e-qaror.gov.uz VI-66-213-9-132-K/22 4 v) tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari uchun tuman (shahar) byudjetlarining 5 foizi
miqdorida, biroq kamida 6.5 milliard so‘m mablag‘ rejalashtirilishi belgilanganligi;
g) “
Obod qishloq
” va “
Obod mahalla
” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli
byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirilishining yangi tartibi ishlab chiqilishi ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
16. Yangier shahri hokimining birinchi o‘rinbosari (I.Nurmatov), Moliya bo‘limi mudiri
(Sh.Xudoyberdiev), Davlat soliq inspeksiyasi (A.Bekmatov) va mas’ul tashkilotlar bilan
birgalikda:
tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-
ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan
holda shakllantirish;
mahalliy byudjeti prognoz ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida va samarali bajarish;.
byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish;
byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va mas’uliyatni yanada kuchaytirish;
tegishli mahalliy byudjetlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushumini
ta’minlash;
byudjet daromadlar bazasini oshirish va qo‘shimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga
alohida e’tibor qaratsin.
17. Yangier shahri Davlat soliq inspeksiyasi (A.Bekmatov) O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib:
soliqlarning to‘liq va to‘g‘ri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni o‘z vaqtida byudjetga
undirilishi ustidan soliq nazoratini kuchaytirish;
yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari bo‘yicha
doimiy tahlililar o‘tkazgan holda, soliqlarni to‘liq hisoblanishini ta’minlash hamda ushbu soliq
to‘lovlari bo‘yicha soliq qarzdorligiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
aylanmadan soliq turi bo‘yicha soliq to‘lovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq
hisobotlarida to‘liq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini o‘rnatish hamda zarur hollarda
xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish;
Bunda, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga
xarid chekini talab qilib olishni targ‘ib etuvchi ijtimoiy roliklar hamda video materiallar tayyorlab,
ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga
alohida e’tibor qaratsinlar.
xatlov ishlarini samarali tashkil etish orqali yer va mol-mulk solig‘ining soliq bazasini
oshirish vazifasi yuklatilsin.
18. Yangier shahrihokimining birinchi o‘rinbosari (I.Nurmatov), Moliya bo‘limi (Sh.
Xudoyberdiev):