Ko‘pburchak yuzi“ bo‘limini o‘rganish metodikasi



Yüklə 55,22 Kb.
səhifə1/6
tarix17.04.2023
ölçüsü55,22 Kb.
#99360
  1   2   3   4   5   6
Ko‘pburchak yuzi“ bo‘limini o‘rganish metodikasi

30-variant




  1. Ko‘pburchak yuzi“ bo‘limini o‘rganish metodikasi.

  2. Shaklning yuzi“, „Kvadrat santimetr“ mavzusi ustida ishlash metodikasi.

  3. Sonli va xarfiy ifodalar.

  4. Koʻpaytirish va boʻlishni oʻrgatish mеtodikasi.

  5. Hajmlami hisoblash‘ mavzusi ustida ishlash metodikasi. O‘quvchilami yuzning yagona birligini kiritish zarurligiga mayda va yirik turli paletka yordamida qanday qilib olib kelishni aniqlang.


SHARTI: Har bir talaba о‘zi individual yondoshgan holda topshiriqni bajarishi shart. Bir-biridan kо‘chirilgan ish baholanmaydi!!!



1.„Ko‘pburchak yuzi“ bo‘limini o‘rganish metodikasi.

Ko’pburchaklarning yuzini o’rganishni boshlashtan oldin uchburchk va to’rtburchaklar yuzini formulasini bilishdan o’rganish lozim.

Tekislikning sodda yopiq siniq chiziq bilan uning ichki sohasining birlashmasi ko’pburchak deyiladi.

Ko’pburchak hamma tomonlari uzunliklarining yig’indisi ko’pburchakning perimetri deyiladi. Ko’pburchakning qo’shni bo’lmagan ixtiyoriy ikki uchini birlashtiruvchi kesma uning diagonali deyiladi.

Ko’pburchakning ayrim turlarini o’rganishga kirishilayotgan paytda quyidagi amaliy ishlarni tashkillashtirish mumkin. Bu bosqichda ko’pburchak elementlari ko'rsatiladi. Masalan 3 sonini o’rganilayotganda turli uchburchaklar qaraladi. Rangli qalin qog’ozdan plastmassadan, yog’ochdan va h.k.lardan yasalgan uchburchak modellarida o’quvchilar har bir figuraning uchta tomoni, uchta uchini va uchta burchagini ko'rsatadilar. Keyin uchburchak modelini bolalarning o’zlari cho’plardan, plastilindan, qog’oz poloskalardan yasaydilar: uchburchaklarni daftarlarida chizadilar, uchlarini nuqtalar bilan belgilaydilar va bo'yaydilar. Bunda o’quvchilar uchburchakning har xil turini (teng yonli, ten tomonli, to'g'ri burchakli o'tkir burchakli, o'tmas burchakli uchburchaklar) qarashlarini o’qituvchi oldindan o’ylab qo’yishi kerak. Bu uchburchak haqida to’g’ri tasavvur hosil bo’lishiga yordam beradi. To’rtburchaklar, burchaklar va h.k.lar ham shu usulda o’rgatiladi. Bundan tashqari,bolalar ko’pburchakda tomonlar, uchlar va burchaklar soni bir xil bo’lishini bilib oladilar. Bu ma’lumotlarning hammasini bolalar amalda, tayyor modellar bilan mashqlar bajarish jarayonida, ko'pburchaklarni qirqib olish, chizish va modellarini yasash vaqtida o’zlashtiradilar.


Ko’pburchaklar ustida ishlash jarayonida o’quvchilar burchaklar (ko’pburchakning bir uchidan chiquvchi ikkita tomoni burchakni tashkil qiladi) haqida ma'lumot oladilar. 1-sinfda to’g’ri burchak quyidagicha tushuntiriladi: bolalar o’qituvchi rahbarligida to’g’ri burchak modelini yasaydilar: ular bir varaq qog’ozning o’rtasidan ikki marta buklaydilar va bunda hosil bo’lgan kesishivchi to’g’ri chiziqlar to’rtta bir xil burchak hosil qilishini aniqlaydilar. O'qituvchi bunday burchaklar to’g’ri burchaklar deyilishini aytadi. So’ngra bolalar qog’oz varaqlarining har xilligiga qaramasdan, hosil bo’lgan barcha to’g’ri burchaklar teng bo’lishini bir-birining ustiga qo’yish yo’li bilan aniqlaydilar. 

Yüklə 55,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin