E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

SAKKIZINCHI BOB
227


Psixoflziolog P.P.Lazarevning fikricha, eshitish, ko'rish, periferik va 
kinestetik sezgirlikning o ‘zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el 
psixologlari Fulds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib aqliy va mantiqiy 
qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisobladilar. B.G.Ananev o‘zining ilmiy- 
tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o‘zgarishIami murakkab shaxs 
jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik 
fimksiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmda issiklik paydo boMishidan 
metobolizm - modda almashinuvgacha), hatto shaxsning xususiyatigacha bo‘lgan 
(holatlarni o ‘z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy 
ma’lumotlar va ulaming chuqur sifat tahlili orqali ko‘rsatib o*tadi.
Ko‘zlaming farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o ‘zgarishini tadqiq 
qilgan S.V.Kravkov sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha davom etishini, 
barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin ham davom qilishini ta’kidlaydi.
B.G.Ananev laboratoriyasida olingan natijalar inson fiinksional darajasining 
oshishi 23-27 yoshdagi yigit va qizlarda 44 foiz, funksional holatining 
barqarorlashuvi 19,8 foiz, fiinksional darajaning pasayishi 36,2 foizga tengdir. Bu 
ma’lumotlar kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o ‘sish jihatlarining 
o‘zaro munosabati har xil kechishini ko‘rsatib turibdi. Yu.N.Kulyutkin katta 
kishilaming diqqat, xotira, tafakkur bilish jarayonlarini birgalikda o ‘rgangan. 
Yu.N.Kulyutkin o‘z tadqiqotida 0-130 shkalagacha oraliqni tekshirib, 22-25 
yoshlarda diqqat va xotira 100,5 tafakkur 102,5 ballga tengligini, 2 6-29 yoshlarda 
esa diqqat 102,8, xotira 97,0 tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. 
Amerikalik olim V.Shevchuk voyaga yetgan odamlarda ijodiy faoliyatning 
boshlanish nuqtasini tadqiq kilib, 11-20 yoshlar oralig‘ida 12,5 foiz, 21-30 
yoshlarda esa 66 foiz ekanini aniqladi. Ziyolilaming ilmiy mahsuli dinamikasini 
o‘rgangan 3.F.Esareva uning boshlanishi matematiklarda 18-23, fiziklarda 
24-27, biologlarda 25-31, psixologlarda 27-30, tarixchilarda 27-32, filologlarda 
28-33 yoshlami tashkil qilishini ko‘rsatib o‘tadi.
Yoshlaming ijtimoiy hayotda qatnashuvini o‘rgangan V.Shevchuk ijtimoiy 
faoliyatga kirishish eng yuqori cho‘qqisi 25 yosh ekanini aniqlab, bu hoi 
odamlaming 45,4 foizida bo‘lishini ma’lum qiladi. Uning fikricha, qolgan yosh 
davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil 
qiladi, hatto, u 45 yoshda 3 foizga teng bo‘Iadi.
Kishilarda ko‘rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o ‘rgangan 
L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrovalar 18-35 yoshlardagi hay do vchi larda 
uning uch xil: normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon 
bo‘yicha normadan kam bo‘lishini ta’kidlaydilar.
23-28 yoshgacha davrda qator fimksiyalar darajasining o ‘zgarishi, 
takomillashuvi: ko‘rish maydonining koiam i, ko‘z bilan masofani chamalash, 
fazoviy tasaw ur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda 
o ‘zgamiasligining o'sishi boshqa faoliyat va ko‘rish ta’sirchanligi, qisqa muddatli 
ko‘rish xotirasi yoki mustahkamlanishi namoyon bo‘ladi: 22-25 yoshlarda ikki
228


xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur) va 
attensional (diqqat xususiyati va xossasining) majmuasidan iborat boiadi.
Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga uchta muhim psixologik 
mexanizm, ya’ni mehnat jamoasi, oila mikromuhiti va norasmiy ulfatlar ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, melinat jamoasidagi psixologik muhit, ma’naviyat o!ami, 
barqarormaslak, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an’analar va odatlar 
yangi a’zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishni vujudga keltirishi 
mumkin. Mazkur ta’sir natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi 
yoki muayyan shaxsiy nuqtai nazar yo‘qolishi mumkin. Mehnat jamoasiga yangi 
qo'shilgan a’zo unda o‘z o‘mi va qadr-qimmatini qaror toptirish uchun bir qator 
yon berishga, o‘z maslagidan sal boisa-da chetlashishga majbur boiadi. Bu y o i 
jamoadagi psixologik iqlimga moslashishi maqsadida ichki ruhiy ziddiyatlarga, 
murakkab kechinmalarga, unsiz tug‘yonga qarshi qo‘yilgan qadam hisoblanadi. 
Shuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi yoki uning mustahkam 
ichki rishtalarini yemiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir. Jamoaga 
bo‘ysunish har bir a’zoning burchidir.
Ayrim hollarda ko‘pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, 
adolatlilik singari hislar shaxsiy nuqtai nazar bo‘shashib qoladi, natijada unda 
ikkilanish tuyg‘usi paydo boiadi. Yoshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota- 
onasiga, buva-buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, turmush o‘rtog‘iga, 
farzandlariga oqilona munosabatda, oila a ’zolarining har biri bilan to‘g‘ri 
muloqotda boiishi, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilishi shart. Oiladagi 
shaxslararo munosabatning koiam i kengligi sababli bir nechta bosqichli 
muloqotga asoslanish kerak. Lekin oila tinchligi, totuvligi va ahilligiga halal 
bermaslik niyatida yosh yigit va qizlar (kelinlar) vijdon amriga qarshi xatti- 
harakat qilishga ham majbur boiadilar, o‘z maslaklari, fikrlari, shaxsiy 
qarashlariga xilof y o i tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila a’zosi bilan umumiy 
“til” topishga intiladilar. Shunga ko‘ra oila muhiti ham yigit va qizlaming ruhiyati 
hamda ma’naviyatini o ‘zgartiradigan omil vazifasini o‘taydi.
Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar 
davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, 
qarashlari, 
yoshi 
va 
xulqi 
bir-biriga 
mos 
tengdoshlardan 
iboratdir. 
Ko‘ngi!chanlik, do‘stlar ra’yiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar xarakterida 
o‘zgarishlar yuzaga keladi. Yuksak hislar, barqaror e’tiqod, ilmiy dunyoqarash, 
ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg‘ulari poymol boiadi, 
ya’ni “Do‘sting uchun zahar yut” qabilida ish tutiladi. Natijada mas’uliyatsizlik, 
yuzakilik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa 
boshlaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlami 
ishbilarmonlikni, amaliy ko‘nikmalami egallash imkoniyati ham boiadi. Shu 
boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtai nazaridan yondashmay, uning mazkur 
imkoniyatlaridan foydalanishga ham harakat qilish ayni muddaodir.
Yoshlik davri insonning kuch-quwatga, orzu-havasga, ijodiy reialarga, 
izlash va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqdiri, m o i-
229


koMchiligi, farovonligi, qudrati, madaniyati - yoshlarga bog‘liq, shuning uchun 
ulaming istiqbol rejalari, yaratgan loyihalari, shakllanayotgan ma’naviy va ruhiy 
olami hech kimni befarq qoldirmasligi kerak.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin