E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Tomir urishi (puls) 
Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishiga tomir 
urishi,ya'ni puls deyiladi. 
Arteriya qon tomirlari devorining to'lqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari 
devoir-ning to'lqinlanishi vena pulsi deyiladi. 
Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning 
aortaga va un-dan esa arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida 


40 
ular devorining tebrani-shidan hosil bo'ladi.Yurak daqiqasiga necha marta 
qisqarsa,arteriya impulsining soni ham shun-cha bo'ladi.Tinch holatda katta odam 
pulsining soni bir daqiqada 70-72 marta bo'ladi. Bolalarda yurakning qisqarishi va 
pulsning soni kattalarnikiga nisbatan ko'proq bo'ladi. Bir yoshlik bolada puls soni bir 
daqiqada 110 ta, 5 yoshda-90 ta, 10 yoshda-80 ta, 16 yoshda kattalarnikiga teng-
lashadi. 
Puls tana yuzasida joylashgan arteriya tomirlarida sanaladi.Odatda, puls 
bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida, ya'ni kaft usti sohasidagi tomirda 
sanaladi.Puls to'lqinining tarqa-lish tezligi qonning oqish tezligiga bog'liq 
emas.Arteriyalarda qon oqishining chiziqli tezligi 0,2-0,3 m/soniyadan ortmaydi, 
yoshlarda va o'rta yashar odamlarda qon bosimi va tomirlar elas-tikligi mu'tadil 
bo'lganda puls to'lqininirig tarqalish tezligi aortada 5,5-8 m/soniya, periferik ar-
teriyalarda esa 6-9,5m/soniya ga teng.Yosh otishi bilan tomirlar elastikligi kamaygan 
sayin puls to'lqinining tarqalish tezligi (ayniqsa aortada) ortadi. 
Pulsni qon oqishi bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Puls to'lqinining 
tarqalish 
tezli-gi 
tomirlarda 
qonning 
oqish 
tezligiga 
bog'liq 
emas.Ma'lumki,arteriyalarning asosiy vazifasi qonning kapillarlardagi uzluksiz 
harakatini ta'minlash uchun doimiy bosimni hosil qilishdan ib-orat.
Aorta bilan у ink arteriyalarning puls egri chizig'ida (sfigmogrammada) ikki asosiy 
qism: anakrota (egri chiziqning ko'tarilishi) va katakrota (egri chiziqning tushishi) 
ajratiladi. 
Anakrotik ko'tarilish qon haydalish fazasining boshlarida yurakdan otilib chiqqan qon 
ta'sirida arterial bosimning ko'tarilishi va shu sababli arteriyalar devorining cho'zilish 
oqibatidir. Katakrotiya - puls chizig'ining pastga yo'nalgan qismida esa 
sfigmogrammada insizura (chuqurcha) va dikrotik (ikkilamchi puls to'lqini) paydo 
bo'ladi. Katakrota qorinchalar diastolasining boshida qonning teskari oqishi, yarim oy 
klapanlarni yopib orqaga qaytishiga bog'liq-aorta va undan boshlanadigan yirik 
tomirlarning pulsi markaziy puls deb ataladi. 
Puls tekshirilib, uning bir qancha xususiyatlari: davri, tezligi, amplitudasi, tarangligi 
va ritmini aniqlash mumkin. Bir daqiqadagi puls davri yurakning qisqarish davrini 
ifodalaydi. Puls ildamligi -arteriyada bosimning anakrota puls chizig'ining yuqoriga 
ko'tariluv paytida ko'tarilib katokrota paytida pasayish tezligidir. Pulsning bu 
belgisiga qarab ildam yoki tez puls va sekin pulsni ajratishadi. Tez puls aortal 
klapanlar kamchililigida kuzatiladi, bu yurak porokida qorinchalardan ko'p qon otilib 
chiqib, bir qismi klapandagi nuqson orqali qorinchaga tez qaytib tushadi. Sekin puls 
esa aortal teshik torayganda uchraydi, bu porok da qon aortaga me'yoridagiga 
nisbatan sekinroq otilib chiqadi. 
Puls turtkichi vaqtida arteriya devorining tebranish miqdori puls amplitudasi deb 
ataladi. Puls tarangligi yoki qattiqligi arteriyani .puls yo'qolguncha bosish (qisish) 
uchun zarur bo'lgan kuch bilan aniqlanadi. Elektrokardiogramma va sfigmogrammani 
bir fotoplyonkada qayd qilib, yurak faoliyatining ba'zi buzilishlari haqida fikr yuritish 
mumkin. Ba'zan puls defitsiti deb atalUvchi hodisa kuzatiladi, bunda qorinchalarning 
har bir qo'zg'alish to'lqini tomirlar tizimiga qon otilib chiqishiga va puls turtkisi hosil 
bo'lishiga olib kelavermaydi. Sistolada qon juda sust haydalgani uchun 
qorinchalarning ba'zi sistolalari periferik arteriyalarga yetib boruvchi puls to'lqinini 
hosil qila olmaydi, bunda puls aritmik bo'ladi (puls aritmiyasi). 


41 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin