E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


YETUKLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

226


YETUKLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
8.1. Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari
Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo‘lib, bu davming o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan 
shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga 
oshirishdan iboratdir. Yoshlaming mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi 
bilan boshqa yosh davrlaridan farqlanadi: 1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab 
chiqarish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga 
moslashish (ko‘nikish) - mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 
3 yilgacha) yoki jamoada o‘z o ‘mini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) 
mutaxassis sifatida o ‘zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga 
oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi - 3 yildan 8 yilgacha - ish staji 
nazarda tutiladi) yoki kasb-korlik, mahoratini egallash; 3) mahorat sirlaridan 
foydalanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ij­
timoiy yetuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod 
bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini 
ko‘rsatish.
Yuqoridagi bosqichlar barcha kasb-kor egalariga xos bo‘ lsa-da, lekin ishlab 
chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida yosh jihatdan 
tafovut mavjud bo‘ladi. Masalan, kasb-hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar 
o‘z mehnat faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular 
ham mazkur bosqichlami bosib o‘tishlari shart.
Hozirgi mutaxassis laming ko‘pchiligi o‘quv yurtlaridagi nazariy bilimlar 
1 bilan amaliy ko‘nikmalar o ‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil fao- 
liyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu 
qiyinchiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra uch xildir; ular: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: 
notanish muhit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, mehnat jamoasining 
saviyasi, undagi kishilaming xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining 
qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va hokazo; b) bilim va bilishga oid 
qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlardagi uzilishlar, saviyaning 
cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning 
yetishmasligi va boshqalar: v) mutaxassislik bilan bog'liq o‘ziga xos qiyinchilik­
lar; ishlab chiqarishning mohiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, 
amaliy ko‘nikmaning bo‘shligi yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, 
kasbning iqtisodiy negizini to‘la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi mahsulot 
ishlab 
chiqarishning chizma-yoyilmasi 
va grafik 
irodasini taqqoslash 
murakkabligi, muammolar oldida lol qolish. Bu qiyinchiliklami yengish davrida 
insonning ruhiy holatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqdor hamda sifat 
o ‘zgarishlari ro‘y beradi. 
?

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin