darajaning pasayishi 38,0, 33-35 yoshlarda 11,2, 33,3 foiz, 55,5 foizni tashkil
qilishini aniqlashgan.
Yu.N.Kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 30-35 yoshlarda
diqqat 102,8, xotira 99,5, tafakkur 102,3 birlikka baravardir. Yetuklik davri fao
liyatining mahsuldorligini o‘rgangan G.Leman uning cho‘qqisi kimyogarlarda 30
yosh, matematiklarda 30-34, geologlar va astronomlarda 30-35
yosh ekanligini
va o‘rtacha mahsuldorlik cho'qqisi 37 yoshda bo‘lishini qayd qilgan.
Psixofiziolog S.V.Kravkov ko'zning farqlash sezgirligi yoshga qarab
o‘zgarishini 4 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan odamlarda tekshirib, sezgirlikning
ortishi 25 yoshgacha, sezgirlikning barqarorlashuvi 25-50 yoshgacha davom
etishi mumkinligini aniqlagan.
3.F.Esareva oliy maktab o‘qituvchilari aqliy faoliyatining mahsuldorligi
muammosini tadqiq qilib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlashni matematiklar -
26, psixologlar 32, filologlar - 34, tarixchilar — 31, fiziklar — 30, biologlar 32
yoshda amalga oshirishi mumkinligini aniqlagan.
Kamolotning birinchi
bosqichidagi yetuk kishilarda ijtimoiy faoliyatida qamashish istagi 30 yoshda 18,3
foiz, 35 yoshda 6,2 foizni tashkil etadi. Demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida
qatnashish koMami torayib boradi.
Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namoyon boMadi: jismoniy,
jinsiy, ruhiy kamolotda ayollar ilgarilab kelgan bo‘Isalar, endi erkaklar oldinga
o‘tib oladilar va bu hoi inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi.
Yetuklik davrida ijodiy faoliyatning maxsuldorligini Z.F.Esareva quyidagi
mezonlar bilan oMchashni lozim topadi: 1) e’lon qiiingan ilmiy ishlaming
miqdori; 2) chop qiiingan asarlar ichida o ‘quv qo‘Ilanma, darslik va
monografiyalaming mayjudligi; 3) ilmiy tadqiqotda yangi yo‘nalishning
ochilishi; 4) ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf edlishi; 5) ilmiy
maktabning tashkil qilinishi; 6) boshqa mualliflaming ishlariga murojaat qilish va
ilova
berish miqdori; 7) o‘qituvchining ilmiy ma’lumotlaridan talabaning
mustaqil ishlarida foydalanish ko‘lami; 8) o‘qituvchi rahbarligidagi diplom va
dissertatsiya ishlarining miqdori va sifati; 9) o‘qituvchining ilmiy faoliyatdagi
muvaffaqiyat mukofot bilan taqdirlanishi; 10) dotsent va professor degan ilmiy
pedagogik unvonlarga sazovor bo‘lish kabilar.
Mazkur
yoshda
shaxsiy
hayotdagi
yutuqlar,
g‘alabalar
yoki
muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada unda
takabburlik, mag‘rurlik hislari paydo boMadi, o ‘zining boshqalardan ustun qo‘ya
boshlaydi yoki, aksincha, hayot zahmatlari uning pessimist, narsa va hodisalarga
nisbatan loqaydlik tuyg‘usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko‘rinishga ega
bo‘lgan ruhiy holat ham oila a ’zolari,
tengqurlari, mehnat jamoasi a ’zolarining
ta’siri orqali asta-sekin muayyan yo‘nalishga tushib qoladi.
Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga
harakat qiladilar, voqelikka, turmush ikir-chikirlariga, tabiat, jamiyat, koinot
hodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha hotiijamlik,
totuvlik, tinchlik,
do‘stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg‘usi bilan yashaydilar.
Dostları ilə paylaş: