10
o'zgaradi,lekin nisbiy doi-miyligi bilan ajralib turadi.
Mo'tadil sharoitda,odam tinch tiirganda hamma qon ikki qismga ajraladi.Bir
qismi tana bo'ylab aylanib turadigan qon bo'lib,umumiy hajrnining 40-45% ni
tashkil etadi. Uni
aylanib turuvchi qon
deb ataladi.Qolgan qismi a'zolarda (depoda)
saq-lanadi, uni
zaxiraviy qon
deb ataladi.
Zaxiraviy qon taloq kapilyarlarida,jigarda va teri osti kle-tchatkalarida zaxira
bo'lib, deyarli aylanishdagi qonga qo'shil-maydi.
Tana haroratining ko'tarilishi,mushak ishi,bug'ilish, zaharli gaz bilan nafas
olganda, kuchli hayajonlanganda (emotsiyada), buyrak usti bezining po'stloq qavati
gormoni -adrenalin yuboril-ganda, zaxiraviy qon hisobidan aylanishdagi qon miqdori
oshadi.
Hisoblarga qaraganda taloqda 16%, jigarda 26 % va teri-da 10% umumiy
qonning miqdori zaxira holda saqlanadi. Zaxira-viy qonda,mexanik sabablarga ko'ra va
suvning shirnilishi natija-sida aylanishdagi nisbatan ko'p miqdor shaklli elementlar
saq-lanadi.Eritrotsitlarning miqdori taloqdagi qonda aylanishdagi qondagiga
nisbatan 3:2 miqdor nisbatida bo'ladi. Shu tufayli za-xiraviy qon,umumiy qon
ayianish oqimiga o'tganda eritrotsit va gemoglobin miqdori (absolut) oshadi.
Organizmga suyuqlikning kirishi bilan qisqa muddat ichi-da umumiy qon
miqdori oshadi,chunki ichak yo'llaridan so'ril-gan suv qonga o'tadi.Organizmda suv
yo'qotilishi yoki qon yo'-qotish natijasida qonning miqdori vaqtincha kamayadi.
Aylanish-dagi qonning tez suratda yuqotilishi shaklli ele-mentlarning yo'-
qotilishiga nisbatan xavfli hisoblanadi,chunki bunday tezlik bi-lan yo'qotilgan qon
umumiy qon bosimiga ham ta'sir etadi.
Sekin hatto ko'p yo'qotilgan qon tez va kam yuqotilgan qon-ga nisbatan unchalik
xavfli emas.Sekin yo'qotilgan hamma eri-trotsitlar 3/4 nisbati yo'qotilganda ham o'lim
xavfi tug'ilmaydi. Arteriya qon tomirlaridan tez yo'qotilgan umumiy qonning
1/3 - 1/2 nisbati o'limga olib keladi.Qonning solishtirma og'ir-ligi suvnikiga nisbatan
bir oz kattaroq -1,050-1,060 ga teng. Qon zardobining solishtirma og'irligi 1,025-
1,034, shaklli element-larining solishtirma og'irligi 1,090 ga teng.
Qonning solishtirma og'irligi asosan eritrotsitlarga yoki ge-moglobinga va
qisman qon tarkibidagi suyuqlikka bog'liq. Masalan, organizm suv yo'qotganda, ter
ajralganda qonning solishtirma og'irligi oshadi, qon yo'qotganda esa solishtirma
og'irligi tushadi.
Dostları ilə paylaş: