E nuritdinov odam fiziologiyasi


Yurakning sistolik va daqiqalik hajmi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Yurakning sistolik va daqiqalik hajmi 
Yurak qorinchalari har bir qisqarganida 60-70 ml qonni arteriya tomirlariga haydaydi. 
Bunga yurakning sistolik hajmi deyiladi, Tinch turgan holatda katta odarnning yuragi 
bir daqiqada 70-72 marta qisqarib -kengayadi. Har bir qisqarganida undan haydalgan 
qon miqdori uning bir daqiqada qisqarib-kengayishi soniga ko'paytirilsa, yurakning 
daqiqalik hajmi kelib chiqadi. Masalan: bir marta qisqarganda o'rtacha 70 ml qon 
haydaisa, uni bir daqiqadagi qisqarib - kengayish soniga, ya'ni 70 ga ko'paytirilsa, 
yurakning daqiqalik hajmi kelib chiqadi. U 4,9 litrga teng bo'ladi. (70 ml x 70 marta 
= 4,9 l).Bir kechayu kunduzda yurak o'rtacha 100 ming marta qisqarib - kengayadi va 
10 tonna qonni arteriya tomirlariga haydaydi. 
Yuqorida aytib o'tganimizdek, yurak ritjnik ravishda uzluksiz ish bajaradi. Uning bir 
kecha - kunduzda bajargan ish massasi 64 kg yukni 300 m balandlikka ko'tarishga 
teng. Odamning o'rtacha umr ko'rishi 70 - 80 yil deb olinsa, shu davr ichida yurak 
aorta tomiriga chiqargan qon miqdori hisoblansa, u 5 km uzunlikdagi kanalni 
to'ldirib, unda paroxod yurishi mumkin bo'ladi. 
Jismoniy mehnat, sport mashqlari bajarganda yurakning qisqarib -kengayish soni 
mashg'ulotning sekin yoki tez bajarilishiga ko'ra bir? daqiqada 100 martadan 200 
martagacha ko'payishi mumkin. Demak, uning daqiqali hajmi ham, tinch holatdagiga 
nisbatan 1,5-3 marta ortishi mumkin. Jismoniy mehnatda chiniqqan sportchilarda 
mashq bajargan vaqtda yurakning sistolik hajmi 65 - 70 ml o'rniga 100-150 ml gacha 
ortadi va bir daqiqada yurakning qisqarib-kengayish soni 100-200 martaga yetadi, 
ya'ni ularda yurakning daqiqalik hajmi 15-30 1. gacha ortishi mumkin. Chang'i 
sportida 8 soat davomida 100 km masofani o'tgan sportchining yuragi 35 tonna qonni 
arteriya tomirlariga haydaydi. 
Yurakda qo'zg'alishning kеlib chiqishi 


33 
Yurakning mushak tolalari tuzilishi va vazifasiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1. 
bo'lmalar va qorinchalarning ishchi tolalari, ular yurak mushakning asosiy massasini 
tashkil qilib, yurakning qon haydash faoliyatini amalga oshiradi; 2. qo'zg'alish 
jarayonini o'tkazishda ritm yetakchisi vazifasini va o'tkazish tizimini tashkil qiluvchi 
atipik tolalar. Bu tolalar qo'zg'alishni ro'yobga chiqaradi va uni miokardning ishchi 
tplalariga yetkazadi. 
Yurak mushagi (miokard) qo'zg'aluvchanlik, o'tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik, 
avtomatiya xossalariga ega. 
Miokardning skelet mushaklaridan farqi shuki, u funksioanl birlik (sinsitiyadan) 
iborat. Qo'zg'alish miokardning qaysi bir nuqtasida vujudga kelmasin, butun 
miokardga tarqalib, tolalarni hammasini qo'zg'atadi. Buning sababi shundaki, 
miokardning 
ishchi 
tolalari 
oraliq 
disklar-neksuslar 
yordamida 
o'zaro 
bog'langan.tutam boshlanadi, bu tutam, atrioventrikulyar to'siqdan o'tib, o'ng 
qorincha bilan chap qorincha o'rtasidagi to'siq orqali qorinchalarga tushadi. Bu tugun 
Giss tuguni (5) deb ataladi. Giss tuguni atrioventrikulyar to'siq orqali o'tar ekan, ikki 
tarmoqqa bo'linadi, bin o'ng qorinchaga, ikkinchisi chap qorinchaga boradi. Shuning 
uchun ham bu tarmoqlar Giss tugunining o'ng va chap tarmoqlari yoki oyoqlari deb 
ataladi (6). 
Yurak ritmini boshqaruvchi tugun sinoatrial tugunidir (3). U yurak qisqarishini 
vujudga keltiruvchi va yurak ritmining birlamchi (bosh) peysmekeri hisoblanadi, 
ya'ni qo'zg'alish birinchi marta sinoatrial tugunda paydo bo'iadi. Undan qo'zg'alish 
jarayoni o'ng va chap bo'lmalarning mushak tolalariga o'tadi. Qo'zg'alish bo'lmalar 
mushaklari bo'ylab tarqalib, yurakning o'tkazuvchi tizimidan bir qismi bo'lgan 
atrioventrikular tuguniga boradi. Yurakning o'tkazuvchi tizimi qo'zg'alishni 
bo'lmalardan qorinchalar miokardiga o'tkazish vazifasini o'taydi. 
Qo'zg'alish Keyt-flek tugunidan tarqalib, Ashoff-Tovar yoki atrioventrikular tugunga 
o'tadi va so'ngra Giss tutamining o'ng va chap oyoqchalari orqali yurakning o'ng va 
chap qorinchalariga o'tadi. Atrioventrikular tugun yurak ritmining ikkiiamchi 
peysmekeri hisoblanJi 
O'tkazuvchi tizimning oxirgi tarmoqlari Purkine tolalarining to'ridan iborat. Bu 
tolalar endokard ostida joylashgan bo'iadi. Purkine tolalari miokardning mushak 
tolalari bilan anastomoza (birikish) hosil qiladi. Qo'zg'alish o'tkazuvchi tizimning 
tarmoqlari bo'ylab yurak mushagming hammasiga yetib boradi va uning qisqarishiga 
sabab bo'iadi. 
Shunday qilib, yurakni qisqartiruvchi impuls sinoatrial tugunda paydo bo'lib, o'ng va 
chap bo'lmalarning qisqaruvchi miokardi bo'ylab tarqalad* va atrioventrikular 
tugunga beriladi. Impulslar bu tugundan Giss tutami bo'ylab o'ng va chap 
qorinchalarga o'tadi, ularning sistolasiga sabab bo'iadi. Impulslarning retrograd 
(teskarisiga) o'tkazilishi mumkin emas. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin