91
120 g, og'ir jismoniy mehnatdagilar uchun esa - 130-150 g oqsil iste'mol qilish talab
qilinadi.
Oqsilning miqdoriy oziqlanish tomoni bilan birgalikda uning sifatiy tomonini
ham e'ti-borga olish kerak.Gap shundaki,organizmda kechadigan oqsil biosintezida
oziq-ovqat tarkibida-gi aminokislotalaraing tarkibiy jihati ham muhim ahamiyatga
ega bo'ladi.
Biologik
nuqtayi
nazardan
oqsil
biosintezida
ishtiok
etadigan
aminokislotalarni 2 guruh-ga bo'lish mumkm.
Almashinadigan
aminokislotalar.Bu
aminokislotalarning
oziq-ovqat
moddalari tarkibi-dagi yetishmovchiligi boshqa
aminokislotalar tomonidan
qoplanadi.
Almashinmaydigan aminokislotalar, ular tanada hosil bo'lmaydi,ular albatta
oziqa tarki-bida bo'lishi shart bo'lgan aminokislotalar va ularning yetishmovchiligi
oqsil
sintezini
izdan
chiqarishiga
olib
keladi.Almashtirib
bo'lmaydigan
aminokislotalarga valin, leytsin, treonin, izo-leytsin,
metionin,fenilalanin, triptofan,
lizin, gistidin, arginin kiradi.
O'simlik mahsulotlaridan iborat oziqlarga :qaraganda hayvon mahsuloti
tarkibli oziqlar tarkibida almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar ko'p
bo'ladi.Aminokislotalarning kerakli yi-g'indisini saqlovchi oqsillarni, biologik to'la
qimmatli oqsillar deb nomlanadi.Oo'sht, baliq, tu-xum, sut tarkibidagi oqsillar yuqori
darajadagi biologik to'la qimmatli oqsil hisoblanadi. Makkajo'xori,bug'doy,arpa
oqsillari to'la qimmatli bo'lmagan oqsillardir.
Oqsil sinteziga va parchalanishiga markaziy asab tizimining boshqaruv ta'siri
to'g'ri asab o'tkazuvchi yo'l bilan amalga oshiriladi,
shunga mos holda ichki
sekretsiya bezlarining funksi-onal holati ham o'zgartiriladi.Asab tizimining oqsil
metabolizmiga vositasiz ta'sirining bo'lmas-ligi ko'pgina tajribalarda asab tolalarni
qirqib qo'yish yo'li bilan aniqlangan.
Asab ta'sirlaridan mahrun qilingan, ya'ni denervatsiya qilingan to'qimalarda
oqsil tuzil-masining metabolizmi izdan chiqishi kuzatiladi.Hayvonlarda bosh miya
katta yarim sharlari po'stlog'i olib tashlanishi natijasida
oqsil almashinuvi susayishi
isbotlangan.Bu holat ayniqsa, yosh hayvonlarda kuzatiladi, bu esa bo'y o'sishi va tana
massasining oshishiga olib keladi.
Gormonlar oqsil almashinuviga ta'sirining turli-tumanligi bilan bir-biridan
farqlanadi. Bir xil gormonlar oqsil sintezini faollashtiradi,ya'ni anabolitik ta'sir
ko'rsatadi,boshqalari oqsil-ning parchalanish jarayonini faollashtiradi,ya'ni katabolitik
ta'sir ko'rsatadi.
Somatotropin-gipofiz bezining oldingi bo'lagida sekretsiyalanadigan gormon
hisoblana-di.U tananing o'sish davrida skeletning o'sishini va barcha a'zo va
to'qimlarning oqsil massasini oshishini ta'minlaydi.Odam va hayvon hayotining
keyingi davrlarida somatotropin gormoni normal hayot
qobiliyatlari uchun kerakli
bo'lgan oqsilni sintezlanib turishini boshqarilishida asosiy rol o'ynaydi.
Hozirgi zamon tasavvurlariga ko'ra oqsil sintezining somatotropin ta'sirida
faollashishi turli mexanizmlar bilan tushuntiriladi:
1.Aminokislotalarning hujayra tashqi muhitidan hujayra ichiga o'tishining
tezlashuvi;
2.Hujayra yadrosida informatsion RNK sintezi,u orqali oqsil sintezining
92
kuchayishi va subhu-jayraviy tuzilmalarining shakllanishi;
3.Katepsin-hujayra
ichi
proteolitik
sintezlar
ta'sirini
susaytirish.
Insulin bu ham anabolitik ta'sir ko'rsatadigan gormondir.U oqsil
almashinuviga be-vosita va karbonsuv almashinuvi orqali esa bilvosita ta'sir
ko'rsatadi.Bu gormonning bevosita ta'siri shu bilan tavsiflanadiki,u ammokislotalarga
nisbatan
hujayra
membranalarining
o'tkazuv-chanligini
oshiradi.Natijada
aminokislotalarning hujayra tashqi muhitidan hujayraning ichiga o'tishi oshadi.Shu
sabali hujayra ichida oqsil sintezi faollashadi.Bundan tashqari,insulin ta'sirida bir
talay to'qimalarning hujayralari tomonidan glukozaning hazm bo'lishi yoki iste'mol
qilinishi
kuchayadi,oqibatda ancha miqdorda energiya ajraladi va ma'lum miqdorda
oqsil sintezi jara-yonlarida sarflanadi.
Qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin) oqsil almashinuviga,
oqsilli oziq-lanishga va oqsil almashinuvining oxirgi holatiga ta'sir ko'rsatadi.Bezning
me'yor funksiyasida oqsil sintezini: rag'batlantiradi, shu tufayli oqsil sintezini, a'zolar
va
to'qimalar
differensiatsiy-asining
rivojlanishini
faollantiradi.Oqsil
bilan
oziqlanishning me'yordan ortiqcha miqdorda bo'-lganda gormonlarning ta'siri
katabolitik tavsirga ega bo'ladi,bu o'z navbatida oqsil parchalanishi jarayonlarini
kuchaytiradi.
Jinsiy gormonlar.Ayollar jinsiy gormoni faqat maxsus ayollar jinsiy a'zolari
(bachadon, qin, ko'krak bezlari) dagi to'qimalarda ishlab chiqilib,ular
oqsil sintezini
kuchaytiradi.Boshqa a'zo va to'qimalardagi oqsil almashinuviga estrogenlar ta'sir
qilmaydi.Erkaklar jinsiy gormon-lari (androgenlar) xuddi shunday anabolitik ta'sirga
ega, lekin ularning ta'siri estrogerilardan ko'ra yanada ko'proq bo'ladi.Androgenlar
ta'sirida oqsil sintezi faqat erkak jinsiy a'zolarda ku-chaymay, balki boshqa
to'qimalarda ham kuchayadi.Androgenlar steroid tizilmasi asosida ko'p-gina sintetik
preparatlar tayyorlangan:ular oqsil sinteziga aniq anabolitik va kuchsizlangan
spetsifik ta'sir ko'rsata olish qobiliyatiga ega.Ular bolalar bo'yining o'sishida, ayniqsa,
fiziologik rivojlanishi qoloq bo'lgan bolararni davolashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: