E nuritdinov odam fiziologiyasi


Yurak tonlari (tovushlari)



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Yurak tonlari (tovushlari) 
Yurak miokardining qo'zg'alishi elektr potensiallarini hosil qilsa, unmg qisqarishi 
yurakda va qon tomirlarida qon bosimining o'zgarishi yurak klapanlarini harakatga 
soladi. Buning natijasida yurak ishlab turganda о ziga xos tovushlar eshitiladi, bu 
tovushlar yurak tonlari deb ataladi. Ko'krak qafasining yurak sohasiga quloq tutilsa 
yoki stetoskop qo'yilsa, yurak tonlarini eshitish mumkin. Bunda ikki ton eshitiladi: 
birinchi ton-qorinchalar sistolasi vaqtida eshitilganligidan sistolik ton deb ataladi. Bu 
ton cho'ziqroq va past bo'ladi. Birinchi ton tabaqali klapanlar va qorinchadagi 
mushaklarning qisqarishidan kelib chiqadi. Ikkinchi ton-qorinchalar diastolasiga mos 
keladi, shu bois diastolik ton deb ataladi Bu ion kalta va baland ton bo'lib, yarimoy 
klapanlarining yopihshidan kelib chiqadi. Sistoladan keyin qorinchalardagi qon 
bosimi juda ham pasayib ketadi. Aorta bilan o'pka arteriyasidagi bosim bir vaqtda bir 
muncha ortiq bo'ladi, qon• tomirlardan bosim kamroq tomonga ya'ni qormchalarga 
qaytib kiradi va shu qonning bosimi bilan yarim oy klapanlar yopiladi.Yurak tonlarini 
fonokardiograf degan maxsus asbob bilan magnit tasmasiga yozib olish mumkin. 
Fonokardiografiya - yurak tonlarini yo/ib olish usuli bo'lib, yurak tonlarini yozib 
olishga va uni EKG ga va yurak faoliyatini ta'riflab beradigan boshqa ma'lumotlarga 
taqqoslab ko'rishga imkon beradi. 
Yurakning urish tezligi 
Avval qayd qilib o'tkanimizdek, sog'lom odam yuragi bir daqiqaga o'rta 
hisobda 70-72 marta qisqaradi (uradi). Uning qanchalik tez urishi ko'pgina sabablarga 
bog'liq bo'lib, hatto kun davomida ham o'zgarib turadi. Yurakning urish tezligiga 
tananing vaziyati ham ta'sir etadi: odam tikka turganda yuragi tez uradi, o'tirganda 
sekinroq uradi, yotganda yanada 
sekinroq qisqaradi. 
Jismoniy ish bajarilgan vaqtda yurak juda ham tez uradi. Masalan sportchilar 
yuragi musobaqa vaqtida bir daqiqada 250 martagacha uradi. 
Yurakning urish tezligi yoshga ham bog'liq. Bolalar bir yoshga to'lguncha yuragi 


37 
bir daqiqaga 100-140, 10 yoshda - 90, 20 yoshkl? va undan keyin 60-80 marta uradi, 
keksalarda yurak qisqarishi yana tezlashib daqiqasiga 90-95 ga yetadi. 
Ba'zi kishilarda yurakning qisqarishlari ritmi siyrak bo'lib, daqiqasiga 40-60 
atrofida bo'ladi. Sunday siyrakli ritm bradikardiya deb atalgan. Bunday holat 
sportchilarning tinch holatida ko'proq kuzatiladi. 
Yurakning qisqarishlar ritmi tezroq bo'lgan kishilar ham uchraydi: Bu holat 
taxikardiya deb ataladi. Ularning yuragi bir daqiqaga 90-110 marta uradi va 140-150 
ga ham yetishi mumkin. Odam nafas olganda (havo yutganda), emosional qo'zg'alish 
(qo'rqish, g'azablanish, xursand bo'lish va hokazo) yurak urishi tezlashadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin