32
Yurak devori uch qavatdan: ichki-endokard, o'rta-mushak, ya'ni
miokard va tashqi
epikarddan iborat. Tashqi pardasi-perikard ikki qavat bo'lib, ichki qavati yurak
mushagiga yopishib turadi, tashqi qavati esa xalta sifatida yurakni o'rab turadi. Ikkala
qavat o'rtasidagi bo'shliq va suyuqlik bo'lib, yurakning
qisqarish va kengayish
harakatlariga qulaylik tug'diradi (17-rasm).
Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya qon
tomirlariga o'tkazishdan iborat. Yurakning bu ishi uning bo'lmacha va qorinchalari
devoridagi mushaklarning ritmik ravishda qisqarishi (sistolasi)
va kengayishi
(diastolasi) orqali amalga oshadi. Yurakning bo'lmacha va qorinchalarinmg bir marta
qisqarib-bo'shashishi yurakning bir ish sikli (davri) deyiladi. Ularning har bir ish
sikliga 0,8 soniya sarflanadi.
Jumladan, bo'lmachalarning qisqarishiga * 0,1 soniya,
kengayishiga 0,7 soniya, qorinchalarning qisqarishiga 0,3 soniya, kengayishiga 0,5
soniya sarflanadi. Qorinchalar diastolasimng oxirida, uning tamom bo'lishiga 0,1
soniya qolganda (kompensator pauza) bo'lmalarning yangi sistolasi ro'y
beradi va
yurakning ish sikli yangidan boshlanadi.
Bo'lmalar va qorinchalar qisqarishining o'zaro bog'liqligi va izchilHgi qo'zg'alish
yurakning qayerida paydo bo'lishiga va qanday tarqalishiga bog liq.
Dostları ilə paylaş: