Qon tomirlar fizologiyasi. Gemodinamika Qonning qon tomirlari tizimi bo'ylab harakatlanishi gemodinamika qonuniga
asoslangan. Shunga ko'ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi ikkita kuchga bog'liq.
Ularning birinchisi qon tomirlar tizimining boshlanish qismidagi va oxiridagi
bosimning bar xil bo'lishi; bu kuch qonning harakatlanish tezligini ta'minlaydi.
Ikkinchisi tomirlardagi qarshilik kuchi, ya'ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va
uning tomirlar devoriga ishqalinishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga
qarshilik ko'rsatadi. Gemodinamika qonuniga ko'ra, arteriya qon tomirlari tizimining
yuqori qismida, ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi
yuqori bo'ladi; quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo'ladi.
Bunga sabab, birinchidan, yurakning chap qorinchasi qisqargan vaqtda qon katta
bosim bilan aortaga chiqariladi, ikkinchidan, tomirlar tizimining quyi qismida aorta
va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga (kichik arteriolalar va kapillarlarga)
bo'finishi natijasida qon tomirlar devorining umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda
bosimning pasayishiga, qon tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab
bo'ladi, qonning oqish tezligini, sekinlashtiradi, ya'ni arteriya qon tomirlari tizimining
eng tor qismi aorta bo'lib hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi
bo'lsa ham, undan tarmoqlangan arteriya tomirlari kengligining umumiy yig'indisi
aorta kengligidan bir necha marta ko'pdir. Tanadagi barcha 150 milliart kapillar
aortaning quyi qismi tarmoqlanishidan hosil bo'ladi va ularning umumiy kenglishi
aortaning kengligidan 600-800 marta ko'pdir. Shuning uchun aortada bosim baland va
qon oqish tezligi kapillarlardagiga nisbatan yuqori bo'ladi.
Shunday qilib, ma'lum bo'ladiki, yuqorida ko'rsatilgan kuchlarning birinchisi-
bosimlar farqi, ya'ni suyuqlik harakatiga yordam beruvchi kuch, ikkinchisi-qarshilik,
ya'ni suyuqlik harakatiga tusqinlik qiladigan kuch. Gemodinamika qonuni -
gidrodinamikaning quyidagi tenglamasi bilan
P — P ifodalanadi: Q = ——- bu yerda Q-suyuqlik hajmi; p,-p2 suyuqlik oqadigan
R
i;-.
nayning boshi va oxiridagi bosimlar farqi; R-oqimga qarshilik.
Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, tomirlar tizimida qon haqidagi ta'limot
gemodinamika deb ataladi, bu qonun gidrodinamika qonuniga asoslangan bo'lib, katta
va kichik qon aylanishida uchraydigan umumiy
P — P periferik qarshilikni hisoblab chiqarish uchun mumkin bo'ladi. Л = -!—2-
tenglamasiga asoslanib, qon tomirlari tizimida bosim farqi va yurak qorinchalaridan
tomirlar tizimiga chiqib, bo'lmalarga qaytib kelgan qon hajmini ham bilish mumkin.