E nuritdinov odam fiziologiyasi


Qon tomirlar fizologiyasi. Gemodinamika



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Qon tomirlar fizologiyasi. Gemodinamika 
Qonning qon tomirlari tizimi bo'ylab harakatlanishi gemodinamika qonuniga 
asoslangan. Shunga ko'ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi ikkita kuchga bog'liq. 
Ularning birinchisi qon tomirlar tizimining boshlanish qismidagi va oxiridagi 
bosimning bar xil bo'lishi; bu kuch qonning harakatlanish tezligini ta'minlaydi. 
Ikkinchisi tomirlardagi qarshilik kuchi, ya'ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va 
uning tomirlar devoriga ishqalinishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga 
qarshilik ko'rsatadi. Gemodinamika qonuniga ko'ra, arteriya qon tomirlari tizimining 
yuqori qismida, ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi 
yuqori bo'ladi; quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo'ladi. 
Bunga sabab, birinchidan, yurakning chap qorinchasi qisqargan vaqtda qon katta 
bosim bilan aortaga chiqariladi, ikkinchidan, tomirlar tizimining quyi qismida aorta 
va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga (kichik arteriolalar va kapillarlarga) 
bo'finishi natijasida qon tomirlar devorining umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda 
bosimning pasayishiga, qon tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab 
bo'ladi, qonning oqish tezligini, sekinlashtiradi, ya'ni arteriya qon tomirlari tizimining 
eng tor qismi aorta bo'lib hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi 
bo'lsa ham, undan tarmoqlangan arteriya tomirlari kengligining umumiy yig'indisi 
aorta kengligidan bir necha marta ko'pdir. Tanadagi barcha 150 milliart kapillar 
aortaning quyi qismi tarmoqlanishidan hosil bo'ladi va ularning umumiy kenglishi 
aortaning kengligidan 600-800 marta ko'pdir. Shuning uchun aortada bosim baland va 
qon oqish tezligi kapillarlardagiga nisbatan yuqori bo'ladi. 
Shunday qilib, ma'lum bo'ladiki, yuqorida ko'rsatilgan kuchlarning birinchisi-
bosimlar farqi, ya'ni suyuqlik harakatiga yordam beruvchi kuch, ikkinchisi-qarshilik, 
ya'ni suyuqlik harakatiga tusqinlik qiladigan kuch. Gemodinamika qonuni - 
gidrodinamikaning quyidagi tenglamasi bilan 
P — P ifodalanadi: Q = ——- bu yerda Q-suyuqlik hajmi; p,-p2 suyuqlik oqadigan 

i;-. 
nayning boshi va oxiridagi bosimlar farqi; R-oqimga qarshilik. 
Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, tomirlar tizimida qon haqidagi ta'limot 
gemodinamika deb ataladi, bu qonun gidrodinamika qonuniga asoslangan bo'lib, katta 
va kichik qon aylanishida uchraydigan umumiy 
P — P periferik qarshilikni hisoblab chiqarish uchun mumkin bo'ladi. Л = -!—2- 
tenglamasiga asoslanib, qon tomirlari tizimida bosim farqi va yurak qorinchalaridan 
tomirlar tizimiga chiqib, bo'lmalarga qaytib kelgan qon hajmini ham bilish mumkin. 


38 
Qon yurakdan uzluksiz ravishda chiqmay, balki otilib-otilib chiqqani uchun 
arteriyalardagi qon oqimi uzlukli tabiatda bo'ladi. Arteriola, kapillar va venalardagi 
qon oqimi uzluksiz, doimiydir. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin