E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Venalarda qon harakati 
Venalarda qon aylanishining o'ziga xos xususiyatlari bor. Bu xususiyatlar avvalo 
venalar devorining tuzilishiga bog'liq. Ularning devori arteriyalar devorlariga 
nisbatan juda yupqa va bo'sh bo'lib, saiga qisiladi: ular hatto salgina bosilganda ham 
puchayadi. Shuning uchun venalardagi bosim hatto oz bo'lganda ham ularning devori 
anchagina cho'ziladi va ularda ancha qon to'planib qolishi mumkin. Agar 
arteriyalarning avvalida qon bosimi 18,7 kPa (140 mm simob ustuni) bo'lsa, 
venulalarda 1,3-2,0 kPa (10-15 mm simob ustuni)ga teng. Venalarning oxirlarida esa 
qon bosimi nulga teng va hatto atmosfera bosimidan ham pastroq bo'lishi mumkin. 
Venalarda qonning harakati quyidagi omillarga: yurakning ishi, vena klapanlarning 
faoliyati, skelet mushaklarining qisqarishi va jismoniy harakatning og'irligiga bog'liq. 
Ma'lumki, yurak o'z faoliyati bilan arterial tizim va o'ng bo'lma o'rtasida qon 
bosimining farqini tashkil qilib beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Buning natijasida 
venoz qon yurakka qayta quyiladi. 
Venada halqasimon klapanlar borligi qonning bir tomonlama oqishini ta'min etadi. 
Mushaklarning navbat bilan qisqarish va susayishi venalarda qon oqishining eng 
asosiy omili hisobalanadi. Ularning qisqarishi natijasida venalar yupqa devorlari 
bosiladi va qon yo'nalishini o'zgartirib, yurak tomoniga harakat qiladi. Skelet 
mushaklarining susayishi esa qonning arterial tizimidan venaga o'tish jarayonini 
ta'minlaydi. Mushaklar tomonidan bajariladigan tomirlarda qon yo'nalishini bunday 
o'zgartirib o'tkazilish qobiliyati «mushak nasosi» deyiladi va ular asosiy nasos -
yurakning yordamchilari deb hisobalanadi. Odam harakat qilsa yoki ritmik jismoniy 
mashqlar bilan shug'ullansa oyoq venalarida mushaklar nasosi tufayli qon harakati 
yengillashadi. 
Nafas olish fazasida ko'krak qafasidagi manfiy bosim tufayli qon yurakka qayta 
qo'yiladi, chunki bu manfiy bosim bo'yin va ko'krak bo'shligidagi vena qon 
tomirlarini kengaytiradi. Buning natijasida bosim venalarda pasayib ketadi va yurak 
tomoniga qon harakatini yengillashtiradi. 
Periferik venalarda qon harakatining tezligi 5-14 sm/soniya va kovak venalarda - 20 
sm/soniyaga teng. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin