3 ) o 'q u v ch i bilan o ‘q ituvchi m u om alasi oqibatini oldin d an sezish .
139
dardini davolash, o'qituvchi sifatida insonga bilim berish, ziyo tarqatish,
kosmonavt bo‘lib fazoga parvoz qilib, koinot sirlarini ochish, shofyor b o ‘lib
kishilar manzilini yaqin qilish, o ‘quvchi boMib, ko‘k yuzini quchish istaklarining
tug‘yon urishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Shuni aytish kerakki, bolalam ing turli o ‘yinlarida yoki chizgan rasm larida
biror elementning yoki chiziqning xayoliy obrazlari kengayib boradi, ayrim
alomatlar fantaziya tariqasida m a’lum syujetni keltirib chiqaradi. Shuning uchun
kattalar bolalarga "quyonning rasmini chiz", "kubiklardan uy yasa", "cho‘plardan
shakllar bunyod qil","ertaklar asosida rasmlar chizgin" deb ularni turli
mashg‘ulotlarga jalb qilishlari lozim. Shuni ham ta ’kidlab o ‘tish kerakki, bolalar
chizgan rasmlari yoki yasagan o ‘yinchoqlarini k o ‘pincha m avhum allaqanday
jonivorlarga yoki predmetlarga qiyoslaydilar. K o‘pincha ular chizgan narsa
o‘zlari qiyoslangan yoki "men falon narsani chizdim" deb isbotlashga harakat
qilayotgan narsadan ancha yiroq boMishi mumkin. Lekin bola o‘z so ‘zida turib
oladi. Shu daqiqalarda uning tajribasizligini nazarga olish bilan birga bolada
fantaziya ham ishlayotganini unutmaslik kerak. Bunday hollarda kattalar
kichkintoylarga e’tiborliroq bo‘lganlari, yordam berganlari, tushuntirishlari,
lozim bo'lsa ko‘nglini ko‘targanlari m a’qul. By bolaning m ushohada etish, odam
va atrof-muhitni o‘z qalb ko‘zi bilan ko'rishida zada qilib q o ‘ym aydi, aksincha
ilhomlantiradi. Shuningdek, bu yoshda bolalar uzoq ellar to ‘g ‘risida, moviy
dengiz, poyonsiz o ‘rmonlar haqida, u yerdagi ajoyibotlar to ‘g ‘risida ertaklar,
yodgorliklar, urush qahramonlari, qahramon dengizchilar, qutb tadqiqodchilari,
tabiatni o ‘zlashtirish yuzasidan hikoyalar eshitishni yaxshi k o ‘radilar. Ertak va
hikoyalar eshitish jarayonida bolalar shirin xayol og‘ushiga toladilar, orzular
quchog‘iga cho‘madilar, o ‘sha qahramonlar o ‘m ida o ‘zlarini qo*yib ko‘radilar.
Goh sexrgar chol Ibn Xattob, goh Gulliver bo‘lgilari keladi, "uchar gilam lar"da
sayohat qilishni xayol qiladilar. Bolalarga ertak aytayotganda eng m uhim i, kerakli
o ‘rinlarda: "Mana, buni qara", "Falon narsaga qulok sol", "Bu joyni k o ‘zdan
kechir", "Endi sen javob ber" deb ulami mustaqil fikr yuritishga o ‘rgatib borish
zamr. Bolalar amalga oshirishi lozim bo'lgan kelajak ishlari, rejalari to ‘g ‘risida
ham ijodiy xayol suradilar. Osm onga uzoq sayyoralarga xayolan parvoz qiladilar
"bir zumda" har qanday manzilga olib boradigan texnika haqida o*ylaydilar.
Bulaming barchasi bolalaming bilim doirasini kengaytiradi, texnik qobiliyatini
o ‘stiradi, uning mantiqiy fikr yuritishini mustahkam laydi, aqlni peshlash
mashqlari rolini bajaradi. Shuning uchun ota-onalar, o ‘qituvchilar bolalam ing
xayoliy parvozlariga alohida e ’tibor berishlari lozim. Eng m uhim i, har bir
o ‘qituvchi, ota-ona bolaning qobiliyatini nim alarga qiziqishini, fikrlashini yaxshi
bilib olishlari zarur. Bolaning har bir narsa va hodisaga qiziquvchanlik bilan
qarashi, uning mulohaza yuritishini, y a ’ni tafakkurini rivojlantiradi. Zero,
olamdagi narsa va hodisalar to ‘g‘risida fikr yuritish ruhiy dunyom izning
murakkab jarayonlaridan biri hisoblanadi. Tafakkur orqali bola tevarak-atrofdagi
borliq
o ‘rtasida
mavjud
muhim
bog‘lanishlar
ichki
qonuniyatlar
va
m unosabatlam i ongida aks ettiradi. Fikr yuritish faqat so ‘z vositasi bilan vujudga
140
keladi. Bola narsalam ing tashqi ko‘rinishi bilan qiziqibgina qolmasdan, balki
ulam ing ichki xossa va xususiyatlari bilan tanishishga ham oshiqadi, hamma
narsani bilishga qiziqadi. Shu sababdan ularda "Bu nima?", "Nega bunaqa?",
"Qaerdan kelgan?", "Nega kerak?", "Kim yasagan?", "Nima uchun yuradi?",
"Qanday qilib uchadi?","Nega biz uchmaymiz?", "Odam nima uchun kuladi?"
kabi savollar tug‘iladi. Bunday savollam ing vujudga kelishi bolaning olam va
odam haqida fikr yuritish jarayonining tobora rivojlanib borayotganligidan dalolat
beradi. Shu narsani unutmaslik kerakki, bolaning bergan savollariga o ‘qituvchilar
ota-onalar va tarbiyachilar e’tiborsiz bo‘lmay, o‘z vaqtida va imkon qadar to* liq
ham da asosli javob berishlari zarur. Beparvolik ham isha bolaga salbiy ta’sir
qiladi. Agar bola mazkur savollarga o ‘rinli javob olmasa, kattalar ularga yetarli
aham iyat bermasalar, u holda bolaning qiziquvchanligi, intiluvchanligi, faolligi
asta-sekin so‘na boradi. Shuning uchun kattalar iloji boricha, uning talab va
ehtiyoj ini qondirishi maqsadga muvofiqdir.
"Qanday paytda bolalar fikr yuritadilar?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Biron-bir narsaga tushuna olmagan taqdirda yoki narsa va hodisalar
taajjublantirsa, hayratga solsa, u holda bolalar fikryurita boshlaydilar. K o‘pincha
o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar bola m e’yoridan ortiqroq savol bersa,
dunyo ajoyibotlarini bilishga qiziqsa: "Ko‘p mahmadonalik qilma", "Ko‘p
qaqajon bo‘lma", "Bunday gaplami senga kim o ‘rgatdi?", "Nega kerak bo‘lib
qoldi?", deya urishib, tanbeh beradilar. Bu uning ruhiy dunyosiga ta’sir qilmay
qolmaydi, albatta.
Shuningdek, olti yoshli bolada ixtiyoriy diqqat o ‘sib boradi. Shuning uchun
o‘ziga yangi, notanish bo‘lgan
bilimlar axborotlardan iborat bo‘Igan
m ashg‘ulotlarga diqqat-e’tibor qilib o ‘tiradi. Kattalaming xatti-harakatlarini, ular
bajarayotgan ishni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning o‘z maqsadi sari
intilishi, mustaqilligi, jasoratliligi bolaning iroda kuchidan kechinmalar
rivojlangan b o ‘ladi. Ayni paytda bolaning yaxshi yoki yomon xatti-harakatlaming
sezishi, go‘zallikning idrok qilishi katta odamlamikidan sifat va maqsad jihatdan
farq qiladi. Ayniqsa, uning aqliy hislari mazmunan sayoz, davomiylik jihatdan
beqarordir.
Olti yoshlilarda irodaviy xislatlaming o ‘sib borishi bola shaxsi
shakllanishi, tarkib topishi jarayonida unda ijtimoiy-axloqiy qoidaiari o ‘zlashtirib
boriladi. A xloq qoidaiari va maqomlarining bola tomonidan o ‘zlashtirib borilishi
natijasida unda xarakter xislatlari shakllana boshlaydi.
Olti yoshlilam ing tarbiyasi oddiy o ‘quv va mehnat ko ‘nikmalari,
malakalari, ixtiyoriy diqqat idrok va tajriba, mantiqiy esda qolish fikr yuritish,
so‘z boyligi, iroda sifatlari, yuksak insoniy xislatlar qamrab oladi. Boladagi
m azkur ruhiy jarayonlar, shaxs sifatlari, maxsus tashkil qilingan o*yinlar, ta’limiy
m ashg‘ulotlar asosidagina bir tekis rivojlanishi mumkin. Bu narsa o ‘qituvchilar,
tarbiyachilar va ota-onalar olti yoshli bola ustidan qat’iy nazorat qilishni va o4z
vaqtida unga yordam berib turishni taqozo etadi. Buning uchun barcha olti
yoshlilam ing psixologik xususiyatlarini to ‘la o ‘rganishlari zamr.
141
Faol, muloqotga tez kirishuvchi, har narsani bilishga qiziquvchi bola
maktab ta’limiga mustahkam poydevor bilan kirib boradi. Tajribalardan shu narsa
m a’lumki, ko‘pincha tortinchoq tabiatli bola savol berishdan o ‘zini olib qochadi.
Shuning uchun bunday xarakterli bolani o ‘qituvchi, tarbiyachi, ota-onalar ko‘proq
har xil sohaga taalluqli m ashg'ulotlarga tortishlari, turli joylarga sayohatlarga olib
chiqishi bola faolligini oshiradi. Natijada bunday toifadagi bola m ustaqil savol
berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bolalaming turmush tajribalari kengayishi m a’qul qolipdagi narsa va
hodisalaming ichki bogManishlari, goho taraqqiyot sabablarini tushunishga olib
keladi, ulaming fikr yuritish doirasi o ‘sadi, tartibli bilim olishga to ‘g ‘ri
tayyorlanadi.
142
|