E nuritdinov odam fiziologiyasi


Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta'siri



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta'siri 
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar- natijasida modda va energiya almashinuvi oshadi. 


86 
Organizmning ovqatga bo'lgan ehtiyoji ortib hazm 
tizimi faoliyati kuchayadi. Ishtahaning ortishi me'da-ichak yo'llarida shira ajralib 
chiqish jarayonini faollashtirib, organizmda o'tayotgan butun hazm jarayonlariga 
ijobiy ta'sir yetkazadi. Biroq mushak faoliyatining hazm bezlariga ko'rsatadigan ta'siri 
hamma vaqtda ham ijobiy bo'la olmaydi. Ovqat iste'mol qilingandan key in jismoniy 
ish bajarishi, aksincha hazm a'zolari faoliyatiga salbiy ta'sir yetkazishi ham mumkin; 
me'da-ichakda shira chiqaruvchi bezlarning faoliyati pasayib ketadi va hatto 
tormozlanadi. 
Hayvonlar ustida o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, mushak faoliyati jarayonida 
hazm bezlarining sekretsiyasi susayadi, reflektor yo'l bilan sekretsiya bo'ladigan 
hazm shiralarining ajralish jarayoni buziladi. 
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar paytida ovqat hazm qilish jarayonlarining 
tormozlanishi markaziy asab tizimida hazm markazlarining tormozlanishi bilan 
bog'liq bo'lishi mumkin. Bu funksional o'zgarishlar markaziy asab tizimida 
qo'zg'algan harakat markazlariga manfiy induksiyaning paydo bo'lishi bilan 
asoslanadi. 
Jismoniy mehnat paytida hazm jarayoniga tormozlovchi ta'sirot yetkazadigan yana bir 
omil, bu qonni qayta taqsimlanisnidir, buning natijasida hazm bezlarning qonga 
ehtiyoji pasayadi va ularning sekretsiyasi susayadi. Shuning uchun ovqat iste'mol 
qilingandan keyin darrov jismoniy mehnat bilan shug'ullanish man etiladi. 
Sportchilar bilib olishlari kerakki, jismoniy mashqlar va mushak faoliyati nafaqat 
hazm jarayonlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi, balki ovqatning qayta hazm qilish 
faolligiga hamda mushaklarning harakat faoliyatiga halaqit beradi. Hazm 
markazlarining qo'zg'alishi, qonning mushaklardan qorin bo'shlig'iga oqib borishi 
jismoniy mehnatga salbiy ta'sir yetkazadi. Bundan tashqari, me'dada ovqatning ko'p 
yig'ilishi diafragmani ko'tarib turadi, bu holatda nafas va qon aylanish tizimlariga 
salbiy ta'sir yetkazadi. Shuning uchun ovqat iste'mol qilish va jismoniy mashqlar 
o'rtasidagi muddat 2-2,5 soatni tashkil etishi kerak. Biroq odam ko'p vaqt bu qoidaga 
rioya qilmaydi. Buning uchun kishi aniq bilishi kerakki, ovqatni iste'mol qilish va 
jismoniy mashqlarning bajarilishi o'rtasidagi vaqt bir soatdan kam bo'lmasligi kerak. 
Hazm a'zolarining faoliyatini turli sharoitlarga moslanishi odamning turli mehnat va 
sport mashqlari bilan bog'liq faoliyatini yo'lga qo'yishlari ahamiyatga ega. Masalan, 
tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish a'zolari faoliyatiga salbiy ta'sir 
ko'rsatadi. O'zbekistonda yoz faslida havo harorati soya joyda +40-47° gacha 
ko'tariladi. Bunday sharoitda organizm a'zolari faoliyati keskin o'zgaradi, nafas olish 
va yurak urishi tezlashadi, ter ajralishi kuchayadi va hatto asab-mushak faoliyatida 
ham o'zgarishlar yuz beradi. Natijada odam organizmi ko'p suv yo'qotadi, qon 
quyuqlashadi,mushak-asab qo'zg'aluvchanligi o'zgaradi. Shuning uchun issiq 
sharoitda odam organizmining chidamli bo'lishi, jismoniy mehnatning unumdorligini 
oshirishi va turli sport turlari bo'yicha muvoffaqqiyatlarga erishish uchun organizm 
adaptatsiyasining chora tadbirlarini o'ylab topish zaruriyati tug'iladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin