E nuritdinov odam fiziologiyasi


qon zardobi (plazmasi) va shaklli ele-mentlar



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

qon zardobi (plazmasi) va shaklli ele-mentlar: 
eritrotsitlar, leykotsitlar va 
trombotsitlar. 
Odamda qonning miqdori tana og’irligining o’rtacha 7 %
 
ni (5-9% gacha 
o'zgarib turadi) tashkil qiladi.Qonning miqdori va uning tarkibi to'xtovsiz doimiy 


10 
o'zgaradi,lekin nisbiy doi-miyligi bilan ajralib turadi. 
Mo'tadil sharoitda,odam tinch tiirganda hamma qon ikki qismga ajraladi.Bir 
qismi tana bo'ylab aylanib turadigan qon bo'lib,umumiy hajrnining 40-45% ni 
tashkil etadi. Uni 
aylanib turuvchi qon 
deb ataladi.Qolgan qismi a'zolarda (depoda) 
saq-lanadi, uni 
zaxiraviy qon 
deb ataladi. 
Zaxiraviy qon taloq kapilyarlarida,jigarda va teri osti kle-tchatkalarida zaxira 
bo'lib, deyarli aylanishdagi qonga qo'shil-maydi. 
Tana haroratining ko'tarilishi,mushak ishi,bug'ilish, zaharli gaz bilan nafas 
olganda, kuchli hayajonlanganda (emotsiyada), buyrak usti bezining po'stloq qavati 
gormoni -adrenalin yuboril-ganda, zaxiraviy qon hisobidan aylanishdagi qon miqdori 
oshadi. 
Hisoblarga qaraganda taloqda 16%, jigarda 26 % va teri-da 10% umumiy 
qonning miqdori zaxira holda saqlanadi. Zaxira-viy qonda,mexanik sabablarga ko'ra va 
suvning shirnilishi natija-sida aylanishdagi nisbatan ko'p miqdor shaklli elementlar 
saq-lanadi.Eritrotsitlarning miqdori taloqdagi qonda aylanishdagi qondagiga 
nisbatan 3:2 miqdor nisbatida bo'ladi. Shu tufayli za-xiraviy qon,umumiy qon 
ayianish oqimiga o'tganda eritrotsit va gemoglobin miqdori (absolut) oshadi. 
Organizmga suyuqlikning kirishi bilan qisqa muddat ichi-da umumiy qon 
miqdori oshadi,chunki ichak yo'llaridan so'ril-gan suv qonga o'tadi.Organizmda suv 
yo'qotilishi yoki qon yo'-qotish natijasida qonning miqdori vaqtincha kamayadi. 
Aylanish-dagi qonning tez suratda yuqotilishi shaklli ele-mentlarning yo'-
qotilishiga nisbatan xavfli hisoblanadi,chunki bunday tezlik bi-lan yo'qotilgan qon 
umumiy qon bosimiga ham ta'sir etadi. 
Sekin hatto ko'p yo'qotilgan qon tez va kam yuqotilgan qon-ga nisbatan unchalik 
xavfli emas.Sekin yo'qotilgan hamma eri-trotsitlar 3/4 nisbati yo'qotilganda ham o'lim 
xavfi tug'ilmaydi. Arteriya qon tomirlaridan tez yo'qotilgan umumiy qonning
1/3 - 1/2 nisbati o'limga olib keladi.Qonning solishtirma og'ir-ligi suvnikiga nisbatan 
bir oz kattaroq -1,050-1,060 ga teng. Qon zardobining solishtirma og'irligi 1,025-
1,034, shaklli element-larining solishtirma og'irligi 1,090 ga teng. 
Qonning solishtirma og'irligi asosan eritrotsitlarga yoki ge-moglobinga va 
qisman qon tarkibidagi suyuqlikka bog'liq. Masalan, organizm suv yo'qotganda, ter 
ajralganda qonning solishtirma og'irligi oshadi, qon yo'qotganda esa solishtirma 
og'irligi tushadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin