Tasdiqlayman” Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani



Yüklə 25,28 Kb.
səhifə1/2
tarix19.10.2023
ölçüsü25,28 Kb.
#157015
  1   2
YILLIK ISH REJA (NAMUNA) (2)








TASDIQLAYMAN”
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani
___________M.T.Hamdamova
_____” ______________2023-yil








NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI TYUTORI BALTAYEVA SHAHNOZA RUSTAMOVNANING
2023/2024-O‘QUV YILI UCHUN YILLIK ISH REJASI






Tadbirlar nomi

Bajarish muddati


Birinchi kurs talabalarini mavjud shart-sharoitga koʻniktirish, moslashtirish jarayonini samarali tashkil etish boʻyicha:
— “Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish (darsdan tashqari vaqtlarda) va bunda quyi kurs talabalarining faol ishtirokini taʼminlash;
— talabalarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish;
— talabalarga ijtimoiy-maʼnaviy va psixologik yordam koʻrsatgan holda oʻzini yanada yaxshiroq anglash, oʻqish va hayotda toʻgʻri qaror qabul qilish, tanlagan kasbiga muhabbatni oshirish;
— “Odob axloq qoidalari” ning mazmun mohiyati bilan barcha kurs talabalarini tanishtirish va OTMning taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi qonun -qoidalariga rioya qilish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
— talaba tomonidan odob-axloq qoidalari va boshqa qoidalar buzilganda unga nisbatan chora koʻrish toʻgʻrisida taʼlim muassasasi va fakultet rahbariyatiga taklif kiritish;
talabaning axloqiy, maʼnaviy-maʼrifiy xususiyatlarini va u haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni yorituvchi yigʻma jild hamda “Axborot va murabbiylik soati” darsi va ish rejasidagi turli xil tadbirlarni qayd qilish jurnalini elektron tutish va yuritib borish.

2023/2024-o‘quv yili davomida


OTM talabalarining maʼlumotlar bazasini yaratish:
— (TTJ da, ijarada, yaqin qarindoshinikida va shaxsiy xonadonda) yashovchi talabalarning umumiy elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish ;
— talabalar yashash joylarini hududlar (qizil, sariq, yashil) kesimida oʻrganish;
— talabalar turar joylarida, ijarada va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlarni oʻrganib borish va mutasaddilarga taklif kiritish;
— xususiy xonadonda va ijarada yashovchi talabalar bilan amalga oshiriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tabdirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • xususiy xonadon va ijaradagi talabalarning mashgʻulotlarga tayyorgarligi, dam olish sharoitlarini oʻrganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;

  • xususiy xonadonda va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilish maqsadida mahalla oqsoqoli, tyutor va talaba oʻrtasida oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyish;

- bu boradagi ishlarni tashkil etishda mahalla fuqarolar yigʻinlari, uchastka-profilaktika nozirlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

2023/2024-o‘quv yili davomida


Teatr – tarbiya maskani”, “Vatan boʻylab sayohat” mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, yoshlar orasida keng targʻib etish, shuningdek, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini mustahkamlash maqsadida “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (muqaddas qadamjolarga) “Oʻzbekiston jannatmakon diyor”, “Yangi Oʻzbekiston yoshlar nigohida”, “Bunyodkorlik yoʻlida” mavzularida professor-oʻqituvchilar va talablarning madaniyat maskanlari (teatr, muzey, tasviriy va ijodiy koʻrgazmalar h.k.) va muqaddas tarixiy qadamjolarga tashriflarini uyushtirish.

2023/2024-o‘quv yili davomida


Taʼlim jarayonida talabalarning darslari, davomati va dars sifatining monitoringini olib borishi boʻyicha:
— oʻquv-tarbiyaviy sohalardagi muammolarini bartaraf etish boʻyicha fakultet dekanati bilan hamkorlikda ishlash;
- talabaga tavsifnoma va akademik taʼtil berish masalasini hal etishda ishtirok etish, talaba haqidagi fakultetda mavjud maʼlumotlardan toʻla foydalanish;
— talabaning darslariga qatnashishi, oʻzlashtirish va ijtimoiy hayotidagi roliga oid takliflarni fakultet dekanatiga kiritish, talabaning ragʻbatlantirilishi yoki jazolanishi va maxsus stipendiyalarga loyiqligi boʻyicha xulosa berish;
— oʻzlashtirish koʻrsatgichi past hamda tarbiyasi ogʻir talabalar bilan tizimli ishlarni olib borish;
— talabalarning psixologik va oʻziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan shaxslarni oʻqitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga eʼtibor qaratish;
— Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, Kasaba uyushmasi va Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi bilan birgalikda talaba bilimini odilona baholashni nazorat qilish;
— taʼlim muassasasidagi taʼlim-tarbiya sifatini oʻrganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
— talabalarning darslarga qatnashishlari boʻyicha kunlik davomatini yuritib borish, ular tomonidan sababsiz qoldirilgan dars mashgʻulotlari yuzasidan tegishli choralar koʻrish boʻyicha fakultet dekanatiga bildirgi kiritib borish;
— talabalarning darslarni oʻzlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion taʼlim texnologiyalari va oʻquv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan taʼminlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga koʻmaklashish;
— talaba haqida fakultet dekanatiga tushayotgan maʼlumot asosida guruh sardori bilan birgalikda professor-oʻqituvchilar bilan suhbatlashish, oʻzlashtirishi past talabaga yordamlashib, oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan talabani unga biriktirish, qoʻshimcha darslar va maslahatlar tashkil etish, fanlar boʻyicha akademik qarzdorliklarni belgilangan muddatda topshirishini nazorat qilish.

2023/2024-o‘quv yili davomida


Ilm-fan, innovatsiya va tadqiqotlar sohasida talabalarni maqsadli yoʻnaltirish boʻyicha:
— isteʼdodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy toʻgaraklar, innovatsion startaplarga va klublarga jalb etish;
— isteʼdodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni respublika va xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlash, iqtidorli talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish;
— talabalarni turli ilmiy tadbirlar: konferensiyalar, seminarlar, respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalar va forumlarda ishtirok etishlarini uyushtirish;
— talabalarning xalqaro grantlar va loyihalarda qatnashishlariga koʻmak berish va ragʻbatlantirish, ilm-fan hamda tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgan talabalarni taʼlim muassasasi rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan ragʻbatlantirilishini tashkil etish;
— talabalarga ilmiy maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop etishda yordam koʻrsatish, ularni kelgusida ilmiy faoliyat olib borishlariga yaqindan yordam berish
— isteʼdodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni respublika va xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlash, iqtidorli talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish;

2023/2024-o‘quv yili davomida


Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayramini munosib nishonlash maqsadida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida mustaqillik darslarida talaba-yoshlar ishtirokini taʼminlash hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishida ishtirok etish.

2023/2024-o‘quv yili davomida


Talabalarning toʻgarak va klublarga aʼzoligini maksimal darajada taʼminlash va ularning ushbu toʻgaraklar faoliyatidagi ishtiroki monitoringini yuritish boʻyicha :
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha taqdim etilgan 5 ta muhim tashabbus boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koʻtarilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta tashabbus yuzasidan dastur”da rejalashtirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etib borish (“Talabalar teatr studiyasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Havaskorlik ansambli”, “Yagonasan, muqaddas Vatan!”, ”Zakovat” intellektual oʻyinlari va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va boshqa shu kabi barcha tadbirlar mazkur band asosida ijro etiladi).
— talabalarni darsdan boʻsh vaqtlarda besh muhim tashabbus doirasidagi klub, toʻgarak va tanlovlarga va innovatsion startaplarga jalb qilish, ularning taʼlim muassasasi hayotidagi ijtimoiy­ siyosiy va madaniy tadbirlardagi ishtirokini taʼminlash;

2022/2023-o‘quv yili davomida


Pedagogik anʼana va qadriyatlarning uzviyligini taʼminlash, “Ustoz-shogird”, “Eng yaxshi talaba”, “Eng namunali Talabalar turar joyi”, “ Eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda talabalar ishtirokini ta’minlash;

2023/2024-o‘quv yili davomida


Talabalarning ota-onalarini talabalar hayoti va taʼlim-tarbiya jarayonidagi mavjud muammolari bilan tanishtirish, mazkur muammolarni oʻrganish, aniqlash va oʻzaro hamkorlik asosida mazkur muammolarni hal qilishga erishish, shuningdek ota-onalar va ustoz-murabbiylar oʻrtasida doimiy hamkorlikni taʼminlash maqsadida barcha akademik guruhlarda “Ota-onalar bilan muloqot” tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etish.

2023/2024-o‘quv yili davomida


Tarbiyaviy ishlarda ota-onalar, ustoz-murabbiylar, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan aloqalarini kuchaytirish va oʻzaro axborot almashinuvi tizimli yoʻlga qoʻyish.
— talabalar va yosh kadrlar ishtirokida “Oila – muqaddas dargoh” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy (uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa) tadbirlarni tashkil etish.

2023/2024-o‘quv yili davomida


Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida seminar va davra suhbatlari oʻtkazish

2023/2024-o‘quv yili davomida


Bir talabaga 10 kitob” loyihasi, “Men sevgan kitob” mavzusida taxlil qilamiz, fikr almashamiz mavzusida kitobxonlik tadbirlarini o’tkazish. “Yosh kitobxon”, shoir va shoira talabalarimiz tomonidan yozilgan she’rlar, eng yaxshi audio mutolaalarini OTM radiokanalida oʻqib borilishini tashkil etish, turli roliklar, bosma targʻibot ishlarini amalga oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashabbusning keng tashviqotini olib borish. (5 muhim tashabbus boʻyicha reja asosida).

2023/2024-o‘quv yili davomida


Ichki ijtimoiy tarmoqlar orqali talabalar tomonidan oʻz fikrlarini, taklif va istaklarini berishlari uchun maxsus sahifalar ochish va soʻrovnomalar oʻtkazishni tashkil etish.

2023/2024-o‘quv yili davomida


Oila, mahalla, taʼlim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishga doir tashkiliy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish boʻyicha :
— oila, mahalla, taʼlim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishga doir uslubiy asoslarni yaratish;
- muntazam ravishda talabalarning ota-onasi bilan davra suhbatlari,
uchrashuvlar tashkil etish hamda ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi oʻrni, majburiyati, masʼuliyati va farzandlar bilan oʻzaro munosabatlarini mustahkamlashga koʻmaklashish, ularning taʼlim tizimidagi islohotlar haqida maʼlumotga ega boʻlishlarini taʼminlash;
— talabalar bilan bogʻliq favqulodda muammoli vaziyatlar yuzasidan zudlik bilan fakultet dekaniga axborot berish;
— talabalar oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizmning oldini olish boʻyicha soha mutaxassislari ishtirokida muntazam tushuntirish ishlarini olib borish;
— qonunchilik talablaridan kelib chiqib taʼlim muassasasiga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼlim muassasasi rahbariyatiga takliflar kiritish;

2023/2024-o‘quv yili davomida


OTMda tahsil olayotgan chin yetimlar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironlar, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalar farzandlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish :
— moddiy yordamga muhtoj talabalarni aniqlash, ularni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fakultet dekaniga taklif kiritish;
— shuningdek, ularning ijtimoiy muhofazasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
— nogironligi boʻlgan, yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va kam taʼminlangan talabalarga alohida gʻamxoʻrlik qilish, ularga tegishli tartibda ijtimoiy, maʼnaviy va psixologik yordam berish choralarini koʻrish;
— kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda turli koʻngilochar joylarga hamda konsertlarga, teatr tomoshalariga tashrifini taʼminlash

2023/2024-o‘quv yili davomida



Yüklə 25,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin