31
Nihoyat, a'zolar devorida mikroskop ostida ko'rinadigan juda ham ingichka arteriya
tolalari - arteriolalar kapillar soch tolasiga o'xshagan qil tpmirlardir, ularning uzunligi
o'rta hisobda"0;5 mm, kengligi 3-3,5 mk, ya'ni odam tukining diametridan 50 marta
kichik va devori juda yupqa bo'ladi. Shu
sababli ularda qon sekin oqadi, natijada
hujayralar, to'qimalar va oraliq moddalarning yashashi va ishlashiga zarur kislorod
hamda boshqa moddalarning qondan to'qimalarga diffuziya yo'H bilan o'tishiga
imkoniyat yaratiladi. To'qimalarga esa karbonat angidridni va modda almashinuvi
natijasida vujudga kelgan boshqa moddalarni kapillarlarga beradi.
Shunday qilib, arterial qon kapillarlar orqali venoz qonga aylanadi.
Venoz kapillar
tomirlar esa asta-sekin yiriklashib, oxirida ikkita (yuqorigi va pastki) kavak vena qon
tomirni tashkil qiladi va yurakning o'ng bo'lmachasiga qo'yiladi. Qon o'ng
bo'lmachadan o'ng qorinchaga, undan o'pka arteriyalari orqali o'pkaga boradi. O'pka
arteriyasining .tarmoqlari pirovardida kapillarlarga aylanadi va nafas alveolafari
(pufakchalar)ni o'rab oladi. Kapillyarlar esa nafas jarayonida karbonat angridni
chiqaradi va kislorodga boyiydi. Kislorodga boy bo'lgan qon o'pka venalari orqali
yurakning chap bo'lmachasiga quyiladi. Undan chap qorinchaga o'tib,
aorta orqali
butun organizm bo'ylab tarqaladi. Qon organizmga harakatlanar ekan, qon
aylanishining katta va kichik doirasi kabi murakkab yo'lni bosib o'tadi. Katta qon
doirasi yurakning chap
qorinchasidan boshlanib, aorta,
undan chiqqan arteriyalarni,
ularning barcha tarmoqlarini, butun gavdadagi arteriolalar, kapillarlar, venalarni o'z
ichiga oladi va yurakning o'ng bo'lmasida tugaydi. Qon aylanishining kichik (o'pka)
doirasi yurakning o'ng qorinchasidan boshlanib, o'pka arteriyasi va uning barcha
tarmoqlarini, o'pka arteriolalari, kapillarlar, venalarni o'z
ichiga oladi va yurakning
chap bo'lmasiga quyiladigan o'pka venalari bilan tugaydi.
Katta va kichik qon aylanish doiralaridan tashqari, uchunchi, ya'ni yurak qon aylanish
doirasi ham bor, bu doira arteriya va vena qon tomirlaridan tuzilgan. Yurak
devorining venalari to'g'ridan-to'g'ri yurakning o'ng bo'lmasiga quyiiadi.
Shunday qilib, yurak-qon tomir tizimi eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. Agar
yurak qisqa vaqt to'xtab qolsa, odamning hayoti ham to'xtaydi.
Yurak-qon tomir tizimi bir necha qismlardan iborat. Bu tizimning faoliyatini
mukammal o'rganish uchun uning har bir qismining tuzilishi va vazifasi bilan
tanishish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: