiyat uchun fuqarolarning davlat oldida va
davlatning fuqarolar oldida o‘zaro mas’uliyatliligi xosdir. Davlat
nafaqat har bir odamga tug‘ilishidan boshlab tegishli ajralmas huquq
va erkinliklarni tan oladi, balki ularni hayotga real tatbiq etish va
tajovuzlardan himoyalashni ham kafolatlaydi. O‘z navbatida,
fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar,
ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan
holda foydalanishlari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatilgan
majburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim. Boshqacha qilib aytganda,
davlatning fuqarolar bilan aloqasi murakkab va ko‘ptarmoqli
hisoblanib, ularning o‘rtasida muayyan huquqlarning vujudga kelishi
hamda muayyan majburiyatlarning bajarilishini taqozo etadi.
5-§. O‘zbekistonda huquqiy davlatning qurilishi
O‘zbekiston davlat mustaqilligi va to‘la davlat suverenitetiga
erishgandan so‘ng adolatli fuqaroviy jamiyat va demokratik huquqiy
davlatning qurilishini e’tirof etdi. Shu bilan birga avvalgi totalitar
o‘tmishga xos zo‘ravonlik va adolatsizlikka barham berish, insoniy
huquqiy qadriyatlar, shaxs huquq va erkinliklariga rioya etishga
nisbatan qat’iyatlik izhor etildi.
O‘tgan yillar ichida davlatchilikning asosiy institutlarining siyosiy-
huquqiy mazmuni o‘zgardi. O‘zbekiston Respublikasining 1992-
yilgi Konstitutsiyasiga muvofiq, boshqaruvning prezidentlik shakli
yaratildi. Prezidentlik instituti davlat tizimida eng muhim
hisoblanadi, u mamlakatdagi ishlar ahvoliga, hokimiyatning uchta
tarmog‘ining faoliyati, ichki va tashqi siyosatning shakllanishiga
ta’sir qiladi.
Qonun chiqaruvchi institut o‘zgardi. Avvalgi Yuqori Kengash
(u tomonidan qator hujjatlar qabul qilingan: Suverenitet haqida
Deklaratsiya, Konstitutsiyalar, «O‘zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligining asoslari haqida»gi Qonun, mulkchilik, fuqarolik
to‘g‘risida qonunlar) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga o‘z
o‘rnini bo‘shatib berdi. U fuqarolarning huquq va erkinliklarini
331
qonuniy kafolatlanishi va ta’minlanishi, demokratiyani rivojlantirish,
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish, xususiy mulkchilikni
kiritish va ishbilarmonlik tizimlarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq
faoliyat bilan shug‘ullanadi. Prezident va hukumatning bevosita
rahbarligida ijro etuvchi hokimiyat faoliyat ko‘rsatib, unga iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish, qonunlarni bajarishni amalga oshirish,
kundalik davlat boshqaruvini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar
yuklanadi.
Hokimiyatning sud tizimi ham o‘zgarishlarga uchradi. Hozirgi
vaqtda Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud amal
qilmoqda. Huquq-tartibot organlarining tizimi qayta tashkil
etilmoqda.
Mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki bosqichida davlat
ramzlarini shakllantirish nihoyasiga yetdi, milliy armiya qaror topdi.
Respublika o‘zining milliy valyutasiga ega bo‘ldi.
Huquqiy davlat – bizning kelajagimiz, biroq unga erishish
murakkab bo‘lib, rivojlanishning bir qator bosqichlarini qamrab
oladi hamda davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoatchilik va
xalqdan jiddiy urinishlarni talab etadi. Davlat va jamoat hayotining
sog‘lom faolligini o‘stirish, korrupsiya va tarqoqlikka barham berish,
jinoyatchilik va suiiste’mol qilishga qarshi kurashish, jamiyatning
yuridik va ma’naviy-axloqiy asoslarini rivojlantirish lozim. Huquqni
yangilash, uni qo‘llash va muhofazalash mexanizmini
takomillashtirish, fuqarolarda qonunga nisbatan hurmat bilan
munosabatda bo‘lish, jamiyatda muayyan huquqiy munosabatlar
va yuridik aloqalarni joriy etish zarur. Davlatning muhim
vazifalaridan biri jamiyatda rivojlangan yuridik nigilizm, davlat
organlari va mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunni
mensimaslik hollari bartaraf etilishi, aksincha, uning o‘rniga odamlar
kayfiyatida ijobiy huquqiy ongni shakllantirish lozim. Bunday
kompleks yondashuv huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish
vazifalarini hal qilish imkoniyatini beradi.
332
MUNDARIJA
So‘zboshi ............................................................................................... 3
I bob. Davlat va huquq nazariyasi umumnazariy fan sifatida
1-§. Davlat va huquq nazariyasi – umumnazariy fan ........................... 6
2-§. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti .............................. 9
3-§. Davlat va huquq nazariyasining metodi ...................................... 12
4-§. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy va yuridik fanlar
tizimidagi o‘rni hamda ahamiyati ................................................. 16
5-§. Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari ............................... 21
II bob. Davlat va huquqning kelib chiqishi
1-§. Jamiyat tushunchasi va tuzilishi .................................................. 23
2-§. Urug‘chilik jamiyati va uning xususiyatlari .................................. 25
3-§. Ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy hokimiyat va ijtimoiy normalar ........ 30
4-§. Davlat va huquqning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar ........... 31
III bob. Davlat va huquqning jamiyat tizimidagi o‘rni
1-§. Davlat va jamiyatning o‘zaro nisbati ........................................... 36
2-§. Jamiyat siyosiy tizimida davlatning o‘rni ..................................... 38
3-§. Davlat va fuqarolik jamiyati ........................................................ 40
4-§. Davlat va huquqning o‘zaro munosabati ..................................... 42
5-§. Davlatning huquqqa ta’siri .......................................................... 45
6-§. Huquqning davlatga ta’siri ........................................................... 48
IV bob. Davlat haqida umumiy ta’limot
1-§. Davlat tushunchasi va belgilari .................................................... 51
2-§. Davlatning mohiyati ................................................................... 53
3-§. Huquqiy davlat haqidagi ta’limot ................................................ 57
4-§. Davlat tipologiyasi ....................................................................... 63
V bob. Davlatning shakllari
1-§. Davlat shakli tushunchasi ............................................................ 67
2-§. Davlat boshqaruv shakllari ........................................................... 68
3-§. Davlatning tuzilish shakli ........................................................... 71
4-§. Siyosiy rejim ............................................................................... 72
VI bob. Davlat funksiyalari
1-§. Davlat funksiyasi tushunchasi ...................................................... 78
2-§. Davlat funksiyalarining tasnifi ..................................................... 81
333
VII bob. Davlat mexanizmi (apparati)
1-§. Davlat mexanizmi tushunchasi va mohiyati ................................ 86
2-§. Davlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari ...... 88
3-§. Davlat organi tushunchasi va turlari ............................................ 92
VIII bob. Huquq haqida ta’limot
1-§. Huquqning tushunchasi va mohiyati ........................................... 99
2-§. Huquqning belgilari ................................................................... 102
3-§. Huquqning ta’rifi va uning talqiniga turli yondashuvlar ............ 104
IX bob. Huquq prinsiplari va funksiyalari
1-§. Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyati ........................ 115
2-§. Huquq prinsiplarining tasnifi .................................................... 117
3-§. Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari ................................ 122
X bob. Huquqiy munosabatlar
1-§. Huquqiy munosabatlarning tushunchasi, tuzilishi va turlari ...... 127
2-§. Huquqiy munosabatlarning subyektlari .................................... 132
3-§. Huquqiy munosabatlarning obyekti .......................................... 135
4-§. Subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar ................................ 137
5-§. Yuridik faktlar ........................................................................... 141
XI bob. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat
1-§. Huquqiy ong tushunchasi .......................................................... 146
2-§. Huquqiy ongning tuzilishi ......................................................... 148
3-§. Huquqiy ong – huquqni takomillashtirish va
rivojlantirish omili ...................................................................... 152
4-§. Huquqiy madaniyat tushunchasi ............................................... 154
XII bob. Huquq ijodkorligi
1-§. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalari ............... 159
2-§. Huquq ijodkorligi prinsiplari ..................................................... 162
3-§. Qonun ijodkorligi jarayoni va bosqichlari .................................. 166
4-§. Normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt, hudud va shaxslarga
nisbatan amal qilishi ................................................................... 178
5-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish ............................. 182
XIII bob. Huquq shakli (manbayi)
1-§. Huquq shakli (manbayi) tushunchasi ........................................ 186
2-§. Huquqiy odat – huquqning manbayi sifatida ............................ 187
3-§. Yuridik pretsedent .................................................................... 190
334
4-§. Normativ-huquqiy hujjat .......................................................... 192
5-§. Normativ shartnomalar ............................................................. 200
6-§. Musulmon huquqining manbalari ............................................ 202
XIV bob. Huquq normasi
1-§. Huquq normasi tushunchasi ..................................................... 204
2-§. Huquq normasining tuzilishi .................................................... 207
3-§. Huquq normalarining tasnifi va turlari ..................................... 209
XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi
1-§. Huquq tizimi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari ................ 214
2-§. Huquqiy tartibga solish predmeti va uslubi – huquqni
tarmoq va institutlarga ajratishning asosi sifatida ........................ 220
3-§. O‘zbekiston Respublikasidagi asosiy huquq tarmoqlarining
qisqacha tavsifi ............................................................................ 221
4-§. Qonunchilik tizimi ..................................................................... 227
XVI bob. O‘zbekistonning huquqiy tizimi
1-§. Huquqiy tizim tushunchasi va mohiyati .................................... 232
2-§. Huquqiy tizimning tarkibiy elementlari ..................................... 238
3-§. O‘zbekiston huquqiy tizimini isloh qilishning asosiy
yo‘nalishlari ................................................................................. 243
XVII bob. Huquqni tatbiq etish va qo‘llash
1-§. Huquqni amalga oshirish tushunchasi va bosqichlari ................ 256
2-§. Huquqni amalga oshirish shakllari ............................................ 258
3-§. Huquqni qo‘llash – huquqni amalga oshirish shakli sifatida .... 261
XVIII bob. Huquq normalarini sharhlash
1-§. Huquq normalarini sharhlash tushunchasi va mohiyati ............ 264
2-§. Huquq normalarini sharhlash usullari ....................................... 267
3-§. Huquqni sharhlashning turlari ................................................... 272
XIX bob. Huquqiy xulq-atvor, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik
1-§. Huquqiy xulq-atvor tushunchasi, belgilari va tasnifi ................. 277
2-§. Huquqbuzarlik tushunchasi va mohiyati ................................... 279
3-§. Yuridik javobgarlik tushunchasi, belgilari va turlari ................... 282
4-§. Aybsizlik prezumpsiyasi. Yuridik javobgarlik va qilmishning
huquqqa xilofligini istisno qiluvchi holatlar ................................ 287
335
XX bob. Huquqiy tartibga solish mexanizmi
1-§. Huquqiy tartibga solish tushunchasi .......................................... 289
2-§. Huquqiy tartibga solish mexanizmi va uning tarkibiy
qismlari ....................................................................................... 293
3-§. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish .................................... 296
XXI bob. Qonuniylik, huquqiy tartibot va intizom
1-§. Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari ......................... 301
2-§. Qonuniylik prinsiplari va kafolatlari .......................................... 303
3-§. Huquqiy tartibot tushunchasi, jamoat tartiboti. Intizom ........... 308
XXII bob. Davlat va huquqning rivojlanish istiqbollari
1-§. Fuqarolik jamiyatining tushunchasi va mohiyati ....................... 313
2-§. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilishi va asosiy prinsiplari .... 320
3-§. Huquqiy davlat va uning belgilari .............................................. 323
4-§. Huquqiy davlat ta’limotining tarixiy – nazariy manbalari ........ 325
5-§. O‘zbekistonda huquqiy davlatning qurilishi ............................... 330
Bosishga ruxsat etildi 16. 07. 2010-y. Bichimi 60 x 90
1
/
16
. Ofset qog‘ozi. «Tayms»
garniturasi. Kegli 11,0. Shartli bosma tabog‘i 21.0. Nashriyot-hisob tabog‘i 21,5
Adadi 582 nusxa. Buyurtma ¹ .
«START-TRACK PRINT» MCHJ bosmaxonasida chop etildi.
Manzil: Toshkent shahri, 8-mart ko‘chasi, 57-uy.
DAVLAT VA HUQUQ
NAZARIYASI
Ikkinchi nashr
O‘quv qo‘llanma
Muharrir
Q. Qayumov
Musahhih
H. Zokirova
Sahifalovchi
N. Mamanov
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti,
100083, Toshkent, Matbuotchilar ko‘chasi, 32.
Tel: 236-55-79; faks: 239-88-61.
Dostları ilə paylaş: |