E nuritdinov odam fiziologiyasi


Arteriyalarda qon harakati



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Arteriyalarda qon harakati 
Yurak qisqarganda qon chap bo'lmadan aortaning yoyiga faqat. haydalish fazasida 
chiqadi. Tinch holatda bo'lgan odamning qon harakati tezligi haydalish fazaning 
boshlarida 100 sm/soniyadan ko'proq bo'ladi. Yurakdan uzoqlashish bilan oqish 
tezligining o'zgarish amplitudasi astasekin kamayadi. Qpnning hajmi tezligi qon 
harakatining miqdori gavdaning turli a'zolarida turlicha bo'lib, shu a'zoda tomirlar 
to'ri qanchalik rivojlanganligiga va organizmning ishiga bog'liq. A'zolar 
ishlayotganda tomirlari kengayadi, ulardagi qarshilik kamayadi. Tomirlarning bunday 
mahalliy kengayishi qonning umumiy bosimini kam o'zgartirgani uchun, ishlayotgan 
a'zo tomirlaridagi qonning hajm tezligi ortadi. 
Aorta va yirik arteriyalar qon harakati yurak qisqarishiga qarab o'zgarib turadi. Qon 
oqishning o'rtacha chiziqlik tezligi aortada 40 sm/soniya yurakdan otilib chiqadigan 
qon miqdori oshganda qon oqishining chiziqlik tezligi 100 sm/soniyadan ham oshib 
ketishi mumkin. 
Qon oqishining o'rtacha tezligi tomirlarning ko'ndalang kesimiga teskari proporsional 
bo'lganidan bu tezlik periferik arteriyalarda ancha past, 20-30 sm/soniya, oxirgi 
arteriya va arteriolalarda juda kamayib ketadi (7-jadval). 
Kapillarlarda qon harakati 
Kapillarlarning hayotiy jarayonlardagi ahamiyati shuki, qon to'qimalar orasida modda 
almashinuvi kapillarlar devori orqali sodir bo'ladi. Kapillyarlardagi arteriya qonining 
tarkibidagi oziq moddalar - kislorod, gormonlar kabilar hujayralarga o'tadi. Ularda 
moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid 
vena kapillar qon tomirlariga o'tadi. Bular o'z navbatida bir-biriga qo'shilib, avval 
kichik, so'ng o'rta va yirik vena qon tomirlarini hosil qiladi. 
Har bir kapillarning bo'yi 0,3-0,7 mm, diametri taxminan 8 mk. Ular odam sochidan 
50 marta ingichka bo'ladi va oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi, ya'ni ularni faqat 
mikroskop ostida ko'rish, mumkin. Odam tanasida 40 milliard kapillar bor. Agar 
tanadagi hamma kapillarlar bir-biriga ulansa, ularning uzunligi 100 000 km bo'lib, u 
bilan ekvatorni uch marta aylantirib o'rash mumkin. Kapillarlarning umumiy yuzasi 
1500 m2 ga yaqin. 
Turli a'zolardagi kapillarlaming shakli va kattaligi bar xil. Ulardagi kapillarlarjning 
umumiy soni ham turlicha. Modda tez almashinadigan to'qimalarning 1mm2 
ko'ndalang kesimidagi kapillarlar soni modda almashinuvi sust bo'lgan 
to'qirnalardagiga nisbatan bir necha baravar ko'p. 
Masalan, yurakning 1mm2 kesimidagi kapillarlar soni skelet mushaklaridagiga 
qaraganda ikki baravar ko'p. 
Kapillyarlarning ikki xili mavjud. Birinchi xili arteriolalar bilan venullalar 
orasida eng kalta yo'lni hosil qiladi va ularni magistral kapillarlar deb atashadi. 
Ikkinchisi magistral kapillarlarning yon shoxchalaridir; bular bir kapillarlarning 
arterial oxiridan boshlanib, ikkinchi kapillarning venoz oxiriga qo'yiladi. Ana shu yon 
shoxchalar kapillar td'rini hosil qiladi. G.I.Mchedlishvili (1968) va O.G.Baklavadjyan 
(1986) ma'Imuotlariga qaraganda, magistral kapillarlarda qon oqish tezligi uning yon 


42 
shoxchalaridagi qon oqish tezligidan katta. Kapillyarning arterial oxirida qon bosimi 
taxminan 25-50mm, venoz oxirida esa 8-12 mm. 
A.Krog va uning shogirdlari it mushakining 1mm2 ko'ndalang qismidagi 
kapillarlar soni 2500 ekanligini ma'lum qilishdi. Dengiz cho'chqasi mushakining 
1mm2 ko'nadalang kesimiga jami 3000 kapillar to'g'ri kelishi, bu miqdor ish paytida 
2500, tinch turganda esa 31-270 bo'lishi aniqlangan. 
Mushak tinch turganda bir guruh «navbatchi» kapillarlar ikkinchi guruhi bilan 
almashinib turadi. Bir guruh kapillariarriing berkilish ikkinchi guruhning esa ochilish 
sababi hozircha noma'lum. Ma'tumki, organizmda maxsus zaxiraviy kapillarlar yo'q 
barcha kapfllarlar muayyan paytda «navbatchi» bo'la oladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin