grekcha so‘z bo‘lib
- keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir.
Geriatriya so‘zi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyusiya
tushunchasi evolyusiyaning teskarisi boMib, o'sishdan orqaga qaytishni
ifodalaydi. Gerogigiena - keksaygan odamning salomatligini saqlash va
mustahkamlash
sohasidir.
Gerogigiena
keksa
odamlarda
asab,
ruhiy
kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil yoshdagi
odamlarda ruhiy jarayonlaming turlicha (har xil vaqt va muddatda) namoyon
bo‘lishidir.
Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion
omillari qatoriga
I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlami kiritadi.
D.Bromley insonni qarish sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi: 1)
“ishdan, xizmatdan uzoqlashish” (iste’fo)
- 66-70 yosh: 2) keksalik (70 va
undan katta yosh), 3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va o‘lim) - maksimum
110 yosh. Shu bilan birga (keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular
qatoriga quyidagilami kiritish mumkin: 1) geteroxronlik (har xil vaqtlilik) qonuni;
2) o‘ziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni.
I.V.Davidovskiy “Keksayish nima?” nomli asarida ta’kidlaganidek, inson
50-60 yoshga to‘lganda yoki undan oshgan chog‘ida yetuklikning kechikkan
davriga kirib keladi. Shu yoshdagi odamlaming o‘limini
XVIII asrdagi
tengdoshlari bilan taqqoslansa, ulaming yashash va mehnat qilish imkoniyati 75
yoshgacha uzayishi mumkin. Chunki hozirgi kunda nafaqani belgilash haqiqiy
biologik qarish yoshidan 15-20 yil ilgarilab ketgan. Bu hoi aqliy mehnat bilan
shug‘ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning
fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozg‘in, faol, harakatchan odamlar bo‘lib,
havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka
quritar kasalliklardan holi boMadilar.
Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928 yilda umr o‘tishi bilan ko*ruv apparati
markaziy emologiyasining xiralashuvini aytgan edi. Keyinchalik, 1967 yilda
amerikalik psixolog Gregori bu fikmi tajribadan o‘tkazdi
va inson keksayishi
bilan retseptor apparatining optik fimksiyasi zaiflashadi, ko‘ruv sezgisi va
idrokini xiralashtiradi, dedi. Ko‘zning rangni sezishi yoki ulg‘ayishi bilan
o‘zgarib boradi, hatto, rangni ajratish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining yoyilishi Ibn Sino
tomonidan
tushuntirib berilgan, fan olamida esa bu kashfiyot Gelmgolsga qiyos
beriladi. Ko‘rishning pasayishi geteroxron xususiyat kasb etib, spektming qisqa
va to‘kis qismida (ko‘k va qizil rangda) aniqroq aks etadi.
Psixogerontologik nuqtai
nazardan sezish vaqtini tadqiq qilgan
Ye.N.Sokolov, Ye.I.Boyko, A.R.Luriyalar sezish vaqti yosh davrining
informatsion stimul funksiyasidan boshqa narsa emas deya xulosa chiqaradilar.
Ular sezish vaqtining egri chiziqli ko‘rsatkichlarini
sxema tarzida ishlab chiqib,
keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil qildilar. Xuddi shunga
o‘xshash ma’lumotlar D.Birron, D.Botvinnik tajribalarida ham olingan.
235
Psixogerontologiyada
keksa
erkak
va
ayollaming
psixologik
xususiyatlarini o‘rganishda ko‘proq test (sinov) dan foydalaniladi. Testlar o ‘z
maqsadi, mohiyati hamda tizmiga binoan bir nechta ko‘rinishga ega: 1) maqsadga
yo‘naltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar - imtihon — sinov
varaqasi; 2) insonning aql-zakovatini o ‘lchasnga moslashtirilgan aql testlari; 3)
inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo‘ljallangan testlar; 4) inson
iste’dodi, iqtidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga qaratilgan testlar.
Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o‘rganish testlar yordamida
amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-quw at sarflash, aqliy zo‘riqish,
asabiy tanglik holatlarini kamaytirish
uchun xizmat qiladi, tajribada vaqtdan
tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga testlar kishilarda (rang-
barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug‘ulianish his-tuyg‘usini uyg‘otadi.
Testlar bilan ishlashda vaqt cheklanganligi sababli ayrim nuqsonlarga yo*l
qo‘yiladi, lekin ulami aynan o‘sha sinaluvchilarda muayyan vaqt o‘tgandan keyin
takror
0
‘tkazilsa, kamchiliklar barham topishi mumkin. Keksalar psixologiyasini
tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng
foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: