E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


 0 ‘qituvchi va talabaning hamkorligi - ta’lim samaradorligining



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

7.5. 0 ‘qituvchi va talabaning hamkorligi - ta’lim samaradorligining
muhim omili
Oliy maktabda hamkorlikdagi faoliyaming shakllanishi, uning ijtimoiy- 
psixologik jihatini tashkil qilish, har qanday faoliyatni, shu jumladan, o‘quv 
faoliyatini tashkil qiluvchi tarkibiy kismlami o ‘rganish so*nggi o‘n yillarda 
amalga oshirila boshlandi.
B.F.Lomov faoliyatni tahlil etishning umumiy psixologiyada qabul 
qilingan sxemasini ko‘rib chiqib, bu faoliyatni bajaruvchi shaxsning boshqa 
shaxslar bilan hamkorligi boshqacha qurilishi zarurligini ta’kidlab o‘tadi. Yakka 
shaxs faoliyatining psixologik tahlili faoliyat sub’ektining boshqa odamlar bilan 
aloqasini mavhumlashtiradi. Lekin bu mavhumlashtirish nihoyatda muhimligidan 
qat’i nazar, o‘rganilayotgan hodisalami bir tomonlama yoritish imkonini beradi.
0 ‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda, 
asosiy e’tibor o‘zaro munosabatning rivojlanishini 
o*rganishga qaratilgan, 
o‘qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilingan.
A.V.Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib 
chiqishini o‘rganib, ta’lim jarayonida o‘qituvchining o ‘quvchilar bilan 
hamkorligini tashkil qilish faqat ulaming muloqotga ehtiyoj ini qondirish vositasi 
emas, balki o‘quv materialini o‘zlashtirishning ham vositasi ekanligini 
ta’kidlagan edi.
Bu muammoga boshqacharoq yondashgan A.A.Bodalev o ‘qituvchi bilan 
0
‘quvchining munosabati ulaming samarali, hamkorligini vujudga keltirish uchun 
qulaylik yaratishi zarur deb hisoblaydi. 
Buning uchun o'qituvchilar 
o ‘quvchilaming shaxs sifatidagi xususiyatlarini, maqsad va ehtiyojlarini hisobga 
olishlari shartdir.
218


Yuqoridagi fikrlarga qaramay, o‘zlashtirishning turli bosqichlarida 
o‘qituvchi bilan o‘quvchilaming turli hamkorligi qanday uyushtirilishi masalasi 
hal bo‘lgan emas. Binobarin, o ‘qituvchida o‘quv faoliyatini hamkorlik asosida 
tashkil qilish ko*nikmalari yo‘qligi qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hamkorlikdagi mahsuldor faoliyatni psixologik jihatdan o‘rganishni
V.YaXyaudis boshchiligidagi psixologlar guruhi amalga oshirdi. Uning asosiy 
maqsadi yangi psixik fazilatlaming shakllanishida o ‘qituvchi bilan talaba 
hamkorligining rolini ifodalash edi. Ushbu nazariyaga binoan, o'quv faoliyatining 
shakllanishi fan asoslarini o‘zlashtirishning negizi emas, balki shaxsning ijtimoiy- 
madaniy qadriyatlarini egallash jarayonidir. Mazkur nazariya asosida o‘quv 
vaziyatini talaba shaxsining rivojlanishidagi “yaqin kamolot zonasi”nigina emas, 
balki “perseptiv rivojlanish zonasi”ni ham yaratadigan yo‘sinda, loyihalash 
mumkin.
B.Ya.Lyaudis o*quv vaziyati tarkibidagi 4ta o‘zgaruvchan holatni 
ko‘rsatadi: a) tashkiliy o‘quv jarayonining mazmuni (uning xususiyati o‘quvchi 
o‘zlashtiradigan faoliyat dasturli, egallanadigan bilish faoliyatining turlari; b) 
ta’lim mazmuni va o‘quv faoliyati usullarini o‘zlashtirish: bir bosqichdan 
boshqasiga o‘tish tartibi, v) talaba bilan o ‘qituvchining o‘zaro ta’siri va hamkorlik 
tizimi; g) ta’limdagi o‘zgamvchan omillaming o ‘zaro aloqasi takomillashuvi,
0 ‘zaro hamkorlikning muhim omili va talabalaming o*zaro munosabati 
xususiyatini belgilovchi asos o ‘qituvchi bilan talaba hamkorligining shakllaridir. 
Hamkorlikdagi o‘quv faoliyati (o‘qituvchi va talaba munosabatlarining va 
birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o4zlashtirish ob’ektini, bilish 
faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta’minlaydi.
Hamkorlikdagi o‘quv faoliyatining maqsadi o‘z!ashtiriladigan faoliyat va 
birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini 
yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli talabalar mustaqil holda ilgari 
surgan yangi g ‘oyalar va o‘zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bogMiq 
maqsadlar va sheriklikda shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga 
kelishidir. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o‘qituvchi bilan talabaning bir­
galikdagi xatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakatlar 
o‘qituvchining talabaga ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi, talabalaming 
faolligi asta-sekin o‘sa borib, butunlay ulaming o‘zi boshqaradigan amaliy va 
aqliy harakatiga aylanadi, o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasidagi munosabat esa 
sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo'ladi.
Psixologiya fanida hamkorlikning bir nechta shakli mavjud, ular 
quyidagilardan iboratdir: 1) faoliyatga kirish, 2) mustaqil harakatlar (o‘qituvchi 
bilan talaba hamkorlikda bajaradilar); 3) o‘qituvchi harakatni boshlab beradi va 
unga talabani jalb etadi; 4) taqlid harakatlari (o‘qituvchidan ibrat olgan talaba ana 
shu namuna asosida harakat qiladi); 5) madad harakatlari (o‘qituvchi talabaga 
oraliq maqsadni va unga erishish usullarini tanlashda yordam beradi hamda oxirgi 
natijani nazorat qiladi); 6) o‘zini o ‘zi boshqarish harakatlari (o‘qituvchi umumiy
219


maqsadni ko‘rsatishda va oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi); 7) o‘zini o‘zi 
qo4zg‘atuvchi harakatlar; 8) o‘zini uyushtiruvchi harakatlar.
Hamkorlikdagi faoliyat usullari birgalikdagi xatti-harakatlar shaklida 
namoyon bo‘lib, unga muloqot davrlari singari mazkur faoliyatning oddiy 
birliklari deb qarash mumkin. Birgalikdagi harakat davri quyidagicha 
almashinuvni o‘z ichiga oladi: o‘qituvchi harakat boshlaydi, talaba uni davom 
ettiradi yoki tugallaydi.
Oliy maktablarda hamkorlikdagi faoliyatning xususiyatlarini o‘rganish va 
tajribalarda sinab ko‘rishning asosiy maqsadi talabalaming bilimlami 
olzlashtirishdagi qiyinchiliklarining sabablarini va manbalarini tadqiq etish 
hamda ta’lim jarayonida yoki hamkorlikdagi faoliyatda bilimlami o ‘zlashtirish 
samaradorligini oshirishning asosiy omillarini aniqlashdan iboratdir.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin