E nuritdinov odam fiziologiyasi


Katta va kichik qon aylanish doiralari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Katta va kichik qon aylanish doiralari 
Moddalar almashinuvi jarayoni kapillarlar orqali uzluksiz davom etib turadi; ya'ni 
kapillarlardagi arteriya qonining tarkibidagi 'oziq moddalar -kislorod, gormonlar 
kabilar hujayralarga o'tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil 
bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid gazi vena kapillar qon tomirlariga 
o'tadi. Bular o'z navbatida bir-biriga qo'shilib, avval kichik, so'ng o'rta va yirik vena 
qon tomirlarini hosil qiladi. Bosh, bo'yin, ko'krak, qo'l kabi a'zolarning vena tomirlari 
qo'shilib, yuqorigi kovak venani hosil qiladi; oyoq, chanoq, qorin sohasidagi a'zolar 
va to'qimalarning vena qon tomirlari bir-biriga qo'shilib, pastki kovak venani hosil 
qiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng bo'lmachasiga qo'yiladi. Shu 
bilan katta qon aylanish doirasi tugaydi. 
Shunday qilib, yuraking chap qorinchasidan chiqib, tananing barcha a'zolaridagi 
arteriyalar, kapillarlar va venalar bo'ylab oqib, yurakning o'ng bo'lmasiga kelib 
quyiladigan yo'li katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Katta qon aylanish doirasi 
tananing barcha a'zolari, to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar garmonlar, 
kislorod bilan ta'minlab, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan keraksiz va 
zaharli moddalarni o'ziga qabul qilib, ularni organizmdan chiqarib yuborish vazifasini 
bajaradi. 
Kichik qon aylanish doirasi. Yurakning o'ng qorinchasidan chiqadigan o'pka 
arteriyasi deb ataladigan qon tomiridan boshlanadi. O'pka arteriyasi ko'krak qafasida 


44 
ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga boradi. Ular o'pkalarda kapillar qon 
tomirlariga aylanib, o'pka alveolari atrofini o'rab 
oladi. Tashqi muhit havosi bilan o'pkalar hamda qon o'rtasidagi gazlar almashinuvi 
jarayoni shu joyda o'tadi. Natijada vena kapillarlaridagi qon kislorodga to'yinib, 
arterial qonga aylanadi, lekin u o'pka venasi deb ataluvchi to'rtta (har bir o'pkadan 
ikkitadan) tomir orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi. 
Shunday qilib, qonning yurakning o'ng qorinchasidan chiqib, arteriyalar, 
kapillarlar va venalar bo'ylab oqib (o'pkalar orqali) yurakning chap bo'lmasiga kelib 
qo'yiladigan yo'li kichik qon aylanish doirasi deb ataladi. Kichik qon aylanish 
doirasining vazifasi vena qonini arterial qonga aylantirishdan iborat. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin