E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


8 3 . Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

231


8 3 . Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik
xususiyatlari
Yetuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollami o‘z ichiga oladi. 
Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o‘z ifodasini topuvchi yangi 
xislat namoyon boiadi. Ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan 
quvib yurgan boisalar, endi mehnat mahsulining sifati ustida bosh qotira 
boshlaydilar. Oilaviy turmushga, ijtimoiy hayotga, yashashning maqsadiga, inson 
qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o ‘zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon 
bilan qaray boshlaydilar. Turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy hodisalarga 
vazmin, sabr-toqat bilan hayot tajribasiga suyangan holda munosabatda 
boiadilar, har bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati haqida o ‘z fikrlarini 
bildiradilar. Hayotda qoidan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari 
ularda yetti oichab, bir kes qabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi. 
Shuning uchun ular umming biror daqiqasi behuda o*tishiga achinadilar, yoshlik 
yillarida yo'qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan toidirishga intiladilar.
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o*rin 
egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlaming 
o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bu, chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 
yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda boiishi mumkin. Shu sababli yosh davrining 
chegaralari faqat shartli belgilanadi. Bu omil odamlar yashayotgan oila muhitiga, 
tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga, jug‘rofiy iqlim va hokazolarga ham bogiiqdir. 
Mazkur yosh davrining o ‘zgaruvchanligini insonning biologik, ijtimoiy va 
tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muhit, uzluksiz tarbiyaviy ta’sir) 
belgilaydi.
Yu.N.Kulyutkin bir xil yosh davridagi odamlarda har xil jarayonlar, 
holatlar, xossalar, xususiyatlaming o‘sishi, o'zgarishi baravar emas, balki 
ulaming birovda oldin xotira, keyin tafakkur, boshqa birovda, aksincha, 
rivojlanishini, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisini jadal sur’at bilan 
o‘stirishim uqtiradi.
Shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga intilishi 
faoliyatning barcha turlarida ma’naviy va ruhiy jihatdan o*zini anglashini yanada 
takomillashtiradi. Yetuklik davridagi erkak va ayollaming o‘zligini anglashdagi 
“Men” uch xil ko‘rishdan ifodalanadi: “Men” ko‘pincha “Men — obraz” shaklida 
o‘zi tomonidan talqin qilinadi. Shaxsning “Men - obrazi”: 1) retrospektiv 
“Men”dan iborat boiib, o‘tmishdagi o‘zligini aks ettiradi; 2) aktual “M en” 
sifatida tasawur etilib, o‘zining hozirgi davrini ifodalaydi; 3) ideal “Men” obrazi 
esa yaqin kelajakda o‘zining qanday tasaw ur qilish tuyg‘usi bilan b o g iiq holda 
yaratiladi. Shuning uchun o‘z imkoniyatlarini hayotda to‘la safarbar qilish istagi 
ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida o ‘zining 
0
‘tmish obrazini hozirgisi bilan 
solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modelga 
asoslanib, turmush rejalarini, xatti-harakat maqsadini, usul va vositalarini tanlay 
boshlaydi. Insonning o‘tmishidan hozirgi kunga, hozirgi kundan kelajakka 
intilishi o‘zini anglashning bosh mezoni hisoblanadi. 0 ‘zligini anglashning
232


boshqa mezonlari ham mavjud bo‘Iib, ular o‘zini o ‘zi baholash, nazorat qilish, 
tekshirish, qo‘lga olish, o‘ziga buyruq berish kabilarda aks etadi. 0 ‘zini anglash 
ko‘pincha, o‘ziga boshqa kishilar: a) yoshi ulug* odamlar, b) tengdoshlari; v) 
o‘zidan kichik odamlar nuqtai nazaridan qarashda ko‘rinadi.
Mazkur yosh davridagi odamlaming ko‘rish maydonini o‘rgangan 
L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrovalar 36-50 yoshli erkaklarda ko‘rish 
chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar: normadan ortiq 4 foiz, normada 53 
foiz, qolganlari normadan kam. Yu.N.Kulyutkin 36-40 yoshli sinaluvchilarda 
diqqat, xotira, tafakkuming 0-130 gacha shkalada 94,8; 93,7; 99,0 birliklarga ega 
ekanligini isbotlab berdi. B.G.Ananev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok 
qilishni binokulyar va monokulyar yo‘llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga 
kelishini aytadi.
Qator olimlar (Klapared, Mayls, Beilis, Filip) mazkur yoshdagi laming 
tovush va yomgMikdan ta’sirlanish vaqti o ‘zgarishini o ‘rganganlar. Olingan 
ma’lumotlar amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z qimmatini hozirgacha saqlab 
kelmoqda. Fulds, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intellektning mantiqiy 
qobiliyatini tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda esa 
75 foiz bo‘lishini aniqlaganlar. Ulaming ijtimoiy faoliyatga kirish xususiyatini 
faollik nuqtai nazaridan o ‘rgangan V.Shevchuk 35 yoshidagi odamlaming 6,2 
foizi bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2 foizi qatnashishni 
xohlaydi, 2,8 foizi esa undan chiqishga qaror qiladi. Ahvol shunday davom etadi.
3.F.Esareva oliy maktab o ‘qituvchilarining ijodiy faoliyati xususiyatlarini 
o'rganib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 
46, tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 yoshda amalga oshirishini aniqlagau.
Umuman yetuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir 
tomondan, butun imkoniyatini mehnat va ijtimoiy fiaoliyatlarga bag‘ishlagani 
bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib borishi bilan farqlanadi. 
Chunki insonning keksayishi ham quvonchli, ham o‘kinchli damlarga, 
kechinmalarga, his-tuyg‘ularga serobligi bilan boshqa yosh davrdagi odamlardan 
ajralib turadi. Hotiijam dam olish istagi bilan ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashish 
tuyg4usi o‘rtasida inqiroz vujudga keladi. Qanday qarorga kelish, ya’ni mehnat 
jamoasi bilan aloqani uzmaslik yoki mutlaqo ijtimoiy faoliyatdan chetlashish 
muayyan holatlardagi motivlar kurashiga bog‘liqdir.
Hozirgi zamon kishilarming o'rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridagiga 
nisbatan qariyb bir yarim - ikki marta uzayganligi, yetuklik davridagi erkak va 
ayollaming jismoniy baquwatligi, ma’naviyati va ruhiyati tetikligi ijtimoiy 
faollikni susaytirish haqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatmoqda. 
Demak, ulaming ishchanligi, aqliy qobiliyati, kasbiy mahorati, turmush tajribasi, 
ongining yuksakligi, ma’naviyatining boyligi, ruhiyatining sofligi yangi zafar: 
mehnat quvonchlari sari dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi.
233



Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin