E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
Qonning yopishqoqligi
Suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan,qonning yopishqoqligi esa 5,0 ga 
teng.Qonning yopishqoqligi suvnikiga nisbatan yuqori bo'lishi tarkibidagi oqsil 
moddalar va shaklli elementlar,ayniqsa,eritrotsitlar miqdoriga bog'liq.Terlash, qu-
sish va ich ketish natijasida odam organizmi ko'p suv yo'qotsa, qon 
quyuqlashadi,ya'ni qon zardobining miqdori kamayib, shaklli elementlarining 
miqdori ko'payadi.Bu esa qonning yopishqoqligi ortishiga sabab bo'ladi. 
Venoz qonda eritrotsitlarning shishishi kuzatilganda yopishqoqlik arterial 
qondagiga nisbatan yuqori bo'ladi.Davom-li o'rtacha og'ir ishda yopishqoqlik 
pasayadi, o'ta og'ir jismoniy mashqlar vaqtida esa ko'tariladi.
Qonning osmotik bosimi


11 
Qonning nisbiy osmotik bosimining doimiy bo'lishi katta biologik ahamiyatga 
ega,chunki to'qimalarda doimimy osmotik bosim saqlanishi uning hayotiy faoliyati 
uchun zarurdir. Os-motik bosimninng to'qimada favqulodda tez o'zgarishi uning 
faoliyati keskin buzilishiga,hatto o'limga sabab bo'ladi.Bundan tashqari,osmotik 
bosimning nisbiy doimiyligi qonda eritrotsit-larning butunligini saqlaydi. 
Mo'tadil sharoitda odam va sut emizuvchi hayvonlar eri-trotsitlarida,qon 
plazmasida,hujayra,to'qimalarida va a'zolarida osmotik bosim 7,6 atmosferaga 
teng.Uning doimiyligini saq-lashda osh tuzi - xlorid natriy (NaCL) bosh o'rinni 
egallaydi. Osmotik bosimning o'lchami uning turg'unligiga asoslangan usul bilan 
yoki qonning muzlash nuqtasi ,-0° dan pasayishi bilan aniqlanadi. 
Turg'unlik ko'rsatkichi grek alifbosidagi Д (delta) bilan if-odalanadi.Odam 
qonida Д 0,56° (0,56-0,58),shunday qilib,qon-ning plazmasida molekular 
konsentratsiya 0,3 gr.mol/ litrga teng
 
 
Gemoliz hodisasi
Gemoliz eritrotsitlaraing yorilishi.Ulaming gemoliz sodir bo'lishiga qarshi 
ta'sir ko'rsatish qobiliyati uning barqarorligi-rezistentligi bilan belgilanadi. 
Eritrotsitlar 
qobig'i 
ko'pgina 
neytral 
tuzlar 
eritmalarini 
o'zidan 
o'tkazmaydi.Shu tufayli 
izotonik 
eritmalarni osh tuzi va eriydigan boshqa 
tuzlardan,glukozadan va qamish shakaridan ham tayyorlansa bo'ladi.Ushbu 
eritmalarda eritrotsitlar buzil-maydi. 
Gipotonik 
eritmalarda plazmaga nisbatan bosim past bo'lganligi tufayli, suv 
entrotsitlarning ichiga kiradi, natijada ular shishadi.Eritma past konsentratsiyada 
(NaCI eritmasi 0,44 % dan past) bo'lganida, shishgan eritrotsitlar yoriladi.To'liq 
gemoliz sodir bo'lganda gemoglobin eritmasi qizil lak rangini hosil qiladi. 
Gipertonik 
eritmalarda osmotik bosim plazmaga nisbatan biroz baland 
bo'lganligi uchun suv eritrotsit ichidan chiqadi, natijada eritrotsitlar burishib
tarkibiy qismi eritmaga chiqadi. 
Shunday 
qilib, 
gipotontk 
va 
gipertonik 
eritmalarda 
eritro-tsitlar 
yoriladi,natijada,gemoglobin eritmaga chiqadi,ya'ni osmo-tik gemoliz hodisasi sodir
bo'ladi. 
Turli hayvonlarda entrotsitlarning osmotik rezistentligi turlicha.Eritrotsitning 
yog'simon qobig'ini erituvchi har qanday modda-xloroform, efir, spirt, sut kislota va 
boshqalar gemolizni keltirib chiqarishi mumkin.Gemolizni keltirib chiqaradigan o'-
simlik va hayvon mahsulotlaridan olingan moddalar - 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin