(A) • (C) = (B) • (D); (A): (C) = (B): (D) tengliklar ham rost bo'ladi.
A < В tengsizlikni (bunda, A va В — sonli ifodalar) biz rost deymiz, agar A va В ifodalar sonli qiymatlarga ega bo'lib, shu bilan birga Aifodaning sonli qiymati В ifodaning sonli qiymatidan kichik bo'lsa. Masalan, (18-3):5<3 + 4 tengsizlik rost, chunki (18 - 3): 5 ning qiymati 3 ga, 3 + 4 ning qiymati 7 ga teng, 3 < 7.
A = B, C< D ko'rinishdagi yozuvlar (bunda, A, B, C, D — sonli ifodalar) mulohaza (jumla) bo'lgani uchun biz ular ustida konyunksiya, dizyunksiya, implikatsiya va boshqa mantiqiy amallarni bajarishimiz mumkin. Masalan, A < В tengsizlik A < Вtengsizlik va A - В tenglikning dizyunksiyasidir:
A < В = (A < B) U (A = B). A < В tengsizlik A < В, А = В mulohazalardan aqalli bittasi rost bo'lsa ham rost bo'ladi. Masalan, (2 • 4 + 15) • 2 < 35 + 19 tengsizlik rost, chunki (2 - 4 + 15) • 2 ifodaning qiymati 46 ga teng, 35+19 ning qiymati esa 54 ga teng, 46 < 54 tengsizlik rost.
Boshlang’ich sinflar matematika predmetining o’quv dasturi o’z oldiga
o’quvchilarni sonlar va matematik ifodalarni taqqoslash, uning natijalarini
< — , — > — , — = — belgilar yordamida yozish va hosil bo’lgan tengliklar va tengsizliklarni o’qishga o’rgatishni vazifa qilib qo’yadi.
Tengliklar, tengsizliklar va tenglamalar haqidagi tushunchalar o’zaro bog’lanishda olib boriladi. Ular ustidagi ish 1 - sinfdan boshlab, arifmetik materialni o’rganish bilan uzviy holda olib boriladi. 3 - sinfda sonli tenglik va tengsizlik haqida boshlang’ich tasavvurlar shakllantiriladi.
2x + 4(19 - x) = 62, ya'ni 76 - 2x = 62. Tenglama bajarilishi kcrak. Bu tenglamani yechamiz: 2x = 76 - 62 = 14, shuning uchun x = 7. Demak, qafasda 7 ta tustovuq va 12 ta quyon bo'lgan.
Agar masala shartida quyon va tustovuqlarning oyoqlari soni 61 ta bo'lganda edi 2x + 4(19 - x) = 61 tenglamani hosil qilgan bo'lar edik, bundan x = 7. Bu masala shartiga zid, chunki x - natural son. Biz masalani yechib, unda oyoqlar soni 80 ta ekanligini topish bilan ham ziddiyatga kelar edik. 2x + 4(19 - x) = 80 tenglamaning ildizi x = - 2, lekin tustovuqlar soni manfiy bo'la olmaydi. Umuman, x soni 18 dan katta bo'lmagan natural sonlardan iborat bo'lishi kerak (qafasda hech bo'lmaganda bitta quyon bor deb hisoblansa), ya'ni x soni x = {1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 10; 11; 12; 13; 14; 15; 16; 17; 18} to'plamga tegishli bo'lishi kerak.