E nuritdinov odam fiziologiyasi


Nafas chiqarish mexanizmi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Nafas chiqarish mexanizmi 
Nafas chiqarish (ekspiratsiya) natijasida moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti-
karbonat angidrid va qisman suv bug'i o'pka orqali organizmdan tashqariga 
chiqariladi. Nafas chiqarish vaqtida ko'krak qafasining hajmi kichrayadi. Ko'krak 
qafasi hajmining kichrayishiga, o'pkaning torayish uchun harakat qilishi, qovurg'a 
tog'aylarining elastikligi, 
qorin tomondan diafragmaga bo'lgan bosim sabab bo'ladi. Kuchli nafas chiqarish 
vaqtida ichki qovurg'alararo mushaklar, oldingi qorin devori mushaklari va boshqa 
bir qancha mushaklar qisqaradi. 
Ko'krak qafasi torayib, o'pka kichrayganda undagi bosim atmosefra bosimiga 
qaraganda birmuncha ko'payadi va havoning bir qismi tashqariga chiqarib yuboriladi. 
Ko'krak qafasi kengayib-torayishi natijasida havoning o'pkaga kirishi va chiqishini 
quyidagi tajriba bilan ko'rsatish mumkin. Tagiga rezina parda tortilgan shisha idish 
olib, uning probkasi orqali uchiga rezina pufakcha yoki baqa o'pkasi o'rnatilgan 
shisha nay tushirib, retina parda pastga tortilsa, shisha idishning hajmi kengayib, 


57 
uning ichidagi rezina pufakcha yoki baqa o'pkasi ichiga have kiradi va u ham 
kengayadi (Donders tajribasi). O'pkaga havoning kirishi ham shunday bo'ladi. 
Nafas chiqarishning dastlabki fazasida o'pkadagi bosim 0,40-0,53 kPa (3-4 mm 
simob st.ust) ga teng, bu bosim atmosfera bosimidan salgiha balandroq bo'lgani 
sababli havo o'pkadan tashqariga chiqariladi 
Burun bo'shlig'ining ichi tog'aydan tuzilgan burun to'sig'i bilan ikkiga bo'lingan. Bu 
to'siq g'alvirsimon suyakdagi perpendikular plastinkaning davomidir. Burun 
to'sig'idan burun suyaklarning oldiga yuqori va pastki yon burun tog'aylari chiqqan. 
Burun bushlig'ining yon devorlarida yuqori va pastki burun chig'anoqlari, orqa 
qismida esa g'alvirsimon suyak labirinti mavjud (37-rasm). 
Hiqildoq bo'yinning oldingi qismida to'g'ridan-to'g'ri halqum orasida va traxeyaning 
oldida joylashgan. Hiqildoq, til osti suyagi orqali kalla suyagiga birlashgan. U ovqat 
yutish paytida nafas yo'lini bekitib turadi. Hiqildoq, asosan 5 xil tog'oydan: 
halqasimon, qalqonsimon, ikkita cho'michsimon va hiqildoq usti tog'oylardan tashkil 
topgan. Hiqildoq, ichki tomondan shilimshiq parda bilan qoplangan. 
Traxeya hiqildoqdan o'pkaga havo o'tkazadigan naysimon yo'ldir. Traxcya bo'yin 
umurtqalari va ularning mushaklari ostida joylashgan. Ko'krak bo'shlig'ida traxeya 
yurakdan yuqorida turib, yurakning orqasiga o'tgandan keyin ikkita bosh bronxga - 
o'ng va chap bronxlarga bo'linadi. Traxeyaning bo'linish joyi bifurkatsiya deyiladi. 
Bronxlar o'pka darvozasidan (qopqasidan) o'tib bir necha marta tarmoqlanadi va 
bronxlar daraxti hosil qiladi. Ular bo'lingan sari diametri kichrayib, tog'ay yo'qolib, 
egiluvchi yumshoq devbrga aylana boradi. O'ng bronx uzunligi 3 sm keladigan
diametri kengroq naycha bo'lib, 4-7 ta yarim halqadan tuzilgan, chap bronx uzunligi 
4-5 sm bo'lgan ingichkaroq naydir. Bu 7-12 .ta yarim halqadan tuzilgan bo'ladi. 
Bronxlar o'pkalarga kirib, uning ichida davom etadi va ikkilamchi, uchlamchi va 
hokazo bronxiolalar hosil qilib tarmoqlanadi. 
O'pka arteriyasi ham bronxlar bilan birga tormoqlanib boradi va alveolalar atrofida 
qalin kapillarlar to'rini hosil qiladi. Kapillardagi qonni kapillarlar va alveolalar 
epiteliysigina alveolalardagi havodan ajratib turadi;lveolalar va kapillarlar 
endoteliysining qalinligi 0,004 mm bo'ladi. Alveola kapillarlari bir-biri bilan 
qo'shilib, venalarga aylanadi. 
O'pkaning asosini tashkil qiladigan biriktiruvchi to'qima yirik bronxlar atrofida 
yaxshi rivojlangan bo'lib, o'pkani qismlarga ajratadigan to'siqlar hosil qiladi. 
Biriktiruvchi to'qimada elastik tolalar ko'p bo'lib, ular orasidan asab tolalari o'tadi. 
O'pka sirtidan seroz parda o'pka plevrasi bilan qoplangan. Ko'krak bo'shlig'i ichki 
tomondan ko'krak fatssiyasi va seroz parda plevra bilan qoplangan. Qovurg'a 
devorlarini qoplab turadigan plevra diafragma plevrasi deyiladi. O'ng va chap 
tomonlardan qovurg'a plevrasi ko'krak umurtqalari tanasidan tush suyagiga tushib 
ko'krak bo'shlig'ining o'rta to'sig'ini, ya'ni ko'krak oralig'ini hosil qiladi. 
Demak, ko'krak oralig'i plevrasi ikkita seroz pardadan iborat. Uning plevrasi 
traxeyadan o'pkaga o'tib, o'pka plevrasini hosil qiladi. Har .bir o'pka plevrasi, ko'krak 
oralig'i va qovurg'a plevrasi orasida plevra bo'shlig'i bor. Bu bo'shliqda bir oz seroz 
suyuqlik mavjud. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin