e-qaror.gov.uz
VI-66-213-9-132-K/22
16
1. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab xorijiy davlatlarning og‘ir yuk tashuvchi
va yirik gabaritli transport
vositalari o‘tganligi uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha yig‘im to‘lanishi bilan bir qatorda
qo‘shimcha ravishda qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lov undiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasiga uchinchi mamlakatlardan yuklar olib o‘tishda va O‘zbekiston
Respublikasi hududidan
yuklarni olib chiqishda Turkmaniston Respublikasi yuk avtotransport vositalaridan qo‘shimcha ravishda 175 AQSH
dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
3. Gumanitar yuklarni olib o‘tishda avtotransport vositalarining olib kirilishi va tranzitida undiriladigan yig‘imlar
stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvchi koeffisiyent qo‘llaniladi.
4. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma
qoidalari qo‘llaniladi.