33
Yurakning mushak tolalari tuzilishi va vazifasiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1.
bo'lmalar va qorinchalarning ishchi tolalari, ular yurak mushakning asosiy massasini
tashkil qilib, yurakning qon haydash faoliyatini amalga oshiradi; 2. qo'zg'alish
jarayonini o'tkazishda ritm yetakchisi vazifasini va o'tkazish tizimini tashkil qiluvchi
atipik tolalar. Bu tolalar qo'zg'alishni ro'yobga chiqaradi
va uni miokardning ishchi
tplalariga yetkazadi.
Yurak mushagi (miokard) qo'zg'aluvchanlik, o'tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik,
avtomatiya xossalariga ega.
Miokardning skelet mushaklaridan farqi shuki, u funksioanl birlik (sinsitiyadan)
iborat. Qo'zg'alish miokardning qaysi
bir nuqtasida vujudga kelmasin, butun
miokardga tarqalib, tolalarni hammasini qo'zg'atadi.
Buning sababi shundaki,
miokardning
ishchi
tolalari
oraliq
disklar-neksuslar
yordamida
o'zaro
bog'langan.tutam boshlanadi, bu tutam, atrioventrikulyar to'siqdan o'tib, o'ng
qorincha bilan chap qorincha o'rtasidagi to'siq orqali qorinchalarga tushadi. Bu tugun
Giss tuguni (5) deb ataladi. Giss tuguni atrioventrikulyar to'siq orqali o'tar ekan, ikki
tarmoqqa bo'linadi, bin o'ng qorinchaga, ikkinchisi chap qorinchaga boradi. Shuning
uchun ham bu tarmoqlar Giss tugunining o'ng va chap tarmoqlari yoki oyoqlari deb
ataladi (6).
Yurak ritmini boshqaruvchi tugun sinoatrial tugunidir (3).
U yurak qisqarishini
vujudga keltiruvchi va yurak ritmining birlamchi (bosh) peysmekeri hisoblanadi,
ya'ni qo'zg'alish birinchi marta sinoatrial tugunda paydo bo'iadi. Undan qo'zg'alish
jarayoni o'ng va chap bo'lmalarning mushak tolalariga o'tadi. Qo'zg'alish bo'lmalar
mushaklari bo'ylab tarqalib, yurakning o'tkazuvchi tizimidan bir qismi bo'lgan
atrioventrikular tuguniga boradi. Yurakning o'tkazuvchi tizimi qo'zg'alishni
bo'lmalardan qorinchalar miokardiga o'tkazish vazifasini o'taydi.
Qo'zg'alish Keyt-flek tugunidan tarqalib, Ashoff-Tovar yoki atrioventrikular tugunga
o'tadi va so'ngra Giss tutamining o'ng va chap oyoqchalari orqali yurakning o'ng va
chap qorinchalariga o'tadi. Atrioventrikular tugun
yurak ritmining ikkiiamchi
peysmekeri hisoblanJi
O'tkazuvchi tizimning oxirgi tarmoqlari Purkine tolalarining to'ridan iborat. Bu
tolalar endokard ostida joylashgan bo'iadi. Purkine tolalari miokardning mushak
tolalari bilan anastomoza (birikish) hosil qiladi. Qo'zg'alish o'tkazuvchi tizimning
tarmoqlari bo'ylab yurak mushagming hammasiga yetib boradi va uning qisqarishiga
sabab bo'iadi.
Shunday qilib, yurakni qisqartiruvchi impuls sinoatrial tugunda paydo bo'lib, o'ng va
chap bo'lmalarning qisqaruvchi miokardi bo'ylab tarqalad* va atrioventrikular
tugunga beriladi. Impulslar bu tugundan Giss tutami bo'ylab o'ng
va chap
qorinchalarga o'tadi, ularning sistolasiga sabab bo'iadi. Impulslarning retrograd
(teskarisiga) o'tkazilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: