34
yurak avtomatiyasi deyiladi. Odam tanasidagi boshqa a'zolarning
birortasi bunday
xususiyatga..ega emas.
Yurakda. avtomatiyaning gradiyerit qonuni rnavjud. Odam yuragida sinoatrial tugun
ritm yetakchisi rolini o'ynaydi. Bu tugun bir daqiqada 70 ga yaqin impulsni vujudga
keltira oladi. Qo'zg'alish sinoatrial tugunga yetib kelib, shularda bir oz vaqt (0.02-
0.04 s) to'xtalib qoladi. Qo'zg'alish atrioventrikular tugundan yurakning o'tkazuvchi
tizimi bo'ylab yuqori tezlikda (2 m/s) tarqaladi, shuning uchun ham qorinchalarning
hamma qismi deyarli bir vaqtda qo'zg'alib, qisqaradi.
Yurakning avtomatik ravishda qisqarishi faqat sinoatrial tugun faoliyatigagina bog'liq
emas. Uning o'tka/uvchi tizimiriing boshqa qismlari ham o'z-o'zidan impuls vujudga
keltirish imkoniyatiga ega. Ammo, o'tkazuvchi tizimning qaysi bir qismi sinoatrial
tugundan qancha uzoq bo'lsa, unda hosil bo'lgan impulslarning
soni shuncha kam
bo'ladi. Atriovehtrikular tugun bir daqiqada 40-60 impuls vujudga keltira olsa, Giss
tutami 30-40 impuls paydo qiladi. Purkinc tolalari esa faqat 20 impuls hosil qilishi
mumkin.
Yurakning ish faoliyati organizmning massasi va metabolizm darajasiga bog'liq. Kam
harakatlanuvchi hayvonlarda boshqalarga qaraganda
yurakning qisqarish tezligi
kamroq bo'ladi. Masalan: yurak qisqarishi kichik qushlarda ! daqiqada 200-300 ga
teng, uy hayvonlarida 150-300, siehqonda 300-500, quyonda- 200, mushukda -125,
itda-80, otda va filda 25-40.
Yurakning ishchi hujayralar membranasi qutblangan bo'lib, uning tashqi sathida
musbat ionlar va ichki sathida manfiy ionlar mavjud. Membrananing qutblarga
ajralishining sababi Na+ va K+ ionlarning assimetrik (tengsiz)
taqsimlanishi
hisoblanadi. K+ ionlarning diffuziyasi natijasida membrananing tashqi sathida
musbat zaryadlar miqdori oshadi, ammo uning ichki sathida manfiy zaryadlar paydo
bo'laveradi. Tinch holatda issiq qonli hayvonlar miokardida potensiallarning tafovuti
60-80 mV ni tashkil etadi. Qo'zg'algan paytda esa Na* ionlari hujayra ichiga kira
boshlaydi, ammo membrananing tashqi sathida manfiy
elektrik zaryadlar paydo
bo'ladi va potensialning farqi boshlanadi. Bu holda ta'sir potensialining amplitudasi
100 mV ga yetadi.
Ishlayotgan yurakning sistola siklida elektrik tok bilan ta'sir qilsak, uning quvvatiga
qaramay yurak javobsiz qoladi. Bu davr mUtlaq refrakterlik davri deyiladi.
Refrakterlik davri sistolaning davomiyligiga bog'liq, qanchaki sistola davri cho'zilsa,
refrakterlik davri ham shuncha cho'ziladi. Kengayishning boshidanoq yurak
qo'zg'aluvchanligi tiklanaveradi va nisbiy refrakterlik davri yuzaga chiqadi. Shu
vaqtning o'zida tok jarayoni tezroq va kuchli ta'sir etaversa,
yurakning navbatdan
tashqari qisqarishi boshlanadi. Bu ekstrasistola deb ataladi. Buning natijasida
ekstrasistoladan keyingi davr (pauza) odatdagidan ham davomliroq bo'ladi, bu
kompensator pauza deyiladi. (20-rasm.)
Dostları ilə paylaş: