E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Mavzu 
7. 
 
MODDA 
VA 
ENERGIYA 
ALMASHINUVI. 
OVQATLANISH 
Modda va energiya almashinuvi yoki metabolizm 
Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilishi,organizmda uning o'zgarishi,hazm 
qilinishi, hosil bo'lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi 
moddalar 
almashinuvi
deyiladi. 
Modda va energiya almashinuvi,yoki metabolizm jarayonida organizmda 
mexanik, fizi-kaviy,kimyoviy o'zgarishlar ro'y beradi,termik va elektr hodisalari 
paydo bo'ladi.Murakkab or-ganik birikmalar pachalanganda ularda mujassamlashgan 
potensial 
energiya 
bo'shab 
chiqib, 
is-siqlik,mexanik,elektr 
energiyasiga 
aylanadi.Demak, metabolizm - bu organizmda yuzaga chiqa-digan va uning hayotiy 
jarayonlarini 
amalga 
oshiradigan 
fizikaviy 
va 
kimyoviy 
jarayonlarining 
yig'indisidir.Metabolizm jarayonida hujayra va to'qimalarning faoliyati, o'sishi va 
rivojlanishi uchun zarur bo'lgan energiya hosil bo'ladi.Bu esa fiziologik 
tuzilmalar,hujayralar,ularning funk-siyasini bajarishi uchun zarur bo'lgan energiya 
ehtiyojini qondiradi.Modda va energiya almashi-nuvi tabiatshunoslikning umumiy 
qonuni - materiya va energiyaning saqlanish qonuniga asos bo'ladi. 
Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ikki jarayon - 
ya'ni assi-milatsiya (anabolizm) va dissimilatsiya (katabolizm) orqali o'tadi.Ovqat 
moddalari tarkibiy qi-smlarining hujayralarga o'tishi 
assimilatsiya 
yoki 
anabolizm
deyiladi.«Assimilatsiya» termini lotincha «assimulo»-o'xshataman so'zidan olingan 
bo'lib,lug'aviy tarjimasi «o'xshatish», «o'z-lashtirish» demakdir.Assimilatsiya - 
atrofdagi muhitdan organizmga tushadigan moddalarni o'z-lashtirish, hazm qilish 
jarayoni, buning natijasida o'sha moddalar tirik tuzilmalarning tarkibiy qismi bo'lib 
qoladi yoki organizmda zaxira holida to'planadi.Assimilatsiya natijasida hujayra-
larning tarkibiy qismlari yangilanadi,ularning ko'payishi sodir bo'ladi.Organizm 
qancha yosh bo'lsa,unda assimilatsiya shuncha faol o'tadi.Bu esa organizmning o'sishi 
va rivojlanishini ta'-minlaydi.To'qimalarda saqlanadigan energiya beruvchi moddalar 
(glikogen, ATF) ning sintez-lanishi uchun sarflanadi. 
Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi (yemirilishi) 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin